Mavzularida yangi tushunchalarni ajrating. „Qoldiqli bo‘lish


Download 1.66 Mb.
Sana12.12.2021
Hajmi1.66 Mb.
#179924
Bog'liq
1 matem


Solijonova Iroda


Amaliy mashg'ulot 1.

Topshiriqlar

1. „Qoldiqli bo‘lish“ mavzularida yangi tushunchalarni ajrating.

2. „Qoldiqli bo‘lish“ mavzulari orasidagi bog‘lanish munosabatlarni ajrating.

3. „ Qoldiqli bo‘lish“ tushunchalari shakllantirishning didaktik asoslarini ajrating.

4. Darslik bilan tanishishda individual foydalanish uchun qoldiqli bo‘lish oid topshiriqlarni

tayyorlang.

5. Mashqlarni bajarayotgan o‘quvchilarning yo‘l qo‘yishlari mumkin bo‘lgan

xatoliklarining oldini olish bo‘yicha ish olib borish uchun ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlang.

6. Qoldiqli bo‘lishda o‘qituvchi yaratadigan muammoli vaziyatni topshiriqlar misolida

tavsiflang.

7. Darslikdan qoldiqli bo‘lishning hosil bo‘lish jarayonini va mustahkamlaydigan topshiriqlarni aytib bering (shu ishni darslik uchun ham bajaring).

8. Qoldiqli bo‘lish bilan tanishish jarayonidagi amaliy ishlarning vazifasini psixologiya,

mantiq, pedagogika, matematika nuqtayi nazaridan baholang.

9. Toshpiriqni o‘quvchilarni „ qoldiqli bo‘lish“ tushunchasiga olib keladigan amaliy ishlar ketma-ketligi bilan almashtiring.

10. Qoldiqli bo‘lish bilan tanishishda foydalaniladigan ko‘rgazmali qo‘llanmalar turlari bilan tanishing.

11. Matematika darslarida „ Qoldiqli bo‘lish “ o‘rnini belgilang.

12. O‘quvchilarni qoldiqni topishga tayyorlaydigan topshiriqlarni aytib bering.

13. Darslikdan „ Qoldiqli bo‘lish” bo‘yicha tahlil etiladigan masalalarni ajrating.

14. Masala shartining qisqa yozuvini jadval va rasm ko‘rinishida yozing. Bu masalaning yechimini izlashda rasmning ahamiyatini ko‘rsating.

15. Topshiriqlarning yechimini izlashni faollashtiruvchi usullarni tavsiflang

Savollariga javoblar

1. „Qoldiqli bo‘lish“ mavzularida yangi tushunchalar: qoldiq, bo`linma, bo`lish, to`liqsiz bo`linma, toliq bo`linma.

2. Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish hollari ustida ishlash tugallangandan keyin o‘quvchilar qoldiqli bo‘lish hollarini o‘rganishga kirishishadi.



3 .«Gul sayli» o'yini

Didaktik topshiriq: O'quvchilarni faollashtirishga yo'naltirish. O'yin topshirig'i:

Topshiriqlaming fasllarga xos holda bajarilishini mustahkamlash.

O'yin bayoni: Gul sayli o'yini uchun magnit doskasi, yozuv doskasi va qalin qog'ozdan yasalgan gullar

tayyorlanadi. Gullar sinf o'quvchilarining soniga teng

bo'ladi. Gulining orqasiga magnit plastinkasi yelimlanadi va qora qalam bilan misol yoziladi. Chunki, oddiy qalamda yozilgan misolni o'chirib, keyingi darslarga yangisini yozish mumkin. O'qituvchi o'yinning sharti va qoidasi bilan tanishtiradi. Gullar magnit doskasiga betartib yopishtiriladi. Bunday ko'rinish gulzorni ifodalaydi. O'qituvchi o'quvchilarga guruhlarga bo'linib, gul terishni aytadi. O'yinda eng ko'p gul tergan guruh g'olib bo'ladi. Gul terish uchun har qaysi guruhdan tartib bilan bittadan o'quvchi chiqib, magnit doskasidagi gullardan bittasini oladi va orqasiga yozib qo'yilgan misolni dars doskasida yechadi. Qolgan o'quvchilar misollarni daftarlarida mustaqil bajaradilar. Misolni noto'g'ri bajargan o'quvchi gulni uzishda sindirib qo'ygan hisoblanadi. Noto'g'ri yechilgan misolni guruhning navbatdagi o'quvchisi chiqib to'g'rilaydi. O'qituvchi bu o'yin orqali o`quvchilaga tabiat sirlari haqida tasavvur beradi.

4. Tikuvchida 25 dona tugma bor edi. U har qaysi ko‗ylakka 6 tadan tugma qadadi. Shu tugmalar nechta ko‗ylakka yetadi va nechta tugma ortib qoladi?

Yechish: 25 : 6 = 4 (1 qoldiq) 25 – bo'linuvchi, 6 – bo'luvchi, 4 – bo'linma,1 – qoldiq.

Misollarni tushuntirib yeching.

16 : 5 23 : 4 49 : 8 51 : 7 17 : 3

19 : 3 37 : 6 47 : 9 15 : 2 25 : 6

Qoldiqli bo'lishni bajaring:

13 : 2 23 : 7 19 : 5 37 : 6



5.

6.Hakimova Hilola 30-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining 3-a sinf o‘quvchisi.Hilolaning sinf rahbari esa Hilolaning onasi.Hilola sinfda sinf sardori.Hilola haqiqatdan sinf sardori bo‘lishga arziydigan o‘quvchi.U barcha fanlardan a‘lo baholarga o‘qiydi.Ravshanova Asila esa Hilolaning sinfdoshi.Asila ham yahshi o‘qiydi.Lekin matematika fanidan Hilolaga nisbatan biroz qiynaladi.Kunlardan bir kuni ota-onalar yig‘ilishida o‘qituvchi Asilaning onasiga ―Asila matematika fanidan darslarni yahshi o‘zlashtirolmayapdi,shuning uchun unga e‘tibor bering―dedi.Asilaning onasi esa bu holatni noto‘g‘ri baholab ,‖Qizingiz Hilolaga alohida e‘tibor berasiz,uni yana sinf sardori qilib qo‘yibsiz‖deb o‘qituvchini aybladi.Natijada o‘qituvchi qizi Hilolani to‘satdan sinf sardorlikdan chiqarib,joyiga Asilani sardor qilib tayinladi.Bu holat Hilolaga juda yomon ta‘sir qildi.Hilola endi darslarga befarq bo‘lib qoldi. Tahlil uchun savollar:

1.Bu vaziyatga baho bering?

2.Agarda o‘qituvchining o‘rnida siz bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz?

Uyga tiopshiriq. Dars ishlanmasi yozish.

7. Darslikdan qoldiqli bo`lishga oid masalalar:







8.O'quvchilar asosan qoldiqli bo'lish degan tushunchaga ega bo'lishlari kerak va buni ongiga sinqdira olishi lozim bu o'qtuvchining pedagogik mahoratiga bog'liqdir.

9.Bo'linuvchi, bo'luvchi, bo'linma va qoldiq.

10.Ko'rgazmali qurol turlari turlicha bòlishi mumkin masalan turli rasmlar orqali, geometrik shakllar orqali va muvalar orqali kanfetlar bilan ham tushuntirsa bo'ladi.

Shu rasmda ham bitta kubikni o'zi ajralib qolyabdi juftlaganimizda. Bu qoldiq hisoblanadi.Shu kabi ko'rgazmalardan keng foydalanishimiz mumkin.

11.Matematika darslarida qoldiqli bo'lish mavzusining o'rni beqiyos u darslikda arfimet amallardan so'ng joylashgan bunda o'quvchilar bilimlarini yanada mudtahkamlash uchun xizmat qiladi.



12. Qoldiqli masalalarga misollar:

13. 3-sinf Matematika darsliklarida qoldiqli bo`lishga oid masalalar :







14.O'quvchilarga jadval ko'rinishida ishlashdan maqsad shundaki jadval usulida ham kson ham tez ishlash ko'nikmalariga ega bo'ladilar.





15.O'quvchilar topshiriqlarni bajarish uchun matnli masalalardan ham keng foydalanishadilar va bu borada qoldiqli bo'lishga oid bilimlarini mustahkamlanadi va jadval usulidan foydalanib ham qoldiqli bo'lishga doir misollarni ishlaydilar.
Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling