Mavzu:”Pulning paydo bulishi, Zarurligi va Funksiyalari” Reja


Download 47.1 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi47.1 Kb.
#1350562
  1   2   3
Bog'liq
”Pulning paydo bulishi, Zarurligi va Funksiyalari”








Pul va Bank” fanidan oraliq nazarot ishi
BIA-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon


Mavzu:”Pulning paydo bulishi, Zarurligi va Funksiyalari”

Reja:

  1. Pulning paydo bo’lishi .

  2. Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari.

  3. Pulning funksiyalari va ularga tavsif.



Pulning paydo bo’lishi .
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi.
2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni ayirboshlashga o‘ta boshlashi;
3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil mulkdorlarning shakllanib borishi;
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya etila borishligi.
Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib yashaganlar va ular o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. Natural xo‘jalik sharoitida pul bo‘lmagan, chunki unga xech qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan. Natural xo‘jalikda mahsulot ishlab chiqarilgan, tovar emas. CHunki ushbu xo‘jalikda mahsulotlar o‘z ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot tasodifiy tarzda boshqa natural xo‘jalikdagi ortiqcha mahsulotga ayirboshlangan holos.
Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan mahsuloti tovarga aylandi.
Umumiy ekvivalentna o‘tishning zaruriyati shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarish tarakkiyotining malum boskichida bozorda tovarlar ayirboshlashi muntazam xodisaga, iqtisodiy xayotning muhim omiliga aylangan. Jamiyat azolari tovarlar ayirboshlashsiz yashay olmay qolgan va xar bir ishlab chiqaruvchi mehnati mahsuliga umumiy o‘lchov birligi zarur bo‘lib qolgan, Faqatgina umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovargina barcha mahsulotlar uchun ulchov vositasiga aylangan. Bundan malum bir tovar egasi, o‘zining shaxsiy istemoli uchun zarur bo‘lgan boshqa bir tovarni olish maqsadida u dastlab o‘zi etishtirgan tovarni bozorda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarga ayirboshlagan.
Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida bozor pul rolini uynovchi metallarga quyidagi talablarni qo‘yadi:
-metalning tabiatda kamyobligi
-metallning bir tarkibliligi;
-kerakli mikdorda olishning qiyinligi;
-qiymatni yuqotmasdan, yoki juda kam mikdorda yo‘qotish asosida bo‘linishi (maydalanishi);
-ixchamligi va engilligi;
-uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi.
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan talablarga aynan kumush hamda undan ko‘p mikdorda oltin to‘la javob bergan. Ushbu talablarga javob bergan kumush ham uni ko‘p miqdorda hamda kam harajat bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u oltinga bas kela olmagan.
SHunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka xukmronga aylangan. SHu asosda butun dunyo bo‘yicha xalkaro hisob — kitoblarda yagona to‘lov vositasi bo‘lib oltin hisoblangan.

Download 47.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling