Mavzu: "yalpi va sof investitsiyalar"


Download 158.88 Kb.
bet1/10
Sana28.12.2022
Hajmi158.88 Kb.
#1015979
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yalpi va sof investitsiyalar (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
“MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI” FAKULTETI
“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI
“MIKROIQTISODIYOT VA MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: “YALPI VA SOF INVESTITSIYALAR”


Guruh: 144-21M(o’zb)
Bajardi: Asqaraliyev SH. A
Kurs ishi rahbari:dots Xashimova S.N.
Topshirgan sanasi: ______________
Himoya qilgan sanasi: ___________
Baho: ___________________
TOSHKENT-2022


MUNDARIJA


KIRISH 2
I-BOB. YALPI INVESTITSIYALAR TARKIBI 4
1.1.Haqiqiy investitsiyalar obyekti 4
1.2.Investitsiyalar va jamg’armalar muvozanatining klassik va keyzen modellari 12
II-BOB. INVESTITSIYALAR VA JAMG'ARMALARNING MUVOZANAT MUAMMOLARI 18
2.1. "IS" modeli ("investitsiya-tejash") 18
2.2. Sof investitsiyalar – yalpi investitsiyalar va amortizatsiyalar o’rtasidagi farq 23
XULOSA 27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 28



KIRISH


Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir sub’ektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalarivah.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);
- davlat byudjeti mablag’lari;
- chet elliklar mablag’lari.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
2) foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motive foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo’lsagina sotib oladilar.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori.
Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste’mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo’ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.


Download 158.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling