Mavzu yuzasidan savollar


Download 21.64 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi21.64 Kb.
#109807
Bog'liq
5-topshirish


Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Bolalarning predmetlarning shakli va geometrik shaklni (xususiy kuzatishlari materiallaridan foydalanib) idrok qilish xususiyatlari nimalardan iborat?

Matematika mashg’ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o’rganadilar.

Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o’zlashtirish uchun asos bo’ladi.

Tug’ilgan bolalar geometrik shakllarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butыlkalarni bolaning oldiga terib qo’ysak, bola ovqat yeydigan butыlkasini ko’zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi. Bola biroz ulg’aygandan so’ng o’yinchoqlarini geometrik shakllar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o’xshaydi, mana bu tarvuzga o’xshaydi ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o’xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik shakllar etalon bo’lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o’xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo’lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o’xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko’ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik shakllarning rol katta.


  1. Predmetlarning shakli va geometrik shakllar haqidagi bilimlarning maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor va aqliy rivojlanishida qanday amalga oshiriladi?

Tug’ilgan bolalar geometrik shakllarni his eta boshlaydilar. M: bir nechta turli butыlkalarni bolaning oldiga terib qo’ysak, bola ovqat yeydigan butыlkasini ko’zi bilan, labi bilan teshib yuboray deydi. Bola biroz ulg’aygandan so’ng o’yinchoqlarini geometrik shakllar bilan solishtira boshlaydi. M: Mana bu tayoq stolbaga o’xshaydi, mana bu tarvuzga o’xshaydi ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o’xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik shakllar etalon bo’lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o’xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo’lgan predmetlar shaklini hech narsa bilan o’xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko’ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik shakllarning rol katta.

2-3 yashar bolalar geometrik shakllarni oddiy o’yinchoq deb his etadilar. M: tsilindr - stakan, stolba; konus - stakan, stolba; konus - minora.



  1. Har bir yosh guruhlarida bolalarni predmetlarning shakllari va geometrik shakllar bilan tanishtirish masalasini qanday tahlili qilishimiz mumkin?

5-6 yoshli bolalar odatda albatga qo’l bilan ushlab ko’radi. Demak shunday xulosa qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik shakllar shaklini qo’liga ushlab ko’rib, eshitib, ko’zlari bilan ko’rib to’g’ri xulosa chiqarishga o’rgatishimiz kerak.

qobiliyatlarini rivojlantirish;

geometrik shakllarni oddiy xossalarini aniqlashga;

so’z yordamida turli belgilarga va o’lchamlarga ko’ra har xil geometrik shakllarni tanlashga;

turli belgilarga (shakli, rangi, o’lchamiga ko’ra geometrik shakllarni gruppalashtirishga;

atrofimizdagi predmetlarni ma’lum geometrik shakllarga uxshatish;

predmetlarning modelini yasab shakllarning turlarini o’zlashtirishga o’rgatish.


  1. MTTda geometrik shakllarni har xil belgilar (alomatlar) bo’yicha qanday guruhlashtiramiz?

Bir gruppadagi shakllarning ikkinchi gruppadagi shakllardan farq qilishi alomatlarini topishga doir masalalar uchburchaklar, to’rtburchaklar va boshqa shakllar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash imkonini beradi. Doiralar va ovallar, uchburchaklar va to’rtburchaklar tasvirlangan juftlashgan tablitsalardan foydalanish mumkin. Shakllar ikki - uch xil o’lchamda va rangda berilgan.

Tayyorlov guruhi dasturida geometrik shakllar ko’rinishini o’zgartirish, bir xil shakllardan boshqa xil shakllar tuzish nazarda tutilgan.

Tarbiyachi bolalarga o’z ixtiyorlaridagi shakllani qarashni, ularni shakl bo’yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday katgalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so’ngra esa qandaydir ikki uchta shakl olib, ularni birlashtirish yo’li bilan qanday yangi shakl tuzish mumkinligini o’ylab ko’rishni taklif qiladi. Bolalar shakllarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi shakllar hosil bo’lganini va ular qanday shakllardan tuzilganligini gapirib berishni taklif qiladi.

Qismlardan butun shakllar tuzib, bolalar ikkita yarimta, 4 ta yarimta, sakkizdan bir qismdan, doiraning to’rtdan biriga teng qismdan va h.k. dan nechta doira tuzish mumkinligini fahmlaydilar.

Maktab yoshidagi katta bolalar bilan ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli o’yinlar va mashqlar katta foyda keltiradi. Ular matematik 6ilimlarga qiziqishini rivojlantiradi, bolalar aqliy qobiliyatlarining o’sishiga yordam beradi.


  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda geometrik shakllarni qayta tiklashga o’rgatish usullari qanday amalga oshiriladi?

Maktab yoshidagi katta bolalar bilan ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli o’yinlar va mashqlar katta foyda keltiradi. Ular matematik 6ilimlarga qiziqishini rivojlantiradi, bolalar aqliy qobiliyatlarining o’sishiga yordam beradi.

Shakl  haqidagi  tasavurlarni  o' stirish  ishi  sanashga  o' rgatish  bilan  va narsalarning  o'lchamlarini  taqqoslash  mashqlari  bilan  parallel  ravishda  amalga

oshiriladi  va  uzviy  sur'atda  olib  boriladi.  Bu  ishni  tasviriy  faoliyatning  turli

xillariga  o' rgatish  bilan  bog'lab  olib  borish  katta  ahamiyatga  ega,  chunki  narsani yasash  (rasmini  chizish,  loy  yoki  plastilindan  yasash,  konstruksiya  qilish)  ehtiyoji uning  shaklini  aniq,  alohida-alohida  qismlarga  bo'lib  idrok  etish  zaruriyatini tug'diradi. Geometrik  shakllarni  bir-biridan  farq  qilish  va  ularning  bazi xususiyatlari bilan  tanishish. I-fasl davomida bolalarda doira, uchburchaklarni  farqlash  va  ularning  nomini  to'g'ri  aytish malakasi mustahkamlanadi.  Mazkur  shakllarning  modelidan  narsalar  yig'indilari o'rtasidagi  miqdoriy  munosabatlarni  va  sanashni  bajarish  uchun  tarqatma  material sifatida keng pedagog (tarbiyachi) bolalarni sanashga o'rgatishda  ularning  mazkur shakllar  haqidagi tasavurlarini  mustahkamlab boradi. U bolalarga berilgan model atrofidan  qo'l  "urgizib  chiqishni,  uni  ushlab  ko'rishni,  ko'rsatilgan  shakldagi modellarni  tanlab  olishni  (chunonchi,  hamma  kvadratlarni  tanlab  lishni)  taklif qiladi.  Bolalar  har  xil  yoki  bir  xil,  ammo  rangini o'ichamlari  har  xil  bo'lgan shakllar  miqdorini  taqqoslaydilar.  ,,Qaysinisi  ko'proq,  kvadratlar mi  yoki uchburchaklarmi?  Katta  uchburchaklar  ko' pmi  yoki  kichkina  uchburchaklar ko'pmi?"  va shu kabilar . O'qitishning  bu  davrida  ,,Xuddi  shunday  shaklni  ko'rsat",  ,,Sizlardachi?" kabi o'yin mashqlaridan  foydalanish mumkin. Tarbiyachi  ko'rgazma  materialni  doimo  o'zgartirib  turadi.



7. Har xil yosh guruhlarda bolalarni shakl bilan tanishtirish uchun qanday       didaktik o’yinlardan foydalanamiz?

Shakllarni  shakllari  va  boshqa  xususiyatlariga  qarab  guruhlarga  ajratishni, shakllarni  o'lchamlarining  ortib  va  kamayib  borishi  tartibida  terib  qo'yishni mashq  qildirish  katta  ahamiyatga  ega.  O'rta  guruhda  bolalarga  mashg'ulotdan tashqari  vaqtda  shakllarni  farq  qilishni  mashq  qildirish  uchun  ,,Nima  yo'q  bo'lib qoldi?"  yoki,  Nima  o'zgardi?"  kabi  o'yin  mashqlari  va  didaktik  o'yinlardan  keng foydalaniladi.  Bolalar  qaysi  shaklni  yashirganlari  yoki  almashtirib qo'yganliklarini aytadilar . ,,Ajoyib  qopcha"  o'yini  turli  variantlarda  o'tkaziladi.  Bolalar  shakllarni taniydilar,  ko'rib  idrok  etiladigan  namunaga  qarab  uni  paypaslab  ko'rib  topadilar yoki,  aksincha,  ushlab  ko'rib  idrok  etilgan  namuna  asosida  shaklni  ko'rib topadilar. ,,O' z  uyingni  top",  ,,Samolyotlar"  kabi  o'yinlar  shakllar  shaklini  idrok etishdagi  konstantalik  (turg'unlik)ni  o' stirishga  imkon  beradi. Yasalgan  kvadratlar , uchburchaklar  uychalar  va  aerodrornlar  vazifasini  bajaradi.   Mazkur  o'yinlar takroriy  o'tkazilganida  bunday  uychalar  va  ayrodromlarning  o'lchamini kattalashtirish maqsadga muvofiqdir. Yakka  mashqlar  o'tkazish  uchun  ,,Juftingni  top",  ,,Ko'rgazmaga  mos shaklni  top"  va  boshqa  shu  kabi  o'yinlardan  foydalaniladi.  Bolalar  shakllarning rangi  va tasviri  haqidagi taqqoslab, tegishli shakllarni  topadilar. Narsalarning shakllarini geometrik  namunalar bilan solishtish.

    O' rta  guruhda  bolalarni  narsalarning  shakllarini  geometrik  unalar  bilan

solishtirib  ko' rishga  katta  ahamiyat  beriladi.  Bolada  bu  narsaning  shakli  qaysi geometrik  shaklga   qaysi  birikmasiga  to'g'ri  kelishini ko' ra olish qobiliyati o' stiriladi. Bolalar  oldin  geometrik  shakllarni  ularga  o'xshash  shakldagi  narsalar  bilan solishtirib  ko'rishni  mashq  qiladilar.  Ular    guralarning  modellariga  mos narsalarni  tanlab  oladilar.  Geometrik  shakllarni  boshqa  narsalardan  ajratib olishga,  ularga  namuna ma'nosini berishga mana shunday qilib erishiladi. ,,Xuddi  manashunday shakldagi  narsani  top", ,,Men  aytgan  narsani  top"  va boshqa shu kabi o'yin  mashqlari o'tkaziladi.  Bolalar  narsalarning  shakllarini  geometrik  namunalar  bilan  bevosita taqqoslashdan  ularning shakllarini so' z bo’ycha ta'riflashga o'tadilar. Mashqlar  uchun  avval  oddiy  shaklda  bo'lgan  detallari  yo' q  narsalar  tanlab olinadi.  Bir  turdagi  (har  xil  shakldagi  geometrik  shakllar ,  taxtachalar  va  shu kabilardan)  va  har  xil  turdagi  narsalar  (kvadrat  shaklli  ro'mol,  to'g'ri  burchakli sharfcha, uchburchakli ro'mol)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

     -Bolalar  ko'rsatilgan shakldagi  narsalarni  (4-5  dona  ichidagi)  tanlab  oladilar;

- tegishli  shaklga  ega  bo'lgan  narsalar  tasvirlangan  rasmlarni  tanlab  oladilar;



-jadvalda  qaysi  shakldagi  narsalarning  rasmi  chizilganligini  aytadilar .  Keyinchalik ularga  xonaning  ma'lum  joylaridan  aytilgan  shakldagi  narsalarni  topish  (,,Qarangchi,  tokcha  ustida  qutiga  o'xshash  narsalar  bormikan?")  taklif  qilinadi. ,,Guruh  xonasi  bo'ylab  sayohat",  ,,Yashirilgan  narsani  top"  kabi  o'yinlar  o' tkaziladi.
Download 21.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling