5 Yangicha yondashuvlar va istiqbol yoʻli


Download 1.14 Mb.
bet1/11
Sana01.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1317306
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI




Mundarija:

KIRISH……………………………………………………………………………..3

  1. Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik Oʻzbekistonga nima beradi?............................5

  2. Yangicha yondashuvlar va istiqbol yoʻli……………………………………..…14

  3. Jahon savdo tashkiloti (JST) ga aʼzo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday taʼsir qiladi?............................................................................................................16

  4. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishning xalqaro huquqiy tartibi: o‘zbekiston misolida…………………………………………………………………………...21

XULOSA…………………………………………………………………………………………………………..33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………………………………………35

KIRISH

Jahon iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlarning tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, tashqi savdoni erkinlashtirish jahon xo‘jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyalaridan biriga aylanmoqda. Barcha mamlakatlarda bojxona bojlarining pasayishi, ko‘plab turdagi cheklashlarning bekor qilinishi kuzatilmoqda. Ko‘plab mamlakatlar yashirincha protektsionistik (davlatning o‘z ichki bozorini himoya qilish siyosati) chora-tadbirlardan ham keng foydalanmoqdalar.


Bunday chora-tadbirlar jumlasiga milliy ishlab chiqarish turlariga dotatsiyalar berish, eksportni subsidiyalash, turli xil me’yorlar va standartlar joriy qilish hamda boshqalarni kiritish mumkin. Jahon xo‘jaligida erkin savdo va protektsionizm o‘rtasida vujudga kelayotgan ziddiyatlarni hal etishda, xalqaro savdoni boshqarish, uning taraqqiyotiga bo‘lgan to‘siqlarni yo‘q qilish va erkinlashtirishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Jahon savdo tashkiloti (JST) muhim o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi PF-4947-sonli Farmonida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlangan. Mazkur strategiyasining 3.1-bandida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish maqsadida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish lozimligi belgilandi1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1040-son qarorida O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi jarayoni tayyorgarlik bosqichi ishlarini samarali tashkil etishni va tizimli asosda muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tasdiqlandi2.
Jahon savdo tashkilotining mamlakatlar hamda jahon savdosiga ahamiyati shu paytga qadar salmoqli darajada o‘rganilgan. Buning boisi, ushbu tashkilot 1994-yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, uning dastlabki shakli bo‘lgan GATT 1947-yilda tashkil topgan. Shu sababli, olimlar tomonidan ko‘plab ilmiy taqdiqotlar olib borilgan.
Xususan, mahalliy olimlarimizdan G.Yuldasheva, M.X.Voxidova; Sh.Xajibakiev, shuningdek, xorijiy olimlardan E. Petersmann, M. Herdegen, I.V.Zenkinlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Shuningdek, tadqiqot ishida mavzusining spetsifikatsiyasi tizimli-tuzilmaviy, dialektik, mantiqiy, rasmiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy, tarixiy-huquqiy va qiyosiy- tipologik tahlil metodlariga murojaat qilishni taqozo etdi.
Umum mantiqiy metodlar – induksiya, deduksiya, analiz, sintez va maxsus huquqiy metodlar qo‘llanildi. Ilmiy adabiyotlar va huquq normalarini sharhlashda grammatik tahlil metodidan ham foydalanildi. Tadqiqotda ilmiy mushohada, tizimli va iqtisodiy-statistik tahlil, taqqoslash va guruhlash usullari qo‘llanildi.



  1. Download 1.14 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling