Milliy g’oyaning kelajakka ta’siri qanday ?


Download 43.5 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi43.5 Kb.
#99109
Bog'liq
Tursinbayev Farhod Maqola


Milliy g’oyaning kelajakka ta’siri qanday ?

Ahmad Yassaviy 60 yildan ziyod umrini yer ostida o’tkazganida ham, Najmiddin Kubro mo’g’ul bosqinchilarga qarshi jang qilganida ham ulug’vor g’oyalar ularga sabr-bardosh va matonat ato etgan. Jordano Bruno jism-u jonini egallagan buyuk g’oya tufayli gulxan alangasida ham o’z e’tiqodidan qaytmagan, Nasimiyni tovonidan so’ysalar ham, ishqi ilohiy deb jon bergan”.

Muayyan bir g’oya dastlab biron-bir insonning ongida paydo bo’ladi. Ayni paytda yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo’lgani, jamiyatning taraqqiyot yo’lidagi ezgu intilishlarini aks ettirgani bois umuminsoniy haqiqatga aylanadi.

Milliy g’oya bu nima ? Uni biz qanday tasavvur qilamiz? Uni kelajakka ta’siri qanday? Bu savollarga quyida to’xtalib o’tamiz.

Milliy g’oya – millatning o’tmishi, buguni va istiqbolini o’zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g’oya shaklidir. Milliy g’oya birdaniga qisqa muddatda paydo bo’ladigan hodisa emas. Aslida go’yo birdaniga paydo bo’lganday tuyulgan g’oya zamirida ham ongning, kishilarning fikriy, g’oyaviy izlanishlarining ko’p asrlik taraqqiyoti yotadi. Shu jihatdan qaralganda milliy g’oya uzoq jarayonlarning hosilasi bo’lib, o’zida individlar majmuasidan iborat bo’lgan xalqning tarixi, dunyoqarashi, maqsad va intilishlari, ma’naviyatini mujassam etadi. Bizning milliy g’oyamiz “ Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot qurish - pirovard maqsadimiz”. Shunday ekan biz milliy g’oyamizni yurtimizni rivojlanishiga qaratilgan, shaxslarning erkinligi kafolatlanadigan, farovon hayotni qurishga qaratilgan, aholi o’rtasida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydigan, vijdon erkinligini kafolatlaydigan, iqtisidoyotni rivojlantiradigan g’oya deb tasavvur qilsak bo’ladi.

Har qanday inson qandaydir g’oya ta’sirida harakatlanadi. U g’oyani o’zi ishlab chiqqan , yoki kimningdir g’oyasi ta’sirida harakatlanyapti. Uni boshqarayotgan g’oya har xil bo’lishi mumkin. Masalan, bugun televizorda mashhur “Hollywood” filmi oberiladi sen o’shani ko’rishing kerak. Chunki kecha sen u filmning reklamasini ko’rgansan, ishingni tashlab bo’lsa ham ko’rishing kerak chunki “u sening hayotingda muhim ahamiyatga ega”. Ha albatta bugungi kunda ko’plab insonlar televizorga mukkasidan ketgan , qandaydir seriallar, filmlar, ko’ngilochar dasturlar, xitparadlar, futbol o’yini va boshqalar insonlarni televizorga simsiz bog’lab qo’ygan. Bu ham kimningdir g’oyasi, Televizorni yaratgan odam ham balki uning ixtirosi bunchalik ommalashib ketishini o’ylamagandir. Lekin bugun undan media biznes sifatida foydalanishmoqda. Xatto Hindistonda kino suratga olish sanoat ishlab chiqarishi bilan tengdir, Kino ijrochilari esa millionerlardir.

Lekin men umuman televizor ko’rmaslik kerak deyishdan yiroqman. Inson ongli ravishda o’zi uchun zarur bo’lgan narsani ko’rishi kerak. Biz ko’pincha uyda ham birovni uyiga mehmonga borganda ham serial ko’rishni o’zlariga eng muhim odat qilib olishgan, xatto bolalar tarbiyasi qolib ketadi, bolalarni ham oynayi jahon qarshisiga o’tirg’izib qo’yib unga ham serial ko’rsatishadi. Bola tarbiyani ota-onadan emas balki seriallardan oladi. Yana bir misol bugungi kunda deyarli hamma rivojlangan, rivojlanayotgan, qashshoq mamlakatlarning aholisining ko’pchiligi qo’lidagi smartfonlar . Dastlab telefonlar aloqasi vositasi sifatida yaratilgan. Lekin vaqt o’tishi bilan telefonning ham ommaviy ishlab chiqarilishi kompaniyalar o’rtasida raqobat keltirib chiqardi va endi raqobatchilar bir-biridan qulayroq, afzalroq, keng imkoniyatli telefonlarni ishlab chiqara boshlashdi. Haqiqatdan ham aql bovar qilmas darajada imkoniyatlarga ega telefonlar yaratildi. Bugungi kunda smartfonlardan nafaqat aloqa qilasiz balki: rasmga tushasiz, kalendari bor , musiqa eshitasiz, kino,klip ko’rasiz, o’yin o’ynaysiz, ijtimoiy tarmoqlarda gaplashasiz,budilnik sizni ertalab uyg’otadi, qorong’u paytda chirog’ vazifasini o’taydi va boshqalar… Lekin , ijtimoiy tarmoqlar insonlarni smartfonga shunchalik bog’lab qo’yganki insonlar ularsiz hayotini tasavvur qila olishmaydi. Ijtimoiy tarmoq ham biznes, katta biznes bekorga FACEBOOK yartuvchisi Mark Sukerberg dunyodagi eng yosh milliarder emas. Uning ixtirosi insonlarga qulaylik yaratgan va undan bugun butun dunyo foydalanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar insonlarni kerakli vaqtini o’g’irlaydi, shunday o’girlaydiki vaqt o’tganini sezmay qolasan kishi. Bulardan qutulish kerak, qachongacha axir. Hamma narsa virtuallashib ketgan . Yosh bolalar real hayotda birorta o’yinni o’ynagandan ko’ra oshani telefonda o’ynab qo’ya qolishyapti, yoki kompyuter xonalarida, xatto kompyuter o’yinlarini o’ynash bo’yicha sport turi ham tashkil etilibdi, mana qanday g’oyalar bor. Yana bir misol ko’chada kimni ko’rsangiz qulog’ida quloqchin taqib musiqa eshitib ketyapti, gapirsangiz ko’pincha sizni eshitmaydi, turtib gapirmaganingizcha. Musiqa bu narkotika, insonni tinchlantiradi, kayfiyatini ko’taradi, lekin me’yorida albatta , doimiy ravishda musiqa eshitish bu musiqaga qaramlik qullikdir. Birinchi navbatda doimiy quloqchin orqali musiqa eshitish quloqga zarar, ikkinchidan xotira pasayadi, fikrlar chalkashadi. Me’yorda musiqa tinglash esa kayfiyatni ko’taradi, ishchanlik qobilyatini oshiradi.Shunday ekan azizlar ongli ravishda ish ko’raylik.

Bugungi kunda aqllilar o’z g’oyasini sotib milliarder , millioner bo’lib yotibdi qolganlar esa o’sha g’oyalarni ishlab topgan puliga sotib olib kambag’al bo’lyapti, va aqllilarning g’oyalarini ommalashtiryapti. Masalan kimdir bozorga xarid qilgani chiqsa bozor to’la g’oyalar faqat tovar ko’rinishida, chunki tovarlar g’oyalarning asosida yaratilgan.

Bizning milliy g’oyamiz olimlar, ziyolilar tomonidan ishlab chiqilgan, birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov milliy g’oyamizni nimaligini o’z asarlarida aniq , tiniq ko’rsatib bergan. Milliy g’oyamiz kelajakda qanday ro’l o’ynaydi? Albatta buni tahmin qilish mumkin , lekin kelajakda shu tahminlar amalga oshishi uchun aniq maqsad, reja asosida harakat qilinishi kerak, Tasavvur qiling 2050-yil O’zbekiston dunyoda rivojlangan davlatlar qatorida yuqori pog’onalardan birida, bu albatta katta natija. Chunki bizning milliy g’oyamiz xalqimiz uchun farovon hayot yaratish , mustaqil yashash, tinch boshqa xalqlar bilan do’stona aloqada hayot kechirishdir.


I.Saifnazarov, A. Muxtorov, B. Xamrayyev, M.B. Qodirov “Milliy Istiqlol g’oyasi”

Islom Abdug’aniyevich Karimov “Yuksak ma’naviyat – Yengilmas kuch”



Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling