B u h o r o n e f t n i q a y t a I s h l a s h z a v o d i
B u h o r o n e f t n i q a y t a I s h l a s h z a v o d i
«BNQIZ» MChJ
«ERESCO 42 MF3» rentgen
qurilmasini ishlatish bo`yicha
yo’riqnoma
IEO 007-045:2022
Taftish: 2
3-bet 10-betdan
1. Umumiy qoidalar
Qurilma bilan ishlashda 18 yoshdan kichik bo’lmagan, ionlashtiruvchi nurlanish bilan ishlashda
tibbiy ko’rikdan, maxsus tayyorgarlikdan o'tganligi, ish joyida xavfsizlik bo'yicha ko'rsatmalarni olgan
va radiatsiya xavfsizligi, elektr xavfsizligi bo'yicha bilimlarini sinovdan o'tkazgan,
elektr toki bilan
ishlashga ruxsatga ega bo'lgan, 1000 V dan oshiq, III guruhdan past bo’lmagan elektr qurilmalari bilan
ishlovchi shaxslarga ruxsat beriladi.
ERESCO 42 MF3 avtonom rentgen apparati ish sharoitida
materiallarni rentgen usulida putur yetkazmasdan sinab ko'rish uchun, -40°C dan +50°C gacha bo'lgan
harorat oralig'ida, atmosfera bosimi (84-107) kPa va havoning nisbiy namligi 100% gacha,
ortiqcha
25°C uchun mo'ljallangan.
Ushbu yo`riqnoma oldin tasdiqlangan “ERESCO 42 MF3 rentgen qurilmasini ishlatish bo`yicha
yo’riqnoma” si IEP 007-005: 2017, taftish: 1 o'rniga qo`llaniladi.
O'lchov asbobi soz holatda bo’lishi uchun akkreditatsiyadan o'tgan yuridik shaxslar yoki davlat
organlarida majburiy tekshiruv yoki kalibrlashdan o'tkazilishi shart. Ish paytida "Putur
yetkazmaydigan nazorat markazi" xodimlari ushbu o'lchov vositasining
texnik soz holatdailigini
tasdqilovchi hujjat (sertifikati)ga ega ekanligini tekshirishlari shart.