Mavzu: turkiy tillarning shakllanishi va taraqqiyoti


Download 54.52 Kb.
bet1/19
Sana04.05.2023
Hajmi54.52 Kb.
#1426451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI


MAVZU: TURKIY TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI


MUNDARIJA:


I. KIRISH…………………………………………………………………2-4
II. ASOSIY QISM……………………………………………………………
1. TURKIY XALQLARNING SHAKLLANISH OMILLARI ………5-9
2. TURKIY XALQLARNING TARAQQIYOT JARAYONLARIDA TASIR ETUVCHI OMILLAR ……………………………..………………..……10-25
3. O'ZBEK XALQINING SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTI….26-34
III. XULOSA..………………………………………………………..…35-36
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………....37-38


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustabid tuzum davrida tilimizni yo‘qotishga ko‘p urinishlar bo‘lgan edi. Lekin xalqimiz o‘z ona tilini – milliy g'ururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, tilimiz fidoyilarining jonkuyarligi natijasida 1989 yil 21 oktyabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, o‘zbek tili mamlakatimizda davlat tili maqomiga ega bo‘ldi. Ushbu tarixiy sanadan o‘ttiz yil o‘tib bu borada yana bir qutlug‘ qadam qo‘yildi. Prezidentimiz 2019 yil 21 oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g'risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21 oktyabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi. Ona tilimiz fidoyilari, butun xalqimiz bu xushxabarni katta xursandchilik bilan qarshi oldi.
Prezident ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish, «Davlat tili haqida»gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta'kidladi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.
“- Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e'tiborni mustaqillikka bo‘lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak”1
Til haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyev o‘z fikrlarini aytganlar: “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin.Turkiy tillarning katta oilasiga mansub boʻlgan oʻzbek tilining tarixi xalqimizning koʻp asrlik kechmishi, uning orzu-intilishlari, dardu armonlari, zafarlari va gʻalabalari bilan chambarchas bogʻliqdir.Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga oʻz soʻzini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar.”2
Turkiy tillar tarixini o‘rganishda ikki yo‘nalish – tarixiy grammatika va adabiy tillar tarixini yaratish yuzasidan izlanishlar olib borildi. 60-70- yillarda turkiy tillar tarixi bo‘yicha bir qancha monografiyalar, darsliklar, qo‘llanmalar yaratildi. Turkologiya tarixida sinxronik va diaxronik aspektdagi tadqiqotlar yuzaga keldi. Turkiy tillar tasnifi, turkiy tillar fonetikasi, leksikologiyasi, semasiologiyasi, terminologiyasi, leksikografiyasi, grammatikasiga doir izlanishlar olib borildi, monografiyalar, qo‘llanmalar yaratildi, ilmiy maqolalar e’lon qilindi. Turkiy tillarda yaratilgan yozma yodgorliklar o‘rganildi, nashr etildi. Turkiy tillar fonetikasi sohasida jiddiy yutuqlarga erishildi. Eksperimental-fonetik tekshirishlar asosida turkiy tillarning fonematik sistemasi (unli va undosh tovushlar tizimi), aksentuatsiyasi, gap intonatsiyasi yoritildi. Turkiy tillar leksikologiyasi, leksikografiyasi bo‘yicha olib borilgan ishlar turkiy tillar leksikasini ham sinxron, ham diaxron aspektda tekshirishga qaratilgan tadqiqotlar uchun zamin yaratdi. Turkiy tillarga oid ikki tilli lug‘atlarda turkiy bo‘lmagan til (masalan, rus tili)ning leksik-grammatik xususiyatlarini turkiy til vositasi orqali aks ettirish, ko‘chma ma’nodagi so‘z va iboralarni tarjima qilish, old qo‘shimcha (prefiks)li so‘zlarning turkiy tillardagi muqobilini topish, ularning semantik xususiyatlarini har jihatdan yoritish masalalariga e’tibor qaratildi.
Turkiy tillar morfologiyasi, xususan, so‘z turkumlarining leksik-semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari ilmiy asosda tadqiq qilindi. Ot, sifat, ravish va fe’l turkumiga xos kategoriyalar o‘rganildi. Turkiy tillar sintaksisi bo‘yicha ham bir qator ishlar amalga oshirildi. So‘z birikmalari, sodda va qo‘shma gap sintaksisiga oid fundamental tadqiqotlar yaratildi.

Download 54.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling