Mening hayot falsafam


Download 40.3 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi40.3 Kb.
#1019578
Bog'liq
MENING HAYOT FALSAFAM SAIDAXMEDOV SHOXRUXBEK



TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI MOLIYA VA BUXGALTERIYA FAKULTETI BR-63 GURUH TALABASI
SAIDAXMEDOV SHOXRUXBEKNING FALSAFA FANIDAN “MENING HAYOT FALSAFAM” MAVZUSIDA YOZGAN ISHI MUSTAQIL ISHI

TOPSHIRDI:SAIDAXMEDOV.SH


TEKSHIRDI:NOROV.T

Men Saidaxmedov Shoxruxbek Yusupjon o’g’li 2004-yilning 7-aprel sanasida namangan viloyati, to’raqo’rg’on tumanida tavallud topganman. Boshlang’ich ta’limni uyda ota-onam qaramog’ida olib keyinchalik o’z mahallamda ya’ni langarbobo mfyda joylashgan 18-umumiy o’rta ta’lim maktabiga 2011-2012-o’quv yilida 1-sinfga qabul qilinganman va ushbu dargohni 2021-2022-o’quv yilida tamomlab toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va buxgalteriya fakultetining buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishiga o’qishga qabul qilindim.bu ma’lumotlar men haqimda umumiy ma’lumotlar edi. Men o’zim haqida,o’z hayot falsamga to’xtaladigan bo’lsam, mening hayotiy dunyoqarashim asosan islomiy ya’ni islom diniga asoslangan bo’lib unda mening hayot tarzim gunohdan tiyilish, savobga intilish,har xil dunyoviy narsalarga qiziqish unchalik ham yuqori darajani kasb etmasligini ko’rish mumkin. men tong saharda yanikim bomdod a’zoni chaqirilmay turib uyg’onish, islom dini farzlarini bajarish eng muhim vazifalarimdan biri deb hisoblayman. avvalroq aytganimdek dunyo ishlarini ya’ni bu dunyodagi o’tkinchi narsalarga qiziqmayman, bu hayotda qolib boqiy hayotga otmaydigan hamma narsadan iloji boricha tiyilishga harakat qilaman ya’ni televizor, internet, kontsert, musiqa kabi narsalardan tiyilaman. shuning uchun mening hayot tarzimda bunday narsalar ortiqcha bo’lib kunlik hayot tarzimda bunday narsalarga vaqt juda oz miqdorda ajratilgan. kunim islom dini farzlarini bajarish bilan o’tadi. bundan tashqari inson yashashi uchun zaruz bo’lgan ish harakatlar, ya’ni nonushta, tushlik va kechki ovqat. bozorlarga borish shopping qilishlikni uncha yoqtirmayman lekin haftada bir marta uy uchun kerakli mahsulotlarni olib chiqib turaman. yana do’stlarim bilan uchrashib turaman va bu uchrashuvlar asosan juma kuni tushlikdan so’ng va boshqa kunlari vaqtga qarab agar iloji bo’lsa uchrashamiz. hozirgi kunlarda esa asosan bor e’tibor va kuchimni yaxshi o’qishga, yuqori baholarni olishg va o’rganyotgan fan va bilimlarimni mukammal o’rganish, amaliyotga tatbiq etishga qaratganman. va shu sabali o’zim uchun ortiqcha deb bilgan narsalarimni hozircha qilganim yo’q. mening hayotimda har doim juma namoziga borishlik an’anaga aylanganini takidlash kerak. chunki musulmon kishi uchun juma kuni peshin vaqtida o’qiladigan namoz farz qilingan shuning uchun men ham ushbu amalni o’zim uchun odatga aylatirganman. mening kunlik, haftalik hayot tarzim shunday o’tadi, buday kundan keyin men xufton namozini o’qib o’z xonamga kiraman, erta tongda turish uchun o’z vaqtida dam olaman va erta tong saharda yana shunday hayot tarzi bilan harakatga tushaman.


bunday hayot tarzi ichida o’z oilamga ham vaqt ajrataman. mening oilam o’zim bilan hisoblaganda 9 kishidan iborat ular ota-onam, 2 ta akam, kelinoyim, 2 ta jiyanim va o’zim. bizning qishlog’imiz azaldan tuman g’alla va paxta uchun berilgan rejalarni bajarishda katta hissa qo’shib kelgan. sobiq ittifoq davrida qishlog’imizdagi insonlarning asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan va shu sababli mening ajdodlarim dehqon, mirob, yerga ishlov beradigan va har xil o’g’it-dori vositalari sochadigan traktorlarni haydab katta miqdordagi yer maydonlarida dehqonchilik qilishgan. bu narsalarni men ko’rmaganman chunki men hali tug’ulmasimdan avval hammalari boqiy dunyoga ketishgan, men faqat oila a’zolarim aytgan gaplarni bilaman. es hushimni tanib bo’lganimda bu dunyodagi yoshi eng katta yaqin qarindoshim katta amakimlar edi. lekin ular ham bu yorug’ olamni tark etib ketdilar va shu sabali ham oilamiz shajarasi haqida kamroq ma’lumotga egaman. bobomlar hamda amakilarim asosan, sobiq ittifoq vaqtida aholiga bo’lib berilgan yer maydonlarida hosili yaxshi bo’lgan paxta navlarini ekib yetishtirishgani, sobiq ittifoq parchalangandan keyin fermer xo’jaliklariga bo’lib berilgan yer maydonlarida miroblik va traktorlar yordamida bajariladigan ishlarda xalqimizga ozmi-ko’pmi yordam berishgani, dadamlar esa quruvchi ustaga shogird tushib quruvchilikni o’rganganlari haqida ko’p gapirishadi. oilaviy suhbatlar, qarindoshlar bilan yig’inlarda esa har xil vaziyatlarda sodir bo’lgan hangomalar haqida juda ko’p hikoya qilishadi. ba’zan shu hikoyalarni eshitib nimaga shu payt tug’ilmaganman, nega shu voqea-hodisalarni o’z ko’zim bilan ko’rmaganman deya savol beraman o’zimga o’zim. lekin bizni yaratgan allohga shukur qilib peshonamga yozilgani, taqdirim shu ekan, yaxshiyamki o’sha qiyinchilik zamonada tug’ilmaganman deya o’zimga o’zim tasalli beraman. to’g’risini aytganda o’sha zamonlar o’ta qiyinchilikda o’tganini doim qayta va qayta aytishadi, chunki
u paytlarda tirikchilik uchun va hatto undan ham ortadigan mablag’ bo’la turib nonga to’yilmagan ekan. chunki sobiq ittifoq asosan paxta ektirgan va shu sababli ham don mahsulotlarida kamchilik mavjud bo’lgan. bu vaqtlarda boshqa don mahsulotlaridan unga o’xshash mahsulot olinib o’sha mahsulotlardan non qilingan va tirikchilik qilingan. mening oila shajaram haqida bilganlarim shulardan iborat, jiyanlarim bizning qishlog’imizda dunyoga kelgan 13-avlod ekan.
mening hayot falsafam haqida gapiradigan bo’lsam, avval aytganimdek mening hayot falsafam islom diniga asoslangan.
chunki islom dini eng mukamal din va falsafadir. agar inson o’z hayot tarzini islom shariatidagi farz va sunnatlardan tashkillashtirsa, bu inson hayot yo’lida qiyinchilik va boshiberk yo’llarga kirib qolmaydi. islom dinidda qiyomat, jannat va do’zax kabi tushunchalar bo’lib, inson bu dunyoga sinov uchun yuborilgani, qiyomat kunida qilgan har bir ishi uchun savol-javob qilinishi, shu qilgan ishlari orasida yaxshilik va savoblari ko’p bo’lsa jannatga, aksincha bo’lsa, ya’ni gunoh va yomonliklari ko’p bo’lsa do’zaxga tushishi aytilgan. inson uchun eng yaxshilarini o’rgatuvchi din bu islomdir, shuning uchun ham men o’z hayot falsafamni islom dini asosida qurishga, tashkil etishga harakat qilaman. bu yo’lda men allohga shirk keltrimay, kufrdan ushoqlashib, qiyomat va qabr azobidan qo’rqib allohga itoat qilaman, jannat va qiyomat kuni alloh taolining arshi soyasida bo’lishlikdan umid qilib duo qilaman, qo’limdan kelgan savob ishlarni qilaman. men ushbu haqiqatlarni yozarkanman hurmatli prezidentimiz shavkat mirziyoyevning: ‘’islom-haqiqatni anglash demakdir, u odamzodga ezgu amallarni bajarishga undaydi, xar birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haiqiqy inson bo’lishni o’rgatadi’’ degan so’zlari esimga tushadi. haqiqatda ham shunday chunki islom dinini o’rgatadigan harqanday manba borki yomonlik uchun alloh taoloning g’azabini, yaxshilik uchun esa robbimizning rahmatini ifoda etuvchi oyat hamda kalimalardan iboratdir. bevosita manbalar haqida gap borarkan, islom dini haqida ilm o’rgatadigan manbalar muqaddas hisoblanib ular asosini 4 ta manba tashkil etadi, bular: qur’oni karim, xadisi sharif, ijmo’ va qiyos manbalaridir. qur’oni karim eng muqaddas kitobdir. u 30 pora (qism), 114 sura, 6236 oyat, 77439 kalima,325743 harfdan iborat bo’lib u yer yuziga tushirilgan din va e’tiqodga amal qilmagan qavmlarga berilgan jazo, har xil odob qoidalari haqida mukammal hikoya qiliuvchi kitob ekanligini dunyo olimlari ham ta’kidlashgan.biz odamzotga ko’plab payg’ambarlar berilgan, ular orasida muhammad mustafo s.a.v oxir zamon payg’ambari sifatida oxir zamon dini - islomni bizga olib kelganlar va ularning ibratli nasihatlari, maslahat va gaplari bizga xadis sifatida yetib keldi va alloh taoloning kalomidan keyingi ikkinchi muqaddas manba sifatida e’tirof etiladi. ijmo’ esa qur’oni karim va xadisi sharifda aniq aytilmagan masalalarni din olimlari tomonidan o’tkazilgan yig’ilishda bir fikrga kelgan holda berilgan ko’rsatma sifatida tushunishimiz, fatvo deb qabul qilishimiz kerak. qiyos qur’onda, xadisda va ijmo’da aniq yechimi berilmagan masalani shunga o’xshash masalaga qiyosan yechim berishdir. bu manbalar haqida o’qib shu narsa aniqki islom dini hech qanday masalani yechimsiz qoldirmaydigan mukammal dindir. shuning uchun inson o’z hayoti davomida islom dini falsafasini o’z hayot falsafasiga aylantira olsa bu inson hech qanday qiyinchilik hamda yechimsiz vaziyatga tushib qolmaydi. men ham o’z hayot tarzim va falsafamni ham islom asosida qurishga harakat qilaman va qo’limdan kelganicha islom dini asosida qurganman. yaqin kelajakda o’zim boshchiligimda bo’ladigan oilam ham islomiy bo’lishi uchun harakat qilaman.
yuqorida ta’kidlab o’tganimdek mening hayotiy falsafam islomdan iborat. men hayotiy faoliyatim davomida insonlarga yaxshilik qilish, yomonlik qilishdan qaytish uchun harakat qilishdan hech qachon to’xtamslikka intilaman. falsafiy qarshlarim tufayli birovga yomonlik qilishdan hamda ba’zan qilib qo’yishim mumkin gunohlardan qaytishga doimo harakat qilaman. men bu harakatlarim natijasini hamma birddek savol-javob qilinadigan qiyomat kunida alloh taolodan nus-
rat olishga ishonaman. mening dunyoqarashim, falsafam shunday va shu falsafam uchun allohga hamdu-sanolar, bunday falsafiy qarashga sababchi bo’lgan islom dinini biz musulmonlarga olib kelgan payg’ambarimiz muhammad mustafo s.a.v ga durudi-salovotlar aytaman. o’ylaymanki o’z fikrimni, falsafiy qarashlarimni ushbu esseda aniq hamda tushunarli tarzda bayon qilib bera oldim, ya’ni mavzudan chetlashmagan holatda kerakli jihatlarni yoritib berdim deb umid qilaman. e’tiboringiz uchun rahmat!
Download 40.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling