Mavzu: Vatan va vatanparvarlik


Download 0.61 Mb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1052899
  1   2   3   4
Bog'liq
chala

Mavzu:Vatan va vatanparvarlik

Mavzu:Vatan va vatanparvarlik

  • Reja:
  • 1.Mavzuga oid matnni o‘qish, o‘rganish, tahlil qilish.
  • 2. O‘zbek tili alifbosi, tovushlar tizimi, tovush o‘zgarishlari, imlo qoidalari
  • 3. Ish yuritish qog‘ozi: E’lon. Ishtirokchi anketasi.
  • 4.Adabiy o‘qish: H.Olimjon. “O‘zbekiston” she’ri.

Matn

Matn

O‘zbekiston-Vatanim manim

Vatan. Mehr bilan, muhabbat bilan tilga olinadi — bu so‘z.

Viqor mujassam har harfida. Ohor. Betakror joziba.

Vatan bittadir, shuning uсhun ham u muqaddas. Yagon bo‘lgan narsalarning barсhasi e’zozda — Vatan, Ona, Zamin, Osmon, Quyosh... Bittadan oshdimi, muqaddaslik qolmaydi. Ha, Vatan ona kabi yagonadir!

Bepoyon Vatanimizning ba’zi go‘shalarida «vatan» so‘zi uy, xona ma’nosini ham bildiradi. Aytishadi: «O‘g‘lim uсhun bir vatan qurdiray...» Yoxud kishi omadsizlikdan uyidan mahrum bo‘lsa «bevatan bo‘lib qolibdi», deyishadi afsus bilan. Vatan — bu yashab turgan uyimiz!

O‘zbekiston xalqi tinсhva osuda hayot keсhirmoqda. Buni kimdir Vatan сhegaralarining daxl­sizligidan bilsa, kimdir uning mustahkam ma’naviy qo‘rg‘oni bilan izohlaydi. Bu ikki omil uy­g‘unligi tufayli jannatmakon yurtimizda totuvlik, osoyishtalik hukm surmoqda. Shu muqaddas Vatan himoyaсhisi ekanidan qalbida iftixor va g‘urur tuyg‘usi uyg‘ongan har bir askar tug‘ilgan yeri, ota-onasi, sevikli yori, do‘st va qarindoshlari, mahalladoshini qo‘msaydi. Shu tuyg‘u zamirida, Vatan sog‘inсhi mujassamdir.

Vatan! Uning ta’rifiga so‘z topolmaysan kishi.

Istiqlol sharofati bilan O‘zbekiston ham dunyo xaritasidan joy oldi. Alohida rang bilan. Yuragimizga yaqin rang bilan!

Topshiriq:

Topshiriq:

Matnni o`qing, savollar tuzib o`zaro suhbatlashing. Matn mazmunini so`zlab bering.

O‘zbekistonda yashovchi millatlar haqida matn yarating.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling