Меънат шартномаси (контракт)нинг намунавий шакли


Download 26.63 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2023
Hajmi26.63 Kb.
#1133125
  1   2
Bog'liq
Mehnat shartnomasi 2022




MEHNATSHARTNOMASI

Qashqadaryo viloyat Kitob tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 81-umumiy o’rta ta’lim maktabi nomidan Ochilov Bahodir Xudoyberdiyevich,bundan keyin «Ish beruvchi» deb nomlanadi va fuqaro Maxmudova Zulayxo Asat qizi, bundan keyin «Xodim» deb nomlanadi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:


1.Xodim kasbi bo‘yicha biologiya fani o’qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilinadi.
2.Shartnoma asosiy hisoblanadi.
3.Shartnoma muddatsiz.
4.Shartnomaning amalda bo‘lish muddatsiz
-Ishning boshlanishi: 23-yanvar 2023-yil
5.Sinov muddati sinovsiz
Xodimning majburiyatlari:
6.1. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablarini,Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari talablarini yaxshi bilishi va ularga qatiy rioya qilishi;
6.2. mehnat va ijrochilik intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari, maktab ustavi va intizom to‘g‘risidagi qoidalar)ga rioya qilish;
6.3. mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish;
6.4. lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish;
6.5. YATMT, MT bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;
6.6. Qonun hujjatlari va boshqa normative hujjatlar talabiga rioya qilish;
6.7. O‘quvchilarda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqni, foydali mehnat qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z faniga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish;
6.8. O‘quvchilarga yuksak darajasida ta’lim berish, barcha o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturlarini DTS talablari darajadasida o‘zlashtirilishini ta’minlash;
6.9. Joriy va oraliq nazorat jarayonida o‘quv dasturlarini DTS talabi darajasida o‘zlashtirmagan o‘quvchilar bilan bilimidagi mavjud bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha individual mashg‘ulotlar o‘tkazish;
6.10. Qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga DTS talablaridan yuqori darajada ta’lim berishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni amalga oshirish;
6.11. Ta’lim berishning ratsional usullarini, shu jumladan zamonaviy pedagogik texnologiyalarnio‘rganib borish va pedagogik amaliyotda foydalanish;
6.12. O‘quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqat, qonunlarga, ota-onaga, mehnatga, maonaviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
6.13. Pedagogik etika qoidalariga qat’iy rioya qilish;
6.14. Jamiyat va hayot uchun maqbul bo‘lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanish;
6.15. O‘zining kasbiy mahoratini, shu jumladan pedagogik-psixologik tajribasini doimo takomillashtirib borish, belgilangan muddatlarda davriy malaka oshirish kurslaridan o‘tib borish;
6.16. Ishberuvchiningqonuniyfarmoyishlarinibajarish;
6.17. Jamoashartnomasishartlarigarioyaqilish;
6.18. Xodim ushbu mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan, g‘ayri qonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayri qonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar qabul qilmaslik,O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va (Davlat organi yoki tashkilotining nomi) ichki hujjatlarida nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi talablarga qat’iy rioya etish.
6.19.Xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:
7. Ish beruvchining majburiyatlari:
7.1. Xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish;
7.2. Mehnat va ijrochilik intizomini ta’minlash;
7.3. Ish haqini o‘z vaqtida to‘lash;
7.4. Xavfsiz va samarali mehnat uchun zurur shart-sharoitlar yaratish, xodimni o‘qitish, unga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish;

  1. Xodimning ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;

  1. Xodimning ish joyini o‘quvchilarga DTS talablaridan kam bo‘lmagan darajada bilim berish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-laboratoriya jihozlari, texnik vositalari bilan ta’minlash;

7.7. Qonun hujjatlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
7.8. Jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;
7.9. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʼz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʼyish, huquqbuzarlikning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʼrish va mehnat faoliyati davomida oʼziga maʼlum boʼlgan yoki vazirlik tomonidan ishonch bildirilgan, oshkor etilishi cheklangan (konfidentsial boʼlgan) hamda vazirlik (davlatimiz) mavqeiga salbiy taʼsir koʼrsatadigan statistic va boshqa maʼlumotlarni oshkor etmaslik.
7.10. Ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar
8. Ish vaqtining rejimi: to‘liqsiz ish kuni
9. Xodimga quyidagicha haq to‘lash belgilanadi: shtatlar jadvali va tarifikatsiya asosida
b) amaldagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda
v) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag‘lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag‘batlantiruvchi turdagi boshqa to‘lovlar nazarda tutilmagan
10. Xodimga davomiyligi: asosiy mehnat ta’tili 18 ish kunidan iborat bo‘lgan haq to‘lanadigan yillik ta’til belgilanadi.
11.Mehnat shartnomasining mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlari mehnat qonunchiligi doirasida
12.Taraflar yuqorida shart qilib belgilangan ishlarni lozim (talab) darajada bajarishlari shart. Mazkur shartlar (ishlar) lozimdarajada bajarilmagan taqdirda:
12.1.Xodimga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
a) o‘rtacha ish haqining 30 % gacha bo‘lgan miqdorda jarima solinadi;
b) shartnomaning 6.8 va 6.9 bandlarida belgilangan shartlar ikki va undan ortiq marta bajarilmagan taqdirda malaka toifasini pasaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
v) mehnat intizomi buzilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasida nazarda tutilgan boshqa intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin.
12.2. Ish beruvchi o‘z navbatida xodimga yetkazilgan har qanday zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoki sud qaroriga asosan qoplaydi.

Download 26.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling