Mavzu: Tarix falsafasi va falsafa tarixi uyg`unligi Reja


Download 245.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi245.34 Kb.
#1083112
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Tarix falsafasi va falsafa tarixi uygunligi Reja



Mavzu: Tarix falsafasi va falsafa tarixi uyg`unligi 
 
 
Reja 
1.Tarix falsmafasining tuzilishi va funksiyalari
2.Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g‘oyasi. 
3.Tarixda shaxsning roli.


Tarix falsmafasining tuzilishi va funksiyalari 
 
Ma'lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning 
rivojlanish jarayonidagi o‘rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga 
bog‘lab, ya'ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish 
mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar 
kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi 
qaysi yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu 
savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi 
javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va 
funksiyalarini yoritishga lozim darajada e'tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur 
bo‘limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz.
Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanishlar. Bilimning integral shakli 
sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez 
qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san'atshunoslik, semiotika, san'atga 
murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – o‘zgaruvchan va 
murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo‘ljallarni topish, insoniyat 
mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni 
belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida 
uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. 
Tarixning mazmun va mohiyatini anglab yetish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi 
faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Tarix ularning talqinida oldinma-
ketin yuz beradigan voqyealar majmui sifatida namoyon bo‘lgan. Tarix tavsifi 
ancha to‘liq bo‘lgan, ba'zan bo‘yab ko‘rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari tarix 
haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan. Bu narrativ 
tarixdir.(tarixchining talqini, interpretatsiyasi) Keyinchalik qadimgi faylasuflar 
tarixni uzluksiz takrorlanib turadigan jarayonlar, «abadiy ortga qaytish» 
(F.Nitsshe) sifatida tasavvur qilganlar.
Diniy an'ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O‘rta asrlarda 
ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e'tirof etildi. Tarixiy voqyealarning ichki 
mantiqi alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat tarixiy jarayonni boshqaradi, 


balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig‘ bo‘lish, jannatdagi boqiy hayotga 
erishish yo‘lini ko‘rsatadi. Avreliy Avgustin o‘zining «Ilohiy shahar haqida» 
asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi to‘g‘risida 
so‘z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo‘l ko‘rsatgan. 
Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi yo‘ldan borishda, inson hayotining 
mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir.
Ibn Xaldun tarixning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson 
hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd 
etadi. Ammo, shunga qaramay, tarixning mazmuni haqida erkinlik, ijod 
tushunchalariga tayanib so‘z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Tarixning 
harakatida Ibn Xaldun ob'ektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, 
uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga 
harakat qiladi.

Download 245.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling