Mavzu. Sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash


Download 392.54 Kb.
bet1/3
Sana03.02.2023
Hajmi392.54 Kb.
#1156611
  1   2   3
Bog'liq
15-мавзу.Sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash

MAVZU. Sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash

1. Davlatning baho siyosati va uni amalga oshirish zaruriyati. Baho – bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi sifatida. 2. Bahoning funktsiyalari, turlari va strukturasi. Uning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan bog’liqligi. 3. Tovarning hayotiylik davri

1. Davlatning baho siyosati va uni amalga oshirish zaruriyati. Baho – bozor

  • Baho bozor kategoriyasi boʻlib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan
  • munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash
  • iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi.
  • Baho siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining
  • muhim ajralmas qismidir. Shu sababli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni
  • jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda
  • baho belgilash siyosati alohida oʻrin egallaydi. Bahoni xoʻjalik mexanizmi va oʻzini
  • oʻzi pul bilan ta’minlashning koʻtarib turuvchi ustuni deyish mumkin. Jamoaning va
  • ayrim kadrning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning, ya’ni bahoning
  • toʻg’ri belgilanishiga bog’liqdir.

Baholar tovar-pul munosabatlari muomalasining shakli va realizatsiya qilinadigan mahsulot turiga koʻra farqlanadi. Ammo bahoning turlari bir biri bilan oʻzaro bog’liq boʻlib, ular yagona tizimni tashkil etadi. Mazkur tizimning muhim elementlari quyidagilardir:
a) ulgurji baholar. Ular firmalar oʻz mahsulotlarini katta hajmda boshqa
firmalarga yoki vositachilarga va ulgurji savdo tashkilotlariga sotayotganlirida
qoʻllaniladi. Ulgurji baho korxonalarga ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashni,
zarur foyda olishni ta’minlab berishi zarur;
chakana baholar. Ulardan tovarlarni bevosita iste’molchilarga sotishda
foydalaniladi. Bu baholarga davlat savdosi, xususiy mulk egalari doʻkonlari va
bozorda yuzaga kelayotgan baholar kiradi. Chakana baho darajasi aholining real
daromadlari bilan belgilanadi.
v) xarid baholari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining davlat tomonidan sotib olinishida ishlatiladi.
g) dunyo baholari xalqaro savdo munosabatlarida qoʻllaniladi.

Download 392.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling