Ona tili va adabiyot fanidan


Download 1.44 Mb.
bet1/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua



FARG'ONA VILOYATI BAG'DOD TUMANI

9- UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABI ONA TILI VA ADABIYOT FANI O'QITUVCHISI NODIRA ACHILDINOVANING "ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN”

METODIK QO’LLANMASI


ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN METODIK QO’LLANMA

MUNDARIJA
1. Kirish 5


  1. Ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasi modulining


sillabusi 7
3. Nazariy materiallar (ma’ruzalar kursi) 9
4. Amaliy mashg‘ulotlar 37


  1. Ko‘chma mashg‘ulot ishlanmasi ………… ……………………………………170


6. Mustaqil ta’lim bo‘yicha materiallar 175
7. Glossariy 176


  1. Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………178


9. Ilova 181

ILOVALAR


  1. Namunaviy o‘quv dasturi




  1. Ishchi o‘quv dasturi




  1. Taqdimotlar va multimediya vositalari (elektron shaklda)




  1. Qo‘shimcha didaktik vositalar (testlar)

KIRISH


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli Qarori, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 10-dekabrdagi “Sirdaryo viloyati umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 396-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash bugungi kunning eng dolzarb mufmmosi hisoblanadi. Bu esa umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini davr talablariga muvofiq faoliyat yuritishga zamin bo‘lmoqda. Ayni paytda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Ta’lim tizimini zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishda esa uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, pedagog xodimlarning malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv moduli malaka oshirish jarayonida fan o‘qituvchilarini sohadagi yangiliklar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar, yangi metodik qo‘llanma va tavsiyalar, adabiyotlar bilan tanishtirishga, egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini kelgusida amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltiradi.

5

Shu bois, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining mo‘ljallangay 144 soatli malaka oshirish kursining o‘quv dasturiga Ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasi fanni o‘qitishda AKT larni ahamiyati bo‘yicha mavzular kiritilgan.


“Ona tili va adabiyot fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv modulining ishchi o‘quv dasturi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari malakasini oshirish kursining o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, fanni o‘qitishning zamonaviy usul va metodlari bilan tanishtiradi.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarining 144 soatga mo‘ljallangay 144 soatli malaka oshirish kursining o‘quv dasturi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari malakasini oshirish kursining o‘quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, u ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilariga fan metodikasining mazmun va mohiyatini ochib beradi.
Manzilimiz: Toshkent yo‘li 112-uy, Bahor QFY, Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM, Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi

6


  1. ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O‘QITISH METODIKASI MODULNING SILLABUSI




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling