Prunella vulgaris o`simligini farmakognostik o`rganish.
|
dots.
N.T.Farmanova
|
Oddiy qora qosh o`simligi offitsinial o'simlik emasligiga va rasmiy tibbiyotda qo'llanilmasligiga qaramay, uning tarkibidagi shifobaxsh kimyoviy birikmalar tufayli u turli kasalliklarga qarshi kurashish xususiyatiga ega ekanligi adabiyotlardan ma`lum. Qora qoraqosh ko'plab mamlakatlarda gomeopatiya va xalq tabobatida antibakterial, viruslarga qarshi, antioksidant va saratonga qarshi vosita sifatida tavsiya qo`llaniladi. Mahalliy o'rganilayotgan obyektni standartlashtirishni takomillashtirish doirasida dorivor o'simlik mahsulotining makroskopik, mikroskopik tuzulishi hamda sonli ko`rsatkichlarini aniqlash maqsadida 2023 yilda quyidagi izlanishlar amalga oshirildi.
I-II choraklarda - Xom ashyoning makroskopik hamda mikroskopik tahlili Rossiya federatsiyasi davlat farmakopeyasi XIII talablariga muvofiq amalga oshirildi.
Mikropreparatlar farmakopeyada keltirilgan usul bo'yicha tayyorlandi: xom ashyo bo'laklari kolbaga joylashtirildi va 5% li natriy ishqorida 2-3 daqiqa davomida qaynatildi. Keyin xom ashyo suv bilan yaxshilab yuvilib, buyum oynasiga joylashtirildi va ustiga xloralgidrat eritmasidan bir tomchi tomizildi. Tayyor mikropreparatlar mikromed-1 markali optik mikroskop ostida o'rganildi.
Ш –Iv choraklarda - Tibbiyot amaliyotida qo'llaniladigan dori vositalari, shu jumladan dorivor o'simlik mahsulotlari barcha zamonaviy xavfsizlik talablariga javob berishi va kasalliklarni davolash va oldini olish uchun havfsiz va samarali bo'lishi kerak. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda oddiy qora qosh mahsulotining sonli ko‘rsatkichlari (namligi, kuli, aralashmalar miqdori) aniqlandi.
|