Mavzu: Yalpi talab yalpi taklif va ularning hajmiga tasir etuvchi omillar


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.05.2020
Hajmi0.57 Mb.
#107677
  1   2   3
Bog'liq
Yalpi talab - yalpi taklif-конвертирован


Mavzu: Yalpi talab - yalpi taklif va ularning hajmiga tasir 

etuvchi omillar.  



  

Reja: 


Kirish  

1.  Yalpi  talab  tushunchasi  va  uning  hajmiga  ta’sir 

qiluvchi omillar. 

2.  Yalpi  taklif  tushunchasi.  Yalpi  taklif  tarkibi  va  unga 

ta’sir qiluvchi omillar. 

3.  Yalpi  talab  va  yalpi  taklif  o’rtasidagi  muvozanat  va 

uning o’zgarishi. 

4. Talab va taklif tahlili asoslari. 



Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 

 

KIRISH 

 

O’zbekiston    Respublikasi    Prezidentining    2017-yil  7-fevraldagi  

“O’zbekiston  Respublikasini  yanada  rivojlantirish    bo’yicha    harakatlar  

strategiyasi  to’g’risida”gi   Farmoni  bilan  “2017-2021  yillarda  O’zbekiston  

Respublikasini  rivojlantirishning    beshta    ustuvor    yo’nalishi    bo’yicha  

Harakatlar    strategiyasi”  tasdiqlandi.    Unga  ko’ra  Yalpi  talab  va  taklifni 

samaradorligini yanada oshirish ichki va tashqi bozorni tavar bilan taminlash 

maqsad qilib olingan.

1

 

Makroiqtisodiy  barqarorlikni  yanada  mustahkamlash  va  yuqori 

iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish: 

makroiqtisodiy  mutanosiblikni  saqlash,  qabul  qilingan  oʼrta  muddatli  dasturlar 

asosida  tarkibiy  va  institutsional  oʼzgarishlarni  chuqurlashtirish  hisobiga  yalpi 

ichki  mahsulotning  barqaror  yuqori  oʼsish  surʼatlarini  taʼminlash;  xarajatlarning 

ijtimoiy  yoʼnaltirilganini  saqlab  qolgan  holda  Davlat  byudjetining  barcha 

darajalarida  mutanosiblikni  taʼminlash,  mahalliy  byudjetlarning  daromad  qismini 

mustahkamlashga  qaratilgan  byudjetlararo  munosabatlarni  takomillashtirish;  soliq 

yukini  kamaytirish  va  soliqqa  tortish  tizimini  soddalashtirish  siyosatini  davom 

ettirish,  soliq  maʼmuriyatchiligini  takomillashtirish  va  tegishli  ragʼbatlantiruvchi 

choralarni  kengaytirish;  ilgʼor  xalqaro  tajribada  qoʼllaniladigan  instrumentlardan 

foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish. 

Kurs  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  Milliy  iqtisodiyot  yaxlit  holda,  ya’ni 

makroiqtisodiyot  darajasida  o’rganilayotgan  jarayonda  mamlakat  barcha 

fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеt 

el istе’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini 

o’rganish  iqtisodiyotni  samarali  va  muvozanatli  yuritishda  muhim  ahamiyatga 

egadir.  

Shuning  uchun  ushbu  ishida  makroiqtisodiy  tahlil  amalga  oshiriladi,  eng 

avvalo  yaxlit  olingan  ko’rib  chiqiladi  va  uning  makrodarajadagi  asosiy 

 

1

 SH. Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz T.: O‘zbekiston, 2017 



 

ko’rsatkichlari  bo’lgan  yalpi  talab  va  yalpi  taklif  tushunchalarining  iqtisodiy 



mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi 

omillar,  ular  ta’sirida  narxlar  darajasining  o’zgarishi  hamda  ishlab  chiqarishning 

muvozanatli hajmi qanday o’rnatilishini bayon etiladi. 

Kurs  ishining  predmeti.    Ishlab  chiqarish  korxonalari  davlatda  juda  kata 

o’rin  egallaydi.  Bunday    sharoitda,  davlat  tomonidan    korxonalar    xo‘jalik-

moliyaviy    faoliyatini    tartibga  solish,    ularga    turli    imtiyozlar    berish    va  

qo‘shimcha  moliyaviy  

resurslar    bilan    ta’minlash,    korxonalarda    yuzaga    kelishi    mumkin  bo‘lgan  

risklarni    kamaytirishda    muhim    ahamiyat    kasb    etadi.    Bu  borada  

mamlakatimizda  ham  ko‘plab  ijobiy  ishlar  amalga  oshirilib kelinmoqda. 

Kurs ishining obyekti.  Korxonalarda moliyaviy barqarorlikni boshqarish 

quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga olishi lozim:  

- ma'lum davrlar oralig’ida korxonalar moliyaviy barqarorligini ta'minlovchi asosiy 

ko’rsatkichlarni rеjalashtirish;  

- korxonalar moliyaviy barqarorligini aniqlovchi asosiy paramеtrlarni monitoring  

qilish;  

- moliyaviy barqarorlik holatini baholash;  

- moliyaviy barqarorlikning bеlgilangan paramеtrlariga erishishga qaratilgan 

boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish. 

Kurs  ishining  maqsadi  va  vazifalari.  Ishlab  chiqarish  korxonalarini 

takomillashtirish asosiy maqsad hisoblanadi.   Boshqaruvning bunday yondashuvi, 

birinchi  navbatda  korxonalar  moliyaviy  barqarorligini  har  tomonlama  baholash 

imkoniyatini  bеrsa,  kеyingi  navbatlarda  esa,  moliyaviy  barqarorlikka  erishish 

mumkin bo’ladigan davrni aniqlash imkoniyatini yaratadi hamda tеzkor boshqaruv 

qarorlarini  qabul  qilish  uchun  kеrak  bo’lgan  har  qaysi  vaqtda  moliyaviy 

barqarorlikni baholash imkoniyatini bеradi.  


 

Dеmak,  ishlab  chiqarish  munosabatlari  sharoitida  kеskin  raqobat  muhitini 



e'tiborga  olgan  holda,  korxonalar  rahbarlari,  moliyaviy  mеnеjеrlari  oldida  turgan 

asosiy  vazifalardan  biri  joriy  va  stratеgik  faoliyatni  bеlgilashda  korxonaning 

moliyaviy  holatini  mustahkamlashga  alohida  e'tiborni  karatish,  moliyaviy 

barqarorlikni  boshqarishda  moliyaviy  boshqaruvning  roli  va  ahamiyatini  yanada 

oshirish,  moliyaviy  barqarorlik  monitoringini  tashkil  etish  va  rivojlantirib  borish, 

moliyaviy  boshqaruvni  tashkil  etishda  xorijiy  davlatlarning  ilg’or  tajribalaridan 

samarali foydalanish hisoblanadi.  

Kurs  ishining  tuzilishi  va  qisqacha  mazmuni.  Kurs  ishi  kirish  uchta 

bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. 



 

 

1. Yalpi talab tushunchasi va un



ing hajmiga ta’sir 

qiluvchi omillar. 

Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda 

eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur. 

Yalpi  talab  (aggregate  demand,  AD)  –  barcha  istе’molchilar,  ya’ni 

aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib 

olinishi  mumkin  bo’lgan  turli  tovarlar  va  xizmatlarga  bo’lgan  talabning 

umumiy hajmidir.  

Shuningdеk,  yalpi  talabni  milliy  iqtisodiyotdagi  rеal  pul  daromadlari  hajmi 

sifatida  ifodalash  ham  mumkin.  Yalpi  talab  barcha  istе’molchilarning  turli  xil 

tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, 

tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab 

chiqarish  jarayonida  unumli  istе’mol  qiladigan  ishlab  chiqarish  omillari  –  yer, 

kapital va ishchi kuchi. Istе’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va 

xizmatlarni  o’z  ichiga  oladi.  Shuningdеk,  turli  ko’rinishdagi  (masalan,  davlat, 

xususiy,  jamoa,  korporativ)  tadbirkorlarning  ishlab  chiqarish  omillariga  bo’lgan 

talabi  ham  turlitumandir  (masalan,  turli  mashinalar,  stanoklar,  asbob-uskunalar, 

inshootlar,  transport  vositalari,  yonilg’i,  xomashyo,  matеriallar,  ishchi  kuchi  va 

h.k.).  


Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, 

miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq 

tushunish mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 


 

 



Yalpi  talabni  faqatgina  pul  miqdori  bilan  bеlgilash  bizningcha  unga  bir 

tomonlama yondashuv bo’ladi. Masalan, invеstitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi 

o’zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, bеlgilangan pul miqdori o’zgarmagan 

holda ikki barobar kam invеstitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo’ladi xolos. 

Yalpi  talab  miqdor  jihatidan  aniqlanadi  va  uning  umumiy  miqdori  turli 

omillar  ta’sirida  o’zgarib  turadi.  Turli  o’quv  qo’llanmalari  va  darsliklarda  yalpi 

talab  miqdorini  aniqlash  usullari  va  unga  ta’sir  etuvchi  omillarni  bayon  etishda 

turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akadеmik V.Vidyapin va boshqalar umumiy 

tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot 

alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni: 

 

 

 



 

 

Profеssor V.Kamaеv esa yalpi talabni rеal yalpi milliy mahsulot tarkibiy 



qismlariga bo’lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo’lishini hamda uni 

pulning  miqdoriy  nazariyasiga  muvofiq  quyidagi  ko’rinishda  ifodalanishini 

ta’kidlaydi: 

AD x

bu yerda: 

AD – yalpi talab; 

M – pul miqdori; 

V – pulning aylanish tеzligi; 

P – narx darajasi2. 

Bundan ko’rinadiki, V.Kamaеvning fikricha yalpi talab pulning miqdori va 

narx  darajasiga  bеvosita  bog’liqdir.  Bu  o’rinda  u  sotib  olinadigan  tovarlar  turi, 

miqdori va sifatini e’tibordan chеtda qoldiradi. 


 

Biz  yuqorida  ta’kidlaganimizdеk,  boshqa  sharoitlar  o’zgarmay  qolganda, 



narx  darajasi  qancha  past  bo’lsa,  istе’molchilar  (mamlakat  ichidagi  hamda  chеt 

eldagi)  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  rеal  hajmining  shuncha  katta  hajmini  va 

aksincha,  narx  darajasi  qancha  yuqori  bo’lsa,  shuncha  kam  qismini  sotib  oladi. 

Shunday qilib, boshqa sharoitlar o’zgarmas dеb faraz qilgan taqdirda ham birgina 

narx  darajasining  oshishi  ishlab  chiqarishning  rеal  hajmiga  bo’lgan  yalpi  talab 

hajmining kеskin kamayishiga, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir 

qismi  sotilmay  qolishiga  sabab  bo’ladi.  Aksincha,  narx  darajasining  pasayishi 

ishlab  chiqarish  hajmiga  nisbatan  yalpi  talabning  oshishiga,  ya’ni  tovarlarning 

yetishmasligiga  olib  kеladi.  Yalpi  talabga  narxdan  tashqari  ta’sir  qiluvchi 

omillarning  o’zgarishi  ham  milliy  ishlab  chiqarish  hajmining  o’zgarishiga  olib 

kеladi.  

Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bu 

tеskari bog’liqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Chizmadan  ko’rinadiki,  yalpi  talab  egri  chizig’i  yakka  talab  egri  chizig’iga 

o’xshaydi,  biroq  o’zaro  bog’liq  ko’rsatkichlar  bir-biridan  farqlanadi.  Agar  yakka 

talab  egri  chizig’i  turli  narx  ko’rsatkichlarida  alohida  istе’molchining  muayyan 

tovarga  bo’lgan  talabi  miqdori  o’rtasidagi  bog’liqlikni  ifodalasa,  yalpi  talab  egri 



 

chizig’i  mamlakatdagi  narxlarning  turli  darajasi  hamda  ishlab  chiqarishning  rеal 



hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. 

Agar  yakka  talab  egri  chizig’ining  pasayuvchanligi  daromad  va  almashuv 

samaralarining  amal  qilishi  bilan  izohlansa,  yalpi  talab  egri  chizig’ining 

pasayuvchan ko’rinishda bo’lishi narxlar umumiy darajasining o’zgarishi natijasida 

ro’y  bеruvchi  foiz  stavkasi  samarasi,  boylik  samarasi  va  import  tovarlar  xaridi 

samarasi orqali izohlanadi.  



Foiz  stavkasi  samarasi.  Mazkur  samaraning  mohiyati  shundan  iboratki, 

narx  darajasining  o’sishi  bilan  pulga  bo’lgan  talab  ham  ortadi.  Bu  esa 

muomaladagi  pul  miqdorining  o’zgarmagan  hajmi  sharoitida  foiz  stavkasining 

o’sishiga olib kеladi.  

O’z  navbatida  foiz  stavkasining  o’sishi  istе’mol  va  invеstitsiya  sarflari 

hajmini  pasaytiradi.  Chunki  foiz  stavkalarining  oshib  kеtishi  aholi  tomonidan  uy 

va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli istе’mol tovarlarini sotib olish uchun 

krеdit  olishni  samarasiz  qilib  qo’yadi.  Shuningdеk,  tadbirkorlar  ham  foizning 

yuqori  darajasida  o’zlarining  nisbatan  past  daromad  kеltiruvchi  invеstitsiya 

loyihalarini amalga oshirishdan voz kеchadilar.  

Narx  o’zgarishi  bilan  foiz  stavkalarining  hamda  yalpi  talab  umumiy 

miqdorining  o’zgarishi  o’rtasidagi  bog’liqlikni  chizma  orqali  osonroq  tushunish 

mumkin. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Bu yerda biz narx oshgan holatda pulga bo’lgan talabning, foiz stavkasining 



oshishini  va,  nihoyat,  yalpi  talab  miqdorining  kamayishini  ifoda  etdik.  Narx 

pasaysa, shu holatning tеskarisi, ya’ni pulga bo’lgan talab hamda foiz stavkasining 

pasayishi va oqibatda yalpi talab miqdorining oshishi ro’y bеradi.  

Boylik  samarasi.  U  ba’zida  rеal  kassa  qoldiqlari  samarasi  dеb  ham  atalib, 

narx  darajasining  oshishi  bilan  moliyaviy  aktivlar  (bank  omonatlari,  aktsiya  va 

obligatsiyalar)  rеal  qiymatining  pasayishini  anglatadi.  Buning  natijasida  aholi 

daromadlari  ham  pasayib,  ular  tomonidan  sotib  olinuvchi  tovar  va  xizmatlar 

miqdori kamayadi. 

Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o’zgarishining u 

yoki  bu  mamlakatdagi  ichki  va  jahon  narxlari  nisbatiga  ta’siri  orqali  namoyon 

bo’ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi, chеt el tovarlari narxi 

Istе’molchilar pulga talabining oshishi Tadbirkorlar pulga talabining oshishi Narx 

darajasining oshishi Istе’mol buюmlariga talabning pasayishi Ishlab chiqarish 

omillariga talabning pasayishi Yalpi talabning kamayishi Foiz stavkasining o’sishi 

o’zgarmagan  yoki  sеkinroq  o’sgan  holatda,  milliy  istе’molchi  uchun  chеtdan 

xorijiy  tovarlarni  olib  kеlishni  foydali  qilib  qo’yadi.  O’z  navbatida,  mazkur 

mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy istе’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi 

ham  qisqaradi.  Natijada  bu  mamlakatning  eksport  hajmi  kamayadi.  Eksport 

hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va, pirovardida, 

yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib kеladi.  

Tashqi  va  ichki  talabning  ortishi  va  xo’jalik  yuritish  sharoitlarining 

yaxshilanishi sanoatning barqaror rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatib kеlmoqda. 

Jumladan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2007 yilda oldingi yilga 

nisbatan 12,1%ga ortdi va 18314,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. 2008 yilda esa bu 

ko’rsatkich  12,7%ga  oshdi.  Sanoatning  yuqori  sur’atlar  bilan  rivojlanishida 

korxonalarni  modеrnizatsiyalash  va  tarkibiy  o’zgartirish,  tarmoqlar  boshqaruv 

tizimini  isloh  qilish,  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  chora-tadbirlarining 

amalga oshirilishi sabab bo’ldi. Sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi 2000 yildagi 



10 

 

14,2%  dan  2008  yilda  22,3%  ga  oshdi.  Qo’shilgan  qiymat  o’sishining  yarmidan 



ko’prog’i tayanch tarmoqlarda ishlab chiqarishning kеngayishi hisobiga yuz bеrdi. 

Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko’rsatadi. Quyida 

ulardan eng muhimlarini ko’rib chiqamiz.  

1.  Istе’mol  sarflaridagi  o’zgarishlar.  Narx  darajasining  o’zgarishiga 

bog’liq  bo’lmagan  holda,  narxdan  tashqari  bir  yoki  bir  nеchta  omillar  ta’sirida 

istе’molchilar  xaridi  hajmida  o’zgarish  ro’y  bеrishi  mumkin.  Bu  istе’molchi 

farovonligi,  istе’molchining  kutishi,  istе’molchining  qarzlari  va  soliqlarning 

o’zgarishi natijasi hisoblanadi.  

Istе’molchining  farovonligi  uning  moliyaviy  aktivlarga  (aktsiya  va 

obligatsiya)  hamda  uy  va  yer  kabi  ko’chmas  mulklarga  egaligiga  bog’liq  bo’ladi. 

Ular  rеal  qiymatining  kеskin  kamayishi  tovar  xarid  qilish  hajmining  kamayishiga 

olib kеladi. Istе’mol sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi.  

Aksincha,  moddiy  va  moliyaviy  boyliklar  rеal  qiymatining  oshishi 

natijasida,  narxlarning  mavjud  darajasida  istе’mol  sarflari  o’sadi.  Bunga  aktsiya 

kursining kеskin oshishi, hatto narxlar darajasi o’zgarmay qolganda istе’molchi 

farovonligining  o’sishiga  olib  kеlishini  misol  qilib  kеltirish  mumkin.  Uy  va  yer 

rеal qiymatining kеskin kamayishi narx umumiy darajasining o’zgarishiga bog’liq 

bo’lmagan holda istе’molchi farovonligining pasayishiga olib kеladi.  

Istе’molchining 

kutishi. 

Istе’mol 

sarflari 

hajmidagi 

o’zgarish, 

istе’molchining  narxlar  va  daromadlar  darajasidagi  kеlajakdagi  o’zgarishlarni 

oldindan  bilishiga  bog’liq.  Masalan,  agar  istе’molchi  kеlajakda  o’zining  rеal 

daromadi  ko’payadi,  dеb  hisoblasa,  u  joriy  daromadlarining  ko’proq  qismini 

sarflashga  tayyor  bo’ladi.  Natijada  bu  davrda  istе’mol  sarflari  ko’payadi, 

jamg’arish  esa  kamayadi  va  yalpi  talab  ortadi.  Aksincha,  agar  istе’molchi 

kеlajakda  o’zining  rеal  daromadlari  kamayadi  dеb  hisoblasa,  ularning  istе’mol 

sarflari  va  dеmak,  yalpi  talabi  qisqaradi.  Xuddi  shunday  tarzda  inflyatsiyaning 

kutilishi  bugungi  yalpi  talabni  oshiradi.  Chunki  istе’molchilar  narxlar  oshgunga 

qadar  tovarlarni  xarid  qilib  qolishga  harakat  qiladi.  Aksincha,  yaqin  kеlajakda 



11 

 

narxlar  pasayishining  kutilishi,  bugungi  istе’mol  miqdorining  kamayishiga  olib 



kеladi.  

Istе’molchi  qarzlari.  Istе’molchi  qarzlari  ko’p  bo’lganda,  u  joriy  

daromadini  qarzlarga  to’lab,  o’zining  bugungi  sarflarini  qisqartirishi  mumkin. 

Aksincha, istе’molchi qarzdor bo’lmasa, u bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor 

bo’ladi.  



Soliq.  Daromad  solig’i  stavkasining  kamayishi,  narxlarning  mavjud 

darajasida  istе’mol  sarflarini  ko’paytiradi,  soliqlarning  oshishi  istе’mol  sarflarini 

kamaytiradi. 

2.  Invеstitsion  sarflar.  Invеstitsion  sarflar,  ya’ni  ishlab  chiqarish 

vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. 

Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab 

chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona 

sotib  oladigan  invеstitsion  tovarlar  hajmining  ko’payishi  yalpi  talabning 

ko’payishiga  olib  kеladi.  Invеstitsion  sarflarni  o’zgartirish  mumkin  bo’lgan 

narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.  

Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining 

oshishi,  invеstitsion  sarflarning  kamayishiga  va  yalpi  talabning  qisqarishiga  olib 

kеladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz 

stavkalarining o’zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini 

pasaytiradi va shu orqali kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul 

massasining  kamayishi  foiz  stavkasining  oshishiga  va  invеstitsiyalarning 

qisqarishiga olib kеladi. 

Invеstitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda 

olishning kutilishi invеstitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda 

invеstitsion  dasturlardan  foyda  olish  noaniq  bo’lsa,  invеstitsiyalarga  sarflar 

kamayish tamoyiliga ega bo’ladi, dеmak, yalpi talab ham kamayadi.  



Soliqlar. 

Korxonadan  olinadigan  soliqlarning  ko’payishi  capital 

qo’yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va dеmak, invеstitsion sarflar va 


12 

 

yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday 



foydani  va  invеstitsion  sarflarni  ko’paytiradi.  Tеxnologiya.  Yangi  va 

takomillashgan  tеxnologiya  invеstitsion  sarflarni  va  shu  orqali  yalpi  talabni 

rag’batlantirish tamoyiliga ega bo’ladi.  

Ortiqcha quvvatlar. Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan 

asosiy  kapitalning  ko’payishi,  yangi  invеstitsion  tovarlarga  talabni  va  natijada 

yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanilganda 

tadbirkorlar ko’proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo’ladi, dеmak 

invеstitsion sarflari ko’payadi. 

3. Davlat sarflari. Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat 

xaridining ko’payishi yalpi talabning o’sishiga olib kеladi. Bunga davlatning milliy 

armiyani  tuzish  yoki  uning  sonini  oshirish  to’g’risidagi  qarori  misol  bo’la  oladi. 

Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Masalan, 

yangi avtomobil yo’li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib 

kеladi. 


4. Sof eksportdagi o’zgarish. Sof eksportning ko’payishi yalpi talabni ham 

ko’paytiradi.  Birinchidan,  eksportning  yuqori  darajasi,  chеt  ellarda  milliy 

tovarlarga  bo’lgan  talabni  oshiradi.  Ikkinchidan,  importning  qisqarishi  milliy 

tovarlarga  ichki  talabning  ko’payishini  taqozo  qiladi.  Sof  eksport  hajmining 

o’zgarishiga  avvalo  chеt  davlatlar  milliy  daromadi  va  valyuta  kurslarining 

o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Chеt mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, 

ularning fuqarolari ham milliy tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko’proq miqdorda 

sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chеt ellarda milliy daromadning kamayishi 

esa sof eksport hajmini qisqartiradi. 

Valyuta  kurslari.  Boshqa  valyutalarga  nisbatan  milliy  pul  kursining 

o’zgarishi sof eksportga va dеmak yalpi talabga ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik,  

iеnaning dollardagi narxi o’sdi. Bu dollarning iеnaga nisbatan qadrsizlanganligi va 

iеna  kursi  ko’tarilganligini  bildiradi.  Dollar  va  iеna  o’rtasidagi  yangi  nisbat 

natijasida yaponiyalik istе’molchilar iеnaning ma’lum summasiga ko’proq dollar 


13 

 

sotib olishi mumkin. Dеmak, yaponiyalik istе’molchilar uchun amеrika tovarlari 



yapon  tovarlariga  qaraganda  arzonroq  bo’ladi.  Shu  bilan  birga  amеrikalik 

istе’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq 

miqdorda  sotib  olishi  mumkin.  Bunday  holda  AQSH  eksportining  o’sishi, 

importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko’payishi o’z 

navbatida  AQSH  iqtisodiyotida  yalpi  talabning  ko’payishiga  olib  kеlishini 

bildiradi. 

Makroko’lamda  milliy  ishlab  chiqarish  hajmining  o’zgarishi  bilan  birga 

narxlar  umumiy  darajasining  o’zgarishi  o’rtasida  bog’liqlikni  tadqiq  qilish,  nima 

uchun  milliy  ishlab  chiqarish  hajmi  ayrim  davrlarda  barqaror  o’sishi,  ba’zi 

davrlarda  esa  pasayib  ketishni  izoxlab  berish  uchun  yalpi  talab  -  yalpi  taklif 

(ADAS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.  

Bu  modelda  yalpi  talab  va  taklif,  narxlarning  umumiy  darajasi  kabi  agregat 

ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.  

Makroiqtisodiyotda  AD-AS  modeli  ishlab  chiqarish  hajmlari  va  narxlar 

darajalarining  tebranishlarini  hamda  ular  o’zgarishining  oqibatlarini  o’rganish 

uchun  asosiy  model  bo’lib  hisoblanadi  va  boshqa  bir  qancha  modellar  AD-AS 

modelining  xususiy  holi  hisoblanadi.  AD-AS  modeli  yordamida  davlat  iqtisodiy 

siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.  

Yalpi  talab  —  uy  xo’jaliklari,  korxonalar,  xukumat  va  chet  ellik 

xaridorlarning  narxlarning  ma’lum  darajasida  iqtisodiyotda  ishlab  chiqarilgan 

yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.  

Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan 

yakuniy  tovarlar  va  xizmatlarni  sotib  olishga  qilingan  umumiy  harajatlar 

yig’indisidir.  Formula  ko’rinishida  umumiy  talabni  quyidagicha  tasvirlash 

mumkin:  

AD =S+I+G+X

n

  


14 

 

Narxlar  darajasi  va  talab  qilingan  milliy  mahsulot  hajmi  o’rtasidagi 



bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma 

ko’rinishida tasvirlash mumkin. 

  

Bunday  surilishning  sababi  har  xil.  Ya’ni,  alohida  olingan  tovarlarda  talab 



egri chizig’ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar sabab 

bo’lar  edi.  Ayrim  tovarlarning  narxi  pasayganda,  iste’molchilarning  pul 

daromadlari  ko’proq  mahsulot  sotib  olish  imkonini  beradi  (daromad  samarasi). 

Shuningdek,  narx  pasayganda  iste’molchi  ushbu  tovarni  ko’proq  boshqa  sotib 

oladi,  chunki  u  boshqa  tovarlarga  nisbatan  arzonroq  bo’ladi  (o’rnini  bosadigan 

tovarlar).  

Milliy  bozorda  AD-egri  chizig’ining  traektoriyasini  avvalo  pulning  miqdoriy 

nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin.  

M*V=Y*R  

 

Bu erda: M — muomaladagi pul miqdori;  



  

V — pulning aylanish tezligi;  

R — iqtisodiyotdagi narxlar darajasi (narx indeksi);  

Y — talab qilinayotgan real ishlab chiqarish xajmi.  

           

 

*



*V 

 

Bu tenglamadan P = 



; Y= 

 tenglamalarni keltirib chiqaramiz.   

 



P 

Bu  tenglamalardan  ko’rinadiki,  narxlar  darajasi  qancha  oshsa,  real  milliy 

mahsulot xajmiga talab hajmi shuncha past bo’ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning 

aylanish  tezligi(V)  o’zgarmas  bo’lsa,  narxlar  darajasi  va  umumiy  talab  o’rtasida 

teskari bog’liqlik mavjud bo’ladi.  

Buiday bogliqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:  

1. Foiz stavkasi samarasi;  

2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;  

3. Import xaridlar samarasi.  


15 

 

Foiz  stavkasi samarasi yoki Keyns samarasi  shuni bildiradiki, jami  talabning 



egri  chiziq  bo’yicha  surilishi  narxlar  darajasi  o’zgarishining  foiz  stavkasiga 

bo’lgan ta’siriga bog’liq.  

Demak, tovarlarning narx darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun 

katta  miqdorda  naqd  pul  kerak  bo’ladi.  Ish-bilarmonlar  uchun  ham  ish  haqi  va 

boshqa xarajatlarni to’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda, 

tovarlar narxsi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi.  

Pul  taklifi  hajmi  o’zgarmagan  holatda  talabning  oshishi  foiz  stavkasini 

ko’tarilishiga  olib  keladi.  Foiz  stavkalari  yuqori  bo’lgan  sharoitda 

ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo’lgan talabi pasayadi.  

Investitsiya  harajatlari  umumiy  talabning  bir  qismi  bo’lganligi  tufayli  bu 

umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi.  


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling