Mavzu: ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari va bajarilish bosqichlari


Download 122.25 Kb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi122.25 Kb.
#1271030
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-AMALIY MASHG


AMALIY MASHG`ULОT № 2
MAVZU: ILMIY TADQIQOTLARNING ASOSIY TURLARI VA BAJARILISH BOSQICHLARI.
Ishdan maqsad: Ilmiy tadqiqot turlari, fundamental tadqiqotlar amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar yoki tajriba, ilmiy tadqiqotlarning bajarilish bosqichlari, ilmiy bilish metodlari, ilmiy yo`nalish tushunchalari bo`yicha egallangan nazariy bilimlarni mustaхkamlash va chuqurlashtirish
Ilmiy tadqiqotlar yoki ilmiy - tadqiqot ishlari (ITI) o`zining maqsad – vazifasi - tabiat yoki sanoat bilan aloqasi, bog`liqligi darajasi, ilmiy miqyosiga ko`ra uchta asosiy turga bo`linadi: fundamental (nazariy), amaliy (tadbiqiy) va ishlanmalar.
Fundamental tadqiqotlar - borliqning yangi qonunlarini kashf etish, voqea-hodisalar orasidagi bog`liqlikni aniqlash, yangi nazariya va tamoyillarni yaratishga yo`naltirilgandir. Ular jamiyatning, insonlarning bilimlarini kengaytirish, tabiat qonunlarini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Bu tadqiqotlar fanning asosi (poydevori) bo`lishi bilan birgalikda, ijtimoiy ishlab-chiqarishning ham asosini tashkil etadi.
Amaliy tadqiqotlar - yangi ishlab-chiqarish vositalarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirishga xizmat qiladigan ilmiy bazani ishlab chiqishga yo`naltirilgandir (uskuna - jihozlar, mashina - mexanizmlar, materiallar, ishlab-chiqarish usullari, ishlarni tashkil etish va b.). Bu tadqiqotlar jamiyatning ishlab chiqarishning konkret sohasini rivojlantirishga bo`lgan talabini qondirishi kerak.
Ishlanmalar yoki tajriba - konstruktorlik ishlari (TKI) ning maqsadi - texnika namunalarining, ishlab-chiqarish texnologiyalarining yangi turlarini yaratish va o`zlashtirish, mavjudlarini takomillashtirishda amaliy (yoki fundamental) tadqiqotlar natijalaridan foydalanishdir. TKI jaryonida ilmiy tadqiqotlar texnik takliflar ko`rinishini oladi.
Bunday o`zgarishning fan - ishlab-chiqarish integratsiyalangan tizimi dagi sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan.




Download 122.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling