"Pul va Bank" fanidan oraliq nazarot ishi bia-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon


Download 170.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana08.11.2023
Hajmi170.51 Kb.
#1757079
  1   2   3
Bog'liq
Bank huquqi oraliq




 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
“Pul va Bank” fanidan oraliq nazarot ishi 
 
 
BIA-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 


 
Mavzu:”Pulning paydo bulishi, Zarurligi va Funksiyalari” 

Reja: 
1. Pulning paydo bo’lishi . 
2. 
Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pulning mohiyati va 
uning namoyon bo‘lish shakllari.
3. 
Pulning funksiyalari va ularga tavsif.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Pulning paydo bo’lishi .
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida 
pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita 
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan: 
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi. 
2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni ishlab chiqarish va ularni 
ayirboshlashga o‘ta 
boshlashi

3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil 
mulkdorlarning shakllanib borishi; 
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya 
etila borishligi. 
Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib yashaganlar va ular 
o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. Natural xo‘jalik sharoitida pul bo‘lmagan, 
chunki unga xech qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan. Natural xo‘jalikda 
mahsulot 
ishlab chiqarilgan
, tovar emas. CHunki ushbu xo‘jalikda mahsulotlar o‘z 
ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot 
tasodifiy tarzda boshqa natural xo‘jalikdagi ortiqcha mahsulotga ayirboshlangan 
holos. 
Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab chiqishi tufayli ularda 
endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab 
chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining 
ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda 
ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z 
ehtiyojini kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan 
mahsuloti tovarga aylandi. 
Umumiy ekvivalentna o‘tishning 
zaruriyati shundan iboratki
, jamiyatda ishlab 
chiqarish tarakkiyotining malum boskichida bozorda tovarlar ayirboshlashi 
muntazam xodisaga, iqtisodiy xayotning muhim omiliga aylangan. Jamiyat azolari 
tovarlar ayirboshlashsiz yashay olmay qolgan va xar bir ishlab chiqaruvchi mehnati 
mahsuliga umumiy o‘lchov birligi zarur bo‘lib qolgan, Faqatgina umumiy 
ekvivalent rolini bajaruvchi tovargina barcha mahsulotlar uchun ulchov vositasiga 
aylangan. 
Bundan malum bir tovar egasi
, o‘zining shaxsiy istemoli uchun zarur 
bo‘lgan boshqa bir tovarni olish maqsadida u dastlab o‘zi etishtirgan tovarni bozorda 
umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarga ayirboshlagan. 
Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida 
bozor pul rolini uynovchi metallarga quyidagi talablarni qo‘yadi: 


-metalning 
tabiatda kamyobligi
 
-metallning bir tarkibliligi; 
-kerakli 
mikdorda olishning qiyinligi

-qiymatni yuqotmasdan, yoki juda kam mikdorda yo‘qotish asosida bo‘linishi 
(maydalanishi); 
-ixchamligi va engilligi; 
-uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi. 
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan talablarga aynan kumush hamda undan ko‘p mikdorda 
oltin to‘la javob bergan. Ushbu talablarga javob bergan kumush ham uni ko‘p 
miqdorda hamda kam harajat bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u oltinga 
bas kela olmagan. 
SHunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo bo‘yicha umumiy 
ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan olingan va bozorda u yakka 
xukmronga aylangan. SHu asosda butun dunyo bo‘yicha xalkaro hisob — kitoblarda 
yagona to‘lov vositasi bo‘lib oltin hisoblangan. 

Download 170.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling