Mavzuning qisqacha bayoni
Download 19.42 Kb.
|
2-seminar3-semestr matem (1)
MAVZU: BOLALARDA SON SANOQ HAQIDAGI BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH, SANASHGA O’RGATISH. Mavzuning qisqacha bayoni Xar qaysi yosh guruxi dasturi ushbu bulimlardan iborat: 1. Miqdor va sanoq. 2. Kattalik. 3. Geometrik figuralar. 4. Fazoda mo‟ljal olish. 5. Vaqt bo‟yicha oriyentir (mo‟ljal) olish. Bolada son va sanoqning ahamiyatini tushuntirish ishlari matematika mashg‘ulotlarida va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda olib boriladi. Mashg‘ulotlarda berilgan nazariy materiallar sayr, nutq o‘stirish mashg‘ulotlari, tasviriy faoliyat, badiiy adabiyot bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida, shuningdek, ota- onalar bilan hamkorlik asosida uyda va bog‘chadan tashqarida (do‘konda, bozorda...) mustahkamlanadi. Geometrik shakllar va figuralar bilan tanishtirish ham mashg‘ulotlardan tashqari didaktik o‘yinlar, pazllar, geometrik shakllar asosidagi grafik diktantlar orqali mustahkamlanishi kerak. Shuningdek, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini mujassamlashtirish davomida geometrik shakllar asosida naqshlar chizish, bir necha shakllar yordamida yaxlit jismlarni tayyorlash, applikatsiya mashg‘ulotlarini integratsiyalash yordamida geometrik shakllar to‘g‘risidagi tasavvurlar boyitiladi. Shuningdek, geometrik shakllar bilan tanishtirishda dutor, rubob, nog‘ora, doira, tanbur, chang kabi o‘zbek xalq cholg‘ularining har birini tavsifidan foydalanish kata ahamiyatga ega. Bunda bolalarga milliy-ma’naviy qadriyatlar haqida xam ma’lumotlar berib boriladi. 20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajarish malakalari ko‘rgazmalar, didaktik o‘yinlar yordamida rivojlantiriladi. Bolalar 20 ichida soda matematik amallarni bajaradilar. Ular 20 gacha sanash va teskari sanash, 20 ichida raqamlar ketma-ketligi, ularning qo‘shnilarini biladilar. 10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechishi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, = ) - didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar va ko‘rgazmali qurollar (stol bosma o‘yinlari, sodda masalalar, raqamlar kassasi) yordamida o‘rgatiladi. Son qatori haqida tushunchaga ega bo‘lishi avvalambor bolaning son va raqamlar, ularning mazmun-mohiyati, nimani anglatishi, sonlarning o‘ng va chap tomon qo‘shnilarini o‘rgatish, kichik sonlardan katta sonlar tomon o‘sib borish va kamayib borish tartibi haqidagi tushunchalarni rivojlantirish orqali o‘rgatiladi. Guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qilishi malakalari (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?)– to‘plam, solishtirish, munosabat tushunchalarishakllanishi asosida quriladi. Bu tushunchalarni shakllantirishda ham ota-onalar bilan hamkorlik, bolani o‘rab turgan atrof-muhit, olingan bilimlarning tasdig‘ini amaliy faoliyatda ko‘rish, avvalambor, guruh va to‘plam tushunchalarini ongli bilish asosida ularni solishtirish, bir-biridan,farqlash,malakalari,rivojlantiriladi. Download 19.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling