Maxam-chirchiq


Download 22.95 Kb.
bet1/6
Sana13.11.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1771309
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YAKUNIY TAQDIMOT


TAQDIMOT

  1. Kirish.

  2. Shaxsiy ma’lumot

  3. Taqdimotning ketma-ketligi

  4. “MAXAM-CHIRCHIQ” AJ haqida qisqacha ma’lumot

  5. “Yoshlar ittifoqi” boshlang’ich tashkiloti haqida qisqacha ma’lumot

  6. Tashkilot yetakchisi sifatida oldimga qo’ygan maqsadlarim

  7. Tashkilot yetakchisi sifatida amalga oshiradigan vazifalarim

  8. Amalga oshiradigan chora-tadbirlar haqida kichik dastur



  1. Salomlashish!



2. O’zim haqimda ma’lumot beradigan bo’lsam, men Ayxodajayev Azamatxo’ja Azimxo’ja o’g’li 1995-yili Chirchiq shahrida tug’ilganman, Ma’lumotim-Oliy. Ish faoliyatimni 2014-yili Chirchiq sanoat-iqtisodiyot kasb hunar kollejini tamomlaganimdan so’ng “MAXAM-CHIRCHIQ” aksiyadorlik jamiyatida boshlaganman. Avvaliga 54-sexda chilangar-ta’mirlovchi sifatida ishlaganman va Universitetga o’qishga kirganimdan kegin ishdan bo’shaganman. 2018-yili Universitetni tamomlagach, qaytib “MAXAM-CHIRCHIQ” AJga loyihalash-konstruktorlik bo’limiga muxandis-konstruktor lavozimiga ishga kirdim va hozirga qadar faoliyat yurityapman.


3. Taqdimotimning ketma-ketligi shundan iboratki 1-“MAXAM-CHIRCHIQ” AJ haqida qisqacha ma’lumot berib o’tmoqchiman 2-“Yoshlar ittifoqi” tashkiloti haqida qisqacha ma’lumot 3-Yetakchi sifatida oldimga qo’ygan maqsad va vazifalarim haqida so’zlamoqchiman va 4-amalga oshirmoqchi bo’lagan chora-tadbirlarim haqida kichik dasturdan iborat.


4. Jamiyatimiz haqida qisqacha ma’lumot beradigan bo’lsam, “MAXAM-CHIRCHIQ” AJ O’zbekistonda asosiy korxonalardan biri bo’lib, mamlakatimizda birinchi azot zavodi bazasida tashkil qilingan. 80-yildan ortiq mineral o’g’itlar va 40-dan ortiq kimyo mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Korxonaning asosiy maqsadlariga sifatli mahsulotlar ishlab chiqish, mahsulotni ichki hamda tashqi bozorda sotish, dunyoning yirik davlatlariga eksport qilish, va bozor iqtisodiyotida mahsulotlarni sotish bo’yicha yuqori o’rinlarni egallash.


5. “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti haqida qisqacha ma’lumot beradigan bo’lsam, ittifoqning tashkil topishining tarixiga nazar soladigan bo’lsak, 1996-yili birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov buyurug’iga binoan “Kamolot” fondi tashkil qilindi va 2001-yili bir guruh yosh tashabuskorlar tomonidan “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati” tashkil qilindi. 2017-yili esa hozirgi prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev farmoniga binoan “Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati” negizida “Yoshlar ittifoqi” tashkil qilindi.
Ittifoqning asosiy maqsadlariga-yoshlarni huquq va erkinliklarini himoya qilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarga va mamlakat rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shib, yoshlarni jalb qilish, tizimda va korxonada faoliyat yuritayotgan yoshlarning orasida istedodli va iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish, yosh kadrlarimizni kelajakda yuqori lavozimlarni egallashlariga ko’maklashishdan iborat.
Ittifoqning asosiy vazifalariga-yoshlarning tashabuslarini qo’llab-quvvatlash, ularning inovatsion g’oyalarini ommaga tadbiq etish va uni amalga oshirilishiga yaqindan yordam berish. Yoshlarning ijodiy va intelektual salohiyatimi ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratish. Yosh hodimlar bilan muloqot olib borish, ularning mehnat faoliyatidagi muammolarini ijobiy hal qilishda yordam berish. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, sog’lom turmush tarzi va sportga jalb qilishdan iborat.

6. Tashkilot yetakchisi sifatida oldimga qo’ygan maqsadlarim shundan iborat:

Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling