Menejment kafedrasi


mijozning moliyaviy holatiga to’g’ri baho bermaganligi va chukur tahlil etmaganligi


Download 0.61 Mb.
bet15/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#132098
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339

mijozning moliyaviy holatiga to’g’ri baho bermaganligi va chukur tahlil etmaganligi

  • kreditlar ustidan yetarli darajada monitoring o’rnatilmaganligi;

  • hujjatlarning tulik talab kilinmaganligi;

  • kredit mablag’ining biznes rejada ko’rsatilgan maksadlarga ishlatilmaganligi hamda mablag’ning xufyona o’zlashtirilishi;

  • bank xodimlari bilan uzaro til biriktirib, kredit mablag’lari talon-taroj kilish okibatida yuzaga keladi.

    Ushbu muammoli kreditlarni bartaraf etish masalari bo’yicha respub-likamizda tegishli qonuniy xujjatlar qabul qilingan. Ammo, hali bu masalalar yuzasidan muammolar mavjud. Muammolarni bartaraf etish uchun qonuniy-hukukiy bazani yanada rivojlantirib, banklarga bu masalada erkinliklar berilishi lozim. Kredit ta’minoti sifatida garovga qo’yilgan mulk kredit oluchining hamda uning oila a’zolari ishtirokida natoriusda shartnoma asosida rasmiylashtiriladi. Umuman, kredit-larni 5 turga , yaxshi,standart, substandart, shubhali hamda umidsiz kredit turlariga tasniflash mumkin. Bulardan oxirgi ikkalasi tug’ri-sida tuxtaladigan bulsak , ular amaliyotda muammoli kreditlar deb qaraladi. Kamida 180 kundan kechiktirilgan kreditlar “umidsiz” va 90 kun kechiktirilgan kredit esa “shubhali” kredit deb ataladi. Hozirgi kunda ko’pgina banklarning asosiy vazifasi, kredit berish emas, balki berilgan kreditlarning o’z muddatida qaytariluvchanligini ta’minlashdangina iborat bo’lib qolmoqda.CHunki, muammoli kreditlar tijorat banklarining foyda olib keladigan aktivlarini kamaytiradi,bu esa o’z navbatida, bankning istiqbol ko’rsatkichlariga erisha olmasligidan dalolat beradi.

    Xukumatimiz tomonidan respublikada muammoli kreditlar keskin ortib ketganligi sababli , Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 dekabrda 422-sonli “Banklarning kreditlari bo’yicha qarzdorlik o’z vaktida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorning likvidli mol-mulkiga karatish tartibini tasdiklash tug’risida” gi Karoriga muvofik qarzdorning pul mablag’lari yetarli bulmagan taktirda , bank kredit bo’yicha qarzdorlikni qonuniy xujjatlarda belgilangan tartibda va natorial tasdiklagan hamda yozma bitim asosida qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga yoki undiruvli mol-mulki hisobiga qarzni kaytarish yuzasidan uz muljali tug’risida yozma ravishda bildirishnoma beradi. Mijoz esa uz navbatida 15 kundan kechikmay, bankkka yozma javob berishi shart. Bunday vaziyatlarda ko’plab banklar sudma-sud yurishga to’g’ri keladi .CHunki qarzdor uz qarzini kaytarishni kechiktirish yoki iloji bo’lsa umuman qaytarmaslik tarafdoridir. Agarda, muammoli kredit-larni undirish bo’yicha ish tug’ri yilga kuyilmasa,okibatda, buni amalga oshirish uchun juda ko’p vakt va mablag’ talab etiladi. Hozirgi kunda muammoli kreditlarni bartaraf etish bo’yicha banklar tomonidan bir necha yunalishlar ishlab chikilgan. Ular:

    Yukoridagi jarayonlarning barchasini amalga oshirish ancha mushkul masala hisoblanadi. Muammoli kreditlarni bartaraf etish bo’yicha g’arb tajribasiga nazar tashlasak .Ularda mijozlarning kreditga layokatliligini aniklashda “5-S”(fifth C) koidasi kullaniladi.


    Tayanch iboralar:

    Bank, bank turlari, bank operatsiyalari, valyuta, valyuta operatsiyasi, valyuta kursi,


    Nazorat va muhokama uchun savollar

    1. Bank passiv va aktiv operatsiyalarining tushunchasi va mohiyati nimalardan iborat?

    2. Bankdan kredit berish tartibi qanday tashkil etilgan?

    3. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasida bajariladigan operatsiyalarda o’zaro munosabatlar qanday tashkil etilgan?

    4. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi valyuta operatsiyalari qanday bajariladi?

    5. Tadbirkorlik faoliyatida soliq solish tartibi, mohiyati va ahamiyatini izohlab bering.


    12 - Mavzu: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI SOLIQQA TORTISH
    REJA:

    1. Soliqlarning iqtisodiy mazmuni, tarixiy shakllanishi, zaruriyati va ahamiyati.

    2. Soliq guruxlari va tasnifi va soliq funksiyalari.

    3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i.

    4. Qo'shilgan qiymat va aksiz soliqlari.

    5. Soddalashtirilgan soliq solish tizimi.

    6. Maxalliy soliqlarni va yig’imlar.



    1. Soliqlarning iqtisodiy mazmuni, tarixiy shakllanishi, zaruriyati va ahamiyati.

    O'zbekistonning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bozor iqtisodiyoti bilan ifodalar ekan uning soliq tizimi xam bozor munosabatlari bilan aniqlanadi.

    Xozirgi davrda O'zbekistonning soliq solish tizimi davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalarni mablag' bilan ta’minlash bilan ifodalanadi.

    Amaliyotda soliq deganda ayrim iqtisodchilar byudjetga tushadigan pul yoki majburiy to'lov deb ta’rif beriladi. Bu soliqlarning to'la mohiyatini ochib bermaydi. Ya’ni ayrim iqtisodchilarning fikrlaricha, soliqlar bu byudjetga tushadigan pul (iqtisodiy) va qonun bilan belgilangan majburiy munosabatlardir. Bu munosabatlar soliq to'lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxs) bilan davlat o'rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. Soliq to'g'risidagi qonunlar Oliy majlis tomonidan tasdiqlangan demokratik munosabatlardir. Soliqlar milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir. Soliq davlatning markazlashgan pul fondi (davlat byudjeti) ni tashkil etishning asosiy vositasi xisoblanadi.

    Shunday qilib, soliqlar bu - davlat sarf xarajatlarini asosiy manbai bo'lib, u iqtisodiyotni tartibga solishni asosiy instrumentidir.

    Soliqlarning o’ziga xos belgilari bo’lib, majburiyligi, xazinaga tushishi, qat’iyligi va doimiyligi, aniq soliq to’lovchi uchun ekvivalentsizlik belgisidir.

    1. Soliq va yig’imlar majburiy bo’lib, bunda davlat soliq to’lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida byudjetga olib qo’yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksining qoidalari asosida amalgam oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlangan.

    2. Soliqlar xazinaga ya’ni davlat byudjetiga tushadi. Agar to’lov biror boshqa jamg’armalarga tushsa, unda soliq munosabati bo’lmaydi.

    3. Soliqlar qat’iy belgilangan va doimiy harakatda bo’ladi. Tarixda 50 va 100 yillab o’zgarmasdan harakatda bo’lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo’lsa, shuncha qat’iy vauzoq yillar o’zgarmasdan harakat qiladi.

    4. Davlatga to’langan soliq summasi to’lovchining o’ziga to’liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to’lovidir. Masalan, soliq to’lovchi joriy yili davlatning sog’liqni saqlash va maorif xizmatlaridan foydalanmagan bo’lishi mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma soliq to’lovchilarning to’lagan soliq va yig’imlari davlatning ularga ko’rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni ta’minlash, tartib-intizom o’rnatish va boshqa ijtimoiy-zaruriy xizmatlar) orqali qaytadi. Demak, soliq to’lovchilar nuqtai nazaridan olganda, bozor iqtisodyoti sharoitida hamma soliqlar davlatning ko’rsatgan ijtimoiy xizmatlari uchun to’lanadigan haqdir.

    Soliqlar eng avvalo davlatning ijtimoiy zaruriy vazifalarni moliyaviy mablag'lar bilan taminlashning zarurligidan keltirib chiqariladi. Davlat oldida turgan umumiy vazifalarni bajarishga xizmat etadi, bu vazifalar quyidagilardan iboratdir:



    • aholining kam ta’minlangan tabaqalarni (talabalar, nafaqaxo’rlar, nogironlar va boshqalar)ni ijtimoiy ximoya qilish;

    • mamlakat mudofaasini ta’minlash;

    • mamlakat fuqarolarining tinch mexnat qilish va erkin yashash muxofazasini ta’minlash;

    • mamlakat ichida uzluksiz ijtimoiy, madaniy tadbirlarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat, ijtimioy ta’minot va boshqalar) amalga oshirish;

    • xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqalarni o'rnatish;

    • bozor infrastrukturasini yaratish, boshqa tadbirlar va ishlarni amalga oshirish uchun.

    Bu vazifalarni amalga oshirish uchun nixoyatda ko'p moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu resurslar soliqlar va yig'imlardan tashkil topadi.

    Soliqlar obyektiv taqsimlash munosabatlari orqali ijtimioy ishlab chiqarishning xamma jabxalarida qatnashadi va ishlab chiqarish munosabatlariga aylanadi. Shunday ekan, ular iqtisodiy bazasini ifodalaydi. Shuning uchun soliqlar orqali ishlab chiqarishni qiziqtirish, tovar ishlab chiqarish va iste’mol ni ko'paytirish yoki bahzi xolatlarda kerak bo'lsa, cheklash maqsadida foydalanish mumkin.

    Davlat byudjeti bu davlat pul mablag’larining markazlashgan jamg’armasi bo’lib, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlaridan iborat. Davlat byudjeti: respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi.

    Respublika byudjeti bu davlat byudjetining umumdavlat ahamiyatiga molik bo’lgan tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, daromad manbalari va ularning tushumlari miqdori, shuningdek, moliya yili davomida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdorini o’zida mujassamlashtiradi.

    Mahalliy byudjet bu davlat byudjetining tegishli viloyat, shaxar va tuman pul mablaglari jamg’armasini tashkil etuvchi, uni shakllantiruvchi bir qismi.

    Davlat byudjetiga soliqli va soliqsiz daromadlarni o’z vaqtida to’liq tushirish, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, soliq to’lovchilardan soliq va boshqa majburiy to’lovlarni undirish soliq organlari tomonidan ta’minlanadi.

    Soliqlar davlat va mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismini tashkil etib, byudjetning xarajat qismi orqali iqtisodiyotga moliyaviy ta’sir ko’rsatish imkonini beradi.

    Soliqlar moxiyatini chuqurrok ochishda ularni iqtisodiy moxiyatiga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lishlik maqsadga muvofiqdir.

    Soliqlarning moxiyatini amaliyotdagi xarakati ularning bajaradigan funksiyalarida ochib beriladi.

    O’rganish oson bo'lishi uchun soliqlarga qisqacha ta’rif beramiz. Soliqlar faqat byudjetga tushadigan majburiy to'lov bo'lib, davlat bilan soliq to'lovchilar o'rtasidagi iqtisodiy, ijtimioy, demokratik taqsimlash munosabatlaridir.

    Soliqlarning zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo'ladi. Shu davrda davlat o'z funksiyalarini to'liq bajarish uchun albatta moliyaviy manbalarga byudjetga jalb qilishning asosiy, balki kelajakda yagona davlatning ananaviy funksiyalaridan tashqari Ya’ni ta’lim tarbiya, xalq xo'jaligini boshqarish, mexnatkashlar xavfsizligini ta’minlashdan tashqari ularni ijtimoiy ximoya qilish xam zarurdir. Buning ustiga mustaqil O'zbekiston o'zining mudofaa kuchlariga xam mablag' bermog'i kerak. Ana shu funksiyalarni moliyaviy mablag' bilan ta’minlash uchun soliqlar zarurdir.

    Ikkinchi tomondan soliqlarning zarurligini bozor iqtisodiyotining iqtisodiy qonunlari talabidan keltirib chiqarmok zarur


    2. Soliq guruxlari va tasnifi va soliq funksiyalari

    Soliq tizimi deganda moxiyati jixatidan bir xil bo'lgan va markazlashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig'indisi tushuniladi.

    Tizim - bu yig'ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan bog'liqligi xam ifoda etilgan. Soliq tizimini quyidagi guruxlarga bo'lish mumkin:

    Soliq tizimini soliq obyektiga qarab uch guruxga bo'lish mumkin: oborotdan,daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar.

    Oborotdan olinadigan soliqlarga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, konlardan foydalanganligi uchun solig, bojxona boji kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga foyda solig'i va daromad soliglari kiradi. Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig'i va yer soliqlari kiradi.Iqtisodiy moxiyatga qarab to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar bevosita daromad oluvchimulk egasining daromadlaridan (foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlar huquqiy va xaqikiy soliq to'lovchi bitta shaxs bo'ladi. Soliq ilgarida aniq belgilangan bo'ladi.Uning manbai bo'lib korxona va tashkilotlarning xo'jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun xisoblanadi. Axoli soliqlarida esa soliq manbai bo'lib to'g'ridan-to'g'ri axolining daromadi xisoblanadi. Foyda (daromad) solig'i, yer solig'i va daromad solig'i to'g'ri soliqlarning eng yirik daromaddir.



    Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog'liq bo'lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (baxosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular so'zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste’mol ni kamytiriladi. Bu soliqlarni ba’zan iste’mol soliqlari deb xam ataladi. Bundan qaraganda ularni guyo maxsulot sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi to'laetgan bo'ladi. Aslida esa ularning xaqiqiy to'lovchisi tovar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar bo'ladi. Egri soliqlar guruxiga ko'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i va bojxona bojlari kiradi. Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.

    Biz avvalo soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarni bir-biridan farqini bilishimiz zarur. Bu yerda nazariy jixatdan soliq tizimi soliqlar yig'indisi tushuniladi. Soliq solish tizimi esa tashkiliy jixatdan, tuzilish usullari yig'indisi tushuniladi, Ya’ni soliq solish tizimi amaliy uslublar yig'indisidir.

    Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy majlis tomonidan belgilangan va ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlarni tuzilish usullari va tamoyillari yig'indisiga aytiladi. Bu tizimning urni jamiyatning ijtimioy-iqtisodiy tizimi bilan aniqlanadi.

    Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi, soliq solish birligi, soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.

    Soliq subyekti bu soliq munosabatlarni tashkil qiluvchilar. Bularga asosan soliq to'lovchilar:

    yuridik shaxslar korxona, tashkilot, firma va jismoniy shaxslar-axoli kiradi. Ikkinchi tomondan soliq subyektiga davlat kiradi, Ya’ni soliq oluvchi.



    Soliq obyekti - bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk, qiymati, tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko'pincha soliq nomi obyekt nomi bilan ataladi. Masalan, yer solig'ida yoki daromad solig'ida.

    O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 14 yanvarda qabul qilingan "Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning soliqlari to'g'risida" gi qonunga binoan 1992 yildan boshlab yangi soliq tizimi joriy etildi. Bu tizimning shu davrgacha amal qilgan tizimdan tub farqi shundaki Respublikamiz xududida ayrim soliq turlari bekor qilinib, ularning qrniga yangilari kiritildi.

    1992 yilgacha 62 yil davomida o'zgarmasdan xizmat qilgan korxona va tashkilotlarning asosiy salmog'i bo'lgan oborot solig'i qrniga qo'shilgan qiymat solig'i, foydadan ajratma to'lovi qrniga yalpi daromaddan daromad solig'i va yangidan Respublikadan chetga chiqarib sotiladigan tovarlarga soliq, cheklangan tovar turlariga aksiz solig'i va mol-mulk soliqlari joriy etildi.

    Shunday qilib soliq tizimi muayyan sharoitda davlat foydasiga undiriladigan soliqlar majmuidir, ularni yig'ib olish yo'llari va usullarining tashkil etilishidir.

    Soliq tizimiga soliq turlari, soliq miqdori, soliq undiriladigan daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Endi soliq tizimining vazifasi to'g'risida gaplashaylik. Ular:


    • Soliq to'lovchilar bilan davlat o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasi;

    • Iqtisodiy va ijtimoiy soxadagi faoliyatini rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish;

    • Axolining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish vazifalari.

    Soliq tizimi Respublikamiz ijtimoiy iqtisodiy xayotidagi xarakatiga qarab xilma xil guruxlarga bo'linadi. Soliq tizimi iqtisodiy moxiyatiga qarab, kelib tushish manbaiga qarab, byudjetga o'tkazish nuqtai nazaridan qo'llaniladigan stavkalarga va soliq imtiyozlariga qarab guruxlanadi. Ularni aloxida-aloxida ko'rib chiqamiz.

    Iqtisodiy moxiyatiga qarab guruxlanish. Iqtisodiy moxiyatiga qarab O'zbekiston soliqlarini to'g'ri va egri soliqlarga bo'lish mumkin. To'g'ri soliqlar xaqikiy daromad oluvchi yoki mulk egasidan olinadi. Ularning oboekti yalpi daromad, mulk qiymati, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar xisoblanadi.

    Egri soliqlar esa sotilayotgan tovar, bajarilayotgan ish, ko'rsatilayotgan xizmat qiymati ustiga ustama qo'yiladi. Egri soliqlarni to'lovchilar sotilgan tovar va ko'rsatilgan xizmatni dastlabki iste’mol qiluvchi korxonalar va yakuniy iste’mol chilar, Ya’ni, axoli xisoblanadi. Byudjetga kelib tushish manbaiga qarab huquqiy va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo'linadi. Huquqiy shaxslardan QQS, aksiz solig'i, Respublikadan tashqariga chiqarib sotiladigan tovarlar va maxsulotlar solig'i, qimmatli qog'ozlar opreatsiyalariga solinadigan soliq, daromad solig'i, korxonalar mol-mulki solig'i, korxonalar transport vositalari solig'i, yer solig'i, jamoa a’zolarining mexnat xaqi fondi solig'i, sanoat ko'rilishi solig'i va boshqalar olinadi.

    Jismoniy shaxslardan daromad solig'i, axolining mol-mulk solig'i, transport solig'i, yer solig'i, reklama solig'i, maishiy va xisoblash texnikalarini qayta sotish solig'i va boshqalar olinadi.

    Byudjetga o'tkazish nuqtai nazardan soliqlar umumdavlat soliqlari va maxalliy soliqlarga bo'linadi.

    Soliq qonunchiligida soliqlarning qaysi turlari to'g'ri davlat byudjetiga, qaysilari esa maxalliy byudjetga tushishi aniq ko'rsatib qo'yilgan. Ammo shu aniqki davlat byudjetiga tushgan mablag'larning bir qismi maxalliy byudjetlarga ajratib beriladi.

    Soliq turlariga qarab bevosita va bilvosita soliqlarga bo'linadi. Bunday guruxlanish Soliqqa tortish oboektiga, to'lovchi bilan davlatning o'zaro munosabatlariga bog'liq buladi. Bevosita soliqlar to'g'ridan-to'g'ri daromadga va mol-mulkka belgilanadi. Tovarning baxosida to'lanadigan yoki taxrifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar bilvosita soliqlarga kiradi.

    Bevosita soliqlar real va shaxsiy soliqlarga bo'linadi. Real soliqlar soliq to'lovchining mol-mulkining ayrim turlaridan kadastr asosida undiriladi.

    Xar qanday tadbir, ish va faoliyat ilgaridan belgilanib, aniqlanib ishlab chiqilgan siyosat bilan amalga oshiriladi. Siyosat deganda davlatning ilgaridan belgilab, aniqlab qo'ygan chora-tadbirlari yig'indisi tushuniladi. Soliq ishlarini tashkil qilishda xam shu siyosat bilan ish yuritiladi. Soliq siyosati davlatning moliya siyosatini eng muxim, tarkibiy ajralmas qismidir.

    Xar qanday iqtisodiy kategoriyaning bajaradigan funksiyasi bo'ladi. Funksiya - bu soliq kategoriyasining amaliyotdagi xarakatidir va soliqlarning moxiyatini ochib beradi. Funksiya deganda kategoriyaning xaetda ko'p tarkaladigan va takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunamiz. Bizni fikrimizga kura soliq quyidagi funksiyalarni bajaradi: - xazina (fiskal) funksiyasi:

    " Fiskal funksiyasi



    " Rag'batlantirish funksiyasi

    " Nazorat funksiyalari mavjuddir. Ayrim iqtisodchilar fikrlari bo'yicha taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solishlarni xam ko'shadilar. Lyokin bizni fikrimizga kura soliqlar asosan 3 - ta funksiyani bajaradi, taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solish asosan uchta funksiyani ichiga kirib ketadi. Xazina (fiskal) funksiyasi. Fiskal (lotincha Fiscus so'zidan olingan bo'lib, gazna degan mahnoni anglatadi) xusuiyatiga ega ekanligidir.

    Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keltiradi. Byudjet daromadlarini ta’minlash soliq tizimi vazifalaridan bittasi xolos. Soliq tizimi ana shu vazifani xal etar ekan, jamgarma va ishlab chiqarishning usish jarayonlariga tuskinlik kilmasligi, ijtimoiy adolatni bo'zmasligi, xalq xo'jaligi to'zilishida buzilishlar va chetga chikishlar sodir bo'lishiga yo'l kuymasligi, bozor jarayoniga putur etkazmasligi zarur.

    Bozor munosabatlarning shakllanishi va riaojlanishi sharoitida aynan soliqlar davlatning iqtisodiyotiga ta’sir o'tkazishdan asosiy vositalardan biri bo'lib kolmokda. Davlatning iqtisodiy funksiyasi orqali xalq xo'jaligining rivojlantirishni rag'batlantiriladi, shuning barobarida uning xazina (fiskal) funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati soliqlarining rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarishni rag'batlantirish, rivojlantirishlar olib boriladi.

    Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining axamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yuk bo'lib ketadi yoki juda oz xolda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruklar yerdamida idora qilish huquqiga ega bo'lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o'zi asta-sekin yo'qola bordi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun makbo'l bo'lgan yunalishda rag'batlantirish zaruriyati saklanib qoladi.

    Shunday qilib, soliqlarning rag'batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish korxonalar yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa imtiyozlar beriladi. Bu funksiyasi orqali ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarga imtiyozlar berish orqali ularning moliyaviy-iqtisodiy axvolini yaxshilashga xizmat qiladi.



    Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, bu funksiya orqali soliqlar ijtimioy maxsulot qiymatini qanchaga tushganligi, milliy daromadning salmogini nazorat qilib bilib olgandan so'ng undan qancha qismini soliqlar orqali byudjetga tuplash zarurligi, ularning obyektlarini, soliq to'lovchilarini, soliq stavkalarini to'g'ri belgalish hamda soliqlarni o'z vaqtida to'g'ri xisoblab byudjetga o'tkazish jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba’zan taqsimlash funksiyasidan xam kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari bilan chegaralanib qolinsa, soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali taqsimlashdan tashqari soliq obyektilarini buyum shaklida xam to'liqligi, maxsulotlar koldiklari xom ashe va yoqilgilardan boshqa manbalardan foydalanish ustidan xam nazoratga aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat funksiyasi soliq idoralarini xodimlarining kundalik olib boradigan umumiqtisodiy nazoratining nazariy asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining nazorati asosan yagona iqtisodiy qonunlar talabiga javob beradigan nazoratga aylanadi.

    3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i.

    Soliq solishning aloxida tartibi belgilangan yuridik shaxslarning ayrim toifalariga va xorijiy yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.

    Bunda, agar soliq solishning aloxida tartibi belgilangan yuridik shaxslar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlari bilan shug'ullansalar, ular ushbu faoliyat bo'yicha aloxida xisob yuritishlari va byudjetga belgilangan tartibda foyda dan olinadigan soliqni to'lashlari lozim. Qat’iy soliq to'lanishi belgilangan tadbirkorlik faoliyati turlarinigina amalga oshiradigan yuridik shaxslarga;

    Xorijiy yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.

    Soliq to'lovchilar moliya yilida soliq solinadigan foyda ga ega bo'lgan yuridik shaxslar foyda solig’i to'lovchilar xisoblanadi25.

    Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va xisob-kitob varag'iga ega bo'lgan aloxida bo'linmalar xam tushuniladi.



    Yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga O'zbekiston Respublikasida hamda undan tashqarida ularning faoliyat manbalaridan olingan daromadlar (foyda) bo'yicha soliq solinadi.

    O'zbekistonda taxsis etilgan yoki ro'yxatga olingan, shuningdek O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ro'yxatga olingan, bosh korxonasi O'zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O'zbekiston Respublikasining rezidenti xisoblanadi.



    Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling