Mavzu: Toshkent Moliya Instituti
Download 0.55 Mb.
|
Egashev Og'abek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent moliya institu tashqi ko’rinishi
Mavzu:Toshkent Moliya InstitutiFAN O’QITUVCHISI:NURALIYEVA SHAXLOTAYORLARDI:ERGASHEV O’G’ABEKREJA:
Toshkent moliya instituti — moliya-kredit sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yirik oliy oʻquv yurti. 1931-yilda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq, Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan. Institutda 7 ta fakultet (moliya-iqtisod; kredit-iqtisod; hisob-iqtisod; boshqaruv; sirtqi moliya-iqtisod; sirtqi kredit-iqtisod; sirtqi umum iqtisod) va magistratura, 25 kafedra, akademik litsey, soliq litseyi, bank kolleji, biznes maktabi, malaka oshirish instituti, iqtisodiy bilimlarni tarqatish markazi va boshqa boʻlimlar faoliyat koʻrsatadi. 2003/04 oʻquv yilida institutda 6833 talaba taʼlim oldi
354 professoroʻqituvchi, jumladan, 38 fan doktori va professor, 154 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut moliya, bank ishi, soliq, sugʻurta, menejment, qimmatli qogʻozlar va fond birjasi, loyihalarni moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va audit, kasbiy pedagogik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar hamda 19 iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. Institut faoliyati M. M. Qoriyev, Yu. Ye. Shenger, N. N. Shabanova, X. R. Sobirov, M. Sharifxoʻjayev, A. Oʻlmasov, 3. Yoʻldoshev, Yo. Abdullayev, kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institut mustaqillik yillarida 13500 dan ortiq mutaxassis kadrlar tayyorladi. Institutda aspirantura va doktorantura bor. AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi rivojlangan chet el davlatlarining turdosh universitetlari bilan oʻquvilmiy sohalarda hamkorlik qiladi[1][2].Toshkent moliya institu tashqi ko’rinishiEtiboringiz uchun raxmat!Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling