Mavzu: Sifаt аnаlizining sistеmаlаri. Kаtiоnlаr аnаlizining sul`fidli sistеmаsi uning mоhiyati Reja


Download 19.45 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi19.45 Kb.
#1144233
  1   2   3
Bog'liq
2-мавзу


Mavzu: Sifаt аnаlizining sistеmаlаri. Kаtiоnlаr аnаlizining sul`fidli sistеmаsi uning mоhiyati
Reja

  1. Sifаt аnаlizining sistеmаlаri. Kаtiоnlаr аnаlizining sul`fidli sistеmаsi uning mоhiyati. Bu sistеmаning ijоbiy tоmоnlаri vа kаmchiliklаri.

  2. Kаtiоnlаr аnаlizining kislоtа – аsоsli sistеmаsi, sistеmаning ijоbiy tоmоnlаri vа kаmchiliklаri.

  3. Kаtiоnlаr аnаlizining аmmiyakli fosfаtli sistеmаsi uning mоhiyati.

  4. Аniоnlаrning аnаlitik guruhlаri



Sifаt аnаlizining sistеmаlаri. Kаtiоnlаr аnаlizining sul`fidli sistеmаsi uning mоhiyati
Kation va anionlarning tahlili ularning tasnifiga ko‘ra bajariladi. Elementlarning davriy sistemadagi o’rni asosida ularning yuqori va past valentliklarini, ulardan tashkil topgan moddalarning turlari va xossalarini, bu moddalarning suvda, kislota, ishqor va boshqa erituvchilarda eruvchanligini, oksidlanish-qaytarilish, kislota-asos, komplekslanish singari xossalarini izohlash mumkin.
Elementlarning davriy sistemadagi o’rniga qarab, ularning rangli birikmalar hosil qilish imkoniyatlarini ham baholash mumkin. Xullas, davriy qonun va sistema analitik
kimyo uchun beqiyos ahamiyatga ega. Kation va anionlarning analitik klassifikatsiyalarini ham davriy qonun va sistema asosida izohlash mumkin. Kation va anionlarning mavjud klassifikatsiyalari ularning umumiy reaktsiyalari bo’yicha hosil qilgan birikmalarining eruvchanligiga asoslangan.
Anorganik kationlarni (NH4+ dan tashqari) davriy sistema guruhlari bo’ylab ham bo’lish mumkin, biroq anionlarni bunday bo’lishning imkoni yo’q, chunki ko’plab anionlar ikki yoki undan ortiq elementlar guruhlaridan tashkil topgan, shuningdek, bir elementning o’zi bir necha anion hosil qiladi. Masalan, oltingugurt S2-, SO32-, SO42-, S2O32-, S2O82-, S2O72-, SCN- va shular singari anionlar hosil qiladi. Shubhasiz, bu anionlar turli xossalarga ega. Bundan tashqari, ayrim kationlarni tashkil qiladigan metallar ham bir necha xil valentlikka ega bo’lgan ionlar hosil qiladi. Masalan, Cr2+, Cr3+, CrO42-, Cr2O72-, Mn2+, Mn3+, MnO4 2-, MnO4- va hokazo.
Davriy sistemada elementlar guruhlarga o’z tashqi energetik pog’onasidagi elektronlari asosida bo’linsa, kationlar va anionlar turli xil reaktivlarga bo’lgan munosabati asosida bo’linadi. Ionlarning analitik klassifikatsiyalari bilan davriy qonun o’rtasida muayyan bog’liqlik bo’ladi.
Ionlarni analitik guruhlarga bo’lishda turli tamoyillarga asoslanadilar:
1) ionlarni kam eruvchan birikmalar holida cho’ktirish;
2)ionlarni metallar bilan qaytarish;
3) ionlarning adsorbtsion xususiyatlari va boshqalar.
Anorganik moddalarni sifat jihatidan tekshirganda, asosan, tuzlar, kislotalar va asoslar eritmalari ishlatiladi. Bu moddalarsuvdagi eritmalarda, ko’pchilik hollarda, dissotsilangan bo’ladi. Shuning uchun ham elektrolitlar suvdagi eritmalarining kimyoviy analizi ionlarni topishga qaratiladi.
Analitik kimyodan dastlabki darslikni yozgan prof. Menshutkin taklif etgan, mumtoz – sulfidli, klassifikatsiya kationlarni sulfid ioni bilan hosil qilgan sulfidlari hossalarini farqiga asoslangan.
Ionlarni topishni yengillashtirish uchun ularni turli guruhlarga bo’lish qulay. Ionlarning eng keng tarqalgan vodorod sulfidli klassifikatsiyasi bo’yicha barcha anorganik kationlar ikki katta guruhga bo’linadi:
1) vodorod sulfid yoki ammoniy sulfid bilan cho’kadigan kationlar;
2) vodorod sulfid yoki ammoniy sulfid bilan cho’kmaydigan kationlar.
Sulfidlari suvda eriydigan metallarning ionlari o’z navbatida ammoniy karbonat bi-
lan cho’kadigan va cho’kmaydigan ionlarga bo’linadi. Bu klassifikatsiya bo’yicha kationlar quyidagi 5 guruhga bo’linadi:
Birinchi guruh kationlari: ammoniy, kaliy, natriy, rubidiy, tseziy, litiy, frantsiy, magniy. Bu guruhning guruh reagenti yo’q, bularning ko’pchiligi (ammoniy va magniy ionlaridan tashqari) davriy sistemaning IA guruhida joylashgan s-elementlardan tashkil topgan.
Ikkinchi guruh kationlari:kaltsiy, strontsiy, bariy va radiy. Bu kationlar ammiakli buffer (ammoniy gidroksid+ammoniy xlorid, pH=9,26) ishtirokida ammoniy karbonat ta’siridan karbonatlar holida cho’kadi. Ularni tashkil etgan elementlar davriy sistemaning IIA guruhidagi s-elementlardir.
Uchinchi guruh kationlari: berilliy, alyuminiy, titan (IV), xrom (III), marganets (II), temir (II), temir (III), kobal`t (II), nikel (II) va rux. Bu ionlardan alyuminiy, berilliy, xrom (III) neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhitda (pH=9,26) ammoniy sulfid ta’siridan suvda erimaydigan gidroksidlar va qolganlari sulьfidlar hosil qiladi. Uchinchi guruh kationlari birinchi va ikkinchi guruhlar kationlaridan sulfidlarining suvda erimasligi bilan farqlanadi.
Birinchi va ikkinchi guruhlarning sulfidlari esa suvda yaxshi eriydi. Bu kationlardan berilliy s-element, alyuminiy p-element va qolganlari d-elementlardir.
To’rtinchi guruh kationlari: mis (II), simob (II), vismut (III), kadmiy, qalay (II) va qalay (IV), surma (III) va surma(V), mishyak (III) va mishyak (V) vodorod sul`fid bilan xlorid kislotali (pH=0,5) eritmada sul`fidlar va polisul`fidlar hosil qilib cho’kadi. Uchinchi guruh sufidlari esa bu sharoitda cho’kmaydi. Bu guruh kationlaridan vismut, qalay, surьma va mishyak p- elementlar, qolganlari esa d-elementlardan tashkil topgan. Ushbu guruh ikki guruhchaga bo’linadi. Mis guruhchasi ionlari (mis(II), si-mob(II), vismut(III) va kadmiy) hosil qilgan sulfidlar kislota va ishqorlarda amalda erimaydi yoki kislotalarda qiyinchilik bilan eriydi. Qalay guruhchasi kationlari (Sb3+, surma (V), mish`yak (III) va mish`yak (V), Sn2+, Sn4+) hosil qilgan polisulьfidlar ishqorlarda va ishqoriy muhitda natriy sulfidda eriydi. Bu ionlarni tashkil etuvchi Cu, Hg va Cd d-elementlar bo’lib, qolganlari p-elementlardir.
Beshinchi guruh kationlaridan kumush (I), simob (I) d-elementlardan va qo’rg’oshin (II) esa p-elementdan tashkil topgan. Bu kationlar sovuq sharoitda xlorid kislota yoki xloridlar ta’siridan cho’kadi. To’rtinchi va beshinchi guruh kationlarini boshqacha bo’lish ham mumkin, biroq bunday bo’lish metodik mantiqqa ega emas, chunki barcha kationlar aralashmasi analiz qilinganda, eng avvalo, xlorid kislota ta’siridan xloridlar hosil qilib cho’kadigan kumush, simob (I) va qo’rg’oshin (II) ionlari cho’ktiriladi. So’ngra IV guruh kationlari pH=0,5 bo’lganda sul`fid va polisul`fidlar shaklida, undan so’ng III guruh kationlari pH=9,26 bo’lganda gidroksid va sul`fidlar shaklida, keyin II guruh kationlari karbonatlar shaklida (pH=9,26) cho’ktiriladi. Xalaqit beruvchi ionlarni ketma-ket ajratish tartibida qilinadigan bu tarzdagi analizga sistematik analiz deyiladi.



Download 19.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling