Mavzu: Yoritish va signalizatsiya tizimi elektr zanjirini organish reja: 1 yoritish va signalizatsiya tizimining vazifalari


Download 1.17 Mb.
Sana17.12.2022
Hajmi1.17 Mb.
#1026194
Bog'liq
Презентация,JAVLON

Andijon Mashinasozlik Instituti Avtomobilsozlik fakulteti AT-71-21 guruh Topshirdi:Pozilov J Tekshirdi:Abdusamatov F

Mavzu:Yoritish va signalizatsiya tizimi elektr zanjirini organish

REJA:

1)YORITISH VA SIGNALIZATSIYA TIZIMINING VAZIFALARI

2)TIZIMNI TASHKIL QILUVCHI ELEMENTLAR

3)MAVZU BOYICHA XULOSAR

Avtomobillarning harakat xavfsizligi, ayniqsa kunning qorong‘i qismida va ko‘rinish yomon bo‘lgan hollarda, ko‘p jihatdan yorug‘lik asboblarining holati va tavsifnomasiga bog‘liq. Yorug‘lik asboblari yo‘lni yoritish, avtomobilning gabarit o‘lchamlari haqida ma’lumot berish, haydovchining mo‘ljallagan yoki amalga oshirayotgan harakati haqida darak berish, davlat raqami, kabina, kuzov saloni, nazorat-o‘lchov asboblari, bagajnik va kapot ostini yoritish uchun xizmat qiladi.

Avtomobillarning yorug‘lik asboblari yoritish va yorug‘lik darakchilaridan tashkil topgan. Yorug‘lik asbobining optik tizimi lampa, nur qaytargich va nur tarqatgichdan iborat. Lampa yorug‘lik manbai vazifasini bajaradi. Nur qaytargich paraboloid shaklida bo‘lib, lampadan kichik moddiy burchak ostida chiqqan yorug‘lik oqimini to‘playdi va optik o‘q bo‘ylab yo‘naltiradi.


5.4-rasm. Yevropa yorug’lik taqsimlash tizimidagi optik sistemalarda nur tarqalish sxemasi:
a – yaqinni yoritish; b – yaqinni yoritishdagi yorug’lik dog’i; c – uzoqni yoritish; e – lampa ekrani;
1 – uzoqni yoritish tolasi, 2 – yaqinni yoritish tolasi, 3– ekran.

50 yillardan boshlab Evropada metall shishali optik elementlar keng tarqalib, ularda yorug‘lik manbaini almashtirish mumkin bo‘ldi. Tok manbai sifatida oddiy yoki galogen lampalar ishlatilib, ular metall nur qaytargichdagi maxsus uyachaga o‘rnatiladi. Avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishini keyingi bosqichlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning aerodinamik tavsifnomalarini yaxshilash, ularning og‘irligini kamaytirish muhim o‘rin egallamoqda, chunki bu ko‘rsatkichlar yonilg‘i tejamkorligini oshirish bilan bevosita bog‘liqdir.

Xalqaro avtomobil trassalarida tashish hajmlarining oshishi va avtoturizmning rivojlanishi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti qoshidagi Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi ( BMT YEIK ) tarkibida ichki transport bo‘yicha qumita tuzilishiga olib keldi. Bu qumita doirasida 1958 yili Jenevada «Predmet va mexanik transport vositalarining qismlarini rasman tasdiqlashning bir xil shartlari va uni o‘zaro tan olish haqidagi shartnoma» imzolandi. Bu shartnomani rivojlantirish borasidagi unga ilova shak-lida bir qator qoidalar ishlab chiqildi.

TVM (frantsuzcha Transmission Voie-Machine) - dastlab Frantsiyada, asosan tezyurar temir yo'llar uchun o'rnatilgan avtomobil ichidagi signalizatsiya tizimi.. Dastlabki versiya TVM-300, keyin esa TVM-430 edi. TVM-300 1970-yillarda TGV loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. TGV poezdining tezligi soatiga 220 kilometrdan oshadi va yuqori tezlikda harakatlanayotganda haydovchi yo'lning yon tomonidagi temir yo'l signal chiroqlarini aniq ko'ra olmaydi. Buning o'rniga signal ma'lumotlari kabinadagi asboblar paneli orqali poezdga uzatiladi, poyezd haydovchisiga xavfsiz haydash tezligi (km/soatda) ko'rsatadi.

Signalizatsiya tizimi


TVM tizimi hozirda Hitachi Rail STS tarkibidagi fransuz "Compagnie de Signaux et d'Entreprises" Electriques (CSEE) guruhi tomonidan ishlab chiqilgan.
LGV da TVM signalining ikkita versiyasi qo'llaniladi, ya'ni TVM-430 hamda TVM-300. TVM-430 nisbatan yangiroq tizim bo'lib, birinchi bo'lib LGV Nord-dagi Kanal tunneliga hamda Belgiyaga o'rnatiladi va TVM-300 ga qaraganda ko'proq ma'lumot beradi.
TVM-430 "modulli va moslashuvchan" signalizatsiya tizimining TVM-400 dan TVM-440 (ixtiyoriy avtomatik poezd boshqaruvi) va TVM-450 (to'liq haydovchisiz) darajalari doirasida taklif etiladi. [1] [2]
TVM belgisi. Bu bayroq TVM tizimidagi turli intervallarni ajratib turadi.

Foydalanilgan


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling