Mavzu: Yadro qurolining zararlovchi omillari. Reja


Download 0.51 Mb.
Sana13.05.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1456835
Bog'liq
Fuqoro mustaqil ish





MAVZU: Yadro qurolining
zararlovchi omillari.

Reja:
1. Yadro qiroli.
2. Radioaktiv zararlanish zonalari tavsifi.
3. Ommaviy qirg‘in qurollari va yadro jabrlanishining o‘chog‘i haqida tushuncha.
Yadro quroli — shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat boʻlgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash (atom yadrosining zarrachalarga boʻlinishi), zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaqtda sodir boʻlishi vaqtida ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni nishonga yetkazish vositasi (raketa, torpeda, samolyot, artilleriya toʻpi) va bombaning nishonga aniq borib tushishini taʼminlaydigan boshqarish qurilmalaridan iborat. Yadro quroli yadro energiyasining olinish usuliga qarab, yadro va termoyadro (vodorod) qurollariga boʻlinadi. Yadro oʻqdorilariga aviatsiya bombalari, artilleriya snaryadlari, raketalarning jangovor qismlari, dengiz torpedalari, suv osti bombalari va minalari (atom fugaslari) kiradi. Yadro quroli zarb toʻlqini, yorugʻlik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va radioaktiv zaharlash va boshqalar turli shikastlantiruvchi taʼsirlarga ega.

Yadro snaryadlarining quvvati trotil ekvivalenti bilan tonna, kilotonna (1 kt — 1000 t) yoki megatonna (1 Mt— 1 mln. t) larda oʻlchanadi. Yadro quroli quvvatiga qarab, kichik quvvatli (15 kt gacha); oʻrtacha quvvatli (15—100 kt), katta quvvatli (100—500 kt), juda katta quvvatli (500 kt dan yuqori) qurollarga boʻlinadi. Yadro quroli havoda, yer (suv) ustida, yer (suv) ostida portlashi mumkin (yana qarang Yadro portlashi). Yadro quroli taktik va strategik jihatdan farklanadi.


Xirosima va Nagasikiga tashlangan atom bombasi
Taktik qurollarga turli masofaga uchuvchi boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar (raketalar), samolyotlar, suv osti kemalari, shuningdek, yadro zaryadi tashuvchi yirik kalibrli stvolli artilleriya kiradi. Taktik va strategik qurollar oʻrtasida keskin chegara yoʻq, baʼzi sharoitlarda taktik maqsadlar uchun moʻljallagan yadro zaryadlari strategik jahatdan ham qoʻllanilishi mumkin. Yirik strategik nishonlarni shikastlantirish uchun moʻljallangan yadroning jangovar qismlari 1—5 mln. t (hatto 40—50 mln. t gacha) trotil ekvivalentiga ega boʻlishi mumkin.



Atrof-muhit va atmosferaning radioaktiv zararlanish manbayi, asosan yer usti va yer ostidagi portlashda (bu tuproq bilan aralashgan yadro zaryadining parchalanish zarrachalari) hosil bo‘ladi, qo‘ziqorin shaklli bulut yuqoriga ko‘tariladi va shamol esgan tomonga harakatlanib uzoq masofalarga tarqaladi. Buning natijasida ko‘p joylarga radioaktiv moddalar tushadi va yer yuzasida radioaktiv zararlanish izi hosil bo‘ladi.


Radioaktiv zararlanish izi shamol yo‘nalishi bo‘yicha cho'zilgan ellipisga o‘xshovchi shaklga ega. Radioaktiv zararlanish izi razmeri portlash quvvatiga, shamol tezligiga va ob-havo sharoitiga, yer xarakteriga bog‘liq. Radioaktiv zararlangan hududa bo‘lgan shaxslar va hayvonlar tashqi gamma nurlanishga hamda radioaktiv moddalar ovqat, suv va havo orqaii organizmga tushganida beta, alfa nurlari ta’sirida zararlanadilar.
Radioaktiv bulut izi to‘la parchalanishgacha shartli ravishda to'rtta zonaga bo‘linadi: me’yorida, kuchli, xavfli va o‘ta xavfli zararlangan zonalar.
Yadro, kimyoviy, bakteriologik, lazer va iqlim qurollari ominaviy qirg‘in qurollari hisoblanadi. Bulami qo‘llash tufayli qisqa vaqt davomida moddiy boyliklarni yo‘qotish, buzish yoki aholini shikastlash mumkin.Qishloqxo‘jalikhayvonlarivao£simliklarorasida ommaviy yo'qotish bo'lishi mumkin. Ommaviy qirg‘in o ‘choqlarida aholiga tibbiy yordamni tashkillashtirishga yo'naltirilgan, to‘g‘ri va asosli qarorga kelish - FMTX faoliyatiga, ommaviy qirg‘in quroli qo‘llamshining oqibatlarini to‘xtatishga qaratilgan jami omillarga aniqlik kiritishni ko‘ zlovchi tibbiy-taktik vaziyatni baholash natijasida bo‘lishi mumkin, •Vaziyatni baholash obyektda zararlanganlar sonini aniqlash,
tibbiy xizmatning zaruriy kuch vositalarini hisoblash, vazifalarini belgilash va davolash ko‘chirish tadbirlarini tashkillashtirishga zamin yaratadi.
Yadro quroli deganda, qo‘poruvchi va shikastlantimvchi ta’siri portlash natijasida atomyadrosining ajratganenergiyasiga asoslangan qurol tushuniladi (bo‘linish, sintez yoki ikkalasining ro‘y berishi natijasida yadro ichidan ajralib chiqqan energiyadan foydalanishga asoslangan). Yadro quroli zararlovchi qurollar orasida eng kuchlisi
hisoblanadi.

Uni nishonga olib borish uchun raketa, aviatsiya va boshqa vositalar qo‘llaniladi. Yadro quroli o‘ta xavfli portlaydi. Bomba ma’lum bir balandlikdagi masofaga yetkazilgandan so‘ng boshqaruv vositasi ishga tushadi, portlovchi modda porox zaryadlari portfashni chaqiradi. Portlash natijasida hosil bo‘lgan kuchlar uran yoki plutoniy yarim sharlarini yaqinlashtiradi va kritik massa vujudga keladi, bu zanjir reaksiyasi rivojlanishiga imkon yaratadi. Portlovchi
modda o‘z-o‘zidan portlab ketmasligi uchun ular bir necha qismlarga ajratilgan bo‘lib bunda parchalanuvchi moddaning kritik massasi qiymatidan kichik bo‘lgan massaga erishilgan bo'ladi. Portlatish kerak bo" Iganda ajratilgan kichik qismlarni tezlikda yaqinlashtirish kerak, shuning uchun ulaming atrofida





portlatuvchi modda - porox zaryadi joylashtiriladi. Uran yoki plutoniy yadrolariningparchalanishi natijasida ichki energiya portlash energiyasi sifatida ajralib chiqadi.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling