Mavzu: tarbiyaviy faoliyat orqali bola nutqini rivojlantirish vazifalari
Download 144.66 Kb.
|
TARBIYAVIY FAOLIYAT ORQALI BOLA NUTQINI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. Kirish Mavzuning dolzarbligi.
MAVZU: TARBIYAVIY FAOLIYAT ORQALI BOLA NUTQINI RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI REJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM 1.Tarbiyaviy faoliyat orqali bola nutqni rivojlantirish vazifalarining dolzarbligi va qonunyatlari. 2.KIchik maktab yoshidagi bolalar nutqini o’stirishining umumiy shart-sharoitlari. 3.Bolalar nutqini o’stirishning tashkiliy- pedagogik ahamiyati. 4.Boshlang’ich ta’lim darslarida diologik va monologik nutqning rivojlantirish metodikasi. III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. Kirish Mavzuning dolzarbligi. 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ular ning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, o’quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hamda pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Boshlang’ich ta’limga qadam qo’ygan bolalar ma’lum elementar bilim ko’nikma va malakalarlarni makatabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilardan oladilar. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari tarbiyasida zarur vazifalar, mazmunli dasturlar va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida etibor qaratildi. Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so’zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o’zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo’l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish,fikrlash va boshq.)ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog’liqdir. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro’y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan biz kurs ishining amaliy va nazariy taxlillarga asoslangan holda, bugungi dolzarb muammolardan biri “Tarbiyaviy faoliyat orqaali bola nutqni rivojlantirish vazifalari” mavzusini yoritishga harakat qildik. Download 144.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling