Mavzu yuzasidan tarqatma material


Download 38.5 Kb.
bet1/2
Sana17.11.2023
Hajmi38.5 Kb.
#1782799
  1   2
Bog'liq
12-topshiriqlar


12-topshiriqlar.
MAVZU YUZASIDAN TARQATMA MATERIAL.
Tarqatma material
Quyidagi so‘zlarning qaysi tildan o‘zlashganligini toping va ularni qatnashtirib gaplar tuzing.

Bahor, oila, ayol, stol, arra, vodiy, oftob, ajdar, baho, noyabr, shkaf, foto, maktab, gilam.




Tarqatma material
Quyidagi iboralarning omonim, sinonim va antonimlarini toping. Ularni qatnashtirib gaplar tuzing.
Boshi ko‘kka yetmoq, boshiga ko‘tarmoq, mum tishlamoq, yaxshi ko‘rmoq, ko‘z yummoq, igna bilan quduq qazimoq, oyog‘i kuygan tovuqday, tarvuzi qo‘ltig‘dan tushmoq.


MAVZUGA OID MASHQLAR

26-mashq. O‘qing. Gaplar tarkibidagi jargon so‘zlarni topib, ma’nolarini izohlang.


1. Tavba! Eshon “gardkam” deb oshiq otadimi, a? (O.) 2. Shu asnoda g‘oyib-dan “minutichka” degan ovoz eshitildi. (N.Aminov) 3. Saqichini og‘zidan olib qo‘yib, mantini ustiga-ust tushirayotgan Alibek: - Neshtyak, - dedi. (P.Q.) 4. U zavodni eplay olmaydi. Qurug‘idan tortishga berilib ketibdi.(T.Malik) 5. Elchin, bratan, men shu yerda kutib turayinmi? (T.Malik) 6. O‘, bu erkakning o‘yini bo‘ldi. Shu paytgacha qaerda edingiz, erkak?! (T.Malik) 7. – Hamma yoq tinch, - dedi u hisob berib. – Qurolla-rini berishdi. – Sapchishmadimi? – Yo‘q. (T.Malik) 8. – Patsan-ku bu, bo‘sh kelish yo‘q, - dedi G‘ilay mensimagan tarzda. (T.Malik) 9. Yigit: – Vey, paxan, uylar nishtyak-ku, a? Qoyilman, erkak, qoyilman, gap yo‘q! – deb so‘rashmoq uchun qo‘l uzatdi. (T.Malik) 10. Zang‘ar shtabga yetib kelguncha uning ham joni saqarga ketibdi. (Z.Fatxullin) 11. – Ishlar “besh”. “Til”ning tili chiqdi, - dedi mayor Salomatin quvnoq kulib. (Z.Fatxullin) 12. – Nima, ishtaha yo‘qmi? – so‘radi yana yumaloq yigit. – Yoki yakandan kamchilmisan? Hechqisi yo‘q, yuraver, menda besh bola bor, baham ko‘ramiz. (J.Abd.)

24-mashq. Eskirgan so‘zlarni aniqlab, ularni tarixiy va arxaik so‘zlar tarzida guruhlarga ajratib yozing.


1. Podsho yasama oq soqolini iyagiga bog‘lab olgan edi.(G‘.G‘.) 2. Ammo shu lahza osh suzilayotganda, eshik taqillab, yasovullar afandining oyog‘ini yerga tekkizmay olib chiqib ketishibdi.(Mirm.) 3. Doktorxona deganda Sotiboldining ko‘z oldiga izvosh va oq podshoning suvrati solingan 25 so‘mlik pul kelar edi.(A.Q.) 4. Atrof qishloqlarda dong‘i ketgan bu katta dargohdan har vaqt muridlar, ulamolar arimas, hamisha toat-ibodat, zikr uzilmas edi. 5. Mahallaga qayrilishda go‘yo uni kutib turgan kabi, ellikboshi Olimjon uchrab qoldi. (O.) 6. Odamlarga, kollektivga aralashib turish kerak, Azizjon.(O‘.Usm.) 7. Men hayron bo‘laman, shundan shunga kelib tushuntiradigan agitator bo‘ladimi, deb ishongim kelmaydi. (P.Q.) 8. Spravka qancha qimmatga berilsa, uning qadri ham shuncha baland bo‘ladi, bolam.(X.To‘xtaboev.) 9. Ko‘pi bilan bir oy ichida bironta ham yakkaxo‘jalik qolmasligi, hamma yuz protsent kolxoz bo‘lishi kerak, dedi.10. Yerda paydo bo‘layotgan pufakchalar diqqatini o‘ziga tortib, bir nafas uning xayoli yana yigiruv-to‘quv fabrikasi stanoklari yonida aylana boshladi.(Mirm.) 11. Eng katta informatsiya agetliklari doklad tekstini butun dunyoga tarqatdilar.(Gazetadan.) 12. O‘n toshcha suzdik-mikan? – dedi Jumanazar, - o‘n toshcha suzishimiz kerak edi.(Mirm.) 13. Kulala butun qishloqni qidirib dorilikka besh paysa go‘sht topib keldi. (A.Q.) 14. Yuzboshi bu gapni mingboshiga aytib, qozixonada Ali laylakka o‘n darra urdiribdi.(A.Q.)

Download 38.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling