Mavzu: Sho‘r yerlarda dorivor (dorivor gulxayri) o‘simliklarni yetishtirishning samarali usullarini o‘rganish


Download 20.04 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi20.04 Kb.
#1477024
  1   2
Bog'liq
14-AMALIY MASHG‘ULOT


14-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Sho‘r yerlarda dorivor (dorivor gulxayri) o‘simliklarni yetishtirishning samarali usullarini o‘rganish.
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga mashg‘ulot davomida sho‘r erlarda dorivor o‘simliklar yetishtirishning samarali usullarini o‘rgatish
Zarur narsalar: xomashyo namunalari, plakatlar, urug‘lar, gerbariylarr.
Nazariy tushuncha
Sho‘rlangan tuproqlar quruq iqlimli hududlarda tarqalgan. O‘zbekiston tuproqlarining 50% dan ko‘proq qismi turli darajada sho‘rlangan. Bunday tuproqlar boshqa qit’alarda ham uchraydi.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ko‘ra, sho‘rlangan tuproqlar qatqaloq, momiqsimon, mayin va qora sho‘rxok tuproqlarga bo‘linadi. Qatqaloq sho ’rxok tuproqning betida yupqa tuz qatlarni hosil bo‘ladi. U, asosan, xlorid tuzidan iborat bo‘ladi, sulfatlar kam bo‘ladi. Mayin sho ’rxok tuproqlarda, asosan, sulfatlar (ayniqsa, Na2SO4) ko‘p bo‘ladi. Qora sho‘rxok tuproqlarda, asosan, natriy bikarbonat ko‘p bo‘lganligi sababli chirindi tarkibidagi gumin kislota eriydi va tuproqqa qora tus beradi.
Sho‘rlangan tuproqlarda, tabiiy xolda, asosan, galofitlar o‘sadi, ularga sho‘r va yuqori osmotik bosimga ega bo‘lgan tuproq eritmasida o‘sishga moslashgan oddiy va qora sho‘ra o‘simliklar kiradi.
O‘simliklarning turiga qarab, tuproqlarning sho‘rlanish darajasini aniqlash mumkin. Sho‘rlanmagan yoki kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda ajriq, jumurtqa; kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda oqbosh, alaf; o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda shuvoq, sho‘ra, oq jusan; kuchli sho‘rlangan tuproqlarda oddiy sho‘ra, qizil sho‘ra va qirq bo‘g‘in o‘sadi.
Sho‘rlangan erlarda sizot suvlarining er betiga ko‘tarilishini to‘xtatib, sho‘r yuvish bilan tuproqlarni meliorativ holatini yaxshilash mumkin. Sug‘oriladigan erlarda esa, asosan, dala atroflarida katta zovurlar qazish, tuzni yuvish, ihota daraxtlar o‘tqazish va boshqa usullar bilan tuproqning sho‘rini kamaytirish mumkin. Natijada bu erlarda har xil qishloq xo‘jalik ekinlari bilan bir qatorda dorivor o‘siml iklarni ham yetishtirishga katta imkoniyat tug‘ilishi mumkin. Buning uchun sug‘oriladigan joylarda suvdan to‘g‘ri foydalanish, sizot suvlar sathining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv yo‘qolishiga barham berish lozim. Yaratilgan yangi ekin maydonlarini tekkislash, almashlab ekishni joriy etish, sho‘rlangan tuproqlarning sho‘rini yuvish va boshqa zarur yumushlarni o‘z vaqtida bajarish kerak. Sho‘rlik darajasi kamaytirilgan tuproqlarda ayrim dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasini ko‘rib chiqamiz.

Download 20.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling