Mavzu yuzasidan savollar
Download 21.64 Kb.
|
5-topshirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmetlarning shakli va geometrik shakllar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishida qanday amalga oshiriladi
- Har bir yosh guruhlarida bolalarni predmetlarning shakllari va geometrik shakllar bilan tanishtirish masalasini qanday tahlili qilishimiz mumkin
- MTTda g eometrik shakllarni har xil belgilar (alomatlar) bo’yicha qanday guruhlashtiramiz
- Maktabgacha yoshdagi bolalarda geometrik shakllarni qayta tiklashga o’rgatish usullari qanday amalga oshiriladi
- 7. Har xil yosh guruhlarda bolalarni shakl bilan tanishtirish uchun qanday didaktik o’yinlardan foydalanamiz
Mavzu yuzasidan savollar: Bolalarning predmetlarning shakli va geometrik shaklni (xususiy kuzatishlari materiallaridan foydalanib) idrok qilish xususiyatlari nimalardan iborat? Matematika mashg’ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o’rganadilar. Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o’zlashtirish uchun asos bo’ladi. Tug’ilgan bolalar geometrik shakllarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butыlkalarni bolaning oldiga terib qo’ysak, bola ovqat yeydigan butыlkasini ko’zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi. Bola biroz ulg’aygandan so’ng o’yinchoqlarini geometrik shakllar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o’xshaydi, mana bu tarvuzga o’xshaydi ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o’xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik shakllar etalon bo’lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o’xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo’lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o’xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko’ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik shakllarning rol katta.
Predmetlarning shakli va geometrik shakllar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishida qanday amalga oshiriladi? Tug’ilgan bolalar geometrik shakllarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butыlkalarni bolaning oldiga terib qo’ysak, bola ovqat yeydigan butыlkasini ko’zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi. Bola biroz ulg’aygandan so’ng o’yinchoqlarini geometrik shakllar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o’xshaydi, mana bu tarvuzga o’xshaydi ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o’xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik shakllar etalon bo’lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o’xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo’lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o’xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko’ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik shakllarning rol katta. 2-3 yashar bolalar geometrik shakllarni oddiy o’yinchoq deb his etadilar. M: tsilindr - stakan, stolba; konus - stakan, stolba; konus - minora. Har bir yosh guruhlarida bolalarni predmetlarning shakllari va geometrik shakllar bilan tanishtirish masalasini qanday tahlili qilishimiz mumkin? 5-6 yoshli bolalar odatda albatga qo’l bilan ushlab ko’radi. Demak shunday xulosa qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik shakllar shaklini qo’liga ushlab ko’rib, eshitib, ko’zlari bilan ko’rib to’g’ri xulosa chiqarishga o’rgatishimiz kerak. qobiliyatlarini rivojlantirish; geometrik shakllarni oddiy xossalarini aniqlashga; so’z yordamida turli belgilarga va o’lchamlarga ko’ra har xil geometrik shakllarni tanlashga; turli belgilarga (shakli, rangi, o’lchamiga ko’ra geometrik shakllarni gruppalashtirishga; atrofimizdagi predmetlarni ma’lum geometrik shakllarga uxshatish; predmetlarning modelini yasab shakllarning turlarini o’zlashtirishga o’rgatish.
MTTda geometrik shakllarni har xil belgilar (alomatlar) bo’yicha qanday guruhlashtiramiz? Bir gruppadagi shakllarning ikkinchi gruppadagi shakllardan farq qilishi alomatlarini topishga doir masalalar uchburchaklar, to’rtburchaklar va boshqa shakllar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash imkonini beradi. Doiralar va ovallar, uchburchaklar va to’rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan tablitsalardan foydalanish mumkin. Shakllar ikki - uch xil o’lchamda va rangda berilgan. Tayyorlov guruhi dasturida geometrik shakllar ko’rinishini o’zgartirish, bir xil shakllardan boshqa xil shakllar tuzish nazarda tutilgan. Tarbiyachi bolalarga o’z ixtiyorlaridagi shakllani qarashni, ularni shakl bo’yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday katgalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so’ngra esa qandaydir ikki uchta shakl olib, ularni birlashtirish yo’li bilan qanday yangi shakl tuzish mumkinligini o’ylab ko’rishni taklif qiladi. Bolalar shakllarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi shakllar hosil bo’lganini va ular qanday shakllardan tuzilganligini gapirib berishni taklif qiladi. Qismlardan butun shakllar tuzib, bolalar ikkita yarimta, 4 ta yarimta, sakkizdan bir qismdan, doiraning to’rtdan biriga teng qismdan va h.k. dan nechta doira tuzish mumkinligini fahmlaydilar. Maktab yoshidagi katta bolalar bilan ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli o’yinlar va mashqlar katta foyda keltiradi. Ular matematik 6ilimlarga qiziqishini rivojlantiradi, bolalar aqliy qobiliyatlarining o’sishiga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda geometrik shakllarni qayta tiklashga o’rgatish usullari qanday amalga oshiriladi? Maktab yoshidagi katta bolalar bilan ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli o’yinlar va mashqlar katta foyda keltiradi. Ular matematik 6ilimlarga qiziqishini rivojlantiradi, bolalar aqliy qobiliyatlarining o’sishiga yordam beradi. Shakl haqidagi tasavurlarni o' stirish ishi sanashga o' rgatish bilan va narsalarning o'lchamlarini taqqoslash mashqlari bilan parallel ravishda amalga oshiriladi va uzviy sur'atda olib boriladi. Bu ishni tasviriy faoliyatning turli xillariga o' rgatish bilan bog'lab olib borish katta ahamiyatga ega, chunki narsani yasash (rasmini chizish, loy yoki plastilindan yasash, konstruksiya qilish) ehtiyoji uning shaklini aniq, alohida-alohida qismlarga bo'lib idrok etish zaruriyatini tug'diradi. Geometrik shakllarni bir-biridan farq qilish va ularning bazi xususiyatlari bilan tanishish. I-fasl davomida bolalarda doira, uchburchaklarni farqlash va ularning nomini to'g'ri aytish malakasi mustahkamlanadi. Mazkur shakllarning modelidan narsalar yig'indilari o'rtasidagi miqdoriy munosabatlarni va sanashni bajarish uchun tarqatma material sifatida keng pedagog (tarbiyachi) bolalarni sanashga o'rgatishda ularning mazkur shakllar haqidagi tasavurlarini mustahkamlab boradi. U bolalarga berilgan model atrofidan qo'l "urgizib chiqishni, uni ushlab ko'rishni, ko'rsatilgan shakldagi modellarni tanlab olishni (chunonchi, hamma kvadratlarni tanlab lishni) taklif qiladi. Bolalar har xil yoki bir xil, ammo rangini o'ichamlari har xil bo'lgan shakllar miqdorini taqqoslaydilar. ,,Qaysinisi ko'proq, kvadratlar mi yoki uchburchaklarmi? Katta uchburchaklar ko' pmi yoki kichkina uchburchaklar ko'pmi?" va shu kabilar . O'qitishning bu davrida ,,Xuddi shunday shaklni ko'rsat", ,,Sizlardachi?" kabi o'yin mashqlaridan foydalanish mumkin. Tarbiyachi ko'rgazma materialni doimo o'zgartirib turadi. 7. Har xil yosh guruhlarda bolalarni shakl bilan tanishtirish uchun qanday didaktik o’yinlardan foydalanamiz? Shakllarni shakllari va boshqa xususiyatlariga qarab guruhlarga ajratishni, shakllarni o'lchamlarining ortib va kamayib borishi tartibida terib qo'yishni mashq qildirish katta ahamiyatga ega. O'rta guruhda bolalarga mashg'ulotdan tashqari vaqtda shakllarni farq qilishni mashq qildirish uchun ,,Nima yo'q bo'lib qoldi?" yoki, Nima o'zgardi?" kabi o'yin mashqlari va didaktik o'yinlardan keng foydalaniladi. Bolalar qaysi shaklni yashirganlari yoki almashtirib qo'yganliklarini aytadilar . ,,Ajoyib qopcha" o'yini turli variantlarda o'tkaziladi. Bolalar shakllarni taniydilar, ko'rib idrok etiladigan namunaga qarab uni paypaslab ko'rib topadilar yoki, aksincha, ushlab ko'rib idrok etilgan namuna asosida shaklni ko'rib topadilar. ,,O' z uyingni top", ,,Samolyotlar" kabi o'yinlar shakllar shaklini idrok etishdagi konstantalik (turg'unlik)ni o' stirishga imkon beradi. Yasalgan kvadratlar , uchburchaklar uychalar va aerodrornlar vazifasini bajaradi. Mazkur o'yinlar takroriy o'tkazilganida bunday uychalar va ayrodromlarning o'lchamini kattalashtirish maqsadga muvofiqdir. Yakka mashqlar o'tkazish uchun ,,Juftingni top", ,,Ko'rgazmaga mos shaklni top" va boshqa shu kabi o'yinlardan foydalaniladi. Bolalar shakllarning rangi va tasviri haqidagi taqqoslab, tegishli shakllarni topadilar. Narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtish. O' rta guruhda bolalarni narsalarning shakllarini geometrik unalar bilan solishtirib ko' rishga katta ahamiyat beriladi. Bolada bu narsaning shakli qaysi geometrik shaklga qaysi birikmasiga to'g'ri kelishini ko' ra olish qobiliyati o' stiriladi. Bolalar oldin geometrik shakllarni ularga o'xshash shakldagi narsalar bilan solishtirib ko'rishni mashq qiladilar. Ular guralarning modellariga mos narsalarni tanlab oladilar. Geometrik shakllarni boshqa narsalardan ajratib olishga, ularga namuna ma'nosini berishga mana shunday qilib erishiladi. ,,Xuddi manashunday shakldagi narsani top", ,,Men aytgan narsani top" va boshqa shu kabi o'yin mashqlari o'tkaziladi. Bolalar narsalarning shakllarini geometrik namunalar bilan bevosita taqqoslashdan ularning shakllarini so' z bo’ycha ta'riflashga o'tadilar. Mashqlar uchun avval oddiy shaklda bo'lgan detallari yo' q narsalar tanlab olinadi. Bir turdagi (har xil shakldagi geometrik shakllar , taxtachalar va shu kabilardan) va har xil turdagi narsalar (kvadrat shaklli ro'mol, to'g'ri burchakli sharfcha, uchburchakli ro'mol)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. -Bolalar ko'rsatilgan shakldagi narsalarni (4-5 dona ichidagi) tanlab oladilar; - tegishli shaklga ega bo'lgan narsalar tasvirlangan rasmlarni tanlab oladilar; -jadvalda qaysi shakldagi narsalarning rasmi chizilganligini aytadilar . Keyinchalik ularga xonaning ma'lum joylaridan aytilgan shakldagi narsalarni topish (,,Qarangchi, tokcha ustida qutiga o'xshash narsalar bormikan?") taklif qilinadi. ,,Guruh xonasi bo'ylab sayohat", ,,Yashirilgan narsani top" kabi o'yinlar o' tkaziladi. Download 21.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling