Men pedagogik amaliyot jarayoni mobaynida yangi metodlar o'rganish bilan bir qatorda, bir qancha pedagogik hujjatlar bilan ham tanishdim


Download 13.9 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi13.9 Kb.
#1494188
Bog'liq
Hisobot uzb 2 103933


Hisobot
Men pedagogik amaliyot jarayoni mobaynida yangi metodlar o'rganish bilan bir qatorda, bir qancha pedagogik hujjatlar bilan ham tanishdim. Shuningdek, o'quvchilar bilan ishlash, dars mashg'ulotlarini mazmunli tashkillashtirish, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirish to'g'risida ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ldim. Qolaversa, amaliyot davrida mustaqil tarzda dars o'tishga ham muvaffaq bo'ldim. Asosan, 5-sinf o'quvchilari bilan birgalikda dars mashg'ulotlarini o'tkazdim. Bu jarayonda ham o'z bilimim, ham o'z metodikam ustida ancha ishladim hamda yanada mustahkamlab oldim desam, mubolag'a bo'lmaydi.
O'quvchilarni fanga bo'lgan hurmat va ishtiyoqlarini oshirish uchun astoydil harakat qildim, mehnat qildim. Har bir o'tgan darsimning kirish va yakuniy qismlarida o'quvchilar uchun turli xil bo'lgan va shuningdek, har tomonlama foydali, qiziqarli hamda kerakli bo'lgan qisqa metrajli video lavhalar qo'yib berib, ularning kayfiyatlarini ko'tarishga harakat qildim. Sinfda haqiqiy ingliz tili atmosferasini yaratishni maqsad qilib qo'ydim.
Shu bilan bir qatorda, ish rejada berilgan mavzularni turli xil qiziqarli o'yinlar orqali bolalarni darsga qiziqtirib, kayfiyatini ko'targan holda va eng asosiysi ularning tushunishlari uchun oson bo'lgan sodda ravishda tushuntirishga urindim. Bu o'quvchilar uchun ham qiziqarli, ham foydali bo'ldi deb o'ylayman.
Shuningdek, men ona tili va adabiyot, fizika va matematika fani o‘qituvchilarining darslarida tahlil natijalari bilan fikr almashdim. Ulardan yangi metodik tavsiyalarni o‘rganib oldim. Shu bilan bir qatorda A.K.T. faoliyat bo‘yicha ham darsda zarur bo‘ladigan jadvallarni tuzish, animatsiyali taqdimotlar yaratish bo‘yicha informatika fani o‘qituvchisi bilan birgalikda faoliyat olib bordim.
Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda, o’quvchilar bilimini oshirish yo’nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o’tadim.
Bu jarayon mobaynida, maktabdagi o'qituvchim, Hamroyeva Shahnoza ustozdan, yordam so'rab, ulardan o'zimga kerakli bo'lgan ko'plab maslahatlarni oldim. Ustozim tushunmay qolgan hamda menga biroz bo'lsa-da qiyinchilik tug'dirgan o'rinlarimda mendan o'z yordamlarini ayamadilar.
Qisqacha qilib aytganda, men ushbu malakaviy amaliyot davri mobaynida, o'zim tahsil olgan maktabda amaliyot davrimni o'tab, menga ta'lim bergan ustozlarimdan ko'plab yangi metodlarni o'rganib, ular orqali o'zimning pedagogik mahoratimni oshirdim. O'ylaymanki, ushbu olgan bilim va ko'nikmalarim kelajakda yaxshi kadr va yetuk mutaxassis bo'lib yetishishimga asqotadi.
Download 13.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling