Mavzu: Salomatlik shaxsning eng muhim qadriyati sifatida. Reja : Salomatlikni oliy qadriyat sifatida qadrlash. Salomatlikka ta`sir etuvchi omillar


Download 23.5 Kb.
bet1/5
Sana21.06.2023
Hajmi23.5 Kb.
#1639675
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Salomatlik


Mavzu:Salomatlik shaxsning eng muhim qadriyati sifatida.
Reja :
1.Salomatlikni oliy qadriyat sifatida qadrlash.
2.Salomatlikka ta`sir etuvchi omillar.
3.Salomatlik kalendari.
Salomatlik har bir inson uchun bebaho boylik sifatida jamiyatning ijtimoiy,iqtisodiy rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo`lib kelmoqda.Inson mustahkam sog`liqqa ega bo`lsagina baxtli bo`lib yashashi mumkin.Har bir millat,har bir mamlakatda muqaddas bo`lgan tarixiy,madaniy,milliy qadriyatlari mavjud bo`lib,ushbu qadriyatlarni davom ettirish,shakllantirish,burch va vazifalarini bajarish uchun albatta Salomat insongina yarata oladi.Salomatlik barcha qadriyatlar orasida eng oliysi sifatida qadrlanmog`I shart va zarur.Har bir shaxs o`zining salomatligi uchun mas`uldir.Olloh taolo har bir insonni yaratar ekan tanasiga qo`shib ruhini puflab kirgizib jon ato qilarkan,va har bir shaxsga uning tanasini omonatga berib salomatligini muxofaza qilishi zarur ekan.Har bir mumin inson uchun salomatligini muxofaza qilish farz hisoblanar ekan.
Farz bu arabcha so`z bo`lib qat`iyar,majburiyat degan ma`noni anglatadi.Demak bundan ko`rinib turibdiki har bir shaxs dunyoga kelar ekan omonatga berilgan tana va ruhini har qanday xolatda ham saqlashi uchun javobgar shaxs xisoblanadi.U majburdir salomatligi uchun barcha vazifani bajarishi uchun.Har bir shaxs o`z tanasini quruvchisi bo`lmog`I lozim.
Salomatlikka quyidagicha ta`rif beriladi.”Barkamol rivojlanishi bilan ajralib turadigan,jismoniy,ijtimoiy muhitga yaxshi moslashgan shaxsni sog`lom deb atash mumkin.
Salomatlik tushunchasi shunchaki kasallikni yo`qligini anglatmaydi,bu ijobiy narsa,bu hayot insonga yuklagan vazifalarni quvnoq va minnatdor holda bajarishdir.Salomatlik tushunchasi Butun butunlik yaxlitlikni,uyg`unlikni ham ifodalaydi
Qurilgan uy har qanday tashqi omillarga bardoshli,chidamli,mustahkam bo`lsagina barpo qilingan uy uzoq va foydali bo`ladi.Salomatlik deganda faqatsina tana so`g`ligi emas,balki ruhiy salomatlik,ijtimoiy salomatlik,jismoniy salomatlik,ma`naviy salomatlik,ahloqiy salomatlik uyushgan holada olib borilsagina inson mukammal salomatlikka erishadi.

Download 23.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling