10- MA’RUZA
MAVZU: SATRLAR VA KENGAYTIRILGAN BELGILAR
Reja:
1. Satrlar bilan ishlash;
2. String turi bilan ishlash;
3. String Obyekt sifatida.
Annotatsiya: Ushbu ma’ruzada char tipidagi massivlarning elementlariga va
string turidagi o’zgaruvchilarga qayta ishlov beruvchi
maxsus funksiyalar haqida
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
char turidagi massiv, string, strlen(), sizeof(), strcpy(),
strcat(), strstr(), strchr(), assign(), append(), resize(), insert(), delete(), add().
C++ tilida standart satr turiga qo‘shimcha sifatida
string turi kiritilgan va u
string sinfi ko‘rinishida amalga oshirilgan. Bu turdagi satr uchun ‘\0’ belgisi tugash
belgisi hisoblanmaydi va u oddiygina belgilar massivi sifatida qaraladi.
string
turida satrlar uzunligining bajariladigan amallar
natijasida dinamik ravishda
o‘zgarib turishi, uning tarkibida bir qator funksiyalar aniqlanganligi bu - tur bilan
ishlashda ma’lum bir qulayliklar yaratadi.
string turidagi o‘zgaruvchilar quyidagicha e’lon qilinishi mumkin:
string s1,s2,s3;
Bu turdagi satrlar uchun maxsus amallar va funksiyalar aniqlangan.
string satrga
boshlang‘ich qiymatlar har xil usullar orqali berish mumkin:
string s1=”birinchi usul”;
string s2(”ikkinchi usul”);
string s3(s2);
string s4=s2;
Xuddi shunday, string turidagi o‘zgaruvchilar ustida
qiymat berish amallari
ham har xil:
string s1,s2,s3; char *str=”misol”;
//satrli o‘zgarmas qiymati berish
s1=”Qiymat berish 1-usul”;
s2=str;
// char turidagi satr yuklanmoqda