Ona tili va adabiyot fanidan


Lingvistik kompetentsiya -


Download 1.44 Mb.
bet9/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Lingvistik kompetentsiya -til sathlari (fonetika, leksika, grammatika) haqida bilimlar va tilning ifoda vositalarini (o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish) egallashni nazarda tutadi.
Sotsiolingvistik kompetentsiya -so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda vositalarini tanlash imkonini yaratadi.
Pragmatik kompetentsiya - kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish, egallangan bilimlarning amaliy imkoniyatlaridan o‘rinli foydalana olish qobiliyatini nazarda tutadi.
O‘quvchining mustaqil fikrlashi, o‘zgalar fikrini anglashi, nutq va muloqot madaniyati rivojlanishi uchun ona tili ta‘limi standart talablariga javob berishi, ona tilini kommunikativ va lingvistik kompetentsiyasi bo‘yicha etarli darajada egallashlari ko‘zda tutiladi.
Shu maqsadda ushbu o‘quv fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar ko‘zda tutiladi:


  1. Ona tilidan muloqot malakasini egallash (kommunikativ kompetentsiya).




  1. Til materiali va vositalarini nutqda qo‘llay bilish uchun etarli bilimlarni o‘zlashtirish (grammatik kompetentsiya).

Ushbu mazmun asosan kommunikativ kompetentsiyani egallash orqali ona tilini o‘rgatishning umumta‘limiy maqsadini ko‘zda tutadi.





  1. Download 1.44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling