Mehnatdan kelsa boylik turmush bular chiroylik!


Download 56.97 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi56.97 Kb.
#1592886
Bog'liq
Mehnatdan kelsa boylik


"Mehnatdan kelsa boylik - turmush bular chiroylik!", deydi xalqimiz. Darxaqiqat, halol mehnatning noni shirin bo‘ladi. Peshona teri bilan topganingni oila a'zolaring bilan baham ko‘rib yashashga ne yetsin. Afsuski, ana shu oddiy xaqiqatni ayrimlar tushunmayda yoki tushunsa ham ahamiyat bermay, bilganidan qolmaydi. Vaholanki, har qanday qing‘ir ishning bir kun kelib, albatta qiyig‘i chiqadi.
Insonni tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri, bu mehnatdir. Kishi halol ishlab, peshona teri bilan non topar ekan, o'z ishidan o'zi ham zavq oladi, luqmasi yanada totli bo'lganini his etadi.
Toshkent viloyati IIBB P va JIeB 48-son manzil-muassasada jazo muddatini o'tayotgan shaxslar chorvachilik, parrandachilik, bog'dorchilik va boshqa bir qancha foydali mehnat turlari bilan shug'ullanib, halol mehnat qilishyapti. Xususan, joriy yilning bugungi kuniga qadar muassasaga qarashli er maydonidan qariyb 700 tonnaga yaqin bug'doy, 150 tonnaga yaqin arpa etishtirildi. Chorvachilik, qishloq xo'jaligi va boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarish hajmi o'tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshishiga erishildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni mehnat bilan bandligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilingan edi. Uning ijrosini ta'minlash maqsadida 2019-2021 yillarda jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalarining ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi faoliyatini bosqichma-bosqich takomillashtirish buyicha
“Yo'l xaritasi” tasdiqlandi. Mazkur “Yo'l xarita"ga asosan, 48-son manzil- muassasa xuzuridagi “AGRO MAXSIMUM STAR” davlat unitar korxonasiga tegishli 4 gektar er maydonlarida issiqxona barpo etildi. Janubiy Koreya texnologiyasi asosida to'liq avtomatlashtirilgan ushbu issiqxona ishga tushgach, 35 nafar mahkum doimiy ish bilan ta'minlandi.
Bugungi kunda korxonada otchilikni rivojlantirish rejalashtirilgan bo'lib, mavjud chorva fermalaridan ikkitasini 70 bosh zotdor otlar parvarishlashga moslashtirildi. Hozirgi kunda mazkur fermalarda zotdor otlar parvarishlanmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, qo'shimcha ish o'rinlari yaratish maqsadida keng ko'lamli ishlar qilinmoqda. Korxona dalalarida etishtirilgan meva sabzavotlarni qayta ishlashga mo'ljallangan tsex ishga tushirilib, 6 nafar shaxs ish bilan ta'minlandi. Don maydalash, donli ekinlar yormasini ishlab chiqarish, tomat pastasini ishlab chiqarish uskunalari keltirilib, bu ham qo'shimcha ish o'rinlari yaratilishiga omil bo'ldi. Bulardan tashqari yaqinda asalarichilik yo'lga qo'yildi. Korxona parrandachilik fermasida 72 mln so'mlik joriy ta'mirlash va jihozlash ishlari yakunlanib go'sht turidagi broyler tovuqlarini boqishga moslashtirilgan ferma tashkil etildi. Qo'shimcha inkubatorlar olib kelinib, jo'jalar chiqarilyapti. Ishlab chiqarish tovarlarini xilma xilligini oshirish xamda yangi turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida bugungi kunda tajriba asosida quyonchilik tashkillashtirlgan bo'lib, xozirda 100 bosh zotdor quyonlar parvarishlanmoqda.
— Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlardan asosiy maqsad, avvalo jazo muddatini o'tayotgan shaxslarni mehnat bilan tarbiyalash, qolaversa mamlakatimiz iqtisodiyotiga, xalqimiz farovonligiga hissa qo'shishdan iborat, —deydi manzil-muassasa Tarbiyaviy ishlar bo'linmasi boshlig'i kapitan Nodir Umirov. — Mahkumlar foydali mehnat bilan shug'ullanib, qo'shimcha hunarlar o'rgansa, ozodlikka chiqqach bu erda o'rgangan ishlari orqali xalqqa xizmat qilsa, ijtimoiy hayotga moslashib, odamlarga foyda keltirsa, biz ko'zlagan maqsadimizga etgan bo'lamiz. Muhimi bilib bilmay jinoyat ko'chasiga kirganlar xatosini anglashi, pushaymon bo'lishi va bu xatoni qayta takrorlamasligida. Buning uchun ham muassasada ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, tarbiyaviy suhbatlar muntazam o'tkaziladi. O'tkazilayotgan tadbirlarimiz samarasi o'laroq, ular orasida ijobiy muhit shakllantirishga erishdik. Kelajakda bu kabi ishlar ko'lamini yanada kengaytirib, xayrli ishlarda bardavom bo'lamiz.
Sidqidildan mehnat qilgan inson, kamol topib, yuksalib boraveradi. Kimdir, biror ishga qo'l urib, bu bo'lmaydi, eplolmayman, deya yarim yo'lda qoldirib ketadi. Bunday kimsalarning hech bir ishida unum bo'lmaydi. Ishni har tomonlama puxta o'rganib, puxta tashkillashtirgan odamning esa ishi oldinga yurib, daromadi ortib boraveradi. O'ylaymizki, muassasada jazo muddatini o'tayotgan shaxslar ham halol mehnati, peshona teri orqali topilgan boylikning naqadar totli ekanini chuqur his etishyapti.
Xalqimizda mehnatdan kelsa boylik turmush bo‘lar chiroylik degan ajoyib maqol bor. Albatta mehnat kishini ulug‘laydi. Ammo mehnat qilish uchun ham kishida ilm, aqil, fahmu farosat bo‘lishi kerak. Alloh taolo Baqara surasining 172- oyatida “Ey, imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz!”-deb marhamat qilganlar. Demak mehnatimiz halollik asosida bo‘lishi va poklik mezonida o‘lchanishligi kerak ekan.

REFERAT
MAVZU:MEHNATDAN KELSA BOYLIK TURMUSH
BO`LAR CHIROYLI

BAJARDI:_________________________


TEKSHIRDI:________________________
Download 56.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling