Mavzu: Ta’lim jarayoning umumlashgan pedagogik texnologiyalari


Download 0.77 Mb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1483567
  1   2   3
Bog'liq
FANNI O`ZLASHTIRISHGA QARATILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ppt


FANNI O`ZLASHTIRISHGA QARATILGAN PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ppt

REJA:


1. O'qitishning umumlashgan texnologiyalari to'g'risida tushuncha.
2. O'qitishning ko'rgazmali texnologiyasi.
3. Muammoli ta'lim texnologiyasi.
4. Dasturlashgan va differensiallashgan ta'lim texnologiyalari.
Fan va texnikaning jadal rivoji, ta'lim tizimining tubdan islohoti kasbiy tayyorgarlikka bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirishni taqozo qilmoqda. Ko'rgazmali - tushuntiruvchi, muammoli dasturida ta'lim va tarbiya jarayonida mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxs tarbiyasiga e'tiborni qaratish ta'kidlangan
Pedagogik texnologiya ,pedagogika fanlari doktori N.Azizxo’jayevaning ta’rifi bilan aytganda, pedagogik faoliyatni bosqichma-boshqich amalga oshirib , ta’lim va shaxsning barkamol bo’lishi, taraqqiy etishiga qaratilgan maqsadga erishishning tizimli loyihasidir.
O'qitishning ko'rgazmali texnologiyasi.
Ma’lumki , o’quv ma’lumotlari o’qituvchi-o’quvchi hamkorligida qo’lga kiritiladi. Har ikkala umumlashtirish, mustahkamlash , amalda qo’llash kabi psixologik jarayonlaeda amalga osgadi.
Ko’rgazmali-izohli ta’lim texnologiyasi - bu ko’rgazmalardan foydalanib ma’lumotlarni izohlashga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyasidir.
Insonning borliqni idrok etishida sezgi organlarining o'rni beqiyosdir. Biz ko'rib, eshitib, tanib, hidlab predmetlarni anglaymiz, ajrata olamiz. Insonning shu xususiyati hisobga olingan holda ta'lim jarayonida ko'rgazmali texnologiya qo'llaniladi.
Bu texnologiya o'quvchi o'rganayotgan narsa va hodisalarni hissiy idrok qilishiga, ularni kuzatib mushohada qilishga undaydi.
Bugungi kunda ta'lim jarayoniga an'anaviy ko'rgazma vositalari bo'lgan :
a) buyum, narsa, hodisa va voqealarning tasvirini ifodalovchi materiallar - rasm, surat, fotosurat, kinofilm va hokazolar.
b) buyum, narsa, hodisa va voqelarning biror shartli belgisi orqali ifodalangan simvolik va sxematik tasviriy materiallar - jug'rofiya va tarixiy kartalar, chizmalar, jadvallar, diagramma va hokazolar.
Ko'rgazmali vositalardan foydalanishdan oldin talabalarga vositani qo'llash maqsadi qisqacha tushuntirilib, material bayoni paytida namoyish etiladi. Ko'rgazmali vosita o'qituvchi tomonidan namoyish etiladi. Agar ko'rgazmali materiallar yetarli bo'lsa talabalarga tarqatish ham mumkin.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling