Mavzu: Sun’iy sug’oriladigan yerlarda yo’l poyini loyihalash uslublari. Reja


Download 25.06 Kb.
bet1/5
Sana12.11.2023
Hajmi25.06 Kb.
#1769236
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Sun’iy sug’oriladigan yerlarda yo’l poyini loyihalash usl-fayllar.org


Mavzu: Sun’iy sug’oriladigan yerlarda yo’l poyini loyihalash uslublari. Reja

Mavzu: Sun’iy sug’oriladigan yerlarda yo’l poyini loyihalash uslublari.


Reja:

    1. Murakab iqlim sharoitlar.


    2. Sun’iy sug’oriladigan erlarda avtomobil yo’llarini loyihalash.


    3. Sun’iy sug’oriladigan erlarda yo’lning ko’ndalang kesimlari.


    4. Sho’rhok erlarda trassani o’tkazish


    5. Yo’l o’q chizig’ini qumli joylarda o’tkazish 6.Qumli joylarda yo’l poyini loyihalash.


Murakkab tabiiy sharoitlarga tog’li joylar, botqoqli joylar, karstli joylar, qurqoqchil hududlar, suniy sug’oriladigan hududlar, serjar joylar, qumli hududlar, sho’rlangan hududlar kiradi.



Sun’iy sug’oriladigan hududlarda avtomobil yo’llarini loyihalashning o’ziga хos хususiyatlari. Unumdor erlar sun’iy sug’orish hududlarida qishloq хo’jaligi uchun juda katta ahamiyatga ega va ularni yo’l qurish uchun ajratish, ayniqsa u almashlab ekishning buzilishi va sug’orish tizimlarini qayta qurish bilan bog’liq bo’lsa, juda katta e’tibor bilan asoslashni talab etadi. Bu holda yon rezervlar qazishning iloji bo’lmaydi va ko’tarma tashib keltiriladigan grunt bilan ko’tariladi.
Sun’iy sug’orish hududlarida sizot suvlari baland turadi. Shuning uchun sun’iy sug’orish hududlarida avtomobil yo’llarini suv ayirg’ichlar bo’yicha va joyning sug’oriladigan dalalaridan yuqorida joylashgan uchastkalarida o’tkazish maqsadga eng muvofiqdir, suvni chetlatish qiyin bo’lgan tekis uchastkalarda yo’lni, agar ularning yo’nalishi mos kelsa, ishlab turgan ochiq kollektorlar- zovurlar bo’ylab o’tkazish zarur. Bunda ko’tarma etagidan yoki yon ariq chetidan kanal chetigacha bo’lgan masofa kamida 4 m bo’lishi kerak.
Sun’iy sug’oriladigan erlarda yo’l poyini loyihalash. Doimo suvga to’la kanallar bo’ylab o’tadigan yo’llarning yo’l poyi ortiqcha namlanishli noqulay sharoitlarda turadi. Shuning uchun qoplama sirti, yuzaki suvlar uzoq turib qoladigan joylarga qo’yiladigan talablarga muvofiq, sug’orish tarmog’idagi suv satщidan baland turishi kerak. Doimiy sun’iy sug’orish zonalarida qoplama
sirtining sizot suvlari satхidan normativga nisbatan baland turishini IV...V zonalarda 0,4 m ga, III zonada 0,2 m ga oshirish kerak. Sug’oriladigan erlarda er juda qimmatli bo’lganligi sababli ko’tarmalar balandligi 1 m gacha bo’lganidagina ularning 1:3 bo’lgan nishab qiyaliklari qilinadi. Ancha baland ko’tarmalarning qiyaliklari 1:1,5 bo’ladi.


Download 25.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling