Metodologik tamoyillari
Download 337.66 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruzalar matni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Ozbekistonning eng yangi tarixini oqitishning metod va yonalishlari
- Takrorlash uchun savollar. 1.
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1-Mavzu: KIRISH. O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY- METODOLOGIK TAMOYILLARI Reja: 1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi faniga kirish: fanning predmeti, maqsad va vazifalari 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va uning ahamiyati. 3. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining nazariy metodologik tamoyillari
maqsad va vazifasi, fanlararo yondashuv.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha hodisalarni o‘zida mujassam etadi. Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo‘lga kiritish yo‘llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va milliy g‘oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim. Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli tasir o‘tkazadi, milliy g‘oyaning shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog‘li o‘rganish, undan saboq chiqarish bilan bog‘liq. Ulug‘ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga davat etadi, ulkan yaratuvchilikni rag‘batlantiradi. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining vazifasi – O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, marifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, Yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy ta’lim
muassasalari talabalarida mamlakat tarixi
haqidagi chuqur
bilimlarni shakllantirishdir.
Zotan, uning ulug‘ murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda. Insoniyat tarixida XX asrning so‘nggi choragi va – XXI asr boshi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning yangi pallasini boshlab berib, O‘zbekistonning milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi aynan shu davrga to‘g‘ri keldi. Bu holat tarix fanida ham tub o‘zgarishlarni, nazariy va metodologik yangilanishni, bir so‘z bilan aytganda mustaqil O‘zbekiston nufuziga munosib bo‘lishni taqozo qildi. Mustaqillik yillarida tarix fani arsenali yangilanib, o‘zgardi. Tarix fanida kechgan chuqur ichki transformatsiya jarayoni fanning nazariy-metodologik, konseptual, mazmuniy, strukturaviy o‘zgarishlarida aks etdi. Yangi ijtimoiy impulslar tasirida ko‘pgina mavzular yangicha mushohada qilina boshladi. Haqqoniy talqini va tahliliga muhtoj bo‘lgan mavzular tarixchilar diqqat markazidan joy oldi va bugungi kunga qadar bazi konseptual jihatlari haqida qatiy bir xulosaga kelishda bu jarayon davom etmoqda.
Sovet davrida o‘rganish taqiqlangan, noto‘g‘ri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik asosida - milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan o‘rganildi. Tarixiy tadqiqotlar diapazoni kengayib, yangi ilmiy yo‘nalishlar vujudga keldi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi tarix fanida ana shunday yangi ilmiy yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Bu bevosita milliy mustaqil davlatning tashkil topishi bilan vujudga kelib, zamonaviy tarixiy jarayonlarning rivojini o‘rganish, tahlil qilish, tarixiy tajribani umumlashtirish va bu orqali milliy o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgandir. ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi hozircha institutsional xarakter kasb etgan emas, yoinki o‘z metodologiyasi, tadqiqotchilik ishlari va o‘quv- uslubiy taminotiga ega bo‘lgan mustaqil fan sohasigaajratilmagan. So‘nggi yillar davomida mamlakatimiz hayotida ro‘y bergan voqealar ko‘lami va rivoji fan va ta’lim oldiga ularni tizimli mushohada qilish masalasini ilgari surmoqda.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nihoyatda dolzarblashuvi munosabati bilan 2012 yil yanvarida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Birinchi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida‖gi qarori qabul qilindi. Kengashning asosiy vazifalari qatoridan ―demokratik huquqiy davlatni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini, fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishda «o‘zbek modeli»ning mohiyati va mazmunini, inson huquqlari hamda erkinliklarini taminlash, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ko‘rsatib berish‖ ham muhim o‘rin oldi. Mustaqillik yillarida tarix fani dolzarb muammolarini aniqlash, ilmiy jamoatchilikning bu muammolar yechimini izlashdagi yondoshuvlari va faoliyatini aks ettirishda ilmiy anjumanlar muhim o‘rin tutdi. Tarix fani nazariy-metodologik asoslarini, tarix tadqiqotlariga yondoshuvlarni yangi davr talablari va mezonlari asosida ishlab chiqish, uning oldida turgan vazifalarni aniqlashda bu muammolar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ―O‘zbekistonning yangi tarixi: konseptual metodologik muammolar‖ (1999 y.); ―Novaya istoriya Sentralnoy Azii. Pereotsenka istorii, sovremennqe problemq i podxodq‖ (2004 y.) mavzuidagi respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘ldi. 2013 yil may oyida Respublika Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan ―O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning dolzarb masalalari‖ga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bajarilgan ishlar sarhisobi ilmiy jamoatchilikka taqdim qilindi, jamiyat rivojining yangi bosqichi ehtiyojlari tarixchilar oldiga jahon tajribasidan kelib chiqib, tarix fanini yangi nazariy-metodologik darajaga ko‘tarish va yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish zarurligi kabi vazifalar qo‘yildi. Tarix tadqiqotlarini amalga oshirishning zamonaviy vositalaridan bo‘lgan turli fondlar bilan ilmiy hamkorlik yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini bermoqda.
Chunonchi, Tarix instituti va Konrad Adenaur fondi bilan o‘zaro ilmiy hamkorlikda bajarilayotgan ―Eng yangi tarix umumjahon jarayonlarining tarkibiy qismi sifatida‖ loyihasi doirasida o‘tkazilgan ―O‘zbekistonning eng yangi tarixini fanlararo o‘rganish‖ mavzuiga oid davra stolidagi (2014 yil, 24 sentyabr) maruzalar va muhokamalar eng yangi tarixning dolzarb masalalarini, tadqiqot usullarini aniqlashda tarixchilar hamjamiyati uchun muhim ilmiy tadbir bo‘ldi. Ilmiy jarayonni tashkil etishda dissertatsion tadqiqotlar ilmiy bilimlar rivojining ko‘rsatkichi ekanligini nazarda tutadigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning eng tarixiga oid ilmiy bilimlarning to‘planishi va rivoji 1991-2012 yillar mobaynida himoya qilingan dissertatsion tadqiqotlarda o‘z ifodasini topdi. Mustaqillik tarixining turli jihatlari doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarining mavzulari bo‘ldi. Shuni takidlash lozimki, ko‘rsatilgan yillarda O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari nisbatida O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘p emas. Dunyoda ―O‘zbek modeli‖ deb etirof etilgan siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy va madaniy sohalardagi tub islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, tarixiy jarayonlar tarixchilar tomonidan qadam-baqadam o‘rganilib borildi va ilmiy tadqiqot obektiga aylandi. O‘zbekiston jamiyati hayotida kechayotgan demokratik o‘zgarishlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish vositalari, ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi va rivojlanishi kabi mavzular tarixchilar tomonidan o‘rganila boshlandi. Mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi o‘zgarishlar Respublika viloyatlari va shaharlari misolida tadqiq etildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston aholisining milliy xususiyatlari va demografik rivojlanishi jarayonlarini o‘rganish dolzarb ahamiyat kasb etdi. Tarixiy o‘zgarishlarning demografik jarayonlarga tasiri hamda ularning turli jihatlarini tahlil etish mamlakatda amalga oshirilayotgan kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, islohotlarning ijtimoiy samarasini oshirishga qaratildi.
Tarixchilar tadqiqot obekti bo‘lgan malum hududni mustaqillik yillaridagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish orqali iqtisodiy, agrar, madaniy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini yoritdilar. Mazkur tadqiqotlarning davriy chegarasi, manbaviy asoslari turlicha bo‘lishiga qaramay, bu izlanishlarning umumlashmasi mustaqillik yillarida mamlakat iqtisodiy ijtimoiy va madaniy jarayonlarini yaxlit bir manzarasini shakllantirishda muhim material bo‘lib xizmat qiladi Mustaqillik davri ijtimoiy jarayonlarini turli jihatlarini malum xronologik doirada o‘rgangan tadqiqotlar vujudga keldi. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li ta’lim tizimini isloh qilishni taqozo qildi. Bu sohada O‘zbekiston o‘z milliy strategiyasini ishlab chiqib, ta’lim tizimini isloh qilishning o‘ziga xos yo‘lidan bordi. Ta’lim tizimidagi islohotlar jarayoni, Kadrlar tayyorlash Milliy ning ishlab chiqilishi va amaliyotga tadbiq etilishi natijasidata’limning uzluksizligi, umumta’lim va professional ta’limning chuqurlashib borishini yorituvchi, shuningdek O‘zbekistonda ilm-fan rivojlanishi holati va taraqqiyot yo‘nalishlarini tahlil qiluvchi tadqiqotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida millliy manaviy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi, madaniyat rivojining turli jihatlarini yorituvchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar muvaffaqiyati jamiyatning katta qismini tashkil etgan ayollar faolligiga bog‘liq ekanligi O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasida yangicha yondoshuvlar, muammolar yechimini izlash zaruriyatini taqozo qilganligi G.G‘anieva tadqiqotida o‘rganildi.
Mustaqil O‘zbekistonda Yoshlarga oid siyosatning ahamiyati va ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, milliy mustaqillik sharoitida talaba Yoshlarda axloqiy qadriyatlarining shakllanishi tadqiq qilindi. O‘zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni nomzodlik dissertatsiyalari mavzulari orasida eng faol o‘rganilgan muammolardan bo‘ldi. O‘zbekistonda diplomatiya xizmatining shakllanishi va rivojlanishi o‘rganish O‘zbekistonning sovet davri va mustaqillik yillaridagi tashqi aloqalari tarixini qiyosiy tahlil etish orqali bu soha rivojida muhim o‘rin tutgan omillarni aniqlash va tarixiy jarayonlarni umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqarish imkonini berdi.
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi va Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taminlashda O‘zbekistonning o‘rni muammosi bir qator nomzodlik dissertatsiyalarida tadqiq qilindi. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekistonning eng yangi tarixini yaratish yo‘lida Yosh mustaqil respublikaning mintaqadagi
barqarorlikni taminlashda jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini har tomonlama qamrab olinishiga va ilmiy jihatdanyoritilishiga yordam beradi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda tizimli yondoshuvning shakllantirilishi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohadagi tub o‘zgarishlarni tadqiq qilishda har bir jarayon xususiyatidan kelib chiqib malum xronologik ramkalarni belgilab olish maqsadga muvofiq bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqotlar, ularda mujassamlashgan manbaviy malumotlarni tanqidiy va tahliliy o‘rganish O‘zbekistonning eng tarixini yaxlit manzarasini yaratishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz tarixchilarining O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixiga doir izlanishlari natijalari shuningdek ko‘plab maqolalar, risolalar, monografik tadqiqotlarda o‘z ifodasini topdi. O‘zbekistonning mustaqillik davri masalalarini o‘rganishda faylasuflar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, sotsiologlarning izlanishlarini etirof etgan holda, ularning tadqiqotlarida mujassamlashgan malumotlar va xulosalarni tarixiy tadqiqotlarga jalb qilish asnosida, fanlararo yondoshuvga asoslangan O‘zbekistonning eng tarixini yaxlit yorituvchi asarning yaratilishi fursati yetdi. Bu asar jamiyat tarixiy tafakkurida mamlakatimizning dunyoda munosib o‘ringa egaligi va O‘zbekiston tarixi umumjahon tarixiy jarayonlarining ajralmas bir qismi ekanligi haqidagi tasavvurlarni shakllantirmog‘i lozim.
Har bir tarixiy jarayon shu jarayonlar sodir bo‘layotgan davrning mahsuli. Malum bir davrda xalq tafakkuri, intellektual salohiyati, buyuk maqsadlari va ulug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchlari shakllanadi. Voqeahodisalar, xususan, jamiyat bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tayotgan, odamlar dunyoqarashida keskin burilishlar sodir bo‘layotgan, natijada yaxlit jamiyat, butun xalq hayoti yangi mazmun kashf etayotgan bir jarayonda tarixiy davrni butun ko‘lami, mahobati va mohiyati bilan o‘rganish fan oldidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari yangi sahifa ochdi. Mustaqillikning o‘tgan davri tarix bilan qiyoslaganda kapalak umridek qisqa. Biroq, ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va manaviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30- iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori elon qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri boldi.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni Yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan ananaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini taminlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida etibor qaratgan. Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning mamuriy- buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni takidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi vazifasi va ahamiyati O'zbekistonning zamonaviy tarixini o'rganishning ahamiyati mamlakatning zamonaviy hayotiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy ahamiyatga ega voqealarni tushunishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu voqealarning tarixiy ahamiyati nimada va ularning mohiyati nimada, ulardagi ayrim siyosiy arboblarning roli nimada, ushbu voqealarning rivojlanishi uchun qanday ssenariylar mavjud va bu voqealar zamonaviy jarayonlar bilan qanday bog'liq? - zamonaviy tarix javob berishi kerak bo'lgan savollar. Bundan tashqari, yaqin tarix hozirgi zamon bilan bog'liq bo'lganligi sababli kelajak bilan bog'liq tendensiyalarni ko'rish uchun muhim ahamiyatga ega.
O'zbekistonning eng yangi tarixi ilmiy bilimlar va o'quv sohasi sifatida bir qator muhim vazifalarni bajaradi.Ta'lim funksiyasi ilmiy va tarixiy bilimlarni o'zlashtirish, tarixiy narsalarni ko'rish qobiliyatidan iborat zamonaviy O'zbekiston hududida jamiyatning rivojlanishi turli xil ilmiy nazariy va uslubiy yondashuvlar va tushunchalar prizmasi orqali amalga oshiriladi.Kognitiv va tarbiyaviy vazifa talabalarning mustaqil ish ko'nikmalarini shakllantirish, ma'lumot izlash, turli manbalar bilan ishlash, ularni baholash, attestatsiya, sharhlash va tahlil qilish tizimlari Ta'lim funksiyasi fuqarolik pozitsiyasini, qadriyatlarga yo'naltirilgan tarixiy xotirani va vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish bilan bog'liq. Biz o'z tarixiga ega bo'lgan va ular bilan faxrlanadigan ko'plab o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi davlatlar, xalqlar va madaniyatlardan tashkil topgan dunyoda yashayapmiz. Tarixiy ovozlarning ushbu polifoniyasi O'zbekiston ovozini o'z ichiga olishi kerak. Uning ahamiyati shundan iboratki, odamlar tomonidan tarixiy o'ziga xoslikni yo'qotishi va tarixiy xotirani beparvo qilish, boshqa xalqlarning ularga nisbatan munosabatiga ham ta'sir qiladi. Shu sababli, O'zbekiston tarixini o'rganish bilimlar yig'indisini mexanik assimilyatsiya qilish emas, aksiologik (qimmatli) rangli bo'lishi kerak - Vatanimizda g'urur tuyg'usi, unga bo'lgan sevgi hissini shakllantirish. Yozish va evristik funktsiyalar tarixiy bilimlar asosida kelajakdagi rivojlanish stsenariylarini
bashorat qilishga imkon beradi. Tarix fanining bashorat funktsiyasi prognozlarni amalga oshirish bilan bog'liq; loyihani rejalashtirish - kelajak uchun stsenariylarni yaratish bilan, "mumkin bo'lgan dunyolar" dizayni; evristik - ilmiy kashfiyotlardagi tarixiy bilimlarning roli, bashorat orqali ilmiy bilimlarni kengaytirishda. Hozirgi kunni tahlil qilish va kelajakka kirish o'tmishni bilmasdan iloji yo'q. Shunga qaramay, bir qator ta'limotlar tarixiy tadqiqotlar asosida prognozlarga shubha bilan munosabatda bo'lishadi (masalan, bu ibora britaniyalik faylasuf K. Popper tomonidan "Tarixni qidirish" asarida tan olingan) 20, aksariyat sotsiologlar va siyosatshunoslar bilishadi. Ushbu turdagi
prognozlarning samaradorligi shubhasizdir.
Tarixiylik prinsipi. Ushbu prinsipga ko'ra, tarixiy voqealar va jarayonlar ushbu voqealar va jarayonlar qanday paydo bo'lganligi, qanday rivojlanganligi va ular nimaga olib kelganligi nuqtai nazaridan qat'iy aniq tarixiy kontekstda ko'rib chiqilishi kerak. Tarixiyizmning uslubiy prinsip sifatida talabi davrda paydo bo'ladi va rivojlanadi. O'rta asrlar teleologizmiga qarshi bo'lgan ma'rifat (Viko, Volter, Russo, Diderot), keyin nemis klassik falsafasida (Hegel, Marks), hayot falsafasida (Diltey) va falsafiy va tarixiy fikrning boshqa sohalarida. Zamonaviy talqinda tarixshunoslik prinsipi tarixshunoslik va jurnalistikada juda kamdan-kam uchraydigan hodisaga qarshi qaratilgan, bunda mualliflar dunyoqarash g'oyalarini, xulq-atvor stereotiplarini va o'z davrlarining axloqiy me'yorlarini tarixdagi voqealarni baholashda, unutish yoki ataylab e'tiborsiz qoldirishda qo'llashadi. , o'rganilgan voqealar sodir bo'lgan joyda shuni ta'kidlash kerakki, tarixiylik prinsipining uslubiy ahamiyati barcha tarixiy yo'nalishlarda tan olinmaydi. Shunday qilib, n norozilik o'zgarganda (ingliz tilidan hozirgi kungacha) - G'arb tarixshunosligining yo'nalishlaridan biri - tarixiy voqelik "haqiqatda" bo'lgani kabi qayta tiklanmaydi, uni har bir tarixchi izohlaydi va quradi va har bir davr ushbu davrning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi (tushunchalar, baholashlar va boshqalar) o'tmishni tasvirlashga nafaqat yordam bera oladi, balki doimiy ravishda aralashadi. Ko'plik prinsipi tarix nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Uzoq vaqt davomida ko'plab tarixiy tadqiqotlar ikkilik radikalizm yoki dixotomizm bilan tavsiflangan edi (bugungi kunda ham topilgan), tarixiy jarayonlar "yoki-yoki" tamoyiliga ko'ra, "oq-qora" idrok prizmasi orqali baholanadigan joy mavjud. faqat ikkita taxmin mavjud - ijobiy yoki salbiy; to'g'ri yoki noto'g'ri. Baholash idrokining bu usuli barcha tarixiy davrlarga xos bo'lgan.
Borliq ob'ektining prinsipi. Tarixiy fan ob'ektiv bo'lishi mumkinmi? SSSRda ob'ektiv tarixiy bilim pirovardida sovet fani bilan uyg'un bo'lgan fanning g'oyasi edi, holbuki XX asr davomida G'arbiy tarix fanida ob'ektivlikka erishishning muammoli mohiyati xabardor bo'lgan. Birinchidan, turli xil tarixchilar turli xil uslubiy
paradigmalarda ishlaydi: marksist, pozitivist, postmodern va boshqalar. Ikkinchidan, alohida ish doirasida ob'ektiv (keng qamrovli) tadqiqotlarni o'tkazish umuman mumkin emas. Uchinchidan, ob'ektivlik milliy, jug'rofiy, diniy va davlat paradigmalaridan tashqarida bo'lishni nazarda tutadi, shu bilan birga ko'pchilik tadqiqotlar ularga asoslangan.Obyektivlik prinsipi har qanday tarixiylikni baholashni talab qiladigan dixotomous fikrlash bilan chambarchas bog'liq. muxbir nuqtai nazaridan va haqiqatning zamonaviy tushunchasiga zid bo'lgan ikki qiymatli haqiqat nazariyasi ("haqiqat" - "yolg'on"). Ushbu ikki tamoyilning natijasi, O'zbekiston tarixiga bag'ishlangan bir qator uy ishlarining o'ziga xos xususiyati bo'lib, uni uslubiy monizm nuqtai nazaridan yagona va yaxlit taqdimot qilish istagi paydo bo'ldi. Aksariyat G'arbiy tarixchilar alohida tarixiy tadqiqotning ob'ektivligining fundamental muammoli mohiyati pozitsiyasini egallaydilar. U yigirmanchi asrda yozganidek. taniqli frantsuz tarixchisi R. Aron, "hech narsa odamni, mazhabni, jamiyatni, davrni faqat bitta talqin qilish mumkinligini isbotlamaydi. Bugungi kunda amerikalik tarixchi A.Megill ta'kidlamoqda: “ob'ektivlik bu bitta tushuncha emas, balki uni bitta asosiy tushunchaga to'liq tushirib bo'lmaydigan tushunchalar to'plami. Aslida ob'ektivlik tushunchalari nechta? Yoki, hech bo'lmaganda, tarixiy bilimlarga nisbatan ob'ektivlikning qancha kontseptsiyalari mavjud? Zamonaviy nemis tarixchisi K. Shlogel yozganidek,“ shuncha ko'p hikoya va tarixiy rivoyatlar mavjud. Tarixchilar yoki tarixshunoslar bor. Boshqacha qilib aytganda, tarixni hikoya qilish va taqdim etish usullari to'plami, umuman olganda, cheksiz xilma-xildir.
Nomoddiylik prinsipi. Uzoq vaqt davomida tarixiy jarayon chiziqli yoki chiziqli deb hisoblangan - har bir bosqich avvalgisining tabiiy oqibati bo'lgan tekis ko'tarilgan chiziq shaklida. Yigirmanchi asrda chiziqsiz rivojlanish kontseptsiyasi kiritildi - avval tabiatshunoslikda, so'ngra ijtimoiy fanlarga, shu jumladan tarixga nisbatan31. Shu sababli, xorijiy tarixchilar tobora nochiziqli (sinergetik) tarixiy dinamika haqida gapirishmoqda. Bugungi kunda tarixiy jarayon zigzag ko'rinishida ko'rib chiqiladi, bu erda har bir ketma-ket yo'naltiruvchi nuqta buta shaklida taqdim etiladi, bu erda har bir filial rivojlanishning alternativ yo'nalishi hisoblanadi. Bundan tashqari, tizimning bir holatdan ikkinchisiga o'tishi (va bir nechta shunday holatlar bo'lishi mumkin) hatto kichik mikro-hodisaga (tebranish) ta'sir ko'rsatishi mumkin. Mahalliy tarixiy tadqiqotlarda chiziqli rivojlanish prinsipidan uzoqlashish va yangi metodologik talablarga asoslanib, sinergetika tamoyillarini qabul qilish zarur.O'zbekistonning zamonaviy tarixini o'rganishda muhim rol universal ulanish prinsipi, determinizm prinsipi, birlik prinsipi kabi printsiplarga ega bo'lishi kerak. O'zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq qilish usullari amaliy va kognitiv faoliyatida odam muayyan natijalarga erishish yo'llari, usullari va vositalari haqida o'ylashga yordam berolmaydi. Dastlab maqsadga muvofiqligi bilan ajralib turadigan inson faoliyatining o'zi metodologiyani o'zining universal xususiyati sifatida nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, biz insoniyat hayotidagi eng muhim o'rin keng ma'noda umumlashtirilgan texnikalar, uslublar va printsiplar to'plami sifatida tushunilgan turli xil usullar egallashi haqida gaplashamiz. Men turli xil muammolarga duch kelaman (hayot, nazariy, pedagogik, texnik va boshqalar). Oddiy uslubiy sxemalar amaliy faoliyat uslublari sifatida insoniyat boshida paydo bo'lgan. Muayyan bosqichda bilish odatlarining zulmati paydo bo'ladi, keyinchalik - ilmiy bilish usullari. Ular tizimlashtirilgach, ularning roli, samaradorligi va qo'llanilish doirasi tushuniladi, ilmiy bilimlarning metodologiyasi vujudga keladi - ilmiy kognitiv faoliyatni tashkil etish va qurish, shuningdek o'rganishni o'rganish printsiplari va usullari tizimi. Ilmiy adabiyotda umumiylik nuqtai nazaridan aniq ilmiy, umumiy ilmiy va umumiy usullarni ajratib turing. Ikkinchisiga falsafa kiradi.Tarixshunoslik ham bilishning universal, ham umumiy ilmiy usullaridan, shuningdek tarixiy tadqiqotning haqiqiy usullaridan foydalanadi. Ikkinchisi ham umumiy tarixiy, ham ixtisoslashgan bo'lishi mumkin. Umumiy ilmiy tadqiqot usullari - induktsiya, deduktsiya, taqqoslash, mavhumlashtirish, tasniflash, tahlil qilish, sintez, matematik modellashtirish usuli, kompleks va tizimli yondashuvlar va boshqalar. Agar biz tarixiy tadqiqot usullari haqida gapiradigan bo'lsak, unda tarixiy-irsiy, tarixiy-qiyosiy va tarixiy-tipologik usullarni o'z ichiga oladi. Tarixiy- genetik usul tarixiy dinamikani, tarixiy jarayonlar va hodisalarning ketma-ketligini, ularning sabab-oqibat munosabatlarini aniqlashga qaratilgan.Tarixiy-qiyosiy metod asoslanadi. analogiya kabi umumiy ilmiy usul. Tarixiy hodisa va jarayonlarni taqqoslash vaqt yoki vertikal masshtab (diaxronik yondashuv) nuqtai nazaridan va fazoviy yoki gorizontal taqqoslash (sinxron yondashuv) nuqtai nazaridan kelib chiqishi mumkin.Tarixiy-tipologik metod shunday umumiy ilmiy uslubga asoslanadi. muayyan tarixiy hodisa va jarayonlar umumiy muhim xususiyatlarga asoslanib ma'lum turlarga bo'lingan holda ologizatsiya turi. Tipologizatsiya - bu tasniflashning alohida holati; ikkinchisida sinflarga bo'lish har qanday asosda amalga oshirilishi mumkin.Tarixiy tadqiqotlar metodologiyasining muhim muammolardan biri shundaki, yuqorida keltirilgan umumiy ilmiy va umumiy tarixiy metodlar tarixchilar tomonidan ko'pincha intuitiv, subyektiv-individual darajada turli xil usullarda qo'llaniladi. Muammoning mohiyati shundaki, usulni umumiy shakllantirish va uni muayyan tadqiqot vazifasini hal qilish uchun qo'llash o'rtasida aniqlanishi kerak bo'lgan bir qator oraliq aloqalar mavjud. Boshqacha qilib aytganda, umumiy ahamiyatga ega bo'lgan usullardan foydalanish to'g'ridan-to'g'ri emas, balki vositachilikdir. Bundan tashqari, tarixiy faktlar yoki nazariy inshootlar bilan ishlashda ushbu usullardan foydalanish tartibini, ularning imkoniyatlari va cheklashlarini ishlab chiqish zarur.Tarixiy tadqiqotning ushbu umumiy usullari bilan bir qatorda tarixiy bilimlarning ixtisoslashgan sohalarida - arxeologiyada
qo'llaniladigan usullar mavjud. , manbashunoslik, tarixshunoslik va boshqalar. O'zbekiston haqida gapirganda, turli tarixiy fanlar bo'yicha olib borilgan tadqiqotlardagi nazariy va uslubiy daraja bir xil emasligini ta'kidlash kerak.
O'zbekistonning eng yangi tarixini o’rganishda fanlararo yondashuvlar Jahon tarixi va O'zbekistonning eng yangi tarixi davomida tarix fanining boshqa ilmiy fanlar (geografiya, falsafa, iqtisodiy va huquqiy fanlar, tilshunoslik va boshqalar) bilan o'zaro bog'liqligi faktlari bir necha bor tilga olingan. Bu O'zbekistonning zamonaviy tarixiga to'liq taalluqlidir. Bundan tashqari, biz tarixiy bilimlarning o'zida fanlararo aloqalar haqida gapirishimiz mumkin. Shunday qilib, O'zbekistonning eng yangi tarixi barcha tarixiy fanlar - dunyo tarixi, tarixshunoslik va manbashunoslik, etnologiya va boshqalar bilan bog'liq. Bugungi kunda odamlar ko'pincha fanlararo yondashuvlar va ularning tarix fanida qo'llanilishi to'g'risida gaplashishadi. Fanlararo fan - XX-XXI asrlar fanining eng muhim xususiyati. ... Bu zamonaviy fanning integrativ tendentsiyalari, ilmiy bilimlar birligining shakllanishi va ilmiy bilim ob'ektlarining o'zlari turli xil elementlar va jarayonlarning murakkab, bo'linmaydigan birligi ekanligi bilan bog'liq. Masalan, agar biz jamiyatning tarixiy bosqichini olsak, masalan, O'zbekiston tarixidagi mustaqillik davrini olsak, undagi iqtisodiy jarayonlar siyosiy yoki ijtimoiy jarayonlardan ajratilgan holda mustaqil ravishda mavjud emas, agar tarixchi o'z tadqiqotida statistik ma'lumotlardan foydalansa, ishonamiz. , iqtisodiy tadqiqotlar natijalariga ishora qiladi yoki madaniy hodisalarga taalluqlidir, keyin bu fanlararo tadqiqotlar. Bu qisman to'g'ri. Haqiqat shundaki, har qanday tarixiy tadqiqotlar tabiatda tubdan fanlararo hisoblanadi, chunki tarixshunoslik tadqiqotlaridagi voqealar va jarayonlar tarix fanining mutlaq vakolati doirasiga kiradigan o'ziga xos "tarixiy" xususiyatga ega emas. Tarixda ro'y bergan har qanday jarayonlar va voqealar tabiatga ham, odamlarning ijtimoiy yoki shaxsiy hayotiga ham taalluqlidir, bu ularni o'rganadigan fanlarning vakolat doirasi ekanligini anglatadi. Shu sababli, fan sifatida tarix boshqa fanlardan - geografiya, iqlimshunoslik, tuproqshunoslik, iqtisodiyot, psixologiya, tilshunoslik, madaniyatshunoslik, harbiy fanlar va boshqalardan olingan ma'lumotlardan foydalanishni tubdan taqozo etadi. Ammo zamonaviy ilm-fan metodologiyasida fanlararo yondashuvlar metodlardan foydalanishni anglatadi. bitta fanda, boshqa fanda tadqiq qilish uchun ishlab chiqilgan. Ko'pgina hollarda, bu simbiozning natijasi shunchalik samarali va organik bo'lganki, u bir qator yangi, chegara yoki gibrid fanlarni keltirib chiqardi. Tabiatshunoslikda bu biofizika, biokimyo, geokimyo, geofizika, bionika va boshqalar. Ijtimoiy fanlarda bular ijtimoiy va psixologik tilshunoslik, iqtisodiy geografiya, ekonometrika, iqtisodiy psixologiya, etnopsixologiya, siyosiy antropologiya, sun'iy aql nazariyasi va boshqalar. Tarix fanida fanlararo sohalar mavjud - tarixiy antropologiya, harbiy-tarixiy antropologiya, tarixiy sotsiologiya, miqdoriy tarix, tarixiy geografiya, tarixiy
demografiya, tarix falsafasi, tarixiy kartografiya, tarixiy antropometriya va boshqalar. psixologiya metodlari va apparatlari, semiotika, germenevtika, imitatsion modellash, statistika, matematika, sinergetika va boshqa fanlar. Hozirgi zamon tarixida qo'llaniladigan fanlararo yondoshuvlarda og'zaki tarix muhim o'rin egallaydi. intervyu usuli asosida - guvohlar, voqealar, turli odamlarning mahalliy voqealar va jarayonlar, ular guvohlari yoki ishtirokchilari bo'lganligi yoki o'sha davrning o'zi to'g'risidagi xotiralari. Ushbu usul doirasida mikro tarix rivojlanadi va oddiy odamlar uchun tez-tez so'z beriladi, ularning fikri odatda tarixiy tadqiqotning an'anaviy usullari doirasidan tashqariga chiqadi.
Xulosa qilib aytganda eng yangi tarix kontseptsiyasi butun professional tarixchilar va boshqa ijtimoiy fanlarning vakillari tomonidan qat'iy bir ma'noga ega emas - Yevropaning tarixiga nisbatan rivojlangan, XX asrda jiddiy nazariy va uslubiy qiyinchiliklarga duch kelgan tarixni davrlashtirish - Yaqin tarix. O'zbekiston ilmiy bilimlar va akademik intizom sohasi sifatida bir qator muhim funktsiyalarni bajaradi: ilmiy va kognitiv, kognitiv va ma'rifiy, tarbiyaviy va vatanparvarlik, prognostik, dizayn va evristik. Tarix nazariyasi, ob'ektivlik prinsipi, nomutanosiblik prinsipi - Tarix fanida ham bilishning umumiy, ham umumiy ilmiy usullari, shuningdek tarixiy tadqiqotlar usullari qo'llaniladi. Ikkinchisi ham umumiy, ham ixtisoslashgan bo'lishi mumkin.
2.Vatan tarixining o’qitishning nazariy va amaliy ahamiyati haqida so’zlab bering. 3.Fanning maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering. 4. O’zbekistonning eng yangi tarixi fanining o’qitishning metodologiyasi haqida ma’lumot bering?
1. Noveyshaya istoriya Uzbekistana: Uchebnik / Pod red. d.i.n., prof. M.А. Raximova. - T.: «Аdabiyot uchkunlari», 2018. – 512. 2. Mustakil Oʼzbekistan tarixining dastlabki saxifalari. - Toshkent, 2000. 3. Erkaev А. Oʼzbekiston yoʼli. - Toshkent: Maʼnaviyat, 2011. 4. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lugʼat // M.Аbdullaev va boshqalar: toʼldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006. 5.
2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2017. 6. Mustaqil Oʼzbekiston tarixi. Masʼul muharrir А.Sabirov. - Toshkent: Аkademiya, 2013. 7.
Noveyshaya istoriya Uzbekistana. Rukovoditelʼ proekta i redaktor: M.А.Raximov. - Toshkent: Аdabiyot uchqunlari, 2018. Download 337.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling