Bosqich “ ” guruh talabasi ning o‘quv amaliyoti bo‘yicha hisoboti


Download 8.58 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi8.58 Kb.
#1634444
Bog'liq
Hisobot 2023


Navoiy davlat pedagogika Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti
Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi
___-bosqich “__” guruh talabasi
________________________________ning o‘quv amaliyoti bo‘yicha


HISOBOTI


Men ____________________________________, Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi __-bosqich “___” guruh talabasi, 2022-yil ___-sentabrdan 2023-yil ___-maygacha davom etgan o‘quv amaliyotimni ___________________ viloyati ______________________ tuman(shahar)idagi __-akademik litseyida o‘tadim. Ushbu maktabda menga biriktirilgan o‘qituvchi __________________________ ustozning darslarini kuzatdim va o‘zimga kerakli bo‘lgan bilimlar, malaka va tajriba orttirdim. Amaliyotning ilk kunida guruh rahbarimiz tomonidan maktab mas'ullariga tanishtirildik, ingliz tili fan o‘qituvchilariga biriktirildik hamda maktabdagi amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalar bilan tanishdik. Ushbu o‘quv amaliyotining dastlabki bosqichida biz maktab va darslarning asosiy hujjatlarini, masalan, dars ishlanmalari, ish rejalari, taqvim mavzu rejalar va shunga o‘xshash hujjatlarni qanday yuritish haqida bilib oldik. Hozirda o‘qituvchiga yuklatilgan topshirilishi kerak bo‘lgan hujjatlar soni qisqartirilib, o‘quvchilar jarayonning o‘zidayoq elektron kundaliklarga baholanadi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning ota-onalarining ham farzandlarining maktabdagi akademik faoliyatini va o‘quv fanlaridan ilmiy salohiyatidan ogoh bo‘lishlarini ta’minlaydi. Darsda o‘qituvchining faoliyati, darsni boshlash, o‘tgan mavzu takrori, yangi mavzu bo‘yicha tushuntirish berish, mavzuni mustahkamlash uchun individual va guruh mashqlarida ishtiroki, o‘quvchilarni baholash, uyga vazifa va topshiriqlarni e’lon qilish kabi bosqichlarni diqqat bilan kuzatdik. Maktablarda chet tillari butun sinf ikki guruhga bo‘lingan holda dars o‘tilishi natijasida bilim olish samaradorligi boshqa fanlar bilan taqqoslaganda yuqori bo‘lishiga amin bo‘ldik. Kuzatuv paytida, biz institutda 80 daqiqa vaqt ajratganimizda, 45 daqiqada vaqtni boshqarishni hisobga olish juda qiyin ekanligini angladim. Ammo aniq fan o‘qituvchilari, masalan fizika va matematika o‘qituvchilari bu masalani har bir guruhga xos bo‘lgan vazifalarni aniq bajarish va tartibga solish orqali muvaffaqiyatli amalga oshirganlar. O‘quv amaliyotining keyingi davrida faol amaliyotga jalb etilib, dars jarayonida bevosita ishtirok etdik. Darslar davomida biz o‘quvchining o‘qituvchiga,o‘qituvchining esa o‘quvchiga bo‘lgan munosabatini,o‘quvchining darsga bo‘lgan e’tiborini sinchkovlik bilan kuzatdik. Asosan yuqori sinflarda amaliyot olib borganligimiz sababli o‘quvchilar orasida ingliz tili sohasini tanlaganlarining ishtirokini dars jarayonida juda ko‘p kuzatdik. Darslarni tashkil qilish orqali biz yangi mavzuga qanday yondashish, ingliz tili darsligi bilan qanday ishlash, audio-materiallarini darsda qo‘llash, dars davomida vaqtni to‘g’ri taqsimlash va yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olish, darsda dam olish daqiqasini qanday tashkil etishni o‘rganib, amaliyotda qo‘lladik. O‘quvchilarni dars davomida bilimga chanqoqligi hamda ularni darsga qiziqtirib o‘tilsa, yanada ko‘proq narsani bilishni istashlarini o‘zimiz uchun yaratdik. Sinf rahbarlik ishlari bilan ham to‘liq tanishdim.
Maktab darsligini avvalgi darslikdan farqlarini tadqiq qildik, va unda ancha o‘zgarishlarni payqadik. Masalan, yangi darslik asosiy til ko‘nikmalari bilan boyitilgan. Bu bizning so‘nggi amaliyotimiz bo‘lib, kutganimizdanda ko‘proq tajribaga ega bo‘ldik. Endi menda o‘quvchilarga qanday qilib ta'lim berish haqida ko‘proq ishonch va ko‘rsatmalar paydo bo‘ldi.


Maktab direktori: ________________


Amaliyot rahbari: ________________
Amaliyotchi talaba: ________________
Download 8.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling