Mavzu yuzasidan seminar ishlanmasi ferdinand de sossyurning lingvistik nazariyasi. Tilshunoslikda strukturalizm


Download 128.36 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi128.36 Kb.
#99616
Bog'liq
тилшунос


6-MAVZU YUZASIDAN SEMINAR ISHLANMASI

FERDINAND DE SOSSYURNING LINGVISTIK NAZARIYASI. TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM


REJA:

  1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta`limoti.

  2. Til va nutqning farqli jihatlar.

  3. Tilshunoslikda strukturalizm yo`nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen strukturalizm maktablari.


Mashg’ulot davomida ommaviy, jamoaviy, hamkorlikda, yakka tartibda ishlash texnologiyasi kabilardan foydalaniladi.
VIZUAL MATERIALLAR

1-savol. F. de Sossyur hozirgi zamon tilshunosligining asoschisi:

1-ilova


Ferdinand de Sossyur – buyuk tilshunos, shveysariyalik fransuz, “Umumiy tilshunoslik” fundamental asarining muallifi, “til sistemadir”, “til va nutq dialektik munosabatdadir” kabi qator g`oyalarning asoschisi.



F. de Sossyur tilshunoslikdagi sotsiologik ta'limot va sotsiologik lingvistika asoschisi. F. de Sossyurning mashhur “Umumiy tilshunoslik kursi” asari orqali tilshunoslikda strukturalizmning asosiy g`oyalari dunyoga keldi.

F. de Sossyur til hodisasini sistemali hodisa ekanligini va til sistemasini tashkil etgan belgilarni asoslab berdi.



F. de Sossyurning lingvistik nazariyalari


Til birliklari orasidagi munosabat, o`zaro bog`lanish paradigmatik va sintagmatik munosabatlarga ajraladi
2-ilova


Jamiyatning fikrni ifoda qilish sistemasini til va nutqqa ajratadi




Til sistem tuzilishga ega bo`lgan, sistem xarakterdagi ijtimoiy hodisadir




Tilshunoslik fanining birdan-bir haqiqiy obyekti tildir

F. de Sossyur lisoniy ta'limotining muhim jihatlari



Tilning ikki aspekti farqlanadi: sinxroniya va diaxroniya aspekti

Til g`oya (fikr, ma'no) tashuvchi belgilar sistemasidir

Tilshunoslik ikkiga: ichki va tashqi lingvistikaga ajratadi



F. de Sossyur qarashlarida til va nutq dixotomiyasi

3-ilova


F. de Sossyur jamiyatning fikrni ifoda qilish sistemasini til va nutqqa ajratadi




Til so`zlarning jami va nutqni qurish, tuzish qoidalaridir

Nutq esa til sistemasining so`zlashuvda yoki matnda (yozuvda) aniq berilishi, qo`llanilishidir




Til nutqdan quyidagi belgilarga ko`ra farqlanadi:

Til – ijtimoiy, nutq – individual.

Til – sistem, nutq – аsistem



F. de Sossyur ta`limotida strukturalizm g`oyalari

4-ilova


F. de Sossyurning “Umumiy tilshunoslik kursi” asarida struktural lingvistikaning asosiy g`oyalari aks etgan.

Tilning o`ziga xosligi shundaki, u tilshunoslik fanining mutlaq tekshirish obyekti hisoblanadi.

Til o`ziga xos tuzilishga, “qiyofaga” ega sistemadir.

Til shakli, ya'ni til mohiyat emas, balki shakldir. Til u yoki bu mazmunli fikrni ifodalash vositasidir.

Til munosabati, ya'ni tilning har bir holatida, ko`rinishida barcha jarayonlar til birliklarining o`zaro munosabatiga asoslanadi.

Til – potensial (imkoniyat, yashirin), nutq – real (voqelik, namoyon bo`lish).

Til – sinxron (zamonaviy), hozirgi, nutq – diaxron (tarixiy, o`tgan).




Struktural lingvistika til strukturasini til nazariyasining asosi deb bildi.

Strukturalizm g`oyalari asosiy uchta maktabda o`z aksini va asosini topdi:

1) Praga strukturalizmi

2) Amerika strukturalizmi

3) Kopengagen strukturalizmi



TUSHUNCHALAR TAHLILI METODI

1-TOPSHIRIQ: USHBU METOD YORDAMIDA TALABALAR YANGI ATAMALAR(TERMINLARNI) TAHLIL QILISH,YODDA SAQLASH IMKONIYATIGA EGA BO’LADILAR.




TYSHUNCHALAR, ATAMALAR (REMINLAR)

SIZNINGCHA BU TUSHUNCHA QANDAY MA’NONI ANGLATADI??

a)Paradigmatik

Paradigmatik munosabat til birliklarining nutqqacha bo‘lgan til hodisasi

b)Sintagmatik

sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir

c)Aksioma

Isbot talab qilmaydigan jumla

d)Sinxron

Hozirgi zamon nuqtai nazaridan o’rganish

e)Diaxron

Tarixiy tomondan tadqiq etish

f)Deskriptiv

matnni har tomonlama tasvirlash

g)Distributsiya

muayyan til birligi qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan kontekstlar yig‘indisi, ya’ni gap bo‘laklarining bir-biriga nisbatan joylashish o‘rni, tarkibi, birikishi va qo‘llanish xususiyatidir

o)Glossematika

Kopengagen strukturalizmi bo’lib bu yo’nalishda_- til sinxron - hozirgi bir davrdagi sof munosabatlarning mavhum sistemasi sifatida beriladi. Bunda har bir konkret tilning o`ziga xosligi, xususiyatlari inkor qilinadi

p)Uzus

Til uzusi muayyan ijtimoiy jamoada qabul qilingan va kuzatilayotgan voqelikdagi faktlar bilan aniqlanuvchi malakalarning jamidir.

q)Strukturalizm

Strukturalizm tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari suradi.



F.S.M.U. METODI

- fikringizni bayon qiling.

- fikringizni bayoniga sabab ko’rsating.

M - ko’rsatilgan sababingizni isbotlab misol keltiring.

- fikringizni umumlashtiring

2 – TOPSHIRIQ: QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING,MISOL KELTIRING VA IZOHLANG.

  1. Ferdinant de sossyur kim va uning qanday asarlarini bilasiz?

J: Ferdinand De Sossyur (1857–1913) – Jenevada tug‘ilgan, shveysariyalik fransuz tilshunosi. Jeneva, Leypsig, Berlinda ta’lim oldi. Uning eng yirik asari “Umumiy tilshunoslik kursi” deb ataladi.

B) Ferdinant de Sossyur qaysi ta’limotga asos solgan?

J:U tilshunoslikda strukturalizm ta’limotiga asos slogan.

C) F.de Sossyurning qaysi asari ,,Yevropa tillaridagi unlilar siatemasini o’rganishga bag’ishlangan? –

J:“Hind-Yevropa tillaridagi dastlabki unli tovushlarning sistemasining tadqiqi”

D) F.de Sossyur tilshunoslikni nechta turga ajratadi va bular qaysilar?

J: Tilshunoslikni til va nutqqa ajratadi

E) F. de Sossyur fikricha til nutqdan qaysi belgilariga ko’ra farq lanadi?

J:

  • 1) Til – ijtimoiy, umumiy, nutq esa individual hodisa.

  • 2) Til sistem, nutq esa asistem hodisa.

  • 3)Til potensial (yashirin imkoniyat), nutqesa real voqelik.

  • 4) Til sinxron, nutq esa diaxron, tarixiy hodisa.

  • 5) Til - mohiyat, nutq – hodisa.


F) F.de Sossyur tilda 2 ta aspekt sinxroniya va diaxroniyani farqladi. Ushbu tushunchalar haqida nimalarni bilasiz?

J: sinxron aspekt - til hodisalarining bugungi kundagi holatini o‘rganish.

Diaxroniya- tilning tarixini, boshqa tillar bilan qiyosini o‘rganish.



G) Struktural tilshunoslik qachon yuzaga keldi va uning asosiy g’oyasi nimadan iborat?

J: XX asrning 30- yillarida vujudga keldi.

Uning asosiy g’oyasi - tilni faqat tarixiy tomondan va qiyoslab o‘rganishni cheklash, har bir tilni grammatik qurilishi va amal qilishi nuqtai nazaridan o‘rganishni ilgari surish.



K) Praga strukturalizm maktabining asosiy g’oyasi nimadan iborat?

J: Praga strukturalizm maktabining asosiy g’oyasi - u tildagi har bir elementning o‘z funksiyasi mavjud, deb hisoblaydi. Ushbu maktab namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o‘rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar.

L) Amerika strukturalizm maktabining asoschisi kim?

J: Amerikaning mashhur lingvisti va antropologi Frans Boas

M) Kopengagen strukturalizmi maktabiining asosiy g’oyasi nimadan iborat?

J: Til sinxron - hozirgi bir davrdagi sof munosabatlarning mavhum sistemasi sifatida beriladi. Bunda har bir konkret tilning o`ziga xosligi, xususiyatlari inkor qilinadi. Ular «tilshunos tilning real elementlari orasidagi o`zaro munosabatni emas, balki tildagi zamon va makon chegarasi bo`lmagan munosabatlar strukturasinigina tekshirishi lozim, degan universal tahlimotni yaratmoqchi bo`ladilar. Shunday qilib, «munosabatlar lingvistikasi» birinchi o`ringa qo`yilib, real tillar, ularning tovush materiyasi va mahno masalasi ikkilamchi hodisalar deb qaraladi”.
3- TOPSHIRIQ: Glossariyni to`ldiring:


Atamaning o’zbek tilida nomlanishi

Atamaning ingliz tilida nomlanishi

Atamaning rus tilida nomlanishi

Atamaning izohi

Strukturalizm

STRUCTURALISM

Структу́рная лингви́стика




Praga strukturalizmi

PRAGUE SCHOOL OF STRUCTURALISM

Пражская лингвистическая школа,




Amerika strukturalizmi

AMERICAN SCHOOL OF STRUCTURALISM

американский структурализм




Kopengagen strukturalizmi

COPENGHAGEN SCHOOL OF STRUCTURALISM

Копенга́генская лингвисти́ческая школа



ASSESSMENT METODI”



4-TOPSHIRIQ: Test topshiriqlarini bajaring:
1. Ferdinant de Sossyur tilshunoslikni nechchi turga ajratadi va ular qaysilar?

a) 3 ta turga. Ekstralingvistika, sotsiolingvistika, ichki lingvistika



b) 2 ta turga. Ichki lingvistika va tashqi lingvistika

c) 1 ta turga. Komparativistika.



2. Struktural lingvistika qachon paydo bo’lgan?

a) XX asrning 20-yillarining oxirida

b) XV asrning 10-yillarining boshida

c) XXI asrning 30- yillari ohirida.

3. Funksional lingvistika maktabi vakillari to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang?

a) Vilgelm Fon Gumbolt, Rasmus Rask, Avgust SHleyxer

b) Frans Boas, Eduard Sepir, Leonard Blumfuld

c) R.O.Yakobsan, N.S.Trubetskoy, B.Gavranek.

4. Amerika strukturalizm maktabi asoschisi kim?

a) Tilshunos olim Frans Boas

b) Leonard Blumfild

c) Eduard Sepir.

5. Kopengagen strukturalizmi qachon va qaerda tashkil topgan?

a) XX asrning 20-30- yillarida Germaniyada

b) XX asrning 20-yillarida Chehoslavakiyada

c) XX asrning 30-yillar boshida Daniyada.

6. Kopengagen strukturalizmi yana qanday nom bilan ataladi?

a) Deskriptiv lingvistika



b) Glossematika

c) Funksional lingvistika.



7. F.De Sossyur o’zining qaysi asarida strukturalizmning eng eng asosiy, bosh g’oyasini ta’kidlab o’tgan?

a) “Umumiy tilshunoslik kursi” asarida

b) “Hind Yevropa tillaridagi dastlabki unlilar sistemasining tadqiqi” asarida

c) “Umumiy grammatika prinsiplari” asarida.

8. Kopengagen strukturalizmi maktabi vakillari to’g’ri ko’rsatilgan javob qaysi?

a) L. Blumfild, Z.Xarris, K.Payk



b) Lui Yelmslev, V.Bryondal, X.Uldal.

9. Ferdinand de Sossyur belgilar borasidagi fanni qanday nomlashni taklif qilgan?

A) semiologiya deb



B) semiotika deb

C) semantika deb

D) lingvosemiotika deb

10. Ferdinand de Sossyur belgining qanday xususiyatlarini ko‘rsatgan?

A) anglatiladigan va anglatuvchi

B) anglatgan va anglatuvchi

C) ifodalanuvchi va ifodalovchi

D) mohiyat va mazmun

11. Ferdinand de Sossyur fikricha, ...

A) til va nutq – nutqiy faoliyatning ikki tomoni

B) til va nutq faoliyati – nutqning ikki tomoni

C) nutq va nutqiy faoliyat – tilning ikki tomoni



D) og‘zaki va yozma nutq – nutqiy faoliyatning ikki tomoni

12. F. de Sossyur fikri bo‘yicha, til va nutq orasidagi asosiy farqlar quyidagilar:

A) til ijtimoiy, nutq esa individual

B) til individual, nutq esa ijtimoiy

C) til o‘zgaruvchan, nutq esa turg‘un (harakatsiz)

D) til dinamik, nutq esa sinxron



13. F. de Sossyur g‘oyasi asosida vujudga kelishiga asos bo‘lgan oqimning nomi:

A) Yosh grammatikachilar



B) struktural lingvistika

C) komparativistika

D) lingvosemiotika

14. Til va nutq muammosi haqida qaysi olim mukammal fikr yuritgan?

A) F. de Sossyur

B) M.V. Lomonosov

C) A.A. Potebnya

D) A. Shleyxer


15. F. dе Sossyur tilda nеchta aspеktni farqlaydi?

A) ikkita aspеktni

B) to`rtta aspеktni

C) bеshta aspеktni

D) sakkizta aspеktni



16. F. dе Sossyurning fikricha til nutqdan nеchta bеlgisiga ko`ra farqlanadi?

A) bеshta bеlgisiga

B) sakkizta bеlgisiga

C) yettita bеlgisiga

D) uchta bеlgisiga



17. Til va nutq muammosi haqida qaysi olim mukammal fikr yuritgan?

A) F. dе Sossyur

B) M.V. Lomonosov

C) Aristotеl

D) A. Potеbnya



18. Til antinomiyasi qaysi tilshunos olim nomi bilan bog’liq?

A)V. fon Gumbolt

B) A. Shleyxer

C) L. Blumfild

D) N. Xomskiy




KROSSWORD
1. F.de Sossyur tilshunoslikdagi qaysi ta’limotning asoschisi?

2. Eduard Sepir tilshunoslikning qaysi tarmog’iga asos soldi?

3. Deskriptiv lingvistika maktabi asoschisi kim?

4. “Umumiy grammatika”, “Kelishik kategoriyasi” asarlarining muallifi kim?

5. Daniyada tashkil topgan strukturalizm yo’nalishi nomi qaysi?














2





































E




























1

S

O

T

S

I

O

L

O

G

I

K

3

F

R

A

N

S

B

O

A

S






















O





































L




























4

L

U

I

Y

E

L

M

S

L

E

V













N





































G





































V





































I





































S





































T





































I





































K

























5

G

L

O

S

S

E

M

A

T

I

K

A

Foydalanish uchun adabiyotlar:


1. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2016.

2. Baskakov N.A., Sodiqov A.S., Abduazizov A.A. Umumiy tilshunoslik. – Т., 1979.
Download 128.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling