Mavzu: vatanimiz tarixdagi ilk davlat uyushmalari


Download 76.54 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi76.54 Kb.
#1051947
  1   2
Bog'liq
Vatanimiz tarixidagi ilk davlat uyushmalari



O`ZBEKISTON REPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAHSUS TA`lIM VAZIRLIGI
MUQUMIY NOMIDAGI QO`QON PEDAGOGIKA INSITITUTI
TARIX FAKULTETI

KURS ISHI

MAVZU: VATANIMIZ TARIXDAGI ILK DAVLAT UYUSHMALARI



REJA:

KIRISH
1.Katta Xorazim
2. Qadimgi Baqtirya
3. Qadimgi Sug`diyona
XULOSA
Foydalanilgan Adabyotlar:
KIRISH
Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor .Havaz qilsa arziydigan ulug’ ajdodlarimiz bor. Havs qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor .Va men ishonaman , hasib etsa nasib etsa havas qilsa arzidgan buyuk kelajagimiz , buyuk adabiyotimiz va san’atuimiz ham, albatta bo’ladi.
Shavkat Mirziyoyev
Avvalo, yoshlarimiz tarixni chuqur o’rganishi lozim .Negaki o’z tarixini bilmagan jamiyat istiqbolga elutuvchi yo’lni topa olmaydi. Tarixga bepisand xalqning kelajagi yo’q… Anashu tarixdan saboq chiqarmasak, ertaga kechagi kun ko’rguliklari qaytaddan boshimizga tushib qolishi hech gap emas. Boshqacha aytganda, kechagi kundan to’ri xulosa chiqarib ish tutgan jamiyat kelajakka ishonch bilan qadam qo’yadi.
Islom Karimov
Moziyga qaytib ish ko’rishli xayirlik.
Abdulla Qodiriy
Tarix millatlarning o’tmishini , taraqqiyot hamda tanazzuli sabablarni o’rgataturg’on bilimdir.
Abdurauf Fitrat
Darhaqiyqat, ushbu purma’no fikirlarni bugunimiz va kelajagimiz uchun qanchalar kata ahamyatga ega ekanligini tarixda o’z ifodasini topgan. Shuni takidlash kerakki o’zvatanimiz tarixini bilmasdan turib kelaakni qurib bo’lmaydi.Shu jumladan o’z vatanimizni qadimgi tarixini bilishimiz va o’rganishimiz kerak.Hozirgi kunda O’zbekiston tarixini qadimgi bosqichini o’rganish bo’yicha ko’pgina olimlar ilmiz izlanishlar olib bormoqdalar.Bizning tariximizning eng og’riqli nuqtasi bu o’zbekiston tarixini qadimgi bosqichi bunga sabab, bizning tariximizdan xabar beruvchi qo’lyozmalar saqlanib qolmaganligidir.Shuning uchun biz vatanimiz tarixni boshqa davlat manbalaridan o’rganamiz .Misol uchun: Qadimgi yunon-rim manbalari,xitoy qo’lyoizmalari eron sosoniylar manbalaridan foydalinib biz o’rganishimiz mumkun.Savol paydo bo’lishi mumkun nima sabadan ,sababi biz o’tmishda juda ko’p marotlaba bosqinchilar hujimiga uchraganimiz va ular bizning yozma manbalkarimizni yo’q qilganligi sababli hozirda qadimgi o’zbekiston tarixini o’rganishda mummolarga duch kelmoqdamiz.Tarixiy yozma manbalarni asosiy qismini yo’q bo’lishiga arablarni islom dinini yoyish maqsadida vatnimizga qilgan hujum natijasaida yo’q bo’lgan. Ular bu yozma manbalar majusilikka oid deb hamma qo’lyozma manbalarini yo’q qilgan.
Kaminani bu vatanimiz tarixdagi ilk davlat uyushmalarni o’rganishimdan maqsadim shu davr tarixini oz bo’lsa ham ochish va malumotlarga oytdinlik kiritish maqsadida shu ishga bel bog’ladim.Vatanimzdagi ilk davlat uyushmalar Katta Xorazm, Qadimgi, Baqtirya va So’diyona davlatlari haqida ma’lumotlar berib ayrim chalkashmovchiliklarga barham berish.Ya’ni har xil manbalardan foydalanganligimiz sabali voqealar, yillar va hududlarni hozirgi o’rni masalasidagi munozaralarga barham berishni niyat qildim.tarix bilamizki taxminlarga asoslangan fandir. Sababi o’sha davrni hech kim o’z ko’zi bilan ko’rgan emas.biz bu haqida ma’lumotlarni tarixiy kitoblarni o’qish orqali olishimiz mumkun.

1.Katta Xorazm.Ilk davlatchilik masalasida juda ko‘pIab ilmiy bahslar boMib o'tgan
boMishiga qaramay, bu masala hanuz o‘z yechimini topgan deb
hisoblanmaydi. Xususan, “Katta Xorazm” (Avesto tilida Xvarizam,
qadimgi fors tilida Xvarazmish, qadimgi yunon tilida Xorasmiya)
davlatining hududiy joylashuvi va paydo boMgan davri masalalari ham
ancha niunozarali mavzu.1 Arxeologik tadqiqotlar ayrim hollarda yozma
manbalar maMumotlarini tasdiqlamaydi. Mil. aw. IX-VIII asrlar Xorazm
madaniyati Amirobod nomi bilan mashhurdir. Bu madaniyatning
me’morchilik yodgorliklari, asosan, chayla va yarim yertoMalardan iborat
boMib mustahkam turar joylar uchramaydi. Xorazmd^i dehqonchilikning rivojidan darak beruvchi yirik sug'orish inshootlari, mustahkam
mudofaaga ega boMgan turar joylar (Ko'zaliqir, Ding'alja) mil. avv VI-Vasrlarga oiddir.Qadimgi Xorazmning joylashuv hududlari ham ancha munozarali
mavzu hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchilar (Tarn, Altxaym)
ahmoniylargacha xorazmivlar Parfiya chegaralaridan sharqiy yo'nalishda
Kopetdog‘ yonbag‘irlarida joylashgan desalar, ayrimlari (Xenning,
Gcrshevich) bu davlatning markazi Marv va Hirot atrofida boMib, Kir IJ
bosib olganidan so‘ng Quyi Amudaryoga - hozirgi Xorazm hududlariga
ko‘chib o‘tgan deydilar.2 Ayrim tadqiqotchilar fikricha (S.Tolstov,
M.Vorobyeva) qadimgi Xorazmning chegaralari hozirgi Xorazm
hududlaridan ancha keng boMib, 0‘rta Amudaryodagi Qo'shqal’adan
boshlab, Orol dengizigacha boMgan hududlami o‘z ichiga olgan.
Urnuman, mil. avv. VII asrning oxiri - VI asrda Xorazm davlati
mavjud bomganligi aniq. Bu davr Xorazmda quriiish va hunarmandchilik
ancha rivojlangan. Tadqiqotlar natijasida bu hududlardan bronza va
temirdan yasalgan mehnat hamda harbiy qurollar, sopol urchuqlar, bronza
igna, bigizlar, sopol idishlar topilgan. Bu topilmalar qo‘shni MargMyona,
Baqtriya va So‘g‘divona topilmalariga o‘xshab ketadi. О‘rta Osiyodagi yana bir yirik davlat uyushmasi-Qadimgi Xorazm davlati hisoblanadi. “Katta Xorazm” va “Qadimgi Xorazm” masalasi bо‘yicha о‘zbekistonlik va xorijlik kо‘plab olimlar turli-tuman tadqiqotlar olib borgan bо‘lsalarda bu masalalar hamon tadqiqotchilarning bahs-munozaralariga sabab bо‘lib kelmoqda. Avesto va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlari bu munozaralarning asosini tashkil etadi. Undan tashqari, о‘tgan asrning 50-60 - yillaridan boshlab bugunga qadar olib borilgan arxeolgik tadqiqotlar natijalari ham Xorazm davlatchiligi tarixi bо‘yicha boy materiallar berdi.
Avvalo sо‘ngi yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan (X.Matyakubov) xulosa chiqaradigan bо‘lsak, Xorazm mil.avv IV-III m.y. dayoq О‘rta Sharqning qadimgi sivilizasiyalar olami bilan uzoq Shimolni bevosita bog‘lovchi xalqa rolini о‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari qadimgi Xorazm yerlarini о‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bо‘lgan, Shimol va Janubdan ta’sir qabul qilib, yangi taraqqiyot bosqichiga kо‘tarilgan qabilalar madaniyati edi.
Ularning urug‘ jamoalari yarim yertо‘la uy -joylarda istiqomat qilib motiga dehqonchiligi va chorvachilik bilan shug‘ullanib, ibtidoiy ishlab chiqarish xо‘jaligi sari ilk qadam tashlaganlar. Ammo, ularning moddiy xо‘jalik taraqqiyoti darajasi О‘rta Osiyoning janubiy mintaqalari (Baqtriya, Marg‘iyona) dagi qabilalarga nisbatan ancha orqada edi.3
Amirobod madaniyati (mil.avv IX-VIII asrlar) davrida Amudaryo quyi havzasida yashovchi aholi hali davlatchilikdan bexabar bо‘lib,irrigasiya xususiyati ibtidoiy urug‘-qabilachilik an’analarini saqlab qolgan aholi jamiyatiga xos edi. О‘rta Osiyoning Janubiy mintaqalariga qaraganda Xorazm vohasi aholisi uzoq vaqt beqaror suv oqimi sharoitida, noqо‘lay tabiat injiqliklari girdobida qolib kelgan. Qadimgi yozma manbalar ma’lumotlari va mavjud arxeologik yodgorliklarning qiyosiy tahliliga kо‘ra, Xorazmda davlatchilik ildizlarining paydo bо‘lishigan asos bо‘lgan ilk shaharsozlik madaniyati sohiblari-Xorazmiylar kо‘chib kelgach tarkib topdi va rivojlandi.
“Xorazm” atamasining kelib chiqishi haqida kо‘plab fikrlar mavjud. Olimlarning katta guruhi “Xorazm” atamasining ikkinchi komponenti –zmi, - zamni hind-yevropa tillariga mansub – zemo – yer, о‘lka, mamlakat ma’nosini beradi degan xulosaga kelganlar. Sо‘zning birinchi komponentiga kelganda olimlar fikrlaridagi yakdillik yо‘qoladi va u turlicha – “Ozuqaga boy mamlakat”, “Unumdor yer” (YE.Byurnuf, E.Zaxau, U.Geyger, U.Tomashek), “Gо‘zal mamlakat” (F.Yusti), “Unumsiz, yomon yer” (F.Shpigel), “Pastlik yer” (P.Lerx, N.Veselovskiy, X.Klipert), “Quyoshli yoki Sharqiy о‘lka” (S.Tolstov, P.Savelyev, F.Sulaymonova), “Sharqiy zamin”, “Kunchiqar mamalakat” (I.Mо‘minov) tarzida talqin etiladi.
Yana bir guruh olimlar “Xorazm” atamasi uch leksima asosida (Uvarizami, u – “yaxshi”+ vara – “qal’a”,”qо‘rg‘on”+zimi-“yer”) paydo bо‘lgan deb hisoblab, mazkur tarixiy atamaning ma’nosini “yaxshi qо‘rali yer”, “Ajoyib qal’ali о‘lka” yoki “Mustahkam qо‘rg‘onli diyor”(Bogolyubov, A.Muhammadjonov) tarjima qiladilar. Sо‘ngi tadqiqodlarda “Xorazm” atamasining о‘zagi qadimgi turkiy asoslarga ega bо‘lishi mumkin degan fikrlar ilgari surilib (“Xuar” (“Suvar”) – “suv”(“xu”) – suv, “Ar”-yer, odam, “m”- birinchi shaxs qо‘shimchasi) va u “Suv(daryo) odamlari” yoki “suv egalari” (M.Zakiyev, SH.Kamoliddin, О‘.Nosirov) deb tarjima qilingan.
Olimlarning ta’kidlashicha, Avestoda tilga olingan Aryoshayona yoki Aryanam Vaychax shu manbada eslatilgan Kavi Vishtaspning podsholigi bо‘lib, milloddan avvalgi IX-VIII asrlarda Drang‘iyona, Satagadiya, Ariya, Marg‘yona va Amudaryoning о‘rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G‘arb tadqoqtchilari V.Xenning va I.Gershevichlar Avestodagi Kavi Vishtapsning davlati Marv va Xirot atrofida joylashgan “Katta Xorazm” deb hisoblaydilar. “Katta Xorazm” muammosi Gerodot ma’lumotlaridan boshlangan4. U “Tarix” asarining uchinchi kitobida quyidagicha ma’lumot beradi: “Osiyoda bir vodiy bor. Uning barcha tomoni tog‘ bilan о‘ralgan, tog‘ni esa beshta dara kesib turadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorasmiylarga tegishli bо‘lib, xorasmiylar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarga chegaradosh yerlarda joylashgan. Vodiyni о‘rab turgan tog‘dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi”.
Gerodotdan sal oldinroq yashab о‘tgan Gekatey parfiyaliklarning sharqiy tomonida joylashgan “Xorasmiya”ni, “bir qismi tekisliklarda, bir qismi tog‘larda yashovchi xorazmliklarni” eslatib о‘tadi. Tadqiqotchi V.A.Livshis ham bu “Katta Xorazm”ni Marv va Hirotning tо‘rtta rayoniga joylashtiradi. Agar “Katta Xorazm” davlati Marv va Hirot atroflarida joylashgan taxmin rost bо‘lsa, A.S.Sagdullayevning fikricha, bu davlat forslar podshosi Kir II tamonidan bо‘ysundirilganidan sо‘ng xorasmiylar Quyi Amudaryoning Xorazm hududlariga kо‘chib borganlar deb faraz qilinadi. Ushbu nazariyaga kо‘ra, miloddan avvalgi VI asr qadimgi forslar xorasmiylarni janubdan quyi Amudaryo yerlariga siqib chiqargan.
S.P.Tolstov va Y.G‘ulomovlar bu nazariyaga qarshi bо‘lib, xorazmliklar О‘rta Osiyoning janubidan kо‘chib kelmaganlar balki, Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududlaridan ancha keng bо‘lgan.
О‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi bilan shug‘ullanuvchi olim I.N.Xlopin “Katta Xorazm”ning yirik siyosiy birlashma sifatida Ahamoniylardan oldingi davrda mavjud bо‘lganligi va Akesning Tajan-Xerirud daryosi bilan bir ekanligi haqidagi fikrlarni asossiz deb hisoblaydi. Olimning ta’kidlashicha, “Ahamoniylardan oldingi davrda О‘rta Osiyo hududida xalqlarning xorazmiylar boshchiligida hech qanday ilk davlat birlashmalari yо‘q edi”. Shu bilan birga u Ahamoniylardan oldingi davrda О‘rta Osiyoning janubida, “bir necha uncha katta bо‘lmagan markazlar” mavjud bо‘lgan bо‘lishi mumkinligini e’tirof etadi.
О‘rta Osiyo janubidagi dexqonchilik madaniyati va ilk shaharlar bо‘yicha mutaxassis hisoblangan A.A.Asqarov sо‘nggi yillarda Qadimgi Xorazm masalalariga о‘z e’tiborini qaratdi. Olimning e’tirof etishicha, Xorazm vohasining qadimgi davri о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu hududiy kenglik Amudaryoning quyi havzasi hisoblanib, О‘rta Osiyoning bu yirik daryosi bir necha yuz yillar davomida yuqori oqimlardan quyiga unumdor loyqa oqizib kelib, janubiy Orol bо‘ylarida sug‘orma dehqonchilik madaniyatining rivojlanishi uchun zamin yaratgan5. Ammo, bu zamin eng qadimgi davrlarda ajdodlarimiz tomonidan о‘zlashtirilib, sug‘orma dehqonchilik madaniyatining Marg‘iyona va Baqtriya singari makoni bо‘la olmadi.
Arxeologik manbalarning ma’lumot berishicha, ilk temir davriga kelib Xorazm hududlarida paydo bо‘lgan Amirobod madaniyati davrida janubiy Xorazm aholisi Amudaryo quyi havzasining о‘zanlari bо‘ylab barpo etilgan keng va sayoz kanallar yordamida ziroatchilikka qо‘lay joylarda dehqonchilik qila boshlaydilar hamda о‘troq hayot asta-sekin ularning turmush tarziga aylana boshlaydi. Ammo, Amudaryoning quyi havzalari, uning tо‘qayzor va qamishzor keng maydonlari, serunum yaylovlari chorvachilik xо‘jaligining taraqqiy etishi uchun juda qо‘lay edi. Shuning uchun ham qadimgi Xorazmda Quyi Sirdaryo sak-chorvadorlarning Quyisoy madaniyati keng rivojlangan.
Yunon geografi Strabon xorazmiylarning ajdodlari massagetlarga borib taqalishi haqida ma’lumotlar beradi. S.P.Tolstovning fikricha, Xorazm tarixining massagetlargacha bо‘lgan davrida bu zaminda Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari aralashuvidan tarkib topgan Qovunchi (Qaundi) qabilalari yashar edilar. Ular milloddan avvalgi II ming yillikning sо‘nggi choragida qadimgi Xorazmning massaget nomi ostida yuritilgan kо‘chmanchi qabilalarining asosini tashkil etgan.
Arxeologik ma’lumotlar, yozma manbalar va ularni etnogeografik tahlillaridan xulosa chiqargan A.A.Asqarov, xorazmiylarning dastlabki vatani Baqtriyadan junubda, hozirgi Hirot vodiysida bо‘lganligini e’tirof etadi. Olimning ta’kidlashicha, Ahamoniy podsholari tazyiq о‘tkazish orqali sharqiy Eron qabilalaridan yiliga katta boj olish maqsadida Hilmend tog‘ daralaridan oqib chiqadigan soylarga tо‘g‘onlar qurdirib, suv yо‘llarini qadimgi Hilmend, hozirgi Hirot vodiysiga-xorazimiylar yurtiga burib yuborganlar. Natijada, vodiyda kо‘l hosil bо‘lib, xorasmiylar noilojlikdan vatanlarini tark etib, Amudaryoning quyi havzalariga kо‘chishga majbur bо‘lganlar. A.Asqarovning xulosalariga kо‘ra, Amudaryoning quyi havzalarida uzoq asrlar davomida Amu suvlari oqizib kelgan loyqa yotqiziqlari tufayli hosil bо‘lgan dehqonchilikka qо‘lay, tekis va unumdor yerlar hamda havza irmoqlari suvlaridan dehqonchilikda foydalanishning qо‘layligi, ziroatchilikda boy tajribaga ega bо‘lgan xorasmiy qabilalarining yangi joyga moslashishini tezlashtirgan.
Qadimgi Xorazm xо‘jalik tartibining tuzilishi janubiy hududlardagi sug‘orish tizimini eslatsa-da, о‘lchamlari jihatdan ancha kichik. M.A.Itinaning fikricha, bu davrda urug‘doshlarning qishloqlari bо‘lishi mumkin bо‘lgan manzilgohlarning maydonlari kengayganligi kо‘zatiladi. Bu manzilgohlarda katta oilalar yashagan bо‘lib, ular bir vaqtning о‘zida xо‘jalik vazifalari, jumladan, sug‘orish tarmoqlarini saqlash va rivojlantirish bilan shug‘ullanganlar6
Sо‘nggi bronza davrida ham qadimgi Xorazm xо‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri chorvachilik xо‘jaligi edi. Bu davrga oid makonlardan juda kо‘plab turli hayvonlarning suyak qoldiqlari topib о‘rganilgan. Chorvachilik xо‘jaligida ot asosiy о‘rinda bо‘lib ulardan yuk tashish va safarga chiqishda foydalanilgan. Ayrim manzilgohlardan ot anjomlarining topilishi shu jarayondan dalolat beradi. Bu о‘rinda ta’kidlash joizki, olimlar orasida massaget qabilalari totemlarida ot kulti markaziy о‘rinda turishi haqidagi fikrlar ham bor.
О‘troq dehqonchilik qabilalarining chorvachiligi uy chorvachiligi xususiyatiga ega edi. Tadqiqotlar natijalariga kо‘ra, mil. avv. I ming yillikning boshlariga kelib Orol bо‘yidagi xо‘jaligi asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan qabilalar о‘rtasida farqlar shakllana boshlaydi. Mil. avv. VII-VI asrlarga kelib esa, ular madaniyati о‘rtasidagi farqlanish yaqqol kо‘zga tashlanadi.
Fikrimizcha, aynan mana shu davrdan boshlab, Sharqiy Orol bо‘yida yarim kо‘chmanchi chorvador xо‘jalik madaniy shakli ustunlik qilgan bо‘lsa, Amudaryoning janubiy о‘zanlarida esa yuqori darajadagi sun’iy sug‘orishga asoslangan о‘troq dehqonchilik xо‘jaliklarining ahamiyati ortib boradi.7
Mil. avv. I ming yillikning ikkinchi choragiga kelib Orol bо‘yida hunarmandchilik ajralib chiqishining dastlabki belgilari kо‘zatiladi. Ortiqcha mahsulotning kо‘payishi esa mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Mil. avv. I ming yillikning о‘rtalariga kelib qadimgi Xorazm hududlarida sug‘orma dehqonchilikning taraqqiy etishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi natijasida ibtidoiy jamoa munosabatlari о‘rniga davlatchilik tizimi shakllana boshlaydi. Ushbu tizimning shakllanishida qadimgi shaharlarning ahamiyati nihoyatda katta bо‘ldi. Tadqiqotlar natijalariga kо‘ra, qadimgi Xorazm shaharlarining rejaviy uslublari – ichki va tashqi tuzilishi, himoya inshootlari, tabiiy joylashuvi nuqtai nazaridan kо‘p hollarda bir-biri bilan о‘xshashlik topadi.
Tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan Xorazmning eng qadimgi shahar-qal’alaridan biri bо‘lgan Kо‘zaliqirning quyi madaniy qatlamlarini S.P.Tolstov mil.avv VII-VI asrlar bilan, V. Masson esa mil. avv. V-IV asrlar boshlari bilan belgilagan edi.Sо‘ngi tadqiqotlarda esa Kо‘zaliqirda hayot butun mil.avvVI va V asrning birinchi yarmida mavjud bulgan degan xulosalar ustunlik qilmoqda.
Kо‘zaliqir kо‘hna shahri ilgari tahmin qilinganidek, “Katta xorazm” davlatining poytaxti emas, balki, yangi tadqiqotlarga kо‘ra, mil avv VI asrda Chirmanyob dehqonchilik markazini hosil qilgan kichik vohaning bosh shahri sifatida ushbu hududlarning siyosiy-ma’muriy va diniy markazi vazifasini о‘tagan. Fanda Xorazm sivilizasiyasi va shaharsozlik madaniyati aynan Kо‘zaliqirdan boshlangan, degan xulosa ustunlik qilar edi. Ammo, sо‘nggi yillardagi tadqiqotlar vohaning boshlanish qismida joylashgan Xazorasp shahri ham Kо‘zaliqirga zamondosh yodgorlik deb hisoblashgan asos bо‘lmoqda. Xususan, Xazorasp yaqinida mil. avv VI asrga oid sopol ishlab chiqarish markazi Xumbо‘ztepaning mavjudligi kо‘hna shaharning qadimiyligidan dalolat beradi.
Kо‘zaliqir qadimgi Xorazmdagi dastlabki tuzilishi ancha aniq bо‘lgan, himoya devorlari bilan о‘rab olinib diniy-topinish xususiyatiga ega bо‘lgan me’moriy yodgorlikni о‘zida aks ettiradi. Uning atroflaridagi keng maydon, aftidan keyingi qurilishlarga mо‘ljallangan bо‘lishi mumkin. Ta’kidlash joizki, mil. avv. VI-V asrlarga kelib О‘rta Osiyo shaharsozlik madaniyatida ibodatxonalar qurilishi muhim bо‘lib, asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kо‘zaliqir О‘rta Osiyoning boshqa shaharlari kabi vohaning mustahkamlangan harbiy-siyosiy va ma’muriy markazi hisoblanib, rivojlangan sug‘orma dehqonchilik bilan ta’minlangan edi.
Kо‘zaliqir haqida yanada batafsilroq tо‘xtaladigan bо‘lsak, ushbu yodgorlikda о‘tgan asrning о‘rtalaridan boshlab S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm ekspedisiyasi kо‘plab tadqiqot ishlari olib borgan. Orolbо‘yi vohasidagi qadimgi Chirmanyob kanalining birining yaqinida joylashgan ushbu yodgorlik topilmalari mil. avv. VII asrdan V-IV asrlargacha sanalangan. Qadimgi Xorazm tadqiqotchilari «kо‘hna shahar» va «qal’a» deb ta’riflagan ushbu yodgorlikdagi turar joylar asosan paxsa va xom g‘ishtdan qad kо‘targan. Tadqiqotlar natijalariga kо‘ra, qal’a ikkita qurilish davrini boshdan о‘tkazgan. Mil. avv. VI-V asrlarga oid pastki qatlamlardagi g‘ishtlarning о‘lchamlari mil. avv. V-IV asrlarga oid yuqori qatlam g‘ishtlaridan farqlanadi. Undan tashqari sopollarning xususiyati va bronza о‘q uchlarining yasalishida ham ayrim farqlarni kо‘zatish mumkin.
Kо‘zaliqirning markazidan yirik bino qoldiqlari ochilgan bо‘lib, bu yerda yarim metrga yaqin madaniy qatlam saqlangan. Har ikkala qurilish davrida mavjud bо‘lgan ushbu bino 285 kv.metrni egallaydi. Qat’iy rejaviy tuzilish va binoning qat’iy maydoni butun majmuaga salobat baxsh etgan. Markaziy binoning shimol tomonidan uchta minoraning qoldig‘i qazib о‘rganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, ular diniy marosimlar bilan bog‘liq inshootlardir.8
Kо‘zaliqir tadqiqotchilar tomonidan Ahamoniylargacha bо‘lgan davr bilan sanalanishiga qaraganda Orolbо‘yi hududlarida paydo bо‘lgan birinchi shahar bо‘lishi mumkin. О‘rta Osiyo о‘troq aholi vohalarining Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritilishi bilan hududlarning ichki siyosati satrapliklar markazlarida jamlangan edi. Satrapliklar markazlari mustamlakachilik va boshqaruvning asosi bо‘lib, bu о‘rinda urbanistik markazlarning mudofaasi alohida ahamiyatga ega bо‘lib boradi. Eskilari ta’mirlanib, yangilari shakllanayotgan ushbu mil. avv. VI-IV asrlarga oid shaharlar mudofaasiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotlar tahliliga kо‘ra, Kо‘zaliqir ham aynan shu toifaga kiruvchi kо‘hna shaharlardan biri edi. Boshqacha qilib aytganda, mil. avv. I ming yillikning о‘rtalaridagi shaharlarning shakllanishida siyosiy-harbiy omil asosiy hisoblangan. Butun qadimgi dunyoda bо‘lganidek, Xorazmda ham shaharlar iqtisodiy, siyosiy va diniy-mafkuraviy markazlar hisoblangan. О‘z vaqtida S.P.Tolstov ta’kidlaganidek, agar Xorazmning eng qadimgi shaharlari markazlarida jamoat-diniy inshootlar joylashgan bо‘lsa, milodning boshlariga kelib shaharlarning markaziy qismini qal’a egallaydi.
Qizilqum chо‘llarining ichkarisida, Jonidaryo qadimgi irmog‘ining о‘rta oqimida Chirikrabot kо‘hna shahri xarobalari joylashgan. Yodgorlik 1946 yilda S.P.Tolstov tomonidan ochilib, 1948-49 yillarda unda tadqiqot ishlari olib borilgan. 1957-58 yillardagi Y.A.Rapoport va S.A.Trudnovskayalarning tadqiqotlari tufayli yodgorlik haqidagi tasavvurlarning ilmiy asoslash imkoniyatlari yanada kengaydi.
Qizilqumdagi yarim kо‘chmanchi apasiak qabilalar ittifoqining poytaxt shahri deb taxmin etilgan Chirikrabot kо‘hna shahri balandligi 15 metrli tepa ustida bunyod etilgan. Kо‘hna shahar hududidan turli davrlarda barpo etilgan himoya inshootlarining izlari aniqlangan. Tarhiy tuzilishi tuxumsimon – (oval) bо‘lgan kо‘hna shahar ikki qator himoya devorlari bilan о‘rab olingan (42,6 gektar). Kо‘hna shahar markazida (12,4 gektar) qal’a joylashgan. Kо‘hna shahar enliligi 40 metr, chuqurligi 4,5 metr bо‘lgan xandaq bilan о‘rab olinganligi mudofaa ishlariga alohida e’tibor berilganligidan dalolat beradi. Chirikrabotdan bir nechta mozor-qо‘rg‘onlar ochib tadqiq etilgan bо‘lib ulardagi topilmalar mil. avv. V-IV asrlarga oiddir.
Xorazmdagi arxaik davr madaniyatining kelib chiqishi va ashyolarining yoshini aniqlash maqsadida tadqiqotchi B.I.Vaynberg maxsus tadqiqotlar olib borib bu hududlardagi dastlabki tо‘rtburchak shakldagi xom g‘ishtlarning tarqalishi va sopollar kо‘rinishidagi о‘zgarishlar О‘zboy irmog‘i va Kaspiy orqali tо‘g‘ridan tо‘g‘ri Eron bilan aloqalar tufayli yuz bergan bо‘lib, mil. avv. IV asrning ikkinchi choragi yoki о‘rtalaridan Eron moddiy madaniyatining ba’zi kо‘rinishlari yoyilishiga olib keldi degan xulosa chiqaradi. 9
Fanda ma’lum bо‘lgan “Katta Xorazm” masalasi bugungi kunda о‘z yechimini topgan deb bо‘lmaydi. Avvalo, о‘tgan asrning boshlarida mavjud yozma manbalarning qisqa ma’lumotlariga tayangan I.Markvart tomonidan ushbu masala kо‘tarilgan edi. U Avestodagi “Aryanam Vayjo”ni Xorazm deb hisoblab, Ahamoniylarga qadar Shimoliy –Sharqiy Eron qabilalarining xorasmiylar boshchiligidagi katta davlat birlashmasi “Katta Xorazm”, degan taxminni ilgari surgan edi. Mazkur g‘oya V.Bartold, V.Tarnlar tomonidan qabul qilinib, S.Tolstov, V.Xenning, F.Altxaym va I.Gershevichlar tomonidan rivojlantirildi.
S.Tolstov Amudaryoning quyi havzalari “Katta Xorazm” tarkibiga kirganligi haqidagi konsepsiyani ilgari surib, Xorazmda mil.avv VIII-VII asrlarda dastlab qabilalarning harbiy konfederasiyasi paydo bо‘lib, undan davlat uyushmasi о‘sib chiqdi degan fikrga kelgan bо‘lsa, V.Masson bu fikrga qarshi chiqib, arxeologik materiallar tahlili Xorazmda Ahamoniylarga qadar markazlashgan davlat tashkil topganligini tasdiqlamaydi, degan fikrga keldi. 10
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga tayangan V.T.Vorobyeva, о‘tgan asrning 70-yillarida “Katta Xorazm”ning janubiy chegarasi Amudaryoning о‘rta havzalari (Qо‘shqal’a, Odoytepa atroflari)dan о‘tgan va uning shimoliy chegaralari Amudaryoning quyi havzalarini qamrab olganligi hamda qadimgi Xorazm davlati “Katta Xorazm” davlat konfederasiyasining tarkibiga kirganligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. B.Vaynberg va S.Baratovlar ham V.Vorobyeva g‘oyalariga yaqin fikr bildirganlar.
R.Fray “Katta Xorazm” davlatining hududi Marv – Hirot atroflarini qamrab olib, Ahamoniylar bosqinidan sо‘ng bu hudud aholisi Oks (Amudaryo)ning shimoliga kо‘chganligi haqida fikr bildirgan bо‘lsa, I.Xlopin va I.Pyankovlar Xorazmdagi ahamoniylargacha bо‘lgan davlatchilikni inkor etadilar. A.Asqarov esa, xorasmiylarning Tajan (gerirud) va Xilmend daryolari havzalaridan shimolga, quyi Amudaryo havzalariga kо‘chishi mil.avv VI asrda rо‘y bergan bо‘lib, “Katta Xorazm” davlati konfederasiyasining shimoliy chegarasi Amudaryoning о‘rta chegarasigacha bо‘lgan hududlarni о‘z ichiga olganligi haqidagi fikrlarni ilgari suradi.
Yuqorida eslatib о‘tganimizdek, ahamoniylargacha mavjud bо‘lgan Xorazm davlatining poytaxti masalasi fanda aniq yechimini topmagan. X.Matyakubovning fikricha, qadimgi Xorazm davlatining poytaxtini aniqlash borasidagi izlanishlar о‘tgan asrning 80-yillarida о‘z samarasini bera boshladi va Aqchaxonqal’a qadimgi Xorazm davlatining poytaxti bо‘lishi mumkinligi haqidagi ilk fikrlar aytildi. Tadqiqotlarga kо‘ra, umumiy maydoni 50 dan ziyod bо‘lgan Aqchaxonqal’a ichki va tashqi qal’adan iborat tо‘g‘ri tо‘rtburchak shaklga ega. Ular alohida himoya devorlari bilan о‘rab olingan. Sо‘ngi tadqiqotlarga kо‘ra, ushbu kо‘hna shaharda saroy marosimlari va diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq devoriy rasmlarning qayd etilishi, ular orasida shohona kiyimda boshiga toj kiygan hukmdor suratining mavjudligi, shoh boshiga ilohiy qush (Humo) qunib turganligi Aqchaxonqal’a qadimgi Xorazm davlatining poytaxt shahri ekanligining ramziy belgisi sifatida e’tirof etildi.
Fikrimizcha, Xorazm qadimgi shahar madaniyati va davlatchiligining shakllanishida butun О‘rta Osiyo hududlarida bо‘lgani kabi tashqi ta’sir va madaniy aloqalarni inkor etmagan holda, bu hududlarda о‘troq dehqonchilikka о‘tish, sug‘orish tartibining shakllanishi, о‘troq aholi xо‘jaliklarining taraqqiy etishi keyingi davrlardagi davlatchilik an’analari shakllanishi uchun asos bо‘lganligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. 11Shuningdek, butun О‘rta Osiyo mintaqasida bо‘lgani kabi qadimgi Xorazm shahar madaniyati va davlatchiligi asoslari hisoblangan ilg‘or xо‘jalik tizimi yuritish, sug‘orish tarmoqlarini saqlash va rivojlantirish, hunarmandchilik va savdo-sotiq kabilar – о‘zaro tarixiy-madaniy aloqalar bilan bog‘liq edi. Bu jarayonlar ayniqsa, mil.avv.VI-V asrlarda ancha taraqqiy etgan bо‘lib, bu holat Xorazm davlatchiligining о‘ziga hos xususiyatlarida ham namoyon bо‘ladi.
Xulosa qilib aytadigan bо‘lsak, mil.avv. V-IV asrlarda Xorazm va unga qо‘shni bо‘lgan hududlarni urbanizasiya jarayonlari qamrab olgan edi. Natijada bu hududlarda tarixiy-madaniy dehqonchilik vohalari paydo bо‘ladi va ular ilk davlatchilikning asosi edi. Mil.avv. VI asrdan boshlab esa hozirgi Xorazm vohasida davlatchilik shakllanib u qadimgi Sharq sivilizasiyasi markazlaridan birga aylanib bordi.
2.Qadimgi Baqtirya. Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-sharqi, О‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib о‘tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan(“Shohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).
Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming yillik о‘rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka о‘tish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishning о‘ziga xos xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oldigan bо‘lsak, bu jarayon О‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi. A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa о‘zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara” inshootini eslatsa, Jarqо‘ton yodgorligi О‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi shahar edi. Jarqо‘ton qadimgi Sharq shaharlaridan tarkibiy jihatidan farq qilmaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqо‘ton kо‘rinishidagi kо‘hna shaharlarni qadimgi Sharqdagi nom-davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar yetarli. Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bо‘lgan yozuv Jarqо‘tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bо‘lmoqda. Umuman olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning sо‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor.12
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida kо‘pgina tarixiy-madaniy о‘zgarishlar bо‘lib о‘tadi. Bu о‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi:

  1. Temir buyumlarning paydo bо‘lishi va keng tarqalishi.

  2. Qal’alari bо‘lgan qishloqlarning paydo bо‘lishi va keyin ularning shaharlarga aylanish.

  3. Moddiy madaniyatning sezilarli darajada о‘zgarishi.

  4. Sharqiy Eron qabilalarining migratsiyasi.

Arxeologik nuqtai nazardan, yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi Yoz I madaniyati mavjud bо‘lgan davrga tо‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar Yoz I madaniyati davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bо‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga о‘xshash yodgorliklar kо‘plab ochib о‘rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning tо‘rtta-Ulonbuloqsoy, Bо‘stonsoy, Urgul va Halqajar vohalari о‘zlashtirilgan bо‘lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga kо‘ra, Kuchuktepa, Jarqо‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi. Yuqoridagi vohalar о‘troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bо‘lgan bо‘lishi mumkin.
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu haqda turli hal ma’lumotlar mavjud bо‘lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg‘iyonada bо‘lib о‘tgan Frada boshchiligidagi qо‘zg‘olonni (milloddan avvalgi 521 yil) bostirgani haqidagi Behistun yozuvlarini “mana men nimalarni qildim Baqtriyada” deb, hulosalaydi.13 Doro III davrida Baqtriya va Sug‘diyona birlashtirilgan о‘lka bо‘lib, unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg‘iyona hamda Sug‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga ancha о‘xshash bо‘lgan.
Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olnadi. Yunon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi kо‘plab shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlarga qaraganda Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qо‘shni viloyatlardan ancha ustun bо‘lib, ular orasida alohida mavqega ega bо‘lgan. Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit) va la’li juda qadrlangan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, milloddan avvalgi VIII-VI asrning о‘rtalari qadimgi Baqtriya davlatining (aynan Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona viloyatlarining ma’lum qismlari sifatida taxmin qilinadi) rivojlangan davri bо‘lib, bu yirik davlatning hududiy chegaralari: Murg‘ob vohasi, Hindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro hududlariga taqalgan bо‘lishi mumkin. Bu davrda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-masagetlarning harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli о‘lkalar chegaradosh bо‘lgan.
Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi о‘lkalar va mamlakatlar orasida tо‘rtinchi bо‘lib gо‘zal va bayroqlari baland kо‘tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar podsholarining mixxatlarida va bо‘rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Persepol shahridagi saroy devorlarida bо‘rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar kо‘targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan.
A.Sagdullayevning tadqiqotlariga kо‘ra, Baqtriya haqidagi turli ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilari-Gerodot, Ktesiy, Arrian, Strabon, Kursiy Ruf, Diador,Pliniy kabilarning asarlarida ham mavjud bо‘lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madaniyati haqida ma’lumotlar beradi. Xususan, Ktesiy Knidskiy Ossuriya podshosi Nin Belidning Baqtriyaga qilgan yurishi, uning baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganligi, Baqtriya podshosi Oksiart va uning boy xazinasi haqida ma’lumot beradi. Ktesiyning Baqtriya chegaralari haqidagi ma’lumotlari ham qiziqarlidir. Uning xabar berishicha: g‘arb tomondan Baqtriya tekisligiga boradigan yо‘lni tog‘lar tо‘sib turadilar, ulardan faqat dovonlar orqali о‘tib borish mumkin. Baqtriya Tanaisdan Hind daryosiga chо‘zilgan bо‘lib, Tanais uni Yevropadan, Hind daryosi esa Hindistondan ajratib turadi.
Gerodot о‘zining “Tarix” asrarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga oladi. “Baqtriya” atamasi Esxilning milloddan avvalgi V asrda sahnaga qо‘yilgan “Fors”lar tragediyasida ham uchraydi. Yana bir qadimgi tarixchi Strabon Baqtriyani “oriylar о‘lkasining javohiri” sifatida ta’riflaydi14.
Yozma manbalar ma’lumotlari kо‘p hollarda arxeologik ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi. Arxeolgiya ma’lumotlarining guvohlik berishicha, milloddan avvalgi VII-VI asrlarda Baqtriyada shaharlar shakllanib bо‘lgan edi. Oltindilyortepa (Aorn), Baqtriya (Boloi Hisor) va Qiziltepa kabi kо‘hna shaharlar mustahkam himoya devorlar bilan о‘rab olinadiki, ular bu hududlarda davlatchilik rivojlanishining asosi edi.
Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan kо‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga kо‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning о‘rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yо‘llar bо‘yida qal’alar (SHо‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi15. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga о‘tuvchi yо‘llarni qattiq nazoratda tutgan bо‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli о‘zgarishlar bо‘lib о‘tadi. Bronza davrida о‘troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan bо‘lsa, keyinroq bu kо‘lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi. Tog‘ oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan bо‘lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarda yangi vohalar о‘zlashtiriladi.
E.V.Rtveladze Baqtriyadagi bu davrga oid tadqiqotlarni umumlashtirib, ushbu hududlardagi aholi joylashuvining quyidagi о‘nta vohasini ajratadi:

  1. Ulanbuloqsoy-Amudaryoning irmog‘i bо‘lgan Ulanbuloqsoy vohasini egallagan bо‘lib, uning hududlarida Kuchuktepa va Dabilqо‘rg‘on joylashgan.

  2. Sherobod-Amudaryoning irmog‘i bо‘lgan Sheroboddaryoning о‘rta oqimida joylashgan. Bronza davrida о‘ng qirg‘oq Sheroboddaryoda manzilgohlar paydo bо‘ladi va keyinchalik chap qirg‘oq hududlari о‘zlashtirilib vohaning chegarasi Angorgacha chо‘ziladi.

  3. Urgul (Bandixon)-Bandixonsoyning о‘rta oqimida joylashgan. Ilgarigi о‘ng qirg‘oqdagi Bandixon I va II inqirozga uchrab, chap qirg‘oqda yangi manzilgoh – G‘ozimullatepa I paydo bо‘ladi.

  4. Halqajar-Surxondaryoning о‘ng irmog‘i Halqajar vohasi hudularini egallaydi. Bronza davrida bu yerdagi irmoqlar havzalari о‘zlashtirilgan bо‘lsa, milloddan avvalgi VII asrdan boshlab daryoning chap qirg‘og‘ida manzilgohlar paydo bо‘ladi. Bu vohadagi eng yirik yodgorlik Qiziltepa kо‘hna shahri hisoblanadi.

  5. Yuqori Surhon-Surxondaryoning о‘rta oqimi havzasida joylashgan bо‘lib bu vohada ham ikkita manzilgoh aniqlangan. Ulardan biri Sherobodsoyning о‘ng qirg‘og‘ida, ikkinchisi esa Dashnobodsoyning о‘rta oqimida joylashagan.

  6. О‘rta Surxon-Surxondaryoning о‘rta oqimi havzasida joylashgan bо‘lib, bu vohadan ham ikkita manzilgoh-Hayitobodtepa va Bandixonsoyning Surxondaryoga quyilishi joyida joylashgan Nomsiztepa aniqlangan.

  7. Amudaryo-Termizdan Boldirgacha bо‘lgan Amudaryoning о‘rta oqimi havzasida joylashagan. Bu vohada Termizning pastki qatlamlari va Kampirtepadagi 0,5 km. g‘arbda joylashgan Nomsiztepa milloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalariga oiddir.

  8. Vaxsh – Yavan – Vaxsh va Yavansuv daryolarining о‘rta oqimida joylashagan. Bu vohadan uchta manzilgoh – Tomoshatepa, Boldaytepa va SHо‘rchi yaqinidan Nomsiztepa aniqlangan.

  9. Quyi Kofirnihon – Kofirnihon daryosining quyi oqimlarini egallaydi. Bu vohadan uchta – Qalaimir, Munchoqtepa va Xirmontepa manzilgohlari aniqlangan.

  10. Boytudasht-Panj vohasining yuqori qismidagi Boytudasht mavzesida joylashgan. Bu vohadan unchalik katta bо‘lmagan sakkizta manzilgoh aniqlangan.

Shunday qilib, milloddan avvalgi I ming yilikning о‘rtalariga kelib qadimgi О‘zbekistonning janubida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq kо‘plab о‘zgarishlar bо‘lib о‘tadi. Yuqoridagi sanab о‘tilgan vohalarning har biri ma’lum hududiy-siyosiy birlashmani tashkil etgan bо‘lib, о‘z nomiga, ma’muriy markazlariga, yirik shaharlariga ega bо‘lgan bо‘lishi mumkin edi. Misol uchun, Surxondaryodagi Qiziltepa kо‘hna shahri atrofida tо‘rtburchak shaklda qurilgan qadimgi uy-qо‘rg‘onlari (Qizilcha) 3-4 ta qо‘shni uylardan iborat bо‘lib, alohida joylashgan qishloq jamoasini tashkil etganlar16. Har bir katta oila jamoasini ma’lum uy-joy, chorva va yerga egalik qilib, ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bо‘lgan. Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug‘-qabilaviy birlashuvdan tubdan farq qilib, ilk davlatchilik shakllari paydo bо‘lganligidan dalolat beradi.
Milloddan avvalgi VII-VI asrlar Baqtriya jamiyatida hududiy bо‘linish shakllanib, alohining о‘troqlashuv jarayonlari yanada kuchayadi. Kо‘hna shaharlar qishloq xо‘jalik atroflariga ega bо‘lib, qal’alar paydo bо‘ladi, muhim savdo yо‘llari bо‘ylarida tayanch istehkomlar barpo etiladi. Turli binolar bunyod etishda mudofaa inshootlarining ahamiyati yetakchi о‘rin egallaydi.
Qadimgi Baqtriya dehqonchilik rayonlarining tuzilishi tabiiy-geografik joylashuv va shart-sharoitlarga qarab turlicha bо‘lgan. Manzilgohlarning soni va о‘zlashtirilgan yerlarning umumiy maydoniga qarab madaniy-xо‘jalik vohalar bir nechta guruhlariga bо‘lingan. Vohalarning chegaralari sug‘orma dehqonchilik hududlari va sug‘orish tarmoqlarning chegaralari bilan о‘zviy bog‘liq edi17.
Tarixiy tahlil shuni kо‘rsatadiki, davlatchilik jamiyatning ichida, о‘z ichki qonuniyatlari asosida paydo bо‘ladi va rivojlanadi. Shakllana boshlagani 3,5 ming yildan kam emasligi ilmiy jihatdan asoslangan Baqtriya davlatchiligi buning yorqin misolidir. «Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o‘lka lardan biri bo‘lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida ta’riflangan. Bu kabi fikr-mulohazalar Baqtriya o‘z davrining yirik davlatlaridan biri bo‘lganligidan dalolat beradi.
Ktesiy ma’lumoticha, Baqtriyaga qarashli Yaxsh vodiysi obi-hayotga mo‘l-ko‘lligi, unumdor yerlari ko‘p bo‘lganligidan bu hududda dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan,aholi bog‘dorchilik,
mevachilik mahsulotlari yetishtirishda omilkor bo‘lgan. Qashqadaryo voha sining miloddan avvalgi VIII–VII asrlarga oid Sangirtepa,
Yan gitepa, Chiroqchitepa, Yerqo‘rg‘on singari aholi manzilgohlarini o‘rga nish shuni ko‘rsatadiki, bu joylarda o‘troq turmush kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug‘ullanganlar. Xuddi
shunday fikrni Sug‘diyona hududlariga nisbatan ham aytish mumkin. Qulay tabiiy-jug‘rofiy sharoitga ega bo‘lgan Omonqo‘ton, Gurdara, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq makonlarida yashagan aholining madaniy ha yoti ham ancha to‘laqonli kechgan.
Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko‘plab miqdorda qazib olinib, ular tegishli ishlov berishdan so‘ng yurt ehtiyoji
uchun, qolaversa, xorijiy ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltirilgan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, Hindiston singari mamla katlarda ham talab-ehtiyoj katta bo‘lgan.Baqtriyada qimmat baho ma’-
danlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi bu yurtda maxsus hunarmandchilik turi zargarlik, badiiy hunar tarmog‘i ning rivoj topishiga
olib kelgan. Buni 1877-yilda Vaxsh va Panj daryo larining Amudaryoga quyi lish yerida topilgan «Amudaryo xazinasi» topilmasi timsolida ham kuzatish mumkin.
Topilmalar orasidagi 179 ta oltin va 7 ta kumush zargarlik buyumlari qadimgi Baqtriyada nafis hunarmandchilikning o‘sganligidan
dalolat beradi. Bu xazina aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti
Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga tegishli bo‘lgan. Ular Londonda gi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan.18

3.Qadimgi Sug’diyona tashkil topadi.


Sug‘diyona davlati ning poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan. Buxoro,
Kesh, Naxshab Sug‘di yo naning yirik shaharlari hisoblangan. Aholi hayotida bayr. Miloddan avvalgi VII asrda Zarafshon va
Qashqadaryo voha larida Sug‘diyona (Sug‘d) davlati amlarni nishonlash udumi shakllangan.19 Har yili 21
martda Nav ro‘z bayramini nishonlash milliy an’anaga aylangan.
Navro‘z bay ramlarida milliy o‘yinlar va taomlar namoyish qilingan,
sumalak hamda «qo‘sh oshi» tayyorlash an’ anaga aylangan. Yerlarni
shud gor lash, ekinlar ekish ishlari boshlangan. Kо‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, О‘rta Osiyoda eng qadimgi davlatning shakllanish jarayoni dehqon-chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan xunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bо‘lishi bilan о‘zviy bog‘liqdir. Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangicha yondashuv asosida izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala tо‘liq yechimini topmagan bо‘lib, xususan, О‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar shakllari va sanasi bilan bog‘liq bо‘lgan mavzular shular jumlasidandir.
Ilk temir davri О‘rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim о‘rin egallagan Sug‘diyona о‘lkasi turli qadimgi manbalarda Sug‘da, Sug‘uda, Sug‘diyona nomlari ostida eslatib о‘tiladi. Bu nomlarning kelib chiqishi va ularning ma’nosi haqida hozirchi aniq fikr yо‘q. Ayrim tadqiqotchilar (V.Tomashek) bu nomni eroncha “SUS” – “yonmoq, yaltiramoq, nur taratmoq” sо‘zidan olingan desa, ayrimlari (O.Smirnova) bu “Gava sug‘uda” atamasi “hosildor vohalar о‘lkasi” degan ma’noni beradi deb hisoblaydilar. Avestoning Yasht kitobida tilga olingan “Sug‘d makoni Gava” – Sug‘diyonaning eng qadimgi viloyati bо‘lgan bо‘lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga kо‘ra (A.Sagdullayev), Gava (Gau) – “buqa”, “poda”, Qashqadaryo vohasi bilan bog‘lanadi. Bu sо‘z viloyatning juda kо‘p geografik nomlarida takrorlanib saqlangan (Gavdara, Gauxona, Gaumurda, tog‘lar Gau, chо‘qqi Gau va boshqalar).
Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini (Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqardaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atroflari) о‘z ichiga oluvchi Qadimgi Sug‘diyona va Sug‘diylar haqida ilk yozma manbalarda ma’lumotlar deyarli kam. Avestoda viloyatlarning nomi ikki xilda kо‘rsatilgan – Gava Sug‘da va alohida Sug‘da. Gerodot esa Sug‘diylarni ikki marotaba – Ahamoniylar davlatining XVI satrap о‘lkasidagi xalqlarni sanab о‘tganda va forslarning qо‘shinlari safida jangchi – sug‘diylarning о‘rnini kо‘rsatib berganda tilgan olgan. Ammo tarixchi Sug‘d shaharlari, daryolari, tog‘lari, hududiy chegaralari haqida bizga hech qanday ma’lumotlar qoldirmagan. Ahamoniylar mixxatlari Sug‘diyona haqida asosan rasmiy darajada e’lon qiladilar va turli xil tarixiy muammolarni о‘rganishda ulardan foydalanish og‘ir kechadi. Gekatey, Ktesiy va Ksenofont asarlarida Sug‘diylar haqida ma’lumotlar yо‘q.
Aleksandr Makedonskiy davri va sо‘nggi yunon-rim tarixshunoslari asarlarida tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha keng berilgan. Sug‘diyonadagi alohida joylarda, viloyatlar, qal’alar – Nautaka, Ksenippa, Maroqanda, Bagi, Basileya – “podsho shahri”, Politemet-Zarafshon, “Oksiart, Sug‘d qoyasi” va boshqa xabarlar shular jumlasidandir.20
Bu ma’lumotlar asosida turli fikrlarga ega bо‘lish mumkin. Dastavval, mill. avv. IV asrga kelib, sug‘diylarning hududiy joylashuvi, ularning yashash uchun foydalangan asosiy yerlarining chegaralari, daryo vohalari va viloyatlari aniqroq kо‘rinadi. Ammo, bu jarayonning tarixiy an’analari – sug‘diylarning yoyilishi, о‘troq vohalarining paydo bо‘lishi va shu joylarda yirik shahar markazlariga asos solinishi yanada qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Qadimgi viloyatlarning joylashuv hududlari anchagina muammoli masala bо‘lib, tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, О‘rta Osiyoning janubiy viloyatlariga (jumladan, Sug‘diyonaga ham) kо‘chmanchilarning hujumi-bu hududlarda davlat uyushmalari paydo bо‘lishiga sabab bо‘lgan bо‘lishi mumkin edi.
Arxeologik topilmalarning ma’lumot berishicha, Qashqadaryo havzasi, Surxon vohasi va Shimoliy Afg‘oniston hududlarida mil. avv. X-VIII asrlarga oid uncha katta bо‘lmagan va mustahkamlangan о‘troq dehqonchilik manzilgohlari haqiqatdan ham kо‘chmanchilarning otliq kamonchilari hujumlariga dosh berolmas edilar. Ammo, bunday manzilgohlardan kuchli harbiy tо‘qnashuvlar va siyosiy qarama-qarshiliklardan dalolat beruvchi yong‘in hamda vayrongarchilik izlari aniqlanmagan. Undan tashqari, bu hududlarda yangi yerlar jadallik bilan о‘zlashtirilgan va о‘troq aholi bilan chorvador kо‘chmanchi aholi qо‘shnichilikda yashashgan (Zarafshon va Qashqadaryo quyi oqimlari).
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, aholi soni va zichligining о‘sib borishi, hosildor yer maydonlarining о‘zlashtirilishi va о‘troq manzilgohlar sonining oshib borishi natijasida yaylovlar qisqarib, chorva yemishiga talab ortib boradi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning jadallik bilan rivojlanishi aholi joylashuvining hayotiy zarur hududlarga bо‘linib ketishiga olib keladi. Bunday sharoitda chorvador aholining ma’lum qismi xо‘jalikning yarim о‘troq va haydama chorvachilik shakliga о‘tishga majbur bо‘ladilar. Shuning uchun ham О‘rta Osiyodagi mill. avv. VI-IV asrlarga oid kо‘chmanchilar yodgorliklari о‘troq aholi hududlari chegaralarida (Orolbо‘yi, shimoliy Turkmaniston, Zarfshonning quyi oqimi, Pomir va boshqa) joylashganligi tasodifiy hol emas. A.Sagdullayevning fikricha, nisbatan yirik siyosiy uyushmalarning paydo bо‘lishiga О‘rta Osiyo о‘troq va kо‘chmanchi aholisi о‘rtasidagi doimiy siyosiy qarama-qarshiliklar sabab bо‘ladi.
Aholi aralash joylashuvi hududlarida о‘troq viloyatlar siyosiy uyushmalarining shakllanishiga turtki bо‘lgan omillardan biri, О‘zbekiston janubidagi dasht hududlarda joylashgan kо‘chmanchi qabilalar hujumi xavfi edi. Mil. avv. VII-VI asrlarga kelib bunday hujumlar tez-tez bо‘lishi muqarrar edi. Chunki, О‘rta Osiyoning kо‘pgina tog‘ va dasht hududlarida yilqichilik va chorvachilik keng tarqalib, kо‘chmanchilarning о‘zlari esa jangovar qurollanishda katta muvaffaqiyatlarga erishib, jiddiy harbiy xavf tug‘dira boshlaydilar.
О‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlat uyushmalari haqida sо‘z borar ekan, eng qadimgi shaharlarni ifodalovchi mustahkamlangan markazlarga alohida e’tibor qaratish lozim bо‘ladi. Chunki, eng qadimgi shaharlar dastlabki davlatlarning markazlari sifatida shakllanadi va bu masala kо‘pgina tadqiqotchilar tomonidan maxsus kо‘rib chiqilgan, hamda rivojlanish taraqqiyotining turli davrlari bilan belgilangan.21
Hozirgi kunga kelib olingan yangi ma’lumotlar asosida bu masalaga birmuncha aniqliklar kiritildi. Hususan, shuni alohida ta’kidlash lozimki, Qadimgi Baqtiriya va Sug‘diyona hududlarida I ming yillikning boshlariga oid eng qadimgi rivojlangan shahar harobalari uchramaydi, ilk temir davri shaharlarining rivojlanishi esa mil. avv. VII-II asrlarga oiddir.
Mil. avv. VIII asrning oxiri – VII asrga kelib qadimgi О‘zbekiston hududidagi manzilgohlar rivojlanishida jadallik bilan о‘zgarishlar boshlanib, Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona hududlarida о‘zida shaharsozlik belgilarini (mustahkam devorlar, saroylar, burjlar, xandaqlar, devorlardagi о‘q otish yо‘laklari va boshqa) aks ettiruvchi manzilgohlarning soni 20 tadan ziyodroq. Asosiy manzilgohlar esa (maydoni 5 gektardan kam) qishloq qо‘rg‘onlari, uncha katta bо‘lmagan alohida qal’alar va dehqonchilik qishloqlaridan iborat. Shaharlar turiga kiritish mumkin bо‘lgan, kattagina qо‘rg‘onli mustahkamlangan manzilgohlar ayrim qadimgi dehqonchilik vohalarida (Surhon, Qashqadaryo, Zarafshon havzalari va boshqa) bitta yoki ikktadan kо‘p bо‘lmagan.
Ilk temir davri Sug‘diyonada, alohida hududiy tartib guruhida bо‘lib markaz vazifasini bajargan bir necha manzilgohlar turlari mavjud edi. Bular maydoni 5 gektardan 15 gektargacha bо‘lib, tuman – voha markazi vazifasini bajaruvchi markazlar – Daratepa, Konimex, Chordara; maydoni 20 gektardan 80 gektargacha bо‘lgan viloyat markazlari vazifasini bajarishi mumkin bо‘lgan shaharlar – О‘zunqir, Yerqurg‘on, Xо‘ja Bо‘ston; bir necha viloyatlar markazi vazifasini bajaruvchi shaharlar – Afrosiyob (Maroqanda) va Buxoro kabilardir.
Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, hunarmandchilik muassasalari yirik manzilgohlar ichida markazlashib boradi. Bu manzarani Afrosiyob topilmalari tasdiqlaydi. Bunday manzilgohlar asta – sekinlik bilan hunarmandchilik, savdo va madaniy markazlarga aylanib boradi. Bu jarayonda qadimgi yо‘llar nihoyatda katta ahamiyatga ega bо‘lganligini ta’kidlab о‘tishimiz joizdir. Afrosiyob, О‘zunqir, Yerqurg‘on kabi kо‘hna shaharlar О‘rta Osiyo shimoliy dasht hududlardan keluvchi yо‘llar ustida joylashgan22.
Tadqiqotchi SH.Odilov Sug‘diyonada, xususan Buxoro va Zarafshon vohalarida topib tekshirilgan ilk temir davriga oid arxeologik ma’lumotlarni boshqa hududlar bilan solishtirib chuqur tahlili etadi. Buxoro hududlaridan topilgan “ahamoniylar davri” yodgorliklari uncha katta bо‘lmagan hududlarda joylashgan bо‘lib, bu yerlarning keng hududlarga yoyilgan etno-madaniy viloyat tarkibiga kiritish lozimki, ilk temir davrida bu hududlarda tashqi kо‘rinishi bir xil bо‘lgan dehqonchilik madaniyati shakllanadi. Bu etno-madaniy viloyat dastavval Amudaryo vohasi (Xorazm, Marg‘iyona, Baqtriya), Janubiy Sug‘d, markaziy Sug‘dning bir qismi, Buxoro Sug‘dining shimoli – g‘arbiy va shimoliy – sharqiy hududlari, shuningdek, Ustrushona kabi tarixiy viloyatlarini о‘z ichiga olgan.
Qadimgi Baqtriya hududlaridan kо‘chib borish bevosita Amudaryo, Surxon, Qashqadaryo suv havzalari va ularning irmoqlari orqali bо‘lib о‘tgan. Sо‘nggi bronza davridayoq Qashqadaryo yuqori oqimlarida mavjud bо‘lgan madaniyat sohiblari tog‘lar orqali Markaziy Sug‘d (Samarqand) hududlariga yetib keladilar. Zarafshon vohasiga kelsak, SH.Odilovning fikricha, Markaziy Sug‘dning kattagina, qismi (bir tomondan Afrosiyob qо‘hna shahri atroflari va Kо‘ktepa, ikkinchi tomondan, Sarmishsoy va Konimex yodgorliklarigacha) sо‘nggi bronza va “ahamoniylar davri”da (mil. avv. IV asrning boshlarigacha) umuman о‘zlashtirilmagan edi. Ammo, bizning fikrimizcha, aynan mana shu davrda Janubiy Sug‘dning kattagina qismi о‘troq dehqonchilik aholisi tomonidan egallanib, daryo vohalari va tekisliklar xaydama dehqonchilik aholisi tomonidan о‘zlashtirilib, bu hududlar haydama dehqonchilikka ixtisoslashgan edi. Qо‘shni Qadimgi Baqtriyaning kattagina hududlarida ham aynan mana shu jarayonni kо‘zatishimiz mumkin.
SH.Odilov, G‘arbiy Sug‘dda mil. avv. VI-V asrlardagi qishloqlar paydo bо‘lishini О‘rta Amudaryo tomonidan aholining kirib kelishi bilan bog‘laydi. Kо‘pchilik tadqiqotchilar О‘rta Osiyoda davlatchilik tarixining boshlanishi janubiy hududlarda boshlanib markaziy va shimoliy hududlarga yoyilgan deb hisoblanadi23.
Arxeologik manbalarning ma’lumot berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarga kelib О‘rta Osiyoning janubida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar anchagina murakkablashadi. Bu о‘rinda Qadimgi Baqtriya ma’lumotlarini keltirib о‘tish joizdir.
Agar Midiya saltanatining sharqiy chegaralari Shimoliy Parfiya va Ariyani о‘z ichiga olganligini hisobga oladigan bо‘lsak, midiyaliklarning Baqtriyaga harbiy xavf tug‘dirishi aniq edi va yana bir harbiy hujum havfi shimoldagi kо‘chmanchi qabilalar bо‘lib, bu holat Baqtriya davlat uyushmasi paydo bо‘lishiga sabab bо‘lishi mumkin edi. Kir II ning О‘rta Osiyoga yurishi-Ahamoniylarning Baqtriya va sak-massaget uyushmasi kabi jiddiy raqiblari mavjud bо‘lganligining dalilidir. Forslar О‘rta Osiyo janubiy vloyatlarini bosib olganlaridan keyingina, ya’ni, mil.avv. 530 yilda sak – masagetlar ustiga yurish boshlaydilar. Demak, bu paytga kelib Baqtriya harbiy – siyosiy uyushmasi tarkibiga Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirgan edi.
Bizning fikrimizcha, О‘rta Osiyo hududlarida ilk davlat uyushmalarining paydo bо‘lishida harbiy-siyosiy omillardan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ham katta ahamiyatga ega edi. Chunki, siyosiy jihatdan shakllangan davlat yoki uyushma iqtisodiyotsiz taraqqiyot bosqichiga kо‘tarila olmaydi.
Eng sо‘nggi arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, Qiziltepa (Surxondaryo), Yoztepa (Turkmaniston), О‘zunqir, Yerqо‘rg‘on (Qashqadaryo), Afrosiyob, Kо‘ktepa (Samarqand) kabi kо‘hna shahar va manzilgohlar sopol buyumlari va qurilish usullari bir-biriga nihoyatda о‘hshash ekanligining guvohi bо‘lamiz. Ammo, Yerqо‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, Yoztepadan topilgan mil. avv. IX-VII asrlarga oid buyumlarga о‘xshash buyumlar Xorazm hududlaridan shu paytga qadar topilmagan24.
Demak, qurilish usullari va moddiy madaniyatdagi о‘zaro о‘xshashlik, mil. avv. I ming yillikning boshlari Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona hududlari о‘rtasida hech bо‘lmaganda etnik tarixiy – madaniy birlik mavjud bо‘lganligidan dalolat berib, bu о‘xshashlik savdo-sotiq munosabatlari, о‘zaro almashinuv va qadimgi savdo-tranzit yо‘llariga ham bog‘liq edi. Mil. avv. VI asrga kelib esa, Xorazm mustaqil davlat sifatida tashkil topadi. Bu о‘rinda shuni ta’kidlash joizki, о‘zaro almashinuvda muhim ahamiyatga ega bо‘lgan Xorazmdagi ilk temir davri savdo-tranzit yо‘llari voha ichidagi ichki yoki ikkinchi darajadagi yо‘llar vazifasini о‘tar edi. Asosiy savdo yо‘llari esa Baqtriyadan Janubiy Sug‘d (Qashqadaryo), Markaziy Sug‘d (Samarqand) orqali Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysiga о‘tib ketardi.
Arxeologik tadqiqotlarning kо‘rsatishicha, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik natijasida bronza davridayoq О‘rta Osiyo hududlarida ijtimoiy tabaqalanish va mulkiy tengsizlik paydo bо‘ladi. Bu jarayon faqat ichki sabablarga bog‘liq bо‘lmay, Yaqin Sharqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq edi. Har bir jamoaning rivojlanishi uning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa ham, dastlabki markazlardan bо‘ladigan tashqi ta’sir chetdagi viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bо‘lishi mumkin edi.
О‘zbekiston hududlaridan yangi arxeologik ma’lumotlar ilk davlat uyushmalari paydo bо‘lishini yanadi kengroq izohlash imkonini yaratadi. Bu ma’lumotlarga qaraganda, ilk temir davri umumiy jamoalardagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oiladan iborat uy jamoalari tashkil etgan. Manzilgohlar joylashuvining tashqi belgilariyoq katta oilali uy jamoalari ancha yirik uyushmalarga kirganligidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar jamoasi boshliqlari yoki uy hujayinlari, shuningdek, alohida qishloq qо‘rg‘onlarini boshqaruvchi eski jamoalar katta о‘rin tutgan. Har bir katta oila mumkin bо‘lgan qarindoshlik aloqalariga qaramasdan alohida uyga, ishlab chiqarish buyumlariga ega bо‘lishgan, о‘zining qishloq hujalik mahsulotlari zahiralari va chorvalari bо‘lgan yoki о‘zining iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xо‘jalikni aks ettirgan.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalarini solishtirib va umumlashtirib shunday xulosaga kelish mumkinki, Sug‘diyona hududlariga odamlar eng qadimgi davrlardayoq kirib kelib, tog‘oldi hududlari, daryo vohalari, keyinchalik esa, dasht hududlariga tarqaladilar. Bu hududlarda mavjud bо‘lgan qо‘lay tabiiy sharoit – ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan25.
Turli qadimgi manbalarda Sug‘diyona nomi tilga olinsa ham, alohida davlat sifatida eslatilmaydi. Bu hol tadqiqotchilarning turli bahslariga sabab bо‘lishiga qaramasdan, arxeologik tadqiqotlar bu masalaga kо‘pgina aniqliklar kiritadi. Darslik muallifi bu tadqiqotlarni tahlil qilib va boshqa ma’lumotlarni umumlashtirib shunday hulosa chiqaradi.:

  • Mil. avv. I ming yillikning boshlariga oid tarixiy – madaniy yodgorliklar Sug‘diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi;

  • Sug‘diyona davlatchiligi tarixida nafaqat chetdan bо‘lgan tashqi ta’sir, balki, ichki omillar imkoniyatlarining ham ahamiyati katta bо‘ldi;

  • Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida Sug‘diyona Baqtriya davlati doirasida nafaqat siyosiy, balki etnik-madaniy birlikni tashkil etardi. Qurilish usullari , me’morchilik san’ati va moddiy madaniyatdagi о‘xshashlik fikrimiz dalilidir. Zero, bunday о‘xshashlik iqtisodiy, madaniy munosabatlar hamda siyosiy birlik asosida paydo bо‘lishi mumkin edi;

  • Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan keyingi davrlarda Sug‘diyona mustaqil davlat sifatida mavjud bо‘lib, qо‘shni davlatlar bilan о‘zaro aloqalarni yanadi rivojlantiradi


XULOSA
Men bu mavzuni o’rganish davomida shunday xulosaga keldimki tarixni o’rganmay turib kelajakni qurib bo’lmaydi.O’zbekiston xududidagi qadimgi davlatlarni o’rganish biz uchun naqadar muhum va zarur . bu masalani oydinlashtirsh uchun ko’pgina olimlar izlanishlar olib bormoqdalar.biz yuqorida qayd etilgan Katta Xorazm, Qadimgi Baqtirya ,Qadimgi So’g’diyona davlatlari kelib chiqishi, aholisi, hududi, milliy urf odatlari, dini haqida qisqacha ma’lumatlar berishga harakat qildik.Bu davr tarixi ya’ni O’zbekistonni qadimgi tarixda hali ko’pgina savollar o’z javobni kutmoqda.Sababi bu davr haqida yozma manbalar bizning qo’limizda juda kam saqlanib qolgan, deyarli yo’q desak ham bo’laveradi.Hammamizga malumki o’tgan davr mobaynida yurtimizga juda ko’plab bosqinchi qabilar, bosqinchi davlatlar bostirib kirib bu yerdagi o’sha davr haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalaeni yo’q qilsh yoki yoqib yuborishga . Mana shu sabab tufayli biz qadimgi davrni o’rganishga turli xil davlatning yozma manbalaridan foydalanishga majburmiz. О‘rta Osiyo hududlaridagi dastlabki davlat uyushmalari haqidagi yozma manbalar - zardо‘shtiylarning muqaddas dinniy kitobi ―Avesto‖,
ahamoniylar davri mixxat ѐzuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari
hisoblanib ularning barchasi yurtimizdan chetda bitilgan. Shuning uchun ham
ularda ba’zi hollarda chalkashliklar va noaniqliklar, bir-birini inkor
etish hollari uchrab turadiki, bu о‘rinda mavjud yozma manbalarni
arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirish va tahlil etish
nihoyatda muhimdir. Arxeologik ma’lumotlar yozma manbalar
ma’lumotlarini kengaytiradi, ularga aniqlik kiritadi, tarixiy
taraqqiѐtning aniq yо‘nalishlarini kо‘rsatib, ma’lum davr haqidagi
tasavvurlarimizni yanada boyitadi.
Mil avv. VI asrning о‘rtalariga kelib Erondagi Ahamoniylar
sulolasi hukmdorlari Qadimgi Sharqdagi kо‘pgina mamlakatlar ustidan,
jumladan, О‘rta Osiyodagi Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, Sо‘g‘diyona, Xorazm,
―Saklar о‘lkasi‖ ustidan о‘z hokimiyatini о‘rnatdilar. Ahamoniylar davrida
bitilgan mixxat manbalarda О‘rta Osio xalqlari va viloyatlari haqida
turli ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin.Shunday qilib bu davrni o0”rganishda shu kabi manbalarga suyanishimiz mumkun ekan.26

Download 76.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling