Ona tili va adabiyot fanidan


Ona tili bo‘yicha davlat ta‘lim standarti talablarini


Download 1.44 Mb.
bet6/208
Sana08.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#245507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208
Bog'liq
2020 metodika ona tili majmua

Ona tili bo‘yicha davlat ta‘lim standarti talablarini olaylik.
A1 malaka darajasiga ega boshlang‘ich sinf o‘quvchisi:

    1. sodda matnlarni tinglab tushunishi;

    2. matnni tushunib o‘qishi;

    3. og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qilishi;

    4. 65-70 so‘zdan iborat diktant yoza olishi;

    5. xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn tuzishi;




    1. imlo va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashi talab etiladi.

A2 darajasiga ega 9-sinf o‘quvchilariga esa talablar ancha ortadi:


  1. So‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qilish;

  2. 140-160 so‘zdan iborat diktant yozish;




  1. 20-25 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) va bayonga reja tuzish, epigraf tanlash;




  1. matnda badiiy tasvir vositalridan o‘rinli foydalanish;




  1. rasmiy ish qog‘ozlarini (ariza, ma‘lumotnoma, xat, tarjimai hol, e’lon) yozish kabi mezonlar shular jumlasidandir. Boshqa fanlardan ham shu kabi aniq talablar belgilab berildi.

Yana bir jihat, oldingidan farqli o‘laroq, kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta‘lim standartida barcha fanlarni o‘qitishning kuchaytirilgan darajasi uchun alohida talablar ishlab chiqildi.


Ayni paytda kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta‘lim standarti, o‘quvchi va o‘quvchilar talabiga to‘liq javob bera oladigan zamonaviy darsliklar yaratish ustida mutaxassislar guruhi tomonidan qizg‘in ish olib borilmoqda.

11

1991-yildan buyon maktab adabiy dasturlari jiddiy takomil yo‘lini bosib o‘tdi. Bu yo‘lda, ayniqsa, 1997-yilda qabul qilingan "Ta‘lim to‘g‘risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi alohida bosqich bo‘ldi.


Davlat ta‘lim standarti va o‘quv dasturlari badiiy asarlarni tanlash tamoyillarini ham belgilab beradi. Taniqli metodist M.V.Cherkezova ko‘rsatganiday, «Milliy maktablarda asarlarni va ularni o‘rgatish metodikasini tanlash uchun ilmiy adabiyotshunoslik mezonlari, adabiy fakt va hodisalarga nisbatan tarixiy-genetik, tarixiy-funktsional va qiyosiy-tipologik yondashuvlar birligi asos bo‘lib xizmat
qiladi».
Dastur eng muhim davlat hujjati bo‘lib, uni bajarish majburiydir. O‘qituvchining asosiy vazifasi davlat dasturi talablarini to‘la va samarali tarzda amalga oshirishdan iborat. Shunga ko‘ra ham o‘qituvchi uni to‘la bilishi, uning barcha qismlari haqida

aniq tasavvur va ma‘lumotga ega bo‘lishi shart.


Dastur o‘qituvchining ish faoliyatidagi eng asosiy manbadir. Unda amaliy harakatga ko‘rsatma ham, eng muhim ma‘lumotnoma ham mujassamlashgan. Hozirgacha dasturlar umumta‘lim maktablarining barcha bo‘g‘inlarini (I-X yoki I-XI sinflar) qamrab olardi. «Ta‘lim haqida»gi yangi Qonun ta‘lim tizimiga bir qator yangiliklarni olib kirdi. Unga ko‘ra endi umumiy o‘rta ta‘lim I-IX sinflarni qamraydi. Bundan keyin esa o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi boshlanadi. Demak, dasturlar ham shundan kelib chiqqan holda boshqa-boshqa bo‘ladi.
Umuman dasturda adabiyot kursi to‘laligicha tavsiflab borildi. Har bir sinfdan adabiyot kursining mazmuni va ish tartibi, har bir mavzuniig mohiyati muayyanlashtiriladi. Unda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lish ilmiynazariy, adabiy tushunchalar, asarni o‘rganish, nutq o‘stirish, sinfdan tashqari o‘qitish, asarlar yuzasidan suhbat uchun ajratiladigan soatlar miqdori, adabiyotdan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan og‘zaki va yozma ish turlari, predmetlararo aloqa, sinfdan tashqari o‘qishdagi asarlar ro‘yxati berilgan.
Davlat dasturini bajarish asosida o‘qituvchi o‘quvchilardagi adabiyot va san’atga bo‘lgan muhabbat, ijodkorlik, ijodiy faollik, yuksak axloqiy an’analarni takomillashtirish va o‘stirishga asosan e’tibor bermog‘i lozim.

Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlari talablari asosida yaratilgan


takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, jumladan, Ona tili o‘quv dasturi xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, ona tili fani 59- sinflarda 646 soat hajmda, haftasiga 19 soat, shundan 5- sinfda 6 soat, 6-sinfda 5 soat, 7-sinfda 3 soat, 8- sinfda 3 soat, 9-sinfda 2 soat o‘qitiladi.
Ona tili fanini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-9-sinflarida esa 986 soat, haftasiga 29 soat, shundan 5 sinfda 8 soat, 6sinfda 7soat, 7-sinfda 5 soat, 8-sinfda 5 soat, 9-sinfda 4 soatdan o‘qitiladi. Shu o‘rinda “Nutq madaniyati” yondosh o‘quv dasturi ham har bir sinf uchun alohida berildi.
O‘quv dasturida “Uqtirish xati” keltirilgan bo‘lib, unda Ona tili fanini
o‘qitishning ahamiyati va unga zamonaviy yondashuvlar, fanni o‘qitishning maqsad va vazifalari, o‘quv dasturi mazmunida aks etgan grammatik mavzularni yoritishda o‘quv rejada keltirilgan “Hayot xavfsizligi asoslari”, “Tejamkorlik saboqlari” va “Iqtisodiy bilim asoslari” kurslarining mazmunini singdirib o‘qitish hamda ona tili

12

o‘quv fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari kiritildi.


Ona tili fani Davlat ta‘lim standartida umumiy ko‘rinishda berilgan tayanch komptentsiyalar A2 va A2+ darajaga ajratib berildi. Har bir sinfning boshida o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan shu sinfga xos tayanch komptentsiya elementlari berildi.
Har bir sinfda o‘rganiladigan bo‘lim va mavzular nomlari hamda ularga ajratilgan soatlar ko‘rsatildi. Bunda har bir bo‘lim mazmuni va fanga oid komptentsiyalar elementlari ochib berildi.
Ona tili fanining xususiyatidan kelib chiqib o‘quvchilarda fanga oid
kompetentsiyalar elementlarining shakllanganlik darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishi hamda o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, takrorlash soatlari ajratildi.
A2 va A2+ (9-sinf) yakunida o‘quvchilarda shakllangan tayanch hamda fanga oid kompetentsiyalar elementlari keltirildi.
O‘quv dasturining oxirida o‘quv dasturini tuzuvchi ishchi va ekspert guruhlari tarkibi berildi.
Amaldagi o‘quv dasturi va o‘quvchilarda komptentsiyalarni shakllantirishga yo‘naltirish asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturining qiyosiy tahliliga ko‘ra 5, -9 sinf dasturlarida umumiy 31, 2 % o‘zgarish bo‘ldi. Bunda 5, 6, 7- 9-sinflarda takrorlash va mustahkamlash darslari hisobidan 4 soatdan “Matn” yo‘nalishiga aloqador yangi mavzular va “Leksikologiya” bo‘limiga 37 soat hajmda, 8-sinfda esa 2 soatga mo‘ljallangan yangi mavzular kiritildi.
Shuningdek, 5-sinf o‘quv dasturida “Morfologiya” bo‘limiga amaldagi dasturda ajratilgan 40 soat 17 soatga, “Sintaksis” bo‘limiga ajratilgan 35 soat 17 soatga, “Fonetika” bo‘limi 46 soatdan 33 soatga qisqartirildi.
Maktab ona tili darsliklarida ona tili ta‘limining maqsadi voqealangan va unda berilgan materiallar xususiylikdan umumiylikka qarab boradi. Tilshunoslik bo‘limlari o‘zaro aloqadorlikda, soddadan murakkabga qarab berilgan.
2017-2018-o‘quv yili uchun chop etiladigan 6-7-sinf darsliklari DTS va o‘quv
dasturlarining tajriba-sinovi yakunlari asosida olingan xulosalarga muvofiq o‘quvchilarda nutqiy layoqatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘zgarishlar bilan nashr qilinmoqda.
Darslikda o‘quv dasturi asosida o‘quvchilarning yozma nutqiy layoqatlarini takomillashtirish, yozma nutqiy layoqatlaridagi bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida takrorlash va mustahkamlash darslari hisobidan 4 ta (2,3%) yangi mavzu kiritildi. Amaldagi darslikda 480 ta mashq va topshiriqlar 491 taga etkazildi. Shundan 55 ta mashq va topshiriqlar (11, 2%) o‘zgartirildi. Shuningdek, 9 ta rasmlar (5, 2%) 4 xil rangda berilib mazmunan boyitildi.
2017-2018 o‘quv yilida chop etilgan 6-sinf “Adabiyot” (mualliflar S.Ahmedov,R. Qo‘chqorov, Sh.Rizaev) darsligini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturi bo‘yicha nashrga tayyorlash jarayonida amalga oshirilgan o‘zgartirishlar:
O‘quv dasturida Hamid Olimjonning hayoti va ijodi, uning “O‘zbekiston” she’ri o‘rta maxsus ta‘lim tizimiga o‘tganligi bois darslikdan chiqarildi.

13

Zulfiyaning «Nevara», “Men o‘tgan umrga” she’rlari darslikdan chiqarilib, o‘rniga. “Bahor keldi, seni so‘roqlab”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” she’rlari kiritildi.


Pirimqul Qodirovning «Nizomning tantiligi» («Avlodlar dovoni» romanidan)hikoyasi darslikdan chiqarilib, o‘rniga yozuvchining “Yulduzli tunlar” romanidan “Bobur”parchasi kiritildi.
Darslikdan jami 10,4% mavzu chiqarildi va unga 10,4% mavzu yangidan kiritildi. 44% savol va topshiriqlar o‘zgartirildi.
Darslikka yangi kirgan mavzular bo‘yicha matnlar kiritilib, ular asosida tayanch va fanga oid kompetentsiya elementlarini shaklllantirishga yo‘naltirilgan savol va topshiriqlar ham yangidan tuzildi. Darslik birinchi marta 4 xil rangda (rangli) chop etilishi munosabati bilan uning dizayni, shoir va yozuvchilarning rasmlari, asarlarga ishlangan rasmlar jami:135 ta rasm va illyustartsiya 4 xil rangda tubdan yangidan ishlandi. Shu munosabat bilan darslik dizayni 100%ga o‘zgaradi.
2017-2018 o‘quv yilida chop etil 7-sinf “Adabiyot” (mualliflar Qozoqboy Yo‘ldoshev, Begali Qosimov, Valijon Qodirov, Jalolbek Yo‘ldoshbekov) darsligida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirildi:
Turdi she’rlari o‘rta maxsus ta‘lim tizimiga o‘tganligi bois darslikdan chiqarildi. Ajratilgan 2 soatning 1soati Mirmuhsinning “Me’mor” va Chingiz Aytmatovning “Oq kema asari” ga qo‘shib berildi.
Maxtumqulining “Na‘masan” she’ri darslikdan chiqarilib, o‘rniga shoirning “Aytishuv” she’ri kiritildi.

Darslikdan jami 4,1% mavzu chiqarildi va unga 4,1% mavzu yangidan kiritildi.


48% savol va topshiriqlar o‘zgartirildi.
Darslikka yangi kirgan mavzular bo‘yicha matnlar kiritilib, ular asosida tayanch va fanga oid kompetentsiya elementlarini shaklllantirishga yo‘naltirilgan savol va topshiriqlar ham yangidan tuzildi. Darslik birinchi marta 4 xil rangda (rangli) chop etilishi munosabati bilan uning dizayni, shoir va yozuvchilarning rasmlari, asarlarga ishlangan rasmlar, jami, 105 ta rasm va illyustratsiya 4 xil rangda yangidan ishlanib kiritildi. Shu munosabat bilan darslik dizayni 100%ga o‘zgardi.
2019-yil 8-sinflar uchun Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorovlar muallifligida adabiyot darsligi qayta nashrdan chiqarildi.
2019-yil 9-sinflar uchun adabiyotshunos olim Q. Yo‘ldoshev bilan hamkorlikda darslik ishlab chiqildi. Darslikda hadis ilmining sultoni imom-al-Buxoriy, so‘z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy, mutafakkir shoir va adiblar Xoja, Ogahiy, Furqar va boshqa ijodkorlar asarlari kiritilgan.


  1. Download 1.44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling