Mavzu: Son. Sonning leksik-grammatik xususiyatlari. Sonning ma’no turlari reja


Download 87.36 Kb.
Sana14.08.2020
Hajmi87.36 Kb.
#126301
Bog'liq
slayd 1.

  • MAVZU: Son. Sonning leksik-grammatik xususiyatlari. Sonning ma’no turlari

REJA:

  • 1.Sonning leksik-grammatik xususiyatlari.
  • 2.Sonlarning numerativlar bilan qo‘llanishi.
  • 3.Sonning ma’no turlari.
  • 4.Sonlarning otlashishi.
  • 5. Sonning tuzilish jihatdan turlari.

Predmetning miqdorini, sanog`ini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi son deyiladi. Son necha? nechanchi? nechta? qancha? kabi so`roqlardan biriga javob beradi.

  • Predmetning miqdorini, sanog`ini, joylashish tartibini, ba’zan ish-harakatning bajarilish tartibini, miqdoriy belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi son deyiladi. Son necha? nechanchi? nechta? qancha? kabi so`roqlardan biriga javob beradi.
  • Son otga bog`lanib, u ifodalagan predmetning konkret miqdoriy belgisini, ba’zan fe’lga bog`lanib, u ifodalagan harakatning miqdoriy belgisini anglatadi: to`rtta daftar, ikki oy o`qidi, birinchi keldi kabi.

Sonlar ko`pincha raqamlar bilan yoziladi:

  • Sonlar ko`pincha raqamlar bilan yoziladi:
  • 1) arab raqamlari bilan 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9.
  • 2) rim raqamlari bilan: birliklar: I (1), II (2), III(3), IV(4), V (5), VI (6), VII (7), VIII (8), IX (9); o`nliklar: X (10), XX(20), XXX(30), XL(40), L (50) LX (60), LXX (70), LXXX (80), XC(90); yuzliklar: C (100), CC (200), CCC (300), CD (400), D (500), DC (600), DCC (700), DCCC (800), CM (900); mingliklar: M (1000), MM (2000), MMM (3000) ...
  • Badiiy asarlarda sonlar so`z bilan yoziladi: To`rt yil kutdi.
  • Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan 23 ta sodda son bo`lib, boshqa sonlar shularning qo`shilishidan hosil bo`ladi: nol, bir, ikki, uch, to`rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to`qqiz, o`n, yigirma, o`ttiz, qirq, ellik, oltmish, etmish, sakson, to`qson, yuz, ming, million, milliard.
  • Eski yozuv tilida tuman (o`n ming), lak (yuz ming) kabi sonlar bo`lgan. Tarixiy asarlarda mana shu sonlar uchraydi.

Sonning ma’no turlari

  • Son ma’no jihatdan va grammatik xususiyatlarga ko`ra ikki guruhga bo`linadi: sanoq sonlar va tartib sonlar.
  • Sanoq son ma’no xususiyatlariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
  • 1) miqdor son;
  • 2) dona son;
  • 3) chama son;
  • 4) jamlovchi son;
  • 5) taqsim son.

Son tahlili namunasi

  • 1. So`rog`i.
  • 2. Butun Yoki kasrligi.
  • 3. Ma’no turi.
  • 4. Hisob so`zi bor-Yo`qligi.
  • 5. Otlashgan Yoki otlashmaganligi.
  • 6. Tuzilish turi.
  • 7. Gapdagi sintaktik vazifasi.

Bir sonining o`ziga xos grammatik xususiyatlari

  • 1. Ilgari tilga olinmagan predmet nomini ifodalaydigan ot oldida kelib, gumon noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Maqsud aka Oybek ikkovimizga kula-kula bir voqeani aytib bergan edi.
  • 2. Bir soni fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib, kuchaytiruv ravishi (juda, g`oyat) va kuchaytiruv yuklamasi (hatto) kabi ma’noni kuchaytirishga xizmat qiladi: Bir chiroyli, bir yoqimli shamol turdi (S.Ahmad).
  • 3. Bir soni sifatlovchi-sifatlanmish orasida kelganda ham ma’noni kuchaytiradi: Gulnor uchun ulug` bir baxt shu uchrashuv bo`ldi (A.Q.) Juvon asabiy bir harakat bilan ro`molini olib o`radi (A.Q.).

4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish, chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so`zi –gina, faqat vazifasini bajargan.

  • 4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish, chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so`zi –gina, faqat vazifasini bajargan.
  • 5. Bog`lovchi vazifasida kelib, uyushiq gap bo`laklarini Yoki qo`shma gap qismlarini bog`lashga xizmat qiladi: Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning (Maqol).
  • 6. Bir soni o`zi bog`lanib kelgan so`z bilan «hech kim», «hech qanday» olmoshlar ma’nosida keladi: Kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi.
  • 7. Kesim vazifasini bajarib kelganda, birdamlik, o`xshashlik, umumiylik ma’nosini ifodalaydi: Kemaga tushganning joni bir (Maqol). Odamning tili bilan dili bir bo`lsin.

Sonlarning otlashishi.

  • Son bog`lanib kelgan ot qo`llanmaganda, otga qo`shilib kelgan so`z o`zgartiruvchi affikslar, ya’ni egalik, kelishik hamda shakl yasovchi ko`plik affiksini olishi mumkin. Bunday morfologik jihatdan o`zgargan son otlashgan son sanalib, gapda ot bajargan ega, to`ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi, kesim kabi sintaktik vazifalarni bajaradi: Birov tosh, birov gul, o`z joyida ikkovi ham yaxshi (Shukrullo). Bilagi zo`r birni yiqar, bilimi zo`r mingni. (Amir Temur o`gitlari). O`nning yarmi besh.
  • Otlashgan son fikrni stilistik jihatdan ixcham obrazli ifodalashi uchun xizmat qiladi. (Maqol, matal, aforizmlarda ko`p uchraydi) Sonning hamma turlari ham morfologik jihatdan o`zgarmaydi (chama son – tacha, -lab, -lar kasr songa qo`shilmaydi).

Savol va topshiriqlar:

  • Qanday so`zlarga son deyiladi?
  • Sonning nomini bildiradigan sonlar qanday qo`shimchalarni olishi mumkin?
  • Narsa-buyumlarning son-sanog’ini bildiradigan sonlarni so`zlarga bog’lab 5 ta misol keltiring.
  • Sonlar qanday raqamlar bilan ifodalanadi?
  • Nutqimizda tez-tez qo`llanadigan 23 ta sodda sonni birma-bir sanang

Download 87.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling