Menejment kafedrasi


Download 0.61 Mb.
bet14/24
Sana01.10.2020
Hajmi0.61 Mb.
#132098
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik 090220154339


Fond birjasi - qimmatbaxo qog’ozlarning sotuvchisi va xaridori biri birini topadigan joydir. U qimmat­baxo qog’ozlar bozorining asosiy elementi xisoblana­di, uni ko’pincha jun qilib "fond bozori" deb xam ata- shadi.

Birja - uyushgan bozor. SHunday qiyoslash qilish mumkin. Odamga, masalan, sabzavot bilan meva kerak. Ularni uyning yaqinginasida, aytish mumkinki, pirtovoldanoq sotib olish mumkin. Ammo odam, albatta, bozorga otlanadi. Birinchidan, bozorda sotuvchilar ancha ko’p, demak, tanlab olish imkoniyati keng. Ikkinchidan, bozorlar qoshida maxsus xizmatlar bo’lib, tovarning sifati tekshirib turiladi. Qimmatbaxo qog’ozlar bozorida xam shunday. Har bir kishi aktsiyalarni birjadan tashqarida, "ko’chada" sotish yoki sotib olishi mumkin. Biroq bu ish fond birjasida qilingani xam foydaliroq xam xavfsizrok.

Eng muximi esa - birjada eng yaxshi qimmatbaxo qog’ozlar sotiladi.

Qimmatbaxo qog’oz sifatini tekshirish uchun birjada ekspert komissiyasi ishlab turadi. Muayyan usullar bi­lan u mazkur qimmatbaxo qog’oz qo’yilishi mumkinmi -yo’q mi ekanligini xal qiladi.

Butun jaxonda fakat moliyaviy axvoli muqim, rivojlanish istiqbollari yaxshi tuzilmalarning qimmat­baxo qog’ozlarigina birjaga bemalol kira oladi.

Aktsiyalarini fond birjasiga sotuvga qo’yish kompaniyaning yuksak nufuzidan darak beradi, uning uchun eng yaxshi reklama bo’lib xizmat qiladi.

Bitishuvlarning o’rtacha narxidan birjada qimmat­baxo qog’ozlarning narxi kelib chiqadi. Haridorlar va sotuvchilarning ayrim qimmatbaxo qog’ozlarga munosabatini qayd qilar ekan, birja ayrim korxonalar va umu-man, butun iqtisodiyot moliyaviy salomatligining axvolini bamisoli barometr kabi oydinlashtirib ko’rsatadi. Hukumat, korxonalarning raxbarlari, axoli o’z xo’jalik va moliyaviy strategiyalarini birja axboroti asosida yuritadilar.

Fond birjasi Uzbekiston qimmatbaxo qog’ozlar bo­zorining shakllanishi va rivojida aloxida tashkilotchilik rolini o’ynaydi.

Bozor iqtisodiyoti yuz yillardan buyon amal qilib kelayotgan mamla- katlarda fond birjasi qimmatbaxo qog’ozlarning stixiyali bozordan o’sib chiqib, uning tashkil etilishi va yanada rivojlanishini tezlashtiruvchi bir omilga aylandi.

Bizning respublikamizda qimmatbaxo qog’ozlar bozori davlat tashabbusi va uning qo’llab-quvvatlashi bilan tashkil etilmoqda. Davlat korxonalari negizida ochiq turdagi xissadorlik jamiyatlari tashkil etilmoqdaki, ularning aktsiyalari erkin savdoga chiqishi kerak. SHu maqsadlarda Respublikafond birjasi tashkil etildi. U:

  • O’zbekistan Respublikasi va boshqa davlatlar xissadorlik jamiyatlarining aktsiyalari;

  • davlatning qarz majburiyatlari;

  • egalarining yuqorida sanab o’tilgan kadriyatlarni sotib olish xuquqini tasdiqdovchi optsion sertifikatlar va qimmatbaxo boshqa hosila qog’ozlar;

  • depozit va omonat sertifikatlar, veksellar;

  • ipotekalar;

  • kredit resurslari;

  • boshka kredit-moliya instrumentlari bilan savdo qilish xuquqiga eta.

Fond birjasi quyidagi vazifayaarni xal qilali:

  • qimmatbaxo qog’ozlar bilan erkin savdo qilish uchun zarur shart- sharoitlarni yaratadi:

  • o’z ahzolarini savdo binolari, axborotlar bilan tahminlaydi, professional vositachilik faoliyatiga ko’maklashadi.

  • listing marosimini o’tgan qimmatbaxo qog’ozlarning kotirovkasini amalga oshiradi;

  • savdo faoliyati jarayonida birja ahzolari orasida kelib chiqadigan baxslarni xal etishta ko’mak­lashadi;

* qimmatbaxo qog’ozlar operatsiyalarini olib borish bilan shuqullanuvchi mutaxassislar malakalarini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;

* birja oldi-sotdisi usullari va texpologiyalarini, shu jumladan, elektron texnologiyalarni takomillashtirish uchun shart-sharoitlar yarata- di;



* bozor infratuzilmasini rivojlantirishga ko’maklashadi;

*o’zining qimmatbaxo qog’ozlar bilan bevosita muomala qiluvchi ahzolari va mutaxassislariga qo’yiladigan malaka talablarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning xuquqlari va majburiyatlarini belgilandi;

* yangi ahzolar qabul qilish va aьzolikdan chiqarishni amalga oshi- radi;

*birja ahzolarining savdo sessiyalaridagi vakillari xisoblangan brokerlar, dilerlar va boshqa mutaxassislarni ro’yxatga oladi;

* savdo-sotiqni amalga oshirish uchun birja yig’ilishlarini tashkil etadi, birja savdosi qoidalarini ishlab chiqadi va chop etadi;

* bitishuvlarni olib borish, qimmatbaxo qog’ozlar bozori ishtirokchila- rinint savdo extiyojini aniqlash va qondirish uchun ixtisoslashgan sektsiyalar tashkil etadi:

* birjada qimmatbaxo qog’ozlarni muomalaga qo’yish va chiqarish qoidalarini ishlab chiqadi;

*qimmatbaxo qog’ozlarni kotirovkalashga qo’yish qoidalarini ishlab chiqadi, shuningdek, listing va delisting marosimini o’tkazadi:

*birja savdosi extiyojlari bilan belgilanuvchi birja bo’linmalari va boshka tuzilmalarini tashkil etadi.

* kotirovalar, ekspert va statistik komissiyalar, ro’yxatga olish byurolari va birja savdosi extiyojari uchuy zarur boshqa uzilmani tahsis etish.



Tovar birjasi. Tovar birjasi birja savdosini tashkil etish va tartibga solish yo’li bilan ulgurji bozorni shakllantiruvchi bozor iqtisodiyotining klassik muassasasidir.

Muayyan joyda va belgilangan vaktda o’tkaziladigan oshkora ommaviy oddi-sotdi vaktida tovar bitishuvlari uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish tovar birjasi faoliyatining asosiy mazmunidir.

Birja xuquqiy shaxs xuquqlari bo’lgan tashkilot sifatida oldi-sotdi bitishuvlarida bir tomon bo’lib qatnashmaydi, yahni savdo-vositachilik fao- liyatini amalga oshirmaydi. Tovar birjasining asosiy vazifasi doimiy ish olib boruvchi tovar bozorini tashkil etish va birja oldi-sotdisi qatnashchilariga vositachilik, axborot va boshka xizmatlarni ko’rsatishdan iborat.

Bozor muxiti, korxonalarning mustaqilligi, birja tovarlarining yetarli darajadagi to’la bozori, sotuvchilar, xaridorlar va vositachilarning cheklanmagan miqdori xo’jalik birliklarining raqobatga moyilligi, pul tizimining barkarorligi, rivojlangan infratuzilma sharoitidagina tovar birjasi bir maromda ish olib borishi mumkin buladi. Birja mexanizmi muayyan qoidalarga bo’ysunuvchi ochiq bozor, narx-navo erkinligi, erkin savdoni ko’zda tutadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi "Iqtisodiy isloxotlarni yanada chukurlashtirish, xususiy mulk muxofazasini tahminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlari to’g’risidagi Farmoni o’zbekistonda birja faoliyatini rivojlantirishning yangi boskichini boshlab berdi. SHu Farmon asosida korxonalar va xo’ja- liklar tasarrufida qoluvchi maxsulotlarning respublika birja va yarmarka savdosini tashkil etish va o’tkazish tartibi ishlab chiqildi.

1994 yil 8 aprelda Adliya vazirligida Uzbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi ochik turdagi xissadorlik jamiyati sifatida ro’yxatdan o’tkazildi.

Ham O’zbekiston Respublikasida, xam undan tashqarida ishlab chiqarilgan birja tovarlarining erkin ulgurji savdosi uchun shart-sharoitlarni yaratish O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining bosh maqsadi.

Tovar-xom ashyo birjasi faoliyatining predmeti:

  • birja savdosi, ochiq savdolarni o’tkazish;

  • birja tovarlarini sotib olish, sotish va ayirboshlash bo’yicha professional vositachilik xizmatlarini ko’rsatish uchun oldi-sotdi katnashchilariga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish;

  • birja tovarlariga narx kotirovkasini amalga
    oshirish;

  • birja oldi-sotdisi texnologiyalari va usullarini, shu jumladan elektron usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish;

  • shaxar, viloyat, respublika va xalkaro ko’rgazmalar, yarmarkalar va tenderlar o’tkazishni tashkil etish;

  • konsalting xizmatlarini ko’rsatish:

  • birja faoliyati bilan bog’lik, noshirlik, reklama-axborot ishlarini amalga oshirish;

  • birja operatsiyalari infratuzilmasini rivojlantirish;

* tashki iqtisodiy faoliyatdan iborat.
Birja oldi-sotdisi brokerlar orqali amalga oshiriladi. Ular tovar- larning sotuvchilari va xaridorlari manfaatlarini ifodalaydilar.

Birjada 450 ga yakin brokerlik idoralari ish olib bormokda. Birjaning asosiy ichki mehyoriy xujjatlari: birja savdosi qoidalari, brokerlik idoralari to’g’ri-sidagi nizom, birja o’rinlarini sotish va qayta rasmiy- lashtirish qoidalari, brokerlar uchun xujjatlar turkumi (shartnomalar, kontraktlar va boshka xujja-larning namunalari) ishlab chiqilgan.

O’zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi bir­ja ishtirokchilarini attestatsiyalaydi. Bu tadbir brokerlarni attestatsiyalash to’g’risidagi nizom asosida amalga oshiriladi. Brokerlarning taklifiga binoan va ularning ishtirokida brokerlar gilьdiyasi-asosiy maqsadi brokerlarga ularning faoliyatida ko’maklashish, brokerlarning manfaatlarini muxofazalashdan iborat bo’lgan jamoat tashkilotini tashkil etish va ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha xujjatlar tayyorlandi.



Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasidanfratuzilmagaquyidagilar kiradi:

1.Konsalting firmalari

2.Ulgurji savdo tizimi

3.Infratuzilmaning amal qilish mexanizmi 4.Maxsulot tayyorlovchi agent 5.Tovar- xom ashyo birjasining vositachisi 6.Tijorat banki

Konsalting firmalari. Tegishli konsalting kontseptsiyasining mavjudligi muvaffaqyyatining shartidir. Konsalting kontseptsiyai tushunchasi ostida umumiy, idrok qilingan tasavvur anglashiladi, uning asosini maslaxatchilar mushohadasi, ular taklif qilgan dastur va uning maslahat berishga yondashuvi tashkil etadi.

Konsalting falsafasi maslahatchining maqsadli yo’l-yo’riklari va qadriyatlar tizimini o’z ichiga olib, konsalting kontseptsiyasini xosil qiladi. Bu falsafa ko’pincha firmaning bozor muxiti tahsiri ostidagi konsalting faoliyati natijasi xisoblangan tarixidan, shuningdek maslahatchilarning shaxsiy tajribasidan kelib chiqdi. Konsalting falsafasi maslaxatchining strategik va taktik xatti-xarakatiga bog’liq bo’ladi. Binobarin, ko’pincha konsalting falsafasining tanlanishi maslaxatchi bilan buyurtmachi xamkorligining xususiyatini belgilab beradi. Maslahat xizmatlarining turi maslahat berilayotgan korxonaning o’ziga xos xususiyati va maslaxatchining shu xususiyatdan kelib chiquvchi taklifi bilan belgilanadi. Bunda konsalting firmalari va aloxida konsulьtantlar tomonidan taklif qilinayotgan konsalting dasturlari ko’pchilik xollarda bir-birlaridan tubdan fark qiladi. Yirik konsalting firmalari kompleks dasturlarni taklif qilishga kodirlar, chunki ular o’zlarining ko’p sonli mutaxassislarining qimmatli tajribasiga suya-nadilar.

Konsalting strategiyasida konsalting firmasining ish uslubi, yahni maslahatchi bilan buyurtmachi korxona o’rtasidagi munosabatlarni tashkil eti tajribasi katta o’rin tutadi. Maslaxatchi yoki maslaxatchilar guruxining maslaxat berilayotgan korxona bilan munosabatining turi, nechog’li tez-tez takrorlanishi va shakli muximdir. Tajriba muvaffaqiyat va maslahatchiga ishonch ko’p jixatdan maslaxat berish uslubiga bog’liq ekanligini ko’rsatmoqda.

Mijozni topish paytidan boshlab natija olingunicha konsalting, qoida tariqasida, bir necha bosqichda kechadi.

Buning ustiga, konsalting mazmuniga bog’liq xolda turli bosqichlarni almashtirish va umumlashtirish mumkin.

1-bosqich: akvizatsiya.

* korxonaning o’ziga xos muammolarini muxokama qilish;



* konsaltingning maqsadlari, tashkil etilishi va davomiyligini belgilash;

* kutilayotgan natijalarni izoxlash,



* kalam xaki va qo’shimcha xarajatlar, masalan, sutkalik sarf-xarajatlar;

* maslaxatchilarning mo’ljaldagi guruxini tayinlash.



2-bosqich: korxona iqtisodiy faoliyatining tahlilini tayyorlash.

*o’tish va uning ayrim odimlarini kelishib olish; * tushuntirish va talab qilinadigan axborotni olish;

* bosqichlar aniq chegaralab chiqilgan kalendar rejgrafigini tuzish;



3-bosqich: korxona iqtisodiy faoliyati taxlilining natijalarini mufassal muxokama qilib chiqish;

* taxlil natijalarini mufassal baxolash va takliflarni ishlab chiqish;



* kiritilgan takliflar muvaffaqiyatini tahminlashning shart-sharoitlari;

* muqobillardan biri foydasiga umumiy qaror qabul qilinishi.

4-bosqich: qabul qilingan choralarning bajarilishi

  • ishglab chiqilgan xarakat dasturining ruyobga chiqarilishi;

  • yondosh faoliyat: xarakat dasturining bajarilishi ustidan nazorat;

* barcha zarur xujjatlar topshirilab, ishni yakunlash.

Konsalting firmasiga quyilayotgan talablarga bog’liq ravishda konsaltingning ikki qatlamini farqlaydilar:

    1. Umumiy konsalting. Korxonaning tashkil etilishidan tayyor maxsulotni sotishgacha bo’lgan jamiki fao­liyat soxasini qamrab oladi.

Tajriba faqat bahzi bir korxonalargina mana shunday kompleks konsaltinga extiyoj sezishini ko’rsat­moqda. Ko’pchilik xollarda aloxida uchastkatardagi muayyan ojiz joylarni aniqdash va yetilgan muamlyularni hal etish to’g’risida so’z boradi.

Boshqacha qilib aytganda, umumiy konsalting faqat quyidagi xollarda tavsiya etiladi;

  • korxona tuzilayotganida;

  • huquqiy shakllar o’zgarganida;

  • korxonaning turli bo’limlari birlashganida;

  • tashkilot tubdan qayta tashkil etilganida.

2. Maxsus konsalting. Mutaxassislarning vazifalari va faoliyat maydoni g’oyat keng. Korxonani tashkil etish, ishlab chiqarish, boshqaruv va axborotni elektron qayta ishlash soxalarida kerakti xodimlarni tanlab olish, shuningdek marketing (xarid va korxona xuquqiy shakllarining o’zgarishi) soxalarida konsalting xizmatlarini ko’rsatish shular jumlasidandir.

Quyilgan vazifalarni xal etish chogida maslaxatchilarning faqat korxona raxbariyati bilan emas, balki korxonaning tegishli maxsus bo’limchalari va bo’lin-malari bilan xam aloqasini qo’yish zarur.

Faqat bahzi korxonalargina xizmatlar xajmini belgilash xuquqini konsalting firmasining o’ziga topshirib qo’yadilar. Korxonalar, aksincha, o’z istaklarini bayon qilib va taxlil qilinadigan soxalarni oldindan belgilab, izchil ish olib boradilar.

Binobarin, buyurtma xajmi korxonaning maqsadli ko’rsatmalari xajmiga bog’liq bo’ladi. Konsalting firmalarining ko’pchiligi konsalting faoliyatining muvaffakiyatini tahminlash uchun loyixani to’la kuzatishni (yakuniy maqsadga erishguncha) taklif qiladilar.

Korxonalarni loyixalashtirish chog’ida konsalting xizmatlari ko’rsatish muddati bor-yo’g’i bir necha kunni tashkil kilishi mumkin muvaffaqiyat yoki uning aksi keyinroq mahlum bo’ladi, yahni konsalting xizmatlari ko’rsatish muddatini cheklash emas, aksincha, loyihani ko’zatishga intilish maqsadga muvofiq xisoblanadi.

Masalan, mashina parkini qayta jixozlashda vazifani aniq quyish, mablag’ bilan tahminlash, xolimlarni tashkil etish yoki tanlash chog’ida muayyan davrga shartnoma tuzish talab qilinadiki, bunday xollarda maqsad anik muddatlar bilan belgilanadi.

Tajriba konsalting firmasi bamisoli faqat mehnatga qarab xaq to’lanadigan sartqi shtab xisoblanib, istalgan vaqtda mijoz xizmatiga tayyorligini ko’rsatadi. Uzoq muddatli ixtisoslashgan xamkorlik korxona muvaffaqiyatiga o’z xissasini qo’shadi.

Ulgurji savdo tizimi.Ulgurji vositachi tuzichma bozor muassasalarining eng muximlaridan biridir. U quyidagi asosiy vazifa­larni bajarishga dahvat etilgandir:

* mulkchilik shakllaridan qatьiy nazar korxona va tashkilotlarga, shu jumladan tadbirkorlarga tijorat vositachilik, savdo, ishlab chiqarish, li­zing, transport, moliyaviy, auditorlik, axborot xizmatlarini ko’rsatish;

* ulgurji, birja, yarmarka va ochiq savdoni tashkil etish va barcha xukukiy va jismoniy shaxslarga tovar-xom ashyo resurslari bozorida savdo biti-shuvlari tuzishlariga qulay shartsharoitlarni yaratish;

* mamlakat ichidagi va tashki tovar ishlab chiqaruvchilardan, tijorat firmalaridan, kompaniyalar va biznesmenlardan davlat extiyojchari uchun hukumat buyurtmalari bo’yicha trast kontrakt shartnoma asosida maxsulot xarid kilish va uni O’zbkiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomo-nidan belgilangan tartibda istehmolchilarga sotish;

* davlat idoralari bilan kontrakt asoslarda korxonalar va tashkilotlar mashul sakdovchshtar punk-tlarida davlat zaxiralari moddiy resurslarini qabul qilish, saaqlash, yangilab qayta ishlash, qisman qayta ishlash va berishni tahminlash;



*viloyatlarning tovar-xom ashyo birjalari, yarmarka va kimoshdi savdosini tashkil etish;

*mulkchilik usullarvdan qatьiy nazar, xuquqiy va jismoniy shaxs larga maxsulotlarni sotish va moddiy resurslarini olish borasida qulay va o’zaro foydali shart-sharoitlarni yaratish;

* xom ashyo resurslarini izlab topish bo’yicha axborot xizmatlari ko’rsatish foydali bitishuvlarni amalga oshirish uchun respublika xududida va xorijda narxlarni belgilash.

Tadbirkorlarga yordam ko’rsatish maqsadlarida 1994 yilning may oyida respublikada xissadorlik jamiyatlari va kompaniyalarning vakolatli vakillari tomonidan "Uzulgurjibirjasavdo" assotsiatsiyasi tashkil etildi. Uning tarkibiga faoliyat turlari buyicha 13 ta respblika xissadorlik ulgurji-vositachi firmalar, "Idishkarton-sanoatsavdo" xissadorlik ishlab chiqarish-savdo birlashmasi, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi 14 ta xududiy tijorat-vositachilik xissadorlik kompaniyasi, xissadorlik transport-ekspeditsiya agentligi, xissadorlik tovar-xom ashyo birjasi, "Trastbank" xissa­dorlik birja banki, doimiy yun yurituvchi yarmarkalar va ochiq savdolar direktsiyasi, "Uztahminottizim" ilmiy ishlab chikarish birlashmasi kirishdi. Bundan tashkari uning tarkibida ko’ddan-ko’p kichik ulgurji savdo magazinlari, 9 ta texnika vositalarini prokatga berish punktlari, tayyorlov va tara-remont korxonalari, maxsu­lotlarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarish istehmoliga tayyorlash tsexlari va uchastkalari, savdo uylari va bolqa bozor tuzilmalari ishlab turibdi.

"Uzulgurji birja savdo" tashkilotlari - assotsiapiyaning ahzolari tovarlarni xarid qilish va respblika istehmolchilariga sotishni amalga oshiradilar, tijo­rat-vositachilik, savdo, transport, moliyaviy, auditorlik, axborot xizmatlarini mulkchilik shakllaridan qatьiy nazar barcha korxonalar va tashkilotlarga kontrakt-shartnoma asosida ko’rsatadilar.

Respublika bozorining davlat extiyojlari uchun maxsulotlar va tovarlar bilan tuldirish asosan ularni Xukumatlararo savdo-iqtisodiy bitinsharga muvofiq MDX, davlatlaridan yetkazib berish, xom ashyo, materiallar va uskunalarni bevosita tayyorlovchilardan to’g’ridan-to’g’ri tijorat shartnomalari bo’yicha xarid qilish uchun bilan amalga oshiriladi.

Infratuzilmaning amal qilish mexanizmi

Bu mexanizmni soddalashtirilgan misolda bayon qilib, asosii ishtirok etuvchi shaxslar, ularning xattixarakati va o’zaro tahsirini ifodalaymiz.

Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar jarayonining asosii uchastkalari:

* maxsulot (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi; tovar-xom ashyo birjasining vositachisi;

* tijorat banki;

* ulgurji baza (konsignatsion ombor);

* avtotransport korxonasi, yuk avtomashinalar egasi.

Maxsulot tayyorlovchi agent. Yakin atrofdagi xo’jaliklarning ishlab chiqarish imkoniyatlari, joriy yildagi bozor narx-navosiga oid bilimlari, jaxondagi narxlar to’g’risidagi axborotlarga asoslanib, maxsulot tayyorlash bo’yicha agent:

* yaqin atrofdagi xo’jaliklarda yetishtirilayotgan barcha turdagi maxsu lotlarga bozor talabini tahminlaydi;



* ishlab chiqaruvchilardan xar bir maxsulot turi bo’yi­cha foydalanilayotgan maxsulot hajmlarini aniqlab chiqadi; * tayyorlov narxlarini xisoblab chiqadi va maxsulot yetkazib berish uchun forvard xamda fьyuchers bitishuvlarining loyixalarini tayyorlaydi;

* tayyorlov bazasi bilan barcha turlari bo’yicha max­sulot yetkazib berish- ning muljallanayotgan xajmlarini kelishib oladi; * baza mavjud sovutish quvvatlari, maydonlar va bir pula saqdanadigan maxsulot xajmlaridan kelib chiqib, xar bir agentning maxsulot tayyorlash xajmiga aniqliklar kiritadi;

* baza tomonidan kiritilsgan tuzatishlarni xisobga olib, ishlab chiqaruvchilar bilan maxsulot yetka­zib berishga kontraktlarni rasmiylashtiradi;

* maxsulot ishlab chiqaruvchilarga avans uslubida tuzilgan bitishuvlarni to’lash uchun qarz (tayyorlov bazasidan, bankdan yoki boshqa qarz beruvchi muassasalardan) oladi;

* tuzilgai bitishuvlar asosida maxsulot yetkazib be­rish uchun fьyuchers kontraktlari tayyorlaydi va ularni, bitishuv ko’lamlariga bog’liq xolda, tayyorlov bazasi orqali unga xizmat ko’rsatayotgan vositachiga beradi.

Tovar- xom ashyo birjasining vositachisi.

  • Kelgusi yil uchun maxsulot xajmlarini taxminlash bo’yicha axborotlarni to’plash va taxchil kilishni;

  • o’tgan yillarning axboroti asosida qishloq xo’ja lik madsulotlarini uning turlari bo’yicha ichki xo’jalik istehmoliga, sanoatda qayta ishlashga, ichki bozorga taqsimlanishining taxlilini, istehmolchi mamlakat tashib borish vositalari (transport turi), transport xizmatlariga tariflar, tovar birligining narxi va yetkazib berish shartlari singari omillarni xisobga olgan xolda chetga chiqarishni;

  • olinadigan xosilning qishloq xo’jalik maxsulot-lariga eqin turlari bo’yicha ulgurji va chakana narxlarini taxminlashni;

  • moliyaviy cheklanganlikdan (o’z mablaglarining mavjudligi, qarz olish imkoniyati va shu kabilar) kelib chiqib fьyuchers kontraktlari bo’yicha bitishuvlar xajmlarini rejalashtirishni;

  • bitishuv xajmlarini ichki va tashki bozorlarning ulgurji bazalari, kichik ulgurji savdo bo’yicha, keyinchalik kichik ulgurji oldi-sottiga sotish uchun maxsulotni konsignatsion omborlarda uzoq muddatli saqdash bo’yicha taqsimlashni;

  • rejalashgirilgan bitishuvlardan kushgan foydani xisob-kitob qilib, uni bitishuvlar ko’lamlarini kengaytirishga, ichki istehmolga, yuqori foizli foyda keltiruvchi investitsiyata, sug’urta va pul jamgarmatariga taksimlashni amalga oshiradi.

Tijorat banki

  • Bank xizmat ko’rsatadigan mintaqa qishloq xo’ja­lik maxsulotlari yetishtirish va qayta ishlash to’g’risidagi statistik axborotni yig’adi;

  • axborotlarni taxlil qiladi, kelgusi yilgi kishloq xo’jalik max sulotlari yetishtirish va qayta ishlash xajmlarini taxminlanlaydi;

  • korxonalar daromadlari va xarajatlarining yiriklashtirilgan baxosini belgilaydi;

  • investitsiya loyixalarini bajarishga buyurtmalar ekspertizasini amalga oshiradi, ular orasidan eng foydali, ishonchli, yuqori kadrlilarini tanlab oladi;

  • maxsulotlar tayyorlash bo’yicha agentlarning, tovar xom ashyo birjasi dallollarining ular maxsulot ishlab chiqaruvchilarga for­vard va fьyuchers kontraktlari asosida avans berishlari uchun qarz berishni taxlil etadi;

  • Kredit resurslariga maxsulotlar tayyorlash bo’yicha agentlarning, ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega bo’lgan korxonalar, ulgur­ji bazalarning ishlab chiqarishni rivojlantirish loyixalarini ro’yobga chiqarayotgan investorlarning, fьyuchers kontraktlari asosida bitishuvlarni rasmiylashtirish uchun brokerlarning kre­dit resurslariga extiyojini tahminlaydi.

  • Kreditlar bo’yicha cheklovlarni xisobga olgan xolda taxminlash mahlumotlarini to’g’rilab, bozorning yuqorida sanab o’tilgan agentlariga kel­ gusi yil uchun moliyaviy mablag’lar ajratish rejasini ishlab chiqadi.

Ulgurji baza, (konsignatsion ombor). U:

  • maxsulotning xar bir turi bo’yicha saqlash xajmlari, saqdash omillari (muzlatish, mashinada)

  • transport xizmatlariga xarajatlarni natura va qiymat ifodalarida taxminlandi;

  • yuk tashish tariflari va .ulardan tushadigan daromadlarni taxmin laydi;

  • Taxmin kilingan yuk tashish xajmlari mahlumotlariga ko’ra yoqilni, extiyot qismlar, xarakat tarkiblarini yetkazib berishga shartnomalar tuzadi;

  • rejalashtirilayotgan xizmatlar xajmidan kelib chiqib, kutilayotgan foydani xisob-kitob qiladi va uni ishlab chiqarishni rivojlan- tirishga;

  • ichki istehmolga, pul jamgarmalari tuplashga taksimlaydi.

Mahsulot (xizmat) ishlab chiqaruvchilarning infratuzilma bilan o’zaro xamkorligi. Qishgloq xo’jalik maxsulotlarini tayyorlash bo’yicha agent maxsulot yetkazib berish, shu jumladan kelgusi yil xosilidan xam maxsulot yetkazib berishga forvard (fьyu­chers) bitami tuzadi, unta muljallab kredit oladi, tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqaruvchiga avans puli beradi va o’z navbatida maxsulot yetkazib be­rishga baza bilan kontrakt tuzadi.

Baza shu kontrakt asosida savdo-xom ashyo birjasida fьyuchers kontraktini rasmiylashtiradi.

Ishlab chiqaruvchi olingan qarzga asoslanib o’z shaxsiy va xujalik sarfxarajatlari - yokilgi, extiyot qismlar, asbob-uskuna sotib olish, ishchi kuchini yollashga ketadigan xarajatlarni to’laydi.

Ishlab chiqaruvchi servis, remont-texnika xizmatlari va boshqalar bilan o’z texnikasiga xizmat ko’rsatish, ekinlar va mevazorlarga kimyoviy ishlov berish va shu kabilar va sug’urta kompaniyasi bilan kelgusi yil xosili-ni sugurtalash yuzasidan shartnomalar tuzadi.

Birjada ichki va tashki savdo bilan shugullanuvchi ulgurji bazalar, shuningdek qayta ishlash korxonatari bi­lan bi­lan maxsulot yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi. Fьyuchers kontraktlari asosida birjada kelgusi yillar xosiliga narxlar qiymati shakllanadi.

Kontrakt egasi maxsulotlarni tashib berishga transport korxonalari, yuk mashinalarining egalari (yuk mashinalari eganarining uyushmasi), temir yo’l bilan shartnomalar tuzadi.

Transport korxonalari sug’urta kompaniyalari bilan xosilni tashib berishga shartnoma tuzib, uzlarini poezdlar to’qnashishi, ko’priktar, yo’llar buzilishi, yer surilishi, cho’kishi va shu singari yuklarni yetkazib beripshi kechiktiruvchi, xatto tabiiy ofatlar mintakasiga tushib qolgan transport vositalarini yo’q qilib yuboruvchi xolatlarni keltirib chiqaruvchi tabiat ofatlaridan sug’urtalaydilar.

Ulgurji bazalar kichik ulgurji savdogarlar va chakana savdo korxonalari bilan maxsulot yetkazib berish yuzasi­dan shartnomalar tuzib, shu kontraktlarga kerakli qarzni bankdan oladilar.

Servis xizmatlari ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni bajaradilar va o’zlariga tegishli xaqni oladilar.

Ishlab chiqaruvchi agentga fьyuchers kontraktida ko’zda tutilgan xajmda qishloq xo’jalik maxsulotlari yetkazib beradi. Agent butun kontraktning qoldiq qiymatini to’laydi.

Transport korxonasi maxsulot egasi bilan tuzilgan kontraktga binoan maxsulotni ishlab chiqaruvchidan ulgur ji bazalarga yoki qayta ishlash korxonalarining konsig­natsion omborlariga tashib beradi. Maxsulotni qabul qilib oluvchilar uni yetkazib berganlik uchun xak to’laydilar.

Ulgurji korxonalar, konsignatsion omborlar kontraktda belgilangan muddatlarda maxsulotni kichik ulgurji sotuvchilarga va chakana savdo korxonalariga yetkazib beradilar va unga pul oladilar.

Kichik ulgurji sotuvchilar va chakana savdo korxonalari maxsulotni ishlab chiqarish va shaxsiy istehmol bozoriga chiqaradilar, sotio’dan daromad oladilar.

Ishlab chiqaruvchi ortiqcha maxsulotni (tuzilgan kontraktlardan ortib qolganini) yaqin oradagi bozorlarga va qayta ishlash korxonalariga yetkazib

berishi uchun transportga buyurtma beradi va bu maxsulotni sotio’dan naqd pul oladi.

Ishlab chiqaruvchi auditor xizmati bilan yillik xisobotni tayyorlashda yordam ko’rsatish uchun kontrakt tuzadi, olgan yordami uchun xaq to’laydi, faoliyatining natijalari bo’yicha solik to’laydi.

Savdo-tijorat bitishuvlari chog’ida ulgurji savdo paytida qarzni tushumdan birvarakayiga qoplash eng ko’p ko’llaniladigan tajribadir.

Tovarlar bo’lib-bo’lib, kichik turkumlarda va chakanasiga sotilganida esa, qarz tushgan daromadlardan qismlarga bo’lib to’lanadi. Qarzni to’lash qarzdorning xujjatlariga asosan amalga oshirilishi mumkin. Bu muddatli majburiyatlar, yoxud to’lov qog’ozlari, yoki tushum bevosita qarz xisob raqamiga o’tkazilishi ko’rinishida bo’ladi.

Har qanday xolatda qarzni to’lash tartibi kredit shartnomasida qayd qilib o’tiladi.

Bunda, agar qarz va xisob-kitob raqamlari turli banklarda bo’lsa, u xolda bu banklar o’rtasidaga xujjat aylanish muddati nazarga olinadi. Xujjatlar aylanishiga kettan davr qarzdan foydalanishning umumiy muddatiga kiradi.

Amalda qarzni to’lash muddatlari kredit shartnoma­sida ko’zda tutilgan muddatlardan farq kilishi mumkin.

Kredit bo’yicha qarzni to’lash:

  • muddatidan ilgari;

  • belgilangan muddatlarda;

  • belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirilishi mumkin.

Bu xolatlarning xammasi va bankning munosabati shartnomada ifodalan gan bo’lishi kerak.
3. Bozor infira tuzilmasini barpo qilish muammolari va ularni hal etish choralari

Respublikada kichik biznesni rivoj­lantirish uchun bozor infratuzilmasi barpo etilmoqda. SHu o’rinda taokidlab o’tish joizki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tarraqqiyot yo’lida maolum to’siqlar va kamchiliklarni kuzatish mumkin. Ayrim kichik korxonalarlar va yakka tadbirkorlarni aksariyati o’z faoliyatida xom-ashyo va materiallarning ko’plab turlari, ayniqsa yuqori likvidlik materialalarga muxtojliklari sezilarli, joylarda tadbirkorlar birja va auktsion savdolarda qatnashishga, xom-ashyo va materiallarni yuqori likvidlik turlarini sotib olishga, sotilayotgan tovarlar ro’yxati ularni qoniqtirmayotganligi muammolari ham ko’plab uchraydi.

Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 5 fevraldagi “Maqsulotlar, xom-ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to’ьrisida”gi 57-sonli qarori qabul qilinganidan so’ng birja va auktsion savdolarida sotilayotgan tovarlar ro’yxati ancha kengaydi. Ushbu resurslar qatorida neft mahsulotlari, qora va rangli metallar prokati, mineral o’git, paxta linti, o’simlik moyi va boshqalar sotilmoqda.

SHu bilan birga, Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 mayda qabul qilingan “Mol-xom ashyo birjalari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’ьrisida”gi 251-sonli qarorida respublikaning mol-xom ashyo birjalari faoliyatida kichik va xususiy tadbirkorlik sube’ktlari ishtirokini raьbatlantirishga qaratilgan qator imtiyozlar ko’zda tutilgan, lekin ulardan juda kam foydalanishadi. Bugungi kunda, kichik va xususiy biznes vakillarining tovar-xom ashyo birjalari orqali savdolardagi ishtirokining o’sishi ko’zatilmoqda. Kichik va xususiy biznes, tadbirkorlikning umumiy tovar aylanmasidagi ulushi mahsulotlarning birja hamda auktsion savdolari orsali ega bo’lishi imkoni taominlangani hisobiga 1,5 foiz oshdi, hamda 55,5 foizni tashkil etdi.

Lekin mazkur sohadagi uammolar mavjud. Muxim muammolardan yana biri kichik va xususiy biznes subektlarini moddiy-texnika resurslari bilan taminlashdir

Birja savdolarini rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi quyidagi kamchilik va muammolar mavjud:

• Reklama xarajatlari meoyori 5 foiz miqdorida belgilanganligi reklama faoliyatini jonlantirishga to’sqinlik qilmoqda;

• O’zqurilish materiallari, O’zmashsanoat, "O’zqishloqxo’jalikkimyo" uyushmalari tizimlarida mayda ulgurji savdo do’konlarini tashkil etish ishlari sust amalga oshirilmoqda. Mazkur infratuzilmalar hali ham kichik biznes subektlarining o’sib borayotgan talab va extiyojlarini qondira olmayapti.



Birinchidan, kichik biznesni rivojlantirishga tadbirkorlarning bilim va tajribalari yetishmasligi, shuningdek, ularni axborot va maslaxat bilan taominlash tizimlari faoliyatining takomillashmaganligi to’siq, bo’lmoqda. Ko’pincha, joylarda qishloq tadbirkorlariga zarur bo’lgan tashkiliy-uslubiy yordamlar ko’rsatilmayapti. Maslaxat markazlarining vazifalarini takomillashtirish, tadbirkorlarga amaliy yordam ko’rsatish, yaoni taosis xujjatlarini ishlab chiqish, biznes rejalar tuzish, kredit olishga arizalar berish, buxgalteriya xisobi va xisobotlarini tashkil etish, auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa maslaxat xizmatlari ko’rsatishda ko’maklashishdir.

Ikkinchidan, kichik biznes subektlarining moddiy-texnika resurslaridan, xom ashyo va materiallardan lizing, mayda ulgurji savdo va servis xizmati tarmoьidan foydalana olish imkoniyatlarini kengaytirish

Uchinchidan, tashqi bozorga chiqishida, yaoni eksport shartnomalarini tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida ro’yxatdan o’tkazish va bojxona organlarida hisobga olish, tovarlar va xizmatlarni chet elga sotishda yordam ko’rsatish borasida bir qancha muammolar mavjud.

To’rtinchidan, kichik biznes korxonalarining xom ashyo va materiallardan foydalanish, tayyor mahsulotlarni sotish imkoniyatlarini kengaytirish, tashkil qilish uchun mayda ulgurji bozorlar, yarmarkalar tizimini kengaytirish, ulgur­ji bozorlar qoshida moddiy-texnika taominoti, ijara, saqlash, transport xizmati ko’rsatish bo’limlarini tashkil etish yullari orqali savdo mexanizmlarini takomillashtirish zarurdir. Bu ishlarni amalga oshirish natijasida respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga sezilarli darajada taosir etish mumkin.

Qisqa xulosalar

Iinfratuzilma kichik biznesni rivojlantirishda muhim turtki bo’lib xiz­mat qiladi. Qaysi mintaqada infratuzilma yaxshi tashkil etilgan bo’lsa, shu mintaqada yangi kichik biznes subekt­lari ko’proq, paydo bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish joylarini yaratish va shu orqali ish bilan bandlik muammosi bir qadar hal etilishiga erishishni, aholining real daromadlarini ko’paytirish imkoniyatlari paydo bo’lishini, soliqlar tushumining ko’payishini, mahalliy byud­jet daromadlarining o’sishini, iqtisodiyotda soьlom raqobat muhitining yaratilishi hamda turli sektorlar orasidagi o’zaro aloqalarning mustaxkamligini taominlaydi.


Tayanch iboralar

Infratuzilma, bozor infratuzilmasi, brokerlik idolari, ulgurji va chakana savdo tuzilmalari, lizing, konsalting va suьurta kompaniyalari, bojxona xizmati, axborot – maslahat markazlari, injinering va auditorlik firmalari faoliyati


Nazorat va mulohaza uchun savollar

  1. Bozor infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz?

  2. Infratuzilma muassasalarining maqsadi nimadan iborat?

  3. Infratuzilma xizmat ko’rsatish sohalari majmuasi tarkibiga qanday obektlar kiradi?

  4. Kichik biznes infratuzilmasi xususiyatlari nimalardan iborat?

  5. Bozor infiratuzilmasini barpo qilish muammolari nimalardan iborat?

  6. Bozor infiratuzilmasini barpo qilish muammolarini hal etish choralari nimalardan iborat?

  7. Kichik biznes korxonalari uchun infratuzilma muassasalarini rivojlantirish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim?

  8. Biznes muxit deganda nimani tushunasiz?

  9. Respublikamiz xukumati tomonidan biznes muxitini yaratish uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

11-Mavzu: KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA BANKLARNING O’RNI
Reja

  1. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish ahamiyati va manbalari.

  2. Tadbirkorlik faoliyatida banklarning roli.

  3. Kredit mablag’lari va ularni berilish tartibi

  4. Kichik biznes va tadbirkorlikni kredit bilan ta’minlash shakllari .


1. Kichik biznesni rivojlantirishda banklarning roli

Bozor iqtisodiyotiga htilishi tufayli jamiyatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va xukumat tomonidan real xayotda amalga oshirilmokda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatni boshlanishi davlatning yakindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib borishi mumkin. Jumladan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragbatlantirish to’g’risida»gi 1995 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonunda kichik va xususiy tadbirkorlikni kullab kuvvatlashda banklarni rolini oshirib borishga aloxida e’tibor berilgan.

Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog’lik bo’lib, ular olib borayotgan faoliyat xom ashyoni sotib olish, ishlab chikarilgan tovarlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga hak to’lash, ish xaqi bilan ishlovchilarni ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar ya’ni olingan foydadan, daromaddan soliq tulash, transport, kommunal xizmatlar uchun to’lovlarning barcha turlari banklar orqali, o’z navbatida olinadigan kreditlar ham boshqa hisob-kitoblar ham banklar orkali amalga oshadi.

SHuni alohida tahkidlash kerakki, mamlakatimiz mustakillikka erishguncha bank va banklar bilan bo’ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xo’jaligini muhim xo’jalik yuritish qismi bo’lgan kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barcha faoliyati banklar bilan bog’langanligi bugungi kunda hammaga ma’lum bo’lib qoldi. SHuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda masalan AKSHda bank tizimini faoliyati nihoyatda rivojlangan bo’lib, tadbirkorlarni aktiv iqtisodiy faoliyat ko’rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat ko’rsatadi.

Umuman bank operatsiyalari passiv va aktiv operatsiyalardan iborat bo’lib, passiv operatsiyalar pul mablag’larini ma’lum biror yunalishga safarbar etishga qaratilgan. Banklar passiv operatsiyalar orkali jamg’armalarni va vaqtinchalik bo’sh turgan mablag’larni ishlab chiqarishga safarbar etib foyda oladi.

Aktiv operatsiyalar turli harakterdagi kreditlarni berish operatsiyalari bilan bog’liq bo’lib, quyidagi elementlar bo’yicha turkumlanadi:


  • Muddatlari bo’yicha kreditlar 1 yillik, 5 yillik va 7-10 yilga muljallangan bo’lishi;

  • Kreditlarni xajmi bo’yicha kichik, o’rta, yirik mikdorda har bir mijozga individual va moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;

  • Ayrim turlari bo’yicha maxsus kafolatni talab talab kilmaydigan, garov evaziga berilmaydigan kreditlar;

  • Kreditorlarni turlaribo’yicha ya’ni davlat, tijorat, xususiy va boshqa turlari bo’yicha berish;

  • Zayomni turlari bo’yicha yuridik shaxslar va xakozalarga berish;

  • Vaktinchalik foydalanish uchun investitsiya, iste’mol uchun, qarzlarni tulash asosan eksport va import operatsiyalarini bajarish uchun beriladigan kreditlar.

Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk egaligining kichik va xususiy tadbirkorlik shakli korxonalari o’z faoliyatida turli banklar bilan muomalada bo’ladilar. Bu jarayon avvalo oldingilaridan fark qilgan holda ancha murakkab hisoblanadi, chunki oldingi jarayonlar asosan korxonalar orkali bank uz faoliyatini olib borganligi bilan xarakterlanadi. Tadbirkorlik faoliyati shakllanishi tufayli banklar xususiy mulk egalari va kichik korxonalar faoliyati bilan bog’lik operatsiyalarni bajarishga o’z imkoniyatlarini safarbar etib boradilar.

Turli mulkchilik sharoitida respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvatlash to’g’risida 1995 yil 14 fevraldagi Vazirlar maxkamasining № 55 qarorida O’zbekiston xududidagi barcha tadbirkor banklarni kichik va xususiy tadbirkorlarga hisob raqamlarini 3 kun ichida ularni arizalari va xokimiyatda ro’yxatga olinganliklari to’g’risidagi guvohnomalari asosida boshqa keraksiz xujjatlar talab qilmay ochishlari to’g’risida ko’rsatma berilgan. Bu qaror tufayli republikada minglab kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barpo etilishiga imkoniyat yaratilib, bu soxadagi korxonalar soni kundan-kunga ko’payib bormokda. SHu bilan birga kichik va xususiy tadbirkorlar xorijlik mulk egalari, tadbirkorlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradigan bo’lsa, davlat valyuta operatsiyalari olib borishga ruxsat berdi. Respublika banklari bilan tadbirkorlar o’rtasida bo’ladigan shartnomalar, tovarlar savdosi, xizmatlar bo’yicha bo’ladigan tulovlarni erkin konvertatsiyalashtirilgan valyutada amalga oshirish mumkin.



Tadbirkorlarni banklar bilan bo’ladigan operatsiyalarida turli erkinliklar berib qo’yilganligi shunda namoyon bo’lmoqdaki, xususiy tadbirkor o’z jamg’armasini O’zbekistonni turli banklarida o’z hisob schyotida saklashi, kredit va kassa operatsiyalarini bajarish xuquqiga ega hisoblanadi. Banklar bilan tadbirkorlar o’rtasidagi munosabatlarda amal qilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan pul o’tkazish yo’li bilan hisob-kitoblar olib borish mumkin. Banklar tadbirkor schyotida pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar va boshqa muhim ahamiyatga ega bo’lgan xujjatlarni saqlashi bilan kafolatlab beradi. Banklar tadbirkorlar va mijozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda pul egasi tomonidan topshirik kog’ozi bankka kelib tushishi bilan 12-13 soat davomida keyingi operatsiyala rbajarilishi zarur.

Tadbirkorlar bilan bank o’rtasidagi kredit berish bo’yicha bo’ladigan operatsiyalar ikki tomon o’rtasida imzolangan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Operatsiyalarni muvaffakiyatli bajarish uchun har bir tadbirkor «Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi» Respublika qonunlarini chukur o’rganib, unga rioya qilishi lozim.

Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik korxonalarini hayoti va iqtisodiy faoliyati valyuta operatsiyalari bilan bog’likligi ma’lum. Tadbirkorlik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda ham milliy valyuta hamda xorij valyutasida operatsiyalarni bajarishga to’g’ri kelmoqda. Ayniqsa tashqi savdo bevosita valyuta operatsiyalari bilan bog’lik hisoblanadi.

Valyuta operatsiyalari valyuta kursi bo’yicha ikki tomon valyutasi nisbati solishtirilib amalga oshiriladi. AQSH dollari valyuta kotirovkasida baza sifatida xalqaro maydonda qabul qilingan. Boshqa mamlakatlar valyutasi kurs bo’yicha AQSH dollariga solishtirilib boriladi. Dollar kursi abadiy bo’lmay, bu ham o’zgarib turadi. Valyuta kursini o’zgarib turishi har kuni ham bo’lishi mumkin. SHuning uchun banklar kursni bank faoliyat boshlash vaktidagi yoki yopilishi vaktidagi kurslar bo’yicha hisob-kitob ishlarini olib boradi. Valyuta kursini o’zgarib borishi hakida har haftada matbuotda jadval berib boriladi. Bu axborot tadbirkorlarni iqtisodiy faoliyatida muhim hisoblanadi. Valyuta operatsiyalarida asosiy o’rinni kredit, qimmatli qogozlar, valyutani foyda olish maqsadida sotib olish va sotish kabilar egallaydi. Xo’jalik yuritish jarayonida hozirgi kichik va xususiy mulk egalari valyuta hisob-kitob raqamiga ega bo’lish xuquqini olib, erkin tarzda valyutani sotib olishlari ham mumkin. Tadbirkorlar xorij firmalari va tadbirkorlari bilan savdo qilishlari natijasida valyutani erkin sotib olish xuquqiga ham egadirlar.

Umuman bozor iqtisodiyoti jahondagi yirik rivojlangan mamlakatlarni muomaladagi valyutalarini mamlakat ichki bozorida harakat etishi uchun xuquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Tadbirkorlar valyuta bilan bog’liq bo’lgan faoliyatlaridan samarali foydalanib, xorij valyutasiga yangi texnika va zamonaviy texnologiya xarid qilib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalarida xizmatni sifatini oshirishga, ishlab chiqarish soxasida sifatli tovarlar ishlab chikarib, uning realizatsiyasidan katta foyda olish imkoniyatlariga ega bo’ladilar.




        1. Kredit mablag’lari va ularni berilish tartibi

Bozor iktisodieti sharoitida ishlab chikarish va xizmat kursatish korxonalarining asosiy qismini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektalri tashkil etadi.CHunki kichik korxonalar bozor sharoitiga tez moslashuvchan va kam xarjat talab kiladigan sektor hisoblanadi. Umuman ,bugungi kunda bozor iktisodietining muxim talabi – kam mexnat sarfla-gan xolda, ko’prok va sifatli maxsulot ishlab chikarish, kishilrning talab va extiejlarini tula konrish va shu asosida foyda olishdan iborat.Bunda ishlab chikarishni xarakatlantiruvchi kuch tadbirkorlikdir.

Respublkamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektalrini kullab- kuvvatlash xam-da ularning rivojlanishi uchun barcha shart- sharoit-lar yaratilgan bulib,doimiy ravishda rag’bat-lantirish va iktisodiy jihat-dan kullab-kuvvatlash maksadida , ularga turli xil soliklardan ozod kilish hamda imtiyozli foiz stavkalarini kullagan holda bank kreditlaridan foydalanish imkoniyatlari berilgan. Lekin ularni tashkil etish sur’atlari ,muttasil rivojlanib borishi umumiqtisodiy hayotdagi o’rni bozor iktisodiyotining talablariga hali tulik javob bera olmaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivoj-lanish yullarida hali tusiklar ko’p.Bozorning naxr-navo uzgarishiga ta’sirchaanligi, ishlab chikarilgan maxsulotlarning sifati pastligi va boshka siyosiy – iktisodiy muammolar mavjudligi kredit oluvchining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatmokda.

Mijoz va bank o’rtasida imzolangan kredit shartnomalari har ikki tomon uchun majburiy hisoblanib, ularning o’z muddatida, to’lik bajarilishi talab etiladi. Lekin hozirgi paytda banklar kreditlarni kaytarib olishda muammolarga duch kelmokda .bu esa o’z –o’zidan muammolarning yanada ortishiga hamda “muammoli kreditlar” yoki “sud jarayonidagi ssudalar” hisob varag’ida banklarning summalari ko’payirshiga, daromad keltiruvchi bank aktivlarining chetga tortilishiga olib keladi.

Bugungi kunga kelib, tijorat banklari kredit portfelining ma’lum bir qismini muammoli kreditlar tashkil etadi. Umuman muammoli kreditlar kanday yuzaga keladi? –degan savol tug’iladi. Muammoli kreditlar kuydagi hollarda yuzaga keladi:


1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling