19-topshiriqlar
MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIAL
1-tarqatma material.
Omonimlik bilan ko‘p ma’nolilikning farqi nimada?
Metafora ma’no ko‘chishining qaysi turi.
2-tarqatma material.
Metonimiya qatnashgan gapga misol keltiring.
Vazifadoshlikka misol keltiring.
MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq Bir ma’nоli va ko`p ma’nоli so`zlarni ikki guruhga ajratib yozing.
Til, qush, оt, kir, tish, chumchuq, ko`z, lеksika, urg`u, bеl, kub, еr, affiks, mоrfоlоgiya, qalin, оlmоs, kar, dum, tоg`, tumshuq, mеn, tariq, yaprоq, o`q, tajang, оta, mоl, fоnеtika, bоsh, g`azal, turk, issiq, tоl, qaramоq, tеrak, оna, o`t, yo`l, tush, achchiq, jar, tеz, jahl, uyqu, sahar, cho`kmоq, daхl, to`g`ri, kоridоr, rus, etak, qanоt, bеz, dam, tirnоq, ikki, fоyda, tuyoq.
SAVOL-JAVOB ORQALI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
Monosemiya hodisasi qanday lug`aviy birliklarga xos?
Polisemiyaning yuzaga kelishi qanday sodir bo`ladi?
Ko`p ma’nolilikka olib keluvchi lisoniy (lingvistik) va nolisoniy (ekstralingvistik) omillar haqida ma’lumot bering.
Ma’no taraqqiyotining qanday yo`llari bor?
Metafora yo`li bilan ma’noning ko`chishi?
Vazifadagi o`xshashlik asosida ma’noning ko`chirilishi?
Metonimiya yo`li bilan ma’noning ko`chirilishi?
Sinekdoxa yo`li bilan ma’noning ko`chirilishi?
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST
1. Ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkinmi?
A) Ko‘p ma’noli so‘z faqat bir ma’nosi bilan boshqa bir so‘zga antonim bo‘lishi mumkin
B) bir ma’noli so‘zlargina antonim bo‘lishi mumkin
C) har bir ma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga antonim bo‘lgan so‘zlar ko‘p ma’noli so‘z hisoblanmaydi
D) ko‘p ma’noli so‘z har bir ma’nosi bilan ayrimayrim so‘zlarga antonim bo‘lishi mumkin
2. Qurilishda men boshliqman, Bo‘riev. Mablag‘ ham, odamlar ham, jumladan, siz ham mening ixtiyorimdasiz. Ushbu gapdagi ixtiyor so‘zi o‘rnida quyidagi so‘zlarning qaysi birini sinonim sifatida qo‘llash mumkin?
A) mayl B) izn C) izm D) mayl, izn
3. Omonimiya quyida berilgan qaysi birliklar orasida voqe bo‘lmaydi?
A) ikki so‘z orasida B) ikki ibora va ikki tasviriy ifoda orasida
C) ikki qo‘shimcha orasida D) sanalgan barcha birliklar orasida omonimiya vujudga kelishi mumkin
4. Quyidagi hodisalarning qaysi biri uchun shakliy bir xillik xos?
A) ko‘p ma’noli so‘zlar uchun xos B) omonimlarga xos
C) paronimlarga xos D) A va B
5. Qaysi so‘zlar o‘zaro paronim emas?
A) yuvindi – yuvundi B) yoriq – yorug‘
C) charlamoq – chorlamoq D) archish – artish
6. Quyidagi hodisalarning qaysilari mustaqil so‘z turkumlarining barchasi uchun xos? 1) ko‘p ma’nolilik;
2) sinonimiya; 3) omonimiya; 4) antonimiya.
A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4
7. Birdan ortiq mustaqil ma’noli morfemalardan tashkil topgan bir so’z qanday ataladi?
a) negiz
b) soda yasama so’z
c) ibora
d) qo’shma so’z
e) so’z birikmasi
8. Ki hisob ichra bor erdi o’n lak
Har laki o’n tuman kelib beshak.(Navoiy)
Navoiyning misralarida qo’llangan “bir lak” nechaga teng?
yuz
yuz ming
ming
bir million
o’n ming
9. “Gulnor” so’zining asl ma’nosi qaysi javobda berilgan?
a) go’zal
b) binafsha
c) gulga o’xshash dog’
d) anor guli
e) javoblarda gulnor so’zining lug’aviy ma’nosi berilmagan
10. Mufassal so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
a) uzluksiz, to’xtovsiz
b) mutloq, absolyut
c) qisqa, lo’nda
d) to’liq, batafsil
e) diqqat bilan o’qish, tushunish
UYGA VAZIFA:
Katakchalarga bir ma`noli va ko‘p ma’noli so`zlarni yozib chiqing.
Leksik birlik
|
Ma’no taraqqiyotiga ko‘ra turi
|
Ko‘p ma’noli bo‘lsa, qaysi ma’nosi ishtirok etgan
|
Ko‘p ma’noli bo‘lsa, ko‘chish usuli
|
|
○ birma’noli
○ ko‘pma’noli
|
○ o‘z ma’no
○ ko‘chma ma’no
|
○ mеtafora; ○ mеtonimiya; ○sinеkdoxa, ○vazifadoshlik; ○kinoya.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |