Metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi 3-Seminar Mavzu: Ta’lim tamoyillaridan o’quv faoliyatini tashkil etishda foydalanish. Ajiratilgan vaqt: 2-soat Darsning maqsadi


Download 25.63 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi25.63 Kb.
#1697660
Bog'liq
3 seminar


Metodika fanlarini o’qitish texnologiyasi
3-Seminar
Mavzu: Ta’lim tamoyillaridan o’quv faoliyatini tashkil etishda foydalanish.
Ajiratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi:Talabalarga ta’lim tamoyillaridan o’quv faoliyatini tashkil etishda foydalanish to’grisida ma’lumot berish hamda yangi metodlardan foydalangan holda mashg’ulot ishlanma tuzishga o’rgatish.
Ishning bajarilish tartibi:

  1. Talim tamoyillari haqida talabalarning shaxsiy fikrlari

  2. O’quv faoliyatida ta’lim tamoyilidan foydalanish haqida.

  3. Mavzuga oid metodlar.

Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: Venn diagrammasi hamda o’yin metodining harakatli o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I.Talabalar bilan salomlashib olib kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “Xat” kuni.Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari sirli ravishda “xat” tayyorlab kelishadi va o’qib berishadi. O’qituvchi esa eng qiziqarli xat egasini taqdirlaydi.
II.Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot:Ta’lim (o’qitish) jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Unda o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun-qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq.Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq holdabir sistemani tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchi-talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqilfikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq etish muhim muammolardan biridir.


VENN DIAGRAMMASI
USULI
O’rganilayotgan ob’ektlarni taqqoslash,o’xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun qo’llaniladi.Diagrammadagi doirachalar alohida ob’ektni, kesishmalar esa ulrning o’xshash va bog’liq jihatlarini bildiradi.
Talabadan ob’ektlarning alohida (1-3), o’zaro bog’liq (4-6), va umumiy (7) jihatlarini yozma ifodalab berish talab etiladi.
Misol uchun:






IV.O’tilgan mavzuni mustaxkamlab olish uchun savol-javob o’tqazish.

  1. MTT ning o’quv dasturi nima?

  2. Ta’lim tamoyillarining mohiyati?

    3. Ta’lim tamoyillarining o’zaro bog’liqligi nimada?.


    4. Ta’lim tamoyillari tasnifi qanday?

5O’quv faoliyati qanday tashkil etiladi?
6.Jismoniy daqiqa o’quv faoliyatiga kiradimi?
7.Ilk qadam dasturi qachon tashkil etilgan?
V. Dam olish daqiqasi: O’yin metodidan “Cha cha cha salom sichqoncha” harakatli o’yini.
Bu o’yin ko’proq maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kerakli o’yinlardan biridir.Bolalarni diqqatini jamlashga yordam beradi.
O’yin sharti shundan iborat:
Cha- cha- cha salom sichqoncha
Chi -chi -chi kel o’ynaylikchi
Chom- chom -chom qilaylik achom
Cha- cha- cha hayr tongacha.
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)
Download 25.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling