Milliy sertifikat test


Download 19.72 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi19.72 Kb.
#1384818
  1   2   3
Bog'liq
2 5224272651190544273


  1. MILLIY SERTIFIKAT TEST

1.Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni qatorini aniqlang
A)Huriliqo ,hoshiya, hojatbaror
B)Hiliviramoq,inobot,jabha
C)Ichkilik,izzatalab,kuyunmoq
D)qarillamoq,qolqon,qo’lma qo'l
2.Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlarni aniqlang
A)Tushkun, uyirma ,yapoloq
B)Yalonĝoch,sho'rtumshiq, shokolad
C)Yuqumli,vaholanki,uchastkovoy
D)Vaalaykum assalom, uchuruq,taqiqlovchi
3.”Dog’” so'zi qaysi gapda ko'chma ma'noda qo'llanmagan
A)Qo'rqoqlik dog’ini o'lim ham yuvolmaydi
B)Yaxshi so'z –yurak yoĝi, yomon so’z yurak –dog’
C)Oyda ham dog’ bor
D)Bu gap bizning sha’nimizga dog’ bo’lishi mumkin
4.O’zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so’zlar qatorini aniqlang.
A)Ozod , erkin , mustaqil
B)soqchi ,poyloqchi, qo’riqlash
C)istamoq, xohish , tilak
D)Yorug’, dang’illama, keng
5.Qaysi gapda qo’shimcha qo’llash bilan bog’liq uslubiy xatolik mavjud
A)Amir bizning hovlimizdan shunchalar bexabar ekanki, ko’rib hayrat barmog’ini tishladim
B)Ammo siyosiy ishlarni to’qson foizini kengashga qo’yib bir ulushini qilichga qoldirishga o’rgangan Temurbek boshqacha o’ylardi.
C)Yurtning daxlsizligini ta’minlaydigan bu qonunlar mamlakat hukmdorining o’ng qo’lidadir.
D)Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilarning ishi emasligini bilsa ham atayin shunday qildi bu badbaxt inson
6.Qaysi gapda “Bo’shamoq “so’zi yumshamoq ma’nosida kelgan.
A)Hosildan bo’shab ko’kragiga shamol tekkan dalalarda Ajoyib fayz bor edi.
B)Jihozlar olib chiqilgach, uy ancha bo’shab qoldi.
C)Olma archilib , yuvilib, suvga solingach , ancha bo’shab qoldi.
D) Idishdagi suvlarni bo’shatib , uyga olib kir bolam hozir tuman tushadi
7.Qaysi gapda nuqtalar o’rnida so’z yasovchi , sintaktik shakl yasovchi , lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha qo’llaniladi
A)Yunoniston… faylasuf Arastu o’g’lini chaqir… shu so’z…ni aytibdi
B)Inson o’zining hayot.. kuchini mehnat qilish jarayonida ko’rsatmasa, mehnat… quvonch va baxt manbayi deb bilmasa, yayra... ishlamasa bu mehnat uni azoblaydi.
C)O’z jon…ni qutqarmoq uchun do’stlaringga xiyonat qilmoqchi….. sofdil qushlardan ko’ra xiyonat… do’stning o’lganing yaxshi.
D)Gurs…gan oyoq tovush…ì eshitilib , eshik sharaqlab ochildi va uyga birin – ketin uchta kishi shosh…. kirdi.
8.Har uchala parchada ham ishtirok etgan fe’l shakllarini aniqlang

  • Paxta va zig’ir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv sepib, yaxshi quritmay dazmollanadi

  • Chollar kulgudan qotib qoldilar , ularning burishgan yuzlari ruhlanib , ko’zlarini kulgu namladi

  • Gapirgan vaqtida ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldurab, jaranglab eshitilardi.

1.taqlid so’zdan yasalgan yasama fe’l
2.sof fe’l
3. Sifatdosh shakli
4.o’tgan zamon
5.otdan yasalgan yasama fe’l
A)1.2.3
B)2.3.4
C)5.1.3
D)2.3.5
9.Berilgan gapda ishtirok etgan ko’makchi qanday mazmuniy munosabatni ifodalagan
Avtobus bilan to’ppa -tog’ri shaharga borib kelishga nima yetsin
A)Yo’nalish ma’nosida
B)Vosita ma’nosida
C)Mavzu ma’nosida
D)Qiyoslash ma’nosida
10.Berilgan gap haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang
Yurtimiz o’g’il-qizlarining o’tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etishi yaxshi natijalarga olib kelmoqda
A)Qaralmishlar faqat ega vazifasini bajargan
B)Sifatlovchi aniqlovchi egaga bitishuv usulida tobelangan
C)Aniqlanmishlar kesimga faqat bilvosita tobelangan
D)Ot bilan ifodalangan aniqlovchi faqat bir o’rinda qatnashgan
11.Gapdagi sòzlarning mazmuniy va grammatik jihatdan bog’lanishi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang
Uydan chiqib ketish maqsadida shoshilib yurdi. Birdan temir darvoza oldida kuzatib turgan shubhali kishiga ko’zi tushdi-yu , qo’rqqanidan ortiga qayrildi
A)Uy maqsadida,shoshilib qayrildi
B)Qo’rqqanidan qayrildi,birdan chiqib ketish
C)Temir darvoza,shubhali kishi
D)Maqsadi oldida,kuzatgan darvoza
12.Qaysi gapda tire o’zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo’yilgan
1.Uning qo’lidan kelmaydigan ishning o’zi yo’q: duradgorlik,ustachilik,suvoqchilik—hammasini eplaydi
2.Vatan—ruhimda uyg’olgan ism
3.”Ta’lim olmoqdan hech vaqt yuz o’girmangiz !“—dedi Navoiy
4.Ruhim—vatanida gullagan chechak
5.Eling tinch—sen tinch
A)1va 3
B)2va 4
C)1va 5
D)3va 2
13.She’riy parcha haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang
Mahobat birla chiqdi g’or ichidin,
Balodek gumbazi davvor ichidin
A)Mutlaq va muqayyad qofiya qo’llangan
B)”R” undoshi raviy bo’lib kelgan
C)Yoyiq va yig’iq radif qo’llangan
D)”N" raviy bo’lib kelgan
14. She’riy parcha haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang
Ayyub sifat balosiga sobir bo’lg’ay ,
Har ne qilsang oshiq qilg’ìl parvardigor.
A)Talmeh san’ati qo’llangakelgan
B)Oshiq orqali tashbeh yuzaga kelgan
C)Tashxis san’ati qo’llangan
D) Tadid san’ati aks etgan
15.”ikkiyuzlamachi dallol” obrazi qaysi asarda keltirilgan
A)”Hellados”
B)”Qorako’z majnun”
C)”Hayotiga muhabbat”
D)”Dunyoning ishlari”
16. “Dunyoning ishlari” asarida quyidagi qaysi voqea qalamga olinmagan
A)Hikoyachining bolaligida butun badaniga yara chiqqanida davolagan vrach tasvirlangan
B)Gapiradigan obihayot suv tasviri tasvirlangan
C)Suratda dengizchilarning kokildor shapkasini kiygan qop -qora bola jilmayib tutishi tasvirlangan
D)Mushukni muz bilan urban bola tasvirlanadi
17. “Ruhlar isyoni” asarida keltirilgan xato ma’lumotni aniqlang
A)Navoiy aytadi :
Zulmat aro ko’piyoz izladim yo’limni,
Men o’zimni qildim ado yengolmadim zulmni.
B)Bu dunyo 73 ta payg’ambarni ko’rganligi tasvirlangan
C)Asarda Shohjahon toji taxtdan to’yganligi aytiladi
D)Bu dunyodagi odil yagona hakam vaqt ekanligi asarda aytib o’tiladi.

QUYIDAGI MATNNI O’QING VA SAVOLLARGA JAVOB BERING



Download 19.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling