Mavzu: temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish deformasiyalanish holatini uch bosqichi. Oldindan
Download 250.36 Kb. Pdf ko'rish
|
11-ma\'ruza 3
11-MAVZU: TEMIRBETON KONSTRUKSIYALARNING KUCHLANISH- DEFORMASIYALANISH HOLATINI UCH BOSQICHI. OLDINDAN ZO’RIQTIRILGAN TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR VA ULARNI LOYIHALASH Reja: 1. Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch bosqichi. 2. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning mohiyati. 3. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning afzalliklari. 4. Armaturani taranglash usullari: mexanik, termik va termomexanik. 5. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlar armaturasidagi kuchlanishlarni yo‘qotilishi. 6. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlardagi kuchlanishlarni aniqlash. Egiluvchi temirbeton elementining tashqi yuk ta’sirida uning kesim yuzasida eguvchi moment qiymatiga qarab navbati bilan kuchlanish - deformatsiyalanish holatining uch bosqichi ro‘y beradi. 1-bosqich. Elementga kam yuk qo‘yilganda beton va armaturada kuchlanish miqdori deyarlik ko‘p bo‘lmaydi, shuning uchun bunda deformatsiya elastik holatda bo‘ladi. Kesim yuzasining siqilgan va cho‘zilgan qismidagi kuchlanish epyurasi uchburchak shaklida bo‘ladi. Yuk ortishi bilan betonning cho‘zilgan zonasida kuchlanish miqdori cho‘zilishning chegaraviy qiymatiga etadi. Ammo beton yorilmaydi. Betonning taranglangan pastki yuzalarida plastik deformatsiyalar paydo bo‘ladi, bu qatlamlardagi deformatsiya betonning cho‘zilishdagi mustahkamligiga teng. Betonning kamroq cho‘zilgan yuqoriroq yuzasida betonning cho‘zilishga bo‘lgan mustahkamligiga teng kuchlanish yuzaga kelguncha davom etadi. Bu jarayon kuchlanishni qayta taqsimlash butun cho‘zilgan zona bo‘ylab bo‘ladi va ularning epyurisi to‘g‘ri to‘rtburchakka yaqin ko‘rinishni oladi, to‘sinning neytral o‘qi siqilish zonasi tomon siljiydi. Bu Ia bosqich deb belgilanadi. Siqilgan zonada beton esa asosan elastik deformatsiya holatida ishlaydi. Negaki cho‘zilgan zonadagi beton siqilganga qaraganda ko‘proq deformatsiyalanadi. 1a- bosqich elementning yorik paydo bo‘lishi - yoriqbardoshligi bo‘yicha hisoblashda qo‘llaniladi. 23.1. rasm Egiluvchi elementning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch bosqichi: 1- neytral qatlam; 2-yoriqlar; 3-epyuralar; 4-simmetriya o‘qi. Bunda yuk ko‘paygan sayin betonning cho‘zilgan zonasi (deformatsiya ko‘rsatkichi oxiriga etganda) uziladi. Natijada yoriq paydo bo‘ladi va elementning kesim yuzasida yangi holat 2-bosqich boshlanadi. 2-bosqich. Yoriq paydo bo‘lgandan keyin yoriqli kesim yuzasining cho‘zilishidagi kuchlanishini armatura qabul qiladi (ma’lum ma’noda yoriq ustidagi cho‘zilgan beton bilan birgalikda), yoriqlar orasida esa beton bilan bog‘liqlik buzilmaydi va beton armaturaga biroz ko‘proq kuchlanishni berib, cho‘zilishga ishlayveradi. (23.1. rasm) Yukni orttirib borilgan sari armaturadagi kuchlanish ortib boradi, yoriq kengayadi (yoriq yuqoriga qarab ko‘tariladi va uning eni esa kattalashadi), neytral o‘q yuqoriga ko‘tariladi va betonning siqilgan kesim yuzasi kichrayadi. Betonning siqilgan qismida noelastik deformatsiyasi ortadi va bu zonada kuchlanishning epyura chizig‘i qiyshayadi. 2-bosqich oxirida, cho‘zilgan armaturadagi kuchlanishning miqdori oquvchanlik chegarasiga etadi va siqilgan zonadagi betonda kuchlanishning miqdori kamayib borishi bilan tugallanadi. 2-bosqich bo‘yicha konstruksiyaning ishlash sharoitida uni egilishga va yoriqni kengayishiga hisoblashda qo‘llaniladi. Temirbetonni emirilish bosqichi bo‘ladi. Sinov vaqti bo‘yicha u juda qisqa davr mobaynida bo‘lib o‘tadi. Armaturaning oquvchanligi boshlanishi bilan buzulish boshlanadi natijada egilish ortib boradi va yoriqning ko‘payishi oqibatida beton kesim yuzasining siqilgan qismining balandligi kamayadi. Yoriq ustidagi betonning siqilgan zonasida plastik deformatsiya paydo bo‘ladi. Buzulish siqilgan zonada betonning maydalab sinish bilan boshlanadi. Bunda siqilgan zona epyurasi parabola ko‘rinishiga yaqin bo‘ladi. Cho‘zilish zonasidagi yoriqlar kattalashadi, to‘sin bikirligi kamayadi va solqilik tez o‘sib borib, to‘sin sinadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, buzilishning xarakteri armatura miqdoriga va turiga bog‘liq. Buning uchun ikki holat bo‘lishi mumkin. 1-holat. Buzulish armatura oquvchanligi bilan boshlanadi va siqilgan zonadagi betonning buzilishi bilan tugaydi. Bunda element kesim yuzasining buzilishi plastik xarakterga ega. Shunday qilib bu holat, o‘z me’yorida armaturalangan elementlarda ro‘y beradi (me’yorda armaturalangan tushunchasi armaturaning mustahkamlik qobiliyati to‘la foydalaniladigan holat tushiniladi). Bunda beton va armaturadagi kuchlanish chegaraviy qiymatga erishadi. Download 250.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling