Mavzu: Turistlarga joylashtirish xizmatlarini tashkil etish Bajaruvchi


Download 136.96 Kb.
bet1/9
Sana24.06.2023
Hajmi136.96 Kb.
#1653699
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Turistlarga joylashtirish xizmatlarini tashkil etish Yusupov Otabek


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

«Iqtisodiyot» fakulteti


“Turizm(Faoliyat turlari bo’yicha)” yo’nalishi sirtqi bo`lim
191- guruh talabasi Yusupov Otabekning
“ Turopereyting” fanidan

KURS ISHI



Mavzu: Turistlarga joylashtirish xizmatlarini tashkil etish

Bajaruvchi: Yusupov Otabek
Ilmiy rahbar: Matniyozov M

Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………3
I BOB Turizmda joylashtirish vositalari………………………………... 4
1.2 Turizmda turistlarni joylashtirish vositalari…………………….4
1.3 Mehmonxonalar tasnifi va mehmonxona turlari……….………6
II BOB Ovqatlantirish korxonalari………………………….…….……..7
2.1 Turizmda ovqatlantirishni tashkil etish………………………...7
2.2 Ovqat va ichimlik tannarxini hisoblash usullari…………..…..11
2.3 Turizmda ovqatlanish xizmatining nazariy asoslari va restoran biznesining o’ziga xos xususiyatlari………………………………...24
Xulosa………………………………………………………………….27
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..……..29


Kirish
Turizm o‘zida jahon iqtisodiyotining murakkab va har tomonlama sohalarini mujassam etgan holda, butun jahon xo‘jaligiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Turizm aloxida mamlakatlar xo‘jaligiga ham, xududlarga ham birday tegishli. Ayrim mamlakatlarda turizm sohasi valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush farovonligi qo‘llab – quvvatlanib turiladi. Turizm jahon xo‘jaligining uch etakchi eksport sohalari qatoriga irib, u faqatgina neft qazib olish va avtomobilsozlik sanoatlaridangina keyingi o‘rinni egallaydi. Hozirgi paytda turizm sohasi ulushiga butun jahon eksportining 8%ga yaqini, jahon xizmatlar savdosining 30%, jahon yalpi mahsulotining 10,8%, jahon kapital qo‘yilmalarining 9,4%, jahon iste’molchilik xarajatlarining 11%, butun jahon soliq tushumlarining 5% to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, turizm sohasi aholining bandligiga katta ta’sir o‘tkazmoqda. Mutaxassislar fikricha, hozirgi zamon turizmi va uning bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarida jahondagi har sakkizinchi xodim banddir. Jahonning ko‘pchilik davlatlarida turizm yagona tizim sifatida rivojlanib bormoqda. Qaysikim u mazkur mamlakat va uning xalqaro tarixi, diniy, ma’naviy, madaniy hamda urf-odatlari bilan tanishish imkoniyatlarini yaratib beradi. Turizm mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek u juda ko‘pchilik xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam ko‘rsatadi. Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, sayyohlik mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmog‘I sifatida belgilandi. Prezidentning 2017 yil 16 avgustdagi qarori bilan 2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Mamlakat xazinasiga turizmdan tushgan valuta hajmi va yangi ish o‘rinlarini tashkil topishi turli qo'shimcha xizmatlarning kengayishi bilan bog'liq. Agar asosiy xizmatlar o'z ichiga turistlarni joylashtirish, ovqatlantirish, transport xizmatlarini ham olsa, qo'shimcha xizmatlar turistik xizmat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan bo'lardi. Jumladan, suvenir savdo shoxobchalarini, milliy san’at buyumlarini sotishni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Xorijiy turistlarni jalb qilishni kengaytirish uchun viza bilan bog'liq talablarni yengillashtirish zarur. O'zbekistondagi turistik mahsulotlarga xorijiy turistlarni jalb etishning oson va yengil yo'llarini izlab topish, mehmonxonalarda yaxshi sharoitlar yaratish zarur. Ulardagi xizmat sifatini yaxshilash, xalqaro andozalarga moslashtirish lozim.



Download 136.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling