Mavzuga doir masala va misollar. Misol


Download 317.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi317.6 Kb.
#1515181
  1   2   3
Bog'liq
FOYDA SOLIG‘I




2-MAVZU. FOYDA SOLIG‘I 
Mashg’ulotining maqsadi: Mavzu bo’yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish 
Mavzuga doir masala va misollar. 
 
MISOL. Yuridik shaxs 2016 yil 1 iyulda 1 500 000 so’m miqdoridagi foizlarni to’lash 
majburiyati bilan 150 000 000 so’m moliyaviy yordam oldi. Moliyaviy yordamning asosiy 
summasi va unga doir hisoblangan foizlar 2017 yil 31 yanvarda qaytarildi.
Foizlari qayta moliyalashtirish stavkasidan past bo’lgan qarz (moliyaviy yordam) bo’yicha 
qarzdorning daromadi 2017 yil 1 yanvardan boshlab aniqlanadi.
Bizning misolda yuridik shaxs moliyaviy yordamdan shartnomaning butun muddati - 214 
kalendar kun davomida foydalangan, shundan 31 kalendar kun 2017 yilga to’g’ri keladi. 
Shartnoma shartlariga ko’ra moliyaviy yordamdan foydalanishning butun davrida qarz 
beruvchining foizli daromadi 1 500 000 so’mni tashkil etadi. 2017 yilga to’g’ri keladigan foizli 
daromad ulushini hisoblang. 
 Yechilishi: 
1 500 000 so’m / 214 kun x 31 kun = 217 290 so’m. 
2017 yilda moliyaviy yordamdan foydalanish davridagi, MBning yillik 9%lik qayta 
moliyalashtirish stavkasi bo’yicha hisoblangan foizli daromad quyidagi miqdorni tashkil etadi: 
150 000 000 so’m x (9% / 365 kun x 31 kun) = 1 146 575 so’m. 
MBning qayta moliyalashtirish stavkasida hisoblangan foizli daromad summasi bilan 
shartnoma shartlariga ko’ra to’lanishi lozim bo’lgan foizlar summasi o’rtasidagi farqni 
aniqlaymiz: 
1 146 575 - 217 290 = 929 285 so’m. 
Ushbu 929 285 so’mlik farq moliyaviy yordam oluvchining soliq solinadigan boshqa 
daromadi hisoblanadi. 
Yuridik shaxs 2017 yil 1 yanvarda foizlarni to’lash majburiyatisiz 50 mln so’m miqdorida 3 
oyga qarz oldi.
Bizning misolda yuridik shaxs shartnomaning butun muddati davomida, ya’ni 2017 yil 1 
yanvardan 31 martgacha 90 kalendar kun davomida foizsiz qarzdan foydalandi. 
Foizsiz qarzdan foydalanish davrida MBning qayta moliyalashtirish stavkasida hisoblab 
chiqarilgan yillik 9% miqdoridagi foizli daromad quyidagi miqdorni tashkil etadi: 
50 000 000 x (9% / 365 kun x 90 kun) = 1 109 589 so’m. 

Download 317.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling