Meva daraxtlarining zararkundalariga tarifi va qarshi kurash choralari


Download 27.42 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi27.42 Kb.
#1508096
Bog'liq
MEVA DARAXTLARINING ZARARKUNDALARIGA TARIFI VA QARSHI KURASH CHORALARI


MEVA DARAXTLARINING ZARARKUNDALARIGA TARIFI VA QARSHI KURASH CHORALARI
Ko‘chatxonadagi urug‘dan ungan va qayta ekilgan ko‘chatlaning kasalliklari. Pitomnikning ko‘chat yetkaziladigan dalalarida uchraydigan kasalikklariga parsha (kalmaraz), un shudring, ildiz raki va virus kasalliklarini kiritish mumkin.
Ildiz raki. Bu kasallik bilan ko‘chatlar 50-80 % gacha zararlanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – Pseudomonas tumifaciens bakteriyasi bo‘lib, u juda ko‘p mevali o‘simliklarni kasallantiradi. Ildizni zararlangan qismidan va ildiz tukchalaridan kirgan bakgeriyalar ildiz hujayralarning tezda nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi va ko‘p miqdordagi o‘smani hosil qiladi. Kasallik tuproqda namlik kam bo‘lganda keng tarqaladi. Kasallangan o‘simlik tezda qurib koladi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi tuproqda uzoq muddat davomida saqlanib 2-3 yildan keyin ham urug‘dan ungan ko‘chatlarni kasallantirishi mumkin. Kasallikning eng kuchli ko‘rinishi ildiz bo‘g‘zi va o‘q ildizning zararlanishida namoyon bo‘ladi. Kasallik tufayli ko‘chatlarning suv ta’minoti keskin buzilib, o‘sish, rivojlanishdan orqada qoladi. Bunday ko‘chatlar tuproqqa o‘tkazilganda ko‘karishi juda qiyin bo‘ladi. Ildiz raki asosan ko‘chatlar, mehnat qurollari va hasharotlar vositasida tarqaladi.
Qarshi kurash choralari: ko‘chatzorlarni unumdor tuproqlarda tashkil qilish, tuproqqa o‘z vaqtida ishlov berish, kasal o‘simlikni va ularning ildiz qoldiqlariii yo‘q qilib tashlash.
Bargning qo‘ng‘ir dog‘lanishi. Kasallik mevali daraxtlarning asosan bargini va novdalarini zararlaydi. Kasallikning dastlabki alomatlari may oyining oxiri, iyun oyining boshlarida bargning yuza qismida va orqa tomonida qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar ko‘rinishida paydo bo‘ladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi – Entomosporium maculatum Lev. turiga mansub zamburug‘ bo‘lib, takomillashmagan zamburug‘lar sinfiga kiradi. Kasallik yosh ko‘chatlarda ko‘p uchraydi. Zamburug‘ning konidiya hosil qilishi zararlangan qismlarda kora rangdagi nuqtachalar tarzida bo‘lib, bu dog‘larda piknidiy spora yetiladi. Bunday dog‘lar barg bandida, poyada, mevada xam hosil bo‘ladi. Zamburug‘ 0-5°С haroratdan boshlab rivojlanadi, 13-25°С haroratda zamburug‘ tuproqda konidiya yoki xaltachalarni hosil qiladi.
Qarshi kurash choralari: tuproqni chuqur haydash, kasallangan novdalarni qirqib tashlash, o‘simliklarga bordo suyuqligi bilan ishlov berish, ko‘chatzorlarni fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash, chidamli navlarni ekish.
Kasallikka qarshi asosiy tadbirlar agrotexnik, kasallikni oldini olish, o‘simlik chidamliligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Kimyoviy kurash choralarini: qo‘llashda uning muddatlarini hisobga olish, takroriyligi va fungitsid miqdorini ham nazarda tutish kerak.
Olma va nokning parshasi (kalmaraz). Katta yoshli bog‘larda o‘sayotgan mevali daraxtlarning asosiy kasalliklariga parsha (kalmaraz), un shudring, mevaning chirishi, sitosporioz, bargning dog‘lanishi kabilar kiradi.

Download 27.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling